Последние посты

Allim Tv -
18 сент., 03:59
🇰🇷Talktalk Korea 2026Bu tanlovda barcha chet elliklar (Koreyadan tashqarida bo'lganlar) qatnashishlari mumkin!Tanlov 4 ta yo'nalishga ega: 1 - Video olish; 2 - Yozma ish (Writing); 3 - Fotosuratlar to'plami; 4 - Rasm chizish.Tanlov mavzusi: Mening birinchi Koreya bilan bog'liq tajribam.Tanlov tili: Ingliz tili yoki Koreys (Agar videoda O'zbek yoki Rus tilida gapirsangiz Ingliz tilida subtitr bo'lishi kerak)Shu yo'nalishlardan birini tanlab ishtirok etishingiz mumkin! Ikkita yo'nalishda ham qatnashsa bo'ladi:)Har bir yo'nalish bo'yicha birinchi o'rin sohibiga: 9 kunlik Koreyaga bepul sayohat uchun 2 000 $ pulga teng yordam beriladi beriladi. Har bir yo'nalishda 100 gacha qatnashchi taqdirlanadi!
Allim Tv -
17 сент., 04:03
🇺🇿🇰🇷Sejong maktabi qo'llovchilariO'zbekistonda Sejong maktablari ko'payib bormoqda. Koreys tili va madaniyatini o'rgatuvchi maskanlarda o'quvchilarni qo'llovchilar (supporters) qidirilmoqda:) Bu programaga O'zbekistondan turib ham qatnashish mumkin!Talablar: 1) Sejong maktabi bitiruvchisi yoki o'quvchisi bo'lish 2) Kontentlar yaratib, programada qatnasha oladiganlar.Programa foydalari: 1) Sertifikat beriladi. 2) Supporters uchun oylik moliyaviy ko'mak. 3) Sejong maktabi tadbirlarida qatnashish.Ro'yxatdan o'tish muddati: 27-Sentabrgacha Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe_UJpbNjPT0OD5DP7ljixKhYwvJzTgMona9W_i5qjopgUEFQ/viewformP.s. Sejong maktabida ham bir nimala ko'payib ketvotti😁@allimtv
Allim Tv -
16 сент., 09:00изменён
🇰🇷2026-yilgi Ish yarmarkasi (Global talent job fair)Kimlar uchun: Koreya universitetlarida o'quvchi chet elliklar uchun KOTRA tashkiloti Koreyaning mahsulotlarini chet elga eksport qiladigan kompaniyalar bilan birga yosh, iqtidorli chet elliklarni qidirmoqda.Yarmarka kuni: 17-Noyabr, 10:00 - 17:00 Manzil: Seul, Jamshil Lotte mexmonxonasi (Emerald zali, 3-qavat) Yarmarka ishtirokchilari: Koreyaning 20 ta kompaniyasiOldindan ro'yxatdan o'tish nega kerak? Bu sizga kompaniyalar CV laringizni oldidan ko'rib chiqishi va suhbat qilishga imkoniyat berishi uchun kerak.P.s. Bunday yarmarkalar orqali ishga kirishda suhbatdan qanday o'tish va boshqa masalalarda o'zini qanday tutishni o'rganish mumkin. #yarmarka #koreya #ish@allimtv
Allim Tv -
14 сент., 03:57

Allim Tv -
14 сент., 03:57
🇺🇿2027-yilgi KAIST bakalavr grantiKoreyada eng yuqori o'rinlardan biri va dunyo bo'yicha 53-o'rinda turadigan KAIST universitetiga bakalavr yo'nalishi uchun qabul davom etadi.Onlayn ro'yxatdan o'tish sanasi: 2027-yil Bahorgi semestr uchun 22-Oktabrgacha 2027-yil Kuzgi semestr uchun: 14-YanvargachaBu universitetga kirgan talabalar uchun: - O'qish puli qoplab beriladi; - Oyiga 200$ stipendiya beriladi; - Tibbiy sug'urta harajatlari qoplab beriladi.Hujjat topshirish uchun to'lov ham bor: 80 USD (bu onlayn ro'yxatdan o'tish uchun, lekin to'lamaslik yo'li ham bor:) Umumiy ma'lumot va hujjat topshirish pulini qanday qilib to'lamaslik mumkinligi haqida ma'lumotlar: https://admission.kaist.ac.kr/intl-undergraduate/notice/noticeAgar bu universitetga kirishga muvaffaq bo'lsangiz KDB bank hisob raqami haqida o'ylamasangiz ham bo'ladi. Chunki elchixona odatda 100% grantga o'qishgaadmission.kaist.ac.krKAIST,Office of Admissions,KAIST입학처KAIST는 여러분이 최고의 도전을 통해 최고의 꿈을 이루는 데 함께 하겠습니다. 큰 꿈을 꾼다면 KAIST에 입학하십시오! 이공계 최고의 인재에게는 KAIST가 가장 잘 어울립니다.9
Allim Tv -
13 сент., 11:58
🇺🇿🇰🇷2027 GKS-U Embassy track haqida qayta e'lon!Koreys tili markazi 2027 GKS-U granti Embassy trackga qabul boshlanganini qayta e'lon qildi!Bu yil vanihoyat GKS-U bakalavr uchun ham onlayn registratsiya qilish bo'ladi. Lekin qog'oz hujjatlarni ham markazga topshirish kerak.Hujjat topshirish joyi: Toshkentdagi Koreya Respublikasi ta'lim markaziHujjat topshirish muddati: 15-Sentabrdan 30-SentabrgachaEmbassy track uchun grant soni - 3 ta Generalga - 1 ta o'rin R-GKS ga - 1 ta o'rin Etnik Koreyslarga - 1 ta o'rinHujjatlarni ko'rib chiqish: 7-Oktabrgacha Suhbat sanasi: 12-Oktabrda Yakuniy natija: 16-Oktabrda chiqadi
Allim Tv -
11 сент., 15:57
🇺🇿2027-yilgi GKS bakalavr offlayn seminari Viloyatdagilar uchun Zoom orqali - onlayn seminarga qo'shilish imkoniyati bo'ladi. Zoom linkini ochiladigan telegram guruhga tashlab qo'yaman. @allimtv
Allim Tv -
11 сент., 10:34
🇺🇿2027-yilgi GKS bakalavr offlayn seminari Offlayn seminarga nima deysizlar? Sanasi: 13-Sentabr soat 10:00 dan 12:00 gacha Joyi: Toshkent markazi, Westminister universiteti orqa tomonidagi binoda Kimlar uchun: GKS bakalavrga hujjat topshirmoqchi bo'lganlar
Allim Tv -
11 сент., 07:33
🇺🇿2027-yilgi GKS bakalavr offlayn seminariOfflayn seminarga nima deysizlar? Sanasi: 13-Sentabr soat 10:00 dan 12:00 gacha Joyi: Toshkent markazi, Westminister universiteti orqa tomonidagi binodaKimlar uchun: GKS bakalavrga hujjat topshirmoqchi bo'lganlar, Koreyada bakalavr yo'nalishida o'qimoqchi bo'lganlar. Seminar 2 qismga bo'linadi. 1-Qismda GKS bakalavr granti haqida ma'lumot, 2027-yilgi qo'llanmasini ko'rib chiqish, personal statement va study plan yozishga kerakli maslahatlar (suhbatga qanday tayyorlanish) 2-Qismda Koreyada grant yutib bakalavr yo'nalishida o'qish haqida ma'lumotlar, Koreya va Koreys madaniyati haqida "Quiz on Korea" (sovrinlar ham bor:), savol-javob.Offlayn seminarda qatnashish narxi 50 ming so'm. Seminarda qatnashish uchun @sadulla91 ga ism, familya va telefon raqamingizni yuboring.P.s. Bugun kechgacha 20 ta odam yig'sam seminar uchun telegram guruh
Allim Tv -
11 сент., 04:01
🇰🇷Global marketing darslariSeul xalqaro chet ellik talabalarni qo'llab-quvvatlash markazida (Seul, Shinchonda joylashgan), marketing bo'yicha 150 soatlik darslar bo'ladi (darslar offlayn formatda, faqatgina ba'zi darslargina onlayn tarzda bo'ladi) Darslar bepul! Dars davomida har xil loyihalarda ham qatnashish mumkin.Ro'yxatdan o'tish muddati: 16-Sentabrgacha Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://script.google.com/macros/s/AKfycbxn9SLPfbDWOgQ8upP5XYwK6Ctp3zTh2fkRP_pn4Fo5ewA6JDZNwnz9nlh3-ypB5DbYUg/execDarslarda qatnashish uchun kamida TOPIK 3-daraja bo'lishi kerak (undan baland daraja bo'sa yaxshi:) Kurs muddati: 21-Sentabrdan 18-Dekabrgacha Dars kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma 18:00-21:00 da bo'ladi. (Joy Shinchondagi markaz)P.s. Marketngdan boshqa sohalar uchun ham shunaqa kurslar bormikina?😅@allimtv
Allim Tv -
10 сент., 04:01
🇰🇷30 kun davomida Seul bo'ylab sayohat va ta'limQanday ta'lim deysizmi? Koreyada ishga joylashish haqida! Kimlar uchun: Seul shaxridagi universitetda o'quvchi chet ellik talabalar uchunSeul bo'ylab sayohat va ishga kirish haqida kerakli bilimlarni olishga shoshilib qoling! Bu programaning 5-marta ochilishi. Darslar va madaniy hordiq hammasi bir joyda jamlangan! Kamiga kompaniyalarga sayohat ham uyushtiriladi.Ro'yxatdan o'tish sanasi: 21-Sentabrgacha Ro'yxatdan o'tish uchun onlayn arizani to'ldirish kerak. Agar arizangiz qabul qilinsa, 1 daqiqalik o'zini tanishtiradigan video olib yuborish kerak.Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdToBEYEuBWNsN4w1w6o16AqG3CHLdyeCweUjCfQlWVKIZAqw/viewformHavola orqali kirsangiz dars va sayohatning to'liq jadvalini ko'rishingiz mumkin!P.s. Seulliklar uchunmi hamma narsa deydiganlar uchun viloyatda ham
Allim Tv -
9 сент., 08:53

Allim Tv -
9 сент., 08:52
🇰🇷🇺🇿Vanihoyat! 2027 GKS-U(bakalavr) qabul boshlandi2027-yilgi bahorgi semestr (Kuzgisi yo'q)uchun GKS bakalavr talabalarini saralash boshlandi. Bu yil ham R-GKS Embassy trackga kirdi. Va bu yo'nalishda 2 ta universitet Type B dan tanlash mumkin. Embassy track uchun bu yil ham O'zbekistonga atigi 2 ta o'rin berilgan - R-GKS bilan birga:(University track bo'yicha GKS-UIC(aniq fanlar va IT yo'nalishi) va Associate degree uchun o'rinlar o'tgan yil bilan bir xil.O'rinlar taqsimi: 1) Embassy track uchun - 156 ta o'rin(etnik Koreyslar va R-GKS bilan birga)2) University track uchun - 100 ta o'rin(GKS-UIC)3) Associate degree - 30 ta o'rinGKS-UIC bu ham bakalavr uchun GKS grantidir. Bu yo'nalishda kvotalar davlatlarga qarab bo'lib berilmagan. Har bir o'qish uchun kvota ajratilgan. Umumiy o'rin 100 ta.Endi hujjatlar onlayn topshirilar ekan. (MUHIM: Faqatgina Embassy track uchun
Allim Tv -
9 сент., 08:51

Allim Tv -
9 сент., 04:02изменён
🇺🇿Koreyaga bilet yutish lotoreyasiShunaqasi ham bo'ladi deysizmi? Ha shunaqasi ham bo'ladi:) Koreyaga tashrif (visit KOREA) tashkiloti chet elliklar uchun ajoyib lotoreya e'lon qildi. Bu lotoreyada qatnashish juda oson. 1) Birinchi bo'lib "Begin to Hear Korea" qisqa filmini tomosha qilish kerak (Film linki :https://www.youtube.com/watch?v=GApF74TayJM) 2) Shu videoda qisqa izoh qoldirin. Film sizga yoqdimi yo'qmi shu haqida. 3) @VISITKOREA Youtube kanali va Instagram kanalini follow qiling. 4) Shu sahifalarni follow qilganingizni ekranga muxrlab onlayn ro'yxatdan o'ting. Onlayn ro'yxatdan o'tish havolasi: https://shorturl.at/4kfRxShu ishni qilsangiz siz lotoreya ishtirokchisi bo'lasi. Lotoreyada birinchi o'rinni olgan ikkita ishtirokchiga Koreyaga borish samalyot bileti taqdim etiladi. Ikkinchi o'rinni olgan 10 ta odamga esa 50 USD lik Visa kartasi sovg'a qilinadi.Tanlov muddati
Allim Tv -
8 сент., 04:01
🇰🇷🇺🇿Yashil iqlim fondida malaka oshirishKimlar uchun: Magistrni yaqinda tamomlaganlar yoki o'qishni davom ettirayotganlar Soha: Biznes, boshqaruv, IT, kompyuter injinerligi. Shu sohalarga taluqli loyihada ishlash kerak bo'ladi.Chet tili talabi: Ingliz tilini mukammal bilish kerak. Malaka oshirish joyi: Janubiy Korea, Incheon shaxri Songdo xalqaro shaxri Malaka oshirish muddati: Noyabrdan boshlab 6 oy Ro'yxatdan o'tish muddati: 17-Sentabrgacha Bu malaka oshirish hamma uchun ochiq!Ro'yxatdan o'tish va to'liq ma'lumot uchun: https://jobs.greenclimate.fund/en/sites/CX_1001/job/3340?_gl=1mgij3b_gaNDg3MTk4MDExLjE3ODg2OTE5NTM._ga_1G93H3NSBLczE3ODg2OTE5NTIkbzEkZzEkdDE3ODg2OTE5NjAkajUyJGwwJGgw_ga_R4E8SRK8JRczE3ODg2OTE5NTIkbzEkZzEkdDE3ODg2OTE5NjAkajUyJGwwJGgw&keyword=INTERNSHIP&mode=locationP.s. Songdo Koreyaning yangi asr shaxri, juda zo'r joy deyishadi:)@allimtv
Allim Tv -
7 сент., 03:56

Allim Tv -
7 сент., 03:56
🇰🇷🇺🇿Koreyaga magistratura va Phdga grantChet elliklar Koreyashunoslik akademiyasida bepul o’qishlari mumkin. Academy of Korean studies (AKS) akademiyasi 2027-yil Bahorgi semester uchun ro'yxatdan o'tish talablarini e’lon qildi.Bu akademiyaning yaxshi tomoni: 1) Chet elliklar uchun o’qish bepul 2) Shu bilan birga oyiga 800 000 won (650$) stipendiya va boshqa stipendiyalarni ham olishlari mumkin. 3) Arzon yotoqxona puli va bepul Koreys tili darslariBu o’qishda o’qiydigan chet ellik talabalarning 76.5% i stipendiyalar olayotgani ham quvonarli.Bu o’qishga 2027-yil Bahorgi semestr uchun online ro’yxatdan o’tish shu yilning 18-Sentabrgacha davom etadi.Ro’yxatdan o’tish sayti: www.studyinkorea.go.krSiz ham bu akademiyaga o’qishga topshirib bepul o’qish imkoniyati va yuqoridagi stipendiyalarni olishingiz mumkin.Eng asosiy talab sizda bakalavr diplomi va TOPIK(kamida 4-daraja)
Allim Tv -
7 сент., 03:56

Allim Tv -
4 сент., 07:13
🇺🇿Koreys tilida insho yozish tanlovi (kechagi tanlov emas:)Tashkent 1 Sejong Hakdang "Koreys tili kunini bayram qilish boshlanganiga 100 yil to'lgani munosabati bilan" Koreys tilidan insho yozish tanlovini e'lon qildi. Tanlov kuni: 8-OktabrKimlar uchun: 1) 14-yoshdan 25-yoshgacha bo'lganlar; 2) TOPIK 3-daraja yoki SKA dan 450 baldan yuqori balli sertifikati (bu sertifikatni onlayn ro'yxatdan o'tganda emailga yuborish kerak) borlar.Ro'yxatdan o'tish muddati: 25-Sentabrgacha Ro'yxatdan o'tish havolasi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdW0KQVqFrv9XBjcvAblZrOAffKN_78dF0_59CZ_skyEBfAGQ/viewformInsho mavzusi - tanlov kuni e'lon qilinadi. Manzil : Tashkent 1 Sejong Hakdang Tanlov g'oliblariga: 1 va 2-o'rin sohiblari Koreyaga safar qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. 3 - o'rin uchun 200$ beriladi. Shoshiling, ishtirokchilar soni cheklangan (atigi 50 ta joy) Manba: Tashkent 1
