Последние посты

Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
20 сент., 15:28изменён
ANDIJON TUMANI MUALLIMI — “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBI!Prezidentimiz tashabbusi bilan pedagoglar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovida Andijon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Gulmiraxon Umarova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Bu natija — nafaqat ustozning shaxsiy yutug‘i, balki Andijon tumani ta’lim tizimi uchun ham katta e’tirofdir.Gulmiraxon Umarovaning mazkur nufuzli tanlovdagi muvaffaqiyati ortida yillar davomida shakllangan pedagogik mahorat, o‘z kasbiga sadoqat va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan yuksak mas’uliyat mujassam.G’olib sifatida Gulmiraxon Umarova 616 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.Ma’lumot o‘rnida, joriy yilgi tanlovda respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi. Yakunda 208 nafar pedagog g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Andijon tumani MMTB nomidan Gulmiraxon Umarovani
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
20 сент., 08:39
‼️‼️‼️ #Йил_ўқитувчиси✅ “Yil o‘qituvchisi” tanlovining ANDIJON VILOYATI g‘oliblariMa'lumot uchun: Gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.Bizni kuzating ❤️ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
19 сент., 15:17
🚀 KELAJAK KASBLARI SARI — BUGUNDAN! Yosh avlodni kelajak hayotiga tayyorlash, ularning kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Andijon tumani 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari uchun tikuvchilik sexiga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar tikuvchilik korxonasidagi ish jarayoni, zamonaviy tikuv mashinalari va ishlab chiqarish bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilarga matolarni tanlash, bichish, tikish, tayyor mahsulotlarni sifat nazoratidan o‘tkazish hamda mahsulotlarni iste’molchiga yetkazish jarayonlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar tikuvchilik kasbining imkoniyatlari, ushbu sohada mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar, kasb orqali o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
19 сент., 14:02
#Kitobxonlik_KuniANDIJON TUMANIDAGI 57 TA MAKTABDA “KITOBXONLIK KUNI” TADBIRLARI O‘TKAZILDIAndijon tuman MMTB hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon tuman bo‘limi tashabbusi bilan tumandagi 57 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxonlik kuni” doirasida darsdan tashqari vaqtda kitobxonlikka oid turli tadbir, tanlov, bellashuv va uchrashuvlar tashkil etildi.(Fotolavhalarda: Andijon tumanidagi umumta’lim maktablarida “Kitobxonlik kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbir va bellashuvlardan lavhalar)
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
19 сент., 13:46изменён
📚 KITOBXONLIK LOYIHASIAndijon tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Kitobxonlik loyihasi doirasida o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning mutolaa madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Jarayon davomida o‘quvchilar o‘z e’tiborlarini kitob mutolaasiga qaratib, o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashish, savol-javob va tahliliy suhbatlarda faol ishtirok etmoqdalar.Mazkur jarayonda maktab direktori Mirzayeva Shahnoza Shukurbekovna, kutubxona mudiri Badalova Go’zalxon Abdulxamidovna hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xasanova Durdona Abdumalikovna o‘quvchilar bilan birgalikda kitoblar yuzasidan savol-javob va fikr almashuvlarini tashkil etmoqdalar.
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
19 сент., 13:44изменён
📚 “KITOBXONLIK KUNI” — 32-MAKTABDAAndijon tumanining Gulobod MFY hududida joylashgan 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxonlik kuni” doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Andijon tuman MMTB hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon tuman bo‘limi hamkorligida tuman hududidagi ta’lim muassasalarida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, o‘quvchilarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida turli tanlov, bellashuv va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.Mazkur tashabbus doirasida 32-maktabda ham “Bo‘lajak kitobxon” loyihasi asosida o‘quvchilar ishtirokida kitobxonlik bellashuvlari, savol-javoblar hamda mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishi, mutolaa qilgan asarlari yuzasidan bilim va fikrlari namoyon bo‘ldi.Tadbirda Andijon tuman MMTB boshlig‘i v.v.b. Qosimov Asilbek Doniyor o‘g‘li ham ishtirok etib,
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
18 сент., 16:32
переслано из @and_mmtb
#Yangi_tajribaANDIJON SHAHAR HAMDA ANDIJON TUMANIDAGI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA "BOLALARNI KASBIY KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA YANGI TAJRIBALAR" MAVZUSIDA SEMINARLAR TASHKIL ETILDI(Videolavhalarda: Andijon shahridagi 41-DMTT, "Oq ayiqcha" DXSh asosidagi maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda Andijon tumanidagi 1-DMTT va "Merry childrish" DXSh asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkazilgan seminar jarayonlari)Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
18 сент., 13:59
🟢 Диққат, танлов! Андижон вилоят ҳокимлиги, вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси соврини учун ижодкор ўқувчи ва ўқитувчилар ўртасида “Устозни йўқлаб” видеороликлар танлови🟣Андижон вилоят ҳокимлиги, вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси Vodiy1.uz интернет нашри таҳририяти билан ҳамкорликда “1 октябр – Устоз ва мураббийлар куни” олдидан “Устозни йўқлаб” видеороликлар танловини эълон қилади. 🟣 Танлов шартларига кўра, мактаб директорлари жамоалари(ўқитувчи ва ўқувчилар) томонидан - инсон тафаккури меъмори бўлган устозларни креатив услубда, миллий урф-одатларга кўра байрам билан қутлагани тасвирланган 2 дақиқалик креатив видеоролик тақдим этади. ❗️ Видеороликлар - Устозни йўқлаб. Андижон 26 https://t.me/ustozlarimiz_and25 телеграм гуруҳига 27 сентябрь соат 20:00 гача жўнатилади. Сараланган видеоролик лар Vodiy1.uz каналида овозга қўйилади.✔️ Тақдирлаш. 1-ўрин
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
18 сент., 08:05
🌿🧬 BIOLOGIYA — TABIAT SIRLARINI ANGLASH SARI! 🏫 Andijon tumani MMTBga qarashli 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Biologiya fanidan olimpiadaning maktab bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🔬 Olimpiada davomida o‘quvchilar biologiya fanidan egallagan bilimlarini namoyon etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, kuzatuvchanligi va ilmiy salohiyatini sinovdan o‘tkazdilar. 🌱 Mazkur bellashuv o‘quvchilarning tabiat va tirik organizmlar haqidagi bilimlarini yanada boyitish, fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. 🏆 Bilim va izlanish uyg‘unligi — yangi yutuqlar garovi! ✨ Barcha ishtirokchilarga kelgusi bosqichlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
17 сент., 16:01
переслано из @and_mmtb
#Yoshlar_kuniXALQARO FAN OLIMPIADALARIDA SOVRINLI OʻRINNI QOʻLGA KIRITGAN YOSHLAR TAQDIRLANDIXabaringiz bor, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ularni katta hayot yo‘lida o’z o’rinlarini topish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni yutuqlarini munosib taqdirlash va qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor berilib kelmoqda.Xususan, joriy yilning 17-sentabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i U.Shukurov, Turkmanistonda boʻlib oʻtgan matematika olimpiadasi kumush medali sohibi, Al-Xorazmiy maktabi Andijon filiali 11-sinf oʻquvchisi Saidislombek Adaxamov hamda Al-Xorazmiy nomidagi informatika va matematika olimpiadasi bronza medali sohibi Andijon tumani ixtisoslashgan maktab 8-sinf oʻquvchisi Sirojiddin Ne'matovlar bilan uchrashdi.Boshqarma boshligʻi mazkur yoshlarni yutuqlari bilan tabriklagan holda Fan
Andijon tuman maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi matbuot xizmati
17 сент., 13:54
#🏆🇺🇿"BESH_TASHABBUS #OLIMPIADASINING_ #MAKTAB_LIGASI!⚽️🏀🏓⛹♀⛹⛹♂🥇🥈🥉Andijon tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli, 31_umumiy o'rta ta'lim maktabida" Besh tashabbus "olimpiadasi doirasida" Quvnoq startlar "musobaqasi ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi. Musobaqada 1-2- va 3-4-sinf o'quvchilari o'rtasida Chaqqonlik. Epchillik. Tezkorlik va Jamoaviylik borasidagi mahoratlarini namoyish ettilar. Musobaqada seleksioner trener - Bexzodbek Sobirov hamda jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etildi. G'olib bo'lgan jamoani muborakbod etamiz 🏆🥇🥈🥉🏀🏀🏀🇺🇿🇺🇿🇺🇿
