Последние посты

Angren ziyosi
22 сент., 10:47
#Angren_shahar_akm #Kitobxonlik_tanlovi 22.09.2026Angren shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, axborot-kutubxona markazi hamda “Yangi hayot” MFY hamkorligida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida “Kitobxonlik tanlovi” tashkil etildi. Tanlovda texnikumning 9 ta guruhi o‘quvchilari ishtirok etib, o‘zlarining kitobxonlik darajasi va bilimlarini namoyon etdi. Tanlov 3 ta shart asosida o‘tkazildi. Ishtirokchilarning chiqishlari “Buvijonlar maktabi” rahbari R.Xanayeva, “Oqila ayollar” harakati rahbari M.Saynazarova, “Yangi hayot” MFY faollari hamda AKM xodimlari tomonidan baholab borildi.Tanlovda texnikum mutasaddilari J.Dadanova, G. Musayeva va N.Ochilovalar munosib hissa qo‘shdi. Mazkur tanlov yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda kitobxonlik muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.Tanlov yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan guruhlar diplom va
Angren ziyosi
22 сент., 05:23изменён
#yangiruhiyat"Oltin davr degani mazza qilib o'ynab-kulish degani emas..."S. Anarbayev@angrenziyosi
Angren ziyosi
22 сент., 04:34
Ангрен шахар Ёшлик маҳалласи Бугун маҳаллада "Жаҳолатга қарши маърифат" мавзусида маънавий маърифий тадбир ташкил этилди. Тадбирда шаҳар "Оқила аёллар ҳаракати етакчиси М.Сайназарова, "Бувижонлар мактаби" раҳбари Р.Ханаева, маҳалла раиси ва фаоллари ҳамда мактаб маъмурияти иштирок этишди . Тадбирнинг асосий мақсади ёшлар ,фарзандларимиз онгида маърифат ва эзгулик ғояларини мустаҳкамлаш ,уларни бефарқлик турли ёт ғоялардан сақлаш ,ёш авлодни илм олишга ,китоб мутоласига ундашдан иборат бўлиб ,қизлар тарбиясида кўпроқ оналар маъсуллиги хақида тушунчалар берилиб ,аёл маърифатли бўлса жамият ривожланишини,шунингдек, миллий ва умуминсоний қадриятларда ҳурмат руҳида тарбиялаш юзасидан тарғибот, тушунтириш ишлари олиб борилди.
Angren ziyosi
18 сент., 17:17
#yangiruhiyatLekin qarzni o'zimiz to'laymiz.....@angrenziyosi
Angren ziyosi
18 сент., 14:59
🎤 “OCHIQ MIKROFON” — ISTE’DODINGIZNI NAMOYON ETING!Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Angren shahar bo‘linmasi hamda Angren shahar Madaniyat markazi hamkorligida “Bolalar jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi” loyihasi doirasida “OCHIQ MIKROFON” tadbiri tashkil etilmoqda.Siz notiqlik va suhandonlik yo‘nalishida o‘z iste’dodingizni namoyon etishga tayyormisiz? Agar sizda chiroyli nutq, ta’sirchan so‘zlash qobiliyati, sahnada o‘zingizni erkin tutish va tinglovchilar e’tiborini jalb etish mahorati mavjud bo‘lsa, ushbu loyiha aynan siz uchun!✨ “OCHIQ MIKROFON” loyihasida ishtirok etib, o‘z mahoratingizni keng jamoatchilikka namoyish eting, sahna tajribangizni oshiring va yangi iste’dodlar safidan joy oling!📌 Yo‘nalish: Notiqlik va suhandonlik📍 O‘tkazilish joyi: Alisher Navoiy nomidagi 1-son shahar madaniyat markazi📅 Sana: 2026-yil 19-sentabr⏰ Vaqti: 14:00✨ So‘z — kuch!
Angren ziyosi
18 сент., 05:30изменён
#Angren_shahar_akm #Davra_suhbati 17.09.2026Angren shahar axborot-kutubxona markazida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosiga ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, ularning ibratli hayoti va ilmiy faoliyatini yosh avlodga keng targ‘ib etish maqsadida faol kitobxonlar ishtirokida “Ajdodlar merosi — ilm yog‘dusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida buyuk allomalarimizning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi, ularning ilmga bo‘lgan cheksiz intilishi va boy merosining bugungi avlod uchun ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Angren ziyosi
17 сент., 08:37изменён
Kambag‘allikdan — farovonlik sariAngren shahrida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari izchil davom etmoqda.Bugun “Nuroniy” jamg‘armasi shahar Kengashi a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Navbahor”, “Obod”, “Oppartak” va “Dorilfunun” mahallalarida reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti, ijtimoiy muhiti hamda mavjud muammolari o‘rganildi.O‘rganishlar davomida nuroniylar oila a’zolari bilan suhbatlashib, ularning muammolarini aniqlash bilan bir qatorda, yurtimizda inson manfaatlari eng ustuvor qadriyat ekani, aholi uchun munosib va farovon hayot kechirishga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirish ishlarini olib bordilar.Bunday targ‘ibot va o‘rganishlar oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash hamda kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni manzilli
Angren ziyosi
17 сент., 08:29изменён
#rahbarvayoshlaruchrashuviANGREN SHAHAR 3-SON TEXNIKUMIDA "RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI TASHKIL ETILDIAngren shahar 3-son texnikumida yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish maqsadida ochiq muloqot tarzida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda ishtirok etgan mehmonlar va mas'ullar: Angren shahar Sektor rahbarlari; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari; Angren shahar hokimi o‘rinbosari; Yoshlar ishlari agentligi Angren shahar bo‘limi rahbari; Ichki ishlar bo‘limi (IIB) rahbarlari hamda tijorat banklari rahbarlari.Muloqot davomida yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirish, bank kreditlari ajratilishi hamda huquqbuzarliklarning oldini olish kabi muhim masalalar atroflicha
Angren ziyosi
16 сент., 03:41изменён
#yangiruhiyatMening vatanim O'zbekiston@angrenziyosi
Angren ziyosi
16 сент., 02:13
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFATJoriy yilning 15-sentyabr kuni Angren shahar 4-son texnikumida yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi — ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar ongida ma’rifat va ezgulik g‘oyalarini mustahkamlash, ularni jaholat, befarqlik, turli yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yosh avlodni ilm olishga, kitob mutolaasiga va mustaqil fikrlashga undashdan iborat bo‘ldi.Tadbir davomida bugungi globallashuv davrida yoshlar oldida turgan muhim vazifalar, axborot xurujlari va turli yot g‘oyalarning salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyor va ogoh bo‘lish, turli shubhali axborotlarga ishonib ketmaslik, har qanday ma’lumotni tahliliy va tanqidiy fikrlash asosida qabul qilish zarurligi ta’kidlandi.Ma’rifatli yoshlar —
Angren ziyosi
15 сент., 07:09
#kinokarvonToshkent viloyati Angren shahar 3-son texnikumida “Kinokarvon” loyihasi doirasida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kino san’ati orqali yuksak insoniy fazilatlarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda muassasa o‘quvchilari va ustozlar ishtirok etishdi.Tadbir davomida tomoshabinlarga mardlik, jasorat va matonat timsoli bo‘lgan “O‘zbek arsloni” badiiy filmi namoyish etildi. Vatanparvarlik va burch — filmda aks etgan qahramonlik va matonat namunalari yoshlarda milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilishi; Ma’naviy hordiq — “Kinokarvon” loyihasi yoshlar o‘rtasida kinosan’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni ezgu g‘oyalar atrofida birlashtirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Kino namoyishidan so‘ng o‘quvchilar film haqidagi taassurotlari bilan
Angren ziyosi
15 сент., 07:03
Toshkent viloyati Angren shahar Pedagogika texnikumida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda yoshlar o‘rtasida yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy immunitetini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Muloqot davomida quyidagi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:Axborot xavfsizligi va hushyorlik — buzg‘unchi g‘oyalar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi xatarlardan himoyalanish;Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yish — jamiyatda shakllanib qolgan zararli stereotiplar, nohaq qarashlar va salbiy odatlarning oldini olish hamda har bir bolaning ruhiy va jismoniy daxlsizligini ta’minlash;Ma’rifat va ta’lim — jaholatga qarshi eng samarali qurol ekani; Kitobxonlik va ma’naviyat — yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirishdag
