gram news
Аватар канала Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

@and_mmtb

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy sahifasi Admin: @andmmtb_pr

ПроектыENОбразование

79,109подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    22 сент., 11:34

    переслано из @uzedu

    #Andijon #Yil_oʻqituvchisi⏰ "Ilk bora o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida birinchi qaldirg‘ochlaridan bo‘lib yutganim bir quvonch, mukofot pullari esa yana bir quvonch keltirdi..."Ustozning haqiqiy mahorati nafaqat bilim berish, balki har bir o‘quvchining qalbiga yo‘l topish va uning qobiliyatini yuzaga chiqarishda namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa pedagogdan doimiy izlanish talab etiladi.“Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati, Jalaquduq tumani bosqichi g‘olibi bo‘lgan qahramonimiz kasbiga bo‘lgan mehri, o‘quvchilari bilan ishlash tajribasi, tanlovdagi ishtiroki, g‘oliblik quvonchi bilan o‘rtoqlashdi.🔹 Maxmudaxon Jumaqulova — Andijon viloyati, Jalaquduq tumani 20-sonli maktab o‘qituvchisiBizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    22 сент., 04:17

    переслано из @uzedu

    ✅✅✅✅✅ Davlatimiz rahbarining 2026-yil 11-fevraldagi tegishli qaroriga muvofiq, joriy oʻquv yilidan boshlab mamlakatimizning 28 ta tuman (shahar)idagi belgilangan 84 ta umumtaʼlim maktabida “Mohirlik va biznes soatlari” mashgʻulotlari oʻtilmoqda.➖ Bunda oʻquvchilar startap gʻoyalarni shakllantirish, biznes loyihalar ishlab chiqish hamda innovatsion fikrlash va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishadi.➖ Mashgʻulotlarga Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari jalb etilgan hamda bunda oʻquvchilarga oʻz gʻoyalarini amaliy loyihaga aylantirish boʻyicha koʻnikmalar berib borilmoqda.🔹 Shuningdek, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, muammolarga
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    22 сент., 03:50

    переслано из @uzedu

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    21 сент., 14:22

    переслано из @uzedu

    #Диққат_эълон✅ O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi 2027-2028-o‘quv yili uchun qabul e’lon qildi.❗️Joriy yilning 5-sentabridan 5-oktabriga qadar nomzodlar www.dxxtmhal.uz sayti yoki DXX hududiy boshqarmalari orqali ariza topshirishlari mumkin.Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    20 сент., 13:51

    Andijon viloyatida “Muhammad Al-Xorazmiy vorislari” — kelajakning IT isteʼdodlari saralanmoqda!Andijon viloyatida mazkur loyihada ishtirok etish istagini bildirgan 800 nafarga yaqin o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Saralash imtihonlari orqali matematika, mantiqiy fikrlash, informatika va ingliz tili bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilib, IT sohasiga qiziqishi, qobiliyati va salohiyati yuqori bo‘lgan 120 nafar yoshni loyihaga jalb etish rejalashtirilgan.Loyiha 8–11-sinf o‘quvchilarini zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan IT kasblariga tayyorlash, ingliz tilini amaliy o‘rgatish hamda xalqaro IT bozoriga raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.( Fotolavhalarda: Andijon shahridagi 41-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” milliy loyihasining 2026–2027 o‘quv yili uchun saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi )Andijon viloyati MMTB matbuot xizmatiTelegra
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    20 сент., 08:35изменён

    ‼️‼️‼️ #Йил_ўқитувчиси✅ “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ANDIJON VILOYATI g‘oliblariMa'lumot uchun: Gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.Bizni kuzating ❤️ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    20 сент., 08:07

    переслано из @ezozagafurjanovna

    Ustoz qadri va kamoloti davlatimiz rahbarining doimiy e’tiboridaUstozlarimizning qadr-qimmati, farovonligi va kasbiy kamoloti hurmatli Prezidentimiz hamda davlatimiz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining o‘qituvchilar yutug‘idan samimiy quvonishlari, ularning mehnatini yuksak qadrlashlari pedagoglarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning hayotiy ifodasidir.Ikki yil avval Nigora Allambergenova chekka hududda ishlab, 2 ming dollar maosh olayotganini aytganida, hurmatli Prezidentimiz uning daromadi 4 ming dollarga yetishini istagan edilar. Muloqotda ustoz “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi sifatida 616 mln so'm mukofot olayotganini faxr bilan ma’lum qildi. Bu yutuq ustoz mehnatiga e’tibor va munosib rag‘batning amaliy ifodasidir.Farzandlarimizga bilim va tarbiya berib, ularning kelajagi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan har bir ustozimiz ana shunday hurmat va e’tirofga
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    20 сент., 06:43

    KASBLAR OLAMIGA ILK QADAMShahrimizdagi 18-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.Mashg‘ulotlar davomida bolajonlar shifokor, oshpaz, tikuvchi kabi turli kasblar bilan yaqindan tanishib, ularning faoliyati haqida dastlabki tasavvurlarga ega bo‘lmoqdalar. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish, amaliy va ijodiy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini namoyon etmoqdalar. Ayniqsa, ushbu bog'cha tarbiyalanuvchilari kasblar olamini o‘ziga xos va qiziqarli tarzda namoyish etib, turli kasblarni ajoyib tarzda tanishtirib o‘tdilar. Bunday mashg‘ulotlar kichik yoshdan boshlab bolalarda kasblarga qiziqish uyg‘otish, zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish va ijodiy
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    20 сент., 06:42

    переслано из @and_tuman_mmtb

    #Kitobxonlik_KuniANDIJON TUMANIDAGI 57 TA MAKTABDA “KITOBXONLIK KUNI” TADBIRLARI O‘TKAZILDIAndijon tuman MMTB hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon tuman bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 57 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxonlik kuni” doirasida darsdan tashqari vaqtda kitobxonlikka oid turli tadbir, tanlov, bellashuv va uchrashuvlar tashkil etildi.(Fotolavhalarda: Andijon tumanidagi umumta’lim maktablarida “Kitobxonlik kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbir va bellashuvlardan lavhalar)
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    19 сент., 18:06

    переслано из @uzedu

    #Yil_oʻqituvchisi #Gʻoliblar_aniqlandi📣 DIQQAT!!!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.✅ Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.➖ Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni qo‘lga kiritishdi.📍Gʻoliblar
  • Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

    19 сент., 11:41

    #Stop_GiyohvandlikHUDUDLARDA "BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ" SHIORI OSTIDA TUMAN, SHAHAR SEMINARLARI TASHKIL ETILDI(Fotolavhalarda: Izboskan, Marhamat, Qoʻrgʻontepa va Andijon tumanlaridagi umumta'lim maktablarida o'tkazilayotgan giyohvandlikning salbiy illatlariga qarshi kurashishga bagʻishlangan seminar va turli aksiyalardan lavhalar)Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|
Скачать ряд в CSV
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно

Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.

Как это работает →
Создать бота