Последние посты

Anvar Mursakulov
20 окт., 08:29
🗣Bugun Karlar sporti federatsiyasining 2027-yilga mo‘ljallangan sport tadbirlari kalendar rejasini shakllantirishda - ustuvor vazifalar va natijadorlik masalalariga e’tibor qaratdik.🔘 Avvalo, yil davomida o‘tkazilgan musobaqalar natijalarini tahlil qilib, erishilgan yutuq va kamchiliklardan tegishli xulosalar chiqarishimiz lozim. Hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud imkoniyatlar, sportchilar salohiyati va talabdan kelib chiqib, ustuvor hamda istiqbolli sport turlarini belgilash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, sport maktablarida surdlimpiya sport guruhlarini tashkil etish va murabbiylar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.🔍 2027-yilgi kalendar rejani tuzishda musobaqalar soniga emas, balki ularning samaradorligiga, hududlarda sport turlarining rivojlanishiga, yangi iqtidorlarni kashf etishga va sportchilar natijalarini yaxshilashga ustuvor ahamiyat berishimiz kerak.🔍Shuningdek, xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan oldin ularning nufuzi va ahamiyatini, sportchilarimiz uchun yaratadigan imkoniyatlarini hamda kutilayotgan natijalarni chuqur baholash muhim. Har bir musobaqada ishtirok etish aniq maqsad, puxta tayyorgarlik va munosib natijaga erishish strategiyasiga asoslanishi lozim.📰Bizning maqsadimiz — musobaqalarni shunchaki o‘tkazish yoki xalqaro maydonlarda ishtirok etish emas, balki to‘g‘ri belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, aniq reja va tizimli tayyorgarlik orqali yuqori natijalarga erishishdir.❤️@anvar_mursakulov




Anvar Mursakulov
19 окт., 12:18изменён
🇺🇿 GʻALABALAR SARI DADIL QADAMLAR!🏆 V Para Osiyo o‘yinlarining ilk kuni O‘zbekiston parasportchilari uchun quvonchli zafarlar va medallarga boy tarzda boshlandi!📰Sportchilarimizning bugungi yutuqlari nafaqat xalqimizga cheksiz quvonch bag‘ishlamoqda, balki O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda yanada baland ko‘tarmoqda!➡Bu hali boshlanishi! Oldinda bizni yanada hayajonli bahslar, yangi rekordlar va unutilmas g‘alabalar kutmoqda. Ishonchimiz komilki, matonatli parasportchilarimiz o‘zlarining kuchli irodasi, jasorati va yuksak mahorati bilan yurtimizga yana ko‘plab medallar va faxrli onlarni taqdim etadilar!👍@anvar_mursakulov


Anvar Mursakulov
19 окт., 05:05
🏆Kuni kecha V Para Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi🔘 Bugun vakillarimiz 10 ta sport turida ishtirok etadi.🗣Atletlarimizga ushbu bahslarda omad va zafarlar tilaymiz!❤️@anvar_mursakulov
Anvar Mursakulov
18 окт., 09:20
🏆 Aichi-Nagoya-2026 V Para Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlandi🗣Unda para taekvondo bo‘yicha Paralimpiya chempioni Asadbek Toshtemirov hamda para velosport bo‘yicha jahon chempioni Marjona Pardaboyeva 🇺🇿 O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari bo‘lishadi.👍@anvar_mursakulov


Anvar Mursakulov
18 окт., 08:03
🏆 Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati va rasmiylari Nagoya ko‘chalari bo‘ylab V yozgi Para Osiyo o‘yinlari mash’alasini olib o‘tishdi👍@anvar_mursakulov
Anvar Mursakulov
17 окт., 08:40
🇺🇿 Atletlar shaharchasida O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi🏆 Aichi-Nagoya–2026 V yozgi Para Osiyo o‘yinlari doirasida Atletlar shaharchasida O‘zbekiston delegatsiyasini tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.👍 @anvar_mursakulov
Anvar Mursakulov
16 окт., 05:13
🏆 Aychi–Nagoya-2026 Osiyo Para o‘yinlari raqamlarda!🗣7 kun — sport, matonat va g‘alaba ruhi!🔘 2026-yil 18–24-oktyabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida V Osiyo Para o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Qit’aning eng kuchli parasportchilarini bir maydonda jamlaydigan mazkur nufuzli musobaqada 45 ta davlat Milliy paralimpiya qo‘mitasi vakillari, 2 700 nafar sportchi hamda 1 300 nafar jamoa rasmiylari ishtirok etishi kutilmoqda.📰Sportchilar 18 ta parasport turi bo‘yicha bahs olib borib, 492 ta oltin medallar jamlanmasi uchun kurashadilar.📍Musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish uchun 19 ta sport inshootidan foydalanish rejalashtirilgan.🏆Aychi–Nagoya-2026 — nafaqat yirik sport musobaqasi, balki inson irodasi, matonati va imkoniyatlarini namoyon etuvchi ulkan sport bayramidir.🗓️ 2026-yil 18–24-oktyabr Nagoya shahri, Yaponiya➡Bizni kuzatib boring!#AichiNagoya2026 #AsianParaGames #ParaSport👍@anvar_mursakulov


Anvar Mursakulov
15 окт., 12:23
🔘 Maxsus olimpiadachilar safi ham asta-sekin kengayib, murabbiylar faolligi ham ortib bormoqda.📰Ikki kun davomida o‘tkazilgan Respublika chempionatida aqliy rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgan, shuningdek, Daun sindromli bolalar va yoshlar o‘z imkoniyatlarini namoyon etdilar.🔍 Bir vaqtlar sanoqli ishtirokchilar bilan boshlangan para yengil atletika - bugun minglab sportchilarni birlashtirmoqda. Ishonamizki, Maxsus olimpiada ham vaqti kelib shunday yuksaladi!💬 @anvar_mursakulov




Anvar Mursakulov
17 сент., 12:04изменён
🔘Tarixiy muvaffaqiyat: O‘zbekiston parashaxmat terma jamoasi Olimpiadada ilk bor bronza medallarini qo‘lga kiritdi!✍️ Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan 3-shaxmat paralimpiadasida dunyoning 36 ta davlatidan 41 ta jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchilar ishtirok etdi. Nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini 3 ta tarkib munosib himoya qildi.➡ Hal qiluvchi 7-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Isroil ustidan 2.5 : 1.5 hisobida yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi!🇺🇿 Musobaqa yakuniga ko‘ra, Polsha 1-o‘rin, Kuba 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, terma jamoamiz 11 ochko jamg‘arib, faxrli 3-o‘rin va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.🔍 Bu — o‘zbek parashaxmati tarixida Olimpiadada qo‘lga kiritilgan ilk bronza medalidir!Barcha yurtdoshlarim


Anvar Mursakulov
17 сент., 08:03
🗣Trenerlar bilan ochiq muloqot: muammolar, takliflar va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi🔘 Sport ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida trenerlarning kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolar, mashg‘ulot jarayonini samarali tashkil etish, sportchilar davomatini nazorat qilish hamda adaptiv sport sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.🔍Ochiq muloqotda, xususan, sportchilar davomatini Face ID tizimi orqali nazorat qilish, shuningdek, “Inson” markazlari monitoringi bilan bog‘liq jarayonlar yuzasidan trenerlarning fikr va takliflari tinglandi. Mashg‘ulotlarni tashkil etishda duch kelinayotgan amaliy muammolar, sportchilar bilan ishlash jarayonidagi ayrim




Anvar Mursakulov
16 сент., 08:27
❗️ E’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim masala: Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar orasida grossmeysterlar yetishib chiqishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni yuqori bosqichlarga olib chiqish muhim vazifalarimizdan biridir.🔘 Samarqandda imkoniyatdan foydalanib, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komil Sindarovni shahardagi 8-son ko‘p tarmoqli internat o‘quvchilari bilan uchrashuvga taklif qildik.📰Biz shaxmatni nafaqat ommalashtirish, balki nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar orasidan kelajakda xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tarbiyalash uchun ham sharoit yaratishimiz kerak.➡️ Ma’lumot o‘rnida: Bugungi kunda sport ta’lim muassasalarida 245 ta shaxmat bo'yicha adaptiv sport




Anvar Mursakulov
16 сент., 05:31
♟ Boqiy Samarqand o’zining mehmondo’stligi bilan dunyo shaxmat oilasini qabul qildi.♟ Samarqandda 46-Shaxmat Olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.#Shaxmat #Olimpiada👍@anvar_mursakulov
Anvar Mursakulov
15 сент., 06:02
📰Har bir yurish — nafaqat raqibga qarshi, balki hayotning «qila olmaysan» degan sinovlariga berilgan javob.🔍 5-kun. III Parashaxmat olimpiadasi o’yinlari davom etmoqda.👍@anvar_mursakulov
Anvar Mursakulov
14 сент., 13:54
📍 Samarqand viloyati: muammo, muloqot va yechim!🗣Xizmat safari davomida viloyatning eng chekka hududlarida joylashgan sport maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishdik.🔘 Adaptiv sport yo‘nalishida erishilayotgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, yechimini kutayotgan ayrim tizimli kamchiliklar ham mavjud.📰Masalan, viloyatning 8 ta tumanida shug‘ullanuvchilar soni yil boshiga nisbatan keskin kamaygan.🔍 Bugungi kunda sport guruhlari faoliyatini monitoring qilish, Face ID tizimidan samarali foydalanish, trenerlar faoliyatini baholash va nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga qamrab olishni kengaytirish masalalari muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.🔍Shu maqsadda joriy




Anvar Mursakulov
14 сент., 10:27
📰 Insonning haqiqiy kuchi — jismoniy imkoniyatlari bilan emas, balki uning irodasi, ishonchi va maqsadi bilan o‘lchanadi. Ikki qo‘li bo‘lmasa-da, sportda murakkab harakatlarni bajarayotgan bu qiz matonat va kuchli xarakterning yorqin namunasidir.📰Ba’zan eng katta to‘siq tanamizda emas, balki ongimizda bo‘ladi. Sabr, mehnat va o‘z kuchiga ishonch bor joyda esa «imkonsiz» degan so‘z o‘z ma’nosini yo‘qotadi.💬 @anvar_mursakulov
Anvar Mursakulov
14 сент., 04:54
♟ Hayot — shaxmat kabi📰 Oq dona birinchi yurishni boshlaydi, ammo bu uning g‘alaba qozonishini anglatmaydi. Ba’zan qora dona orqaga chekingandek ko‘rinadi, aslida esa eng kuchli yurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘ladi.🔘 Samarqandda III Parashaxmat olimpiadasi davom etmoqda.💬 @anvar_mursakulov


Anvar Mursakulov
12 сент., 09:54
🗣Bugun Respublika Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida sportchilarimizni Aichi-Nagoya-2026 Osiyo va Para Osiyo oʻyinlariga tantanali kuzatish marosimi bo'lib o'tdi#ParaOsiyo👍@anvar_mursakulov
Anvar Mursakulov
11 сент., 04:52
♟ Kecha Samarqand xalqaro turizm markazida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida III shaxmat paralimpiadasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.#Parashaxmat #olimpiada👍@anvar_mursakulov
Anvar Mursakulov
9 сент., 14:24
📰Bizga manfaat ham, mansab ham emas — qalbdan chiqqan chin munosabatlar qadrli.👍@anvar_mursakulov


Anvar Mursakulov
8 сент., 07:44
🗣Samarqand III Parashaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qiladi✍️ 10–18-sentyabr kunlari Samarqand shahrida III Parashaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.♟ Bu yilgi musobaqada 35 ta davlatdan 41 ta jamoa va 196 nafar shaxmatchi ishtirok etadi. Ularning 150 nafari erkaklar, 46 nafari ayollar.♟ 41 ta jamoa — Parashaxmat Olimpiadasi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Taqqoslash uchun, Belgrad-2023da 26 ta, Ostona-2024da 34 ta jamoa qatnashgan.🏆 Bellashuvlar Shveysarcha tizim asosida 7 turda o‘tkaziladi.♟ Musobaqaning bu yilgi keng ko‘lami mamlakatimizda inklyuziv sportni rivojlantirish, para sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda shaxmatning barcha uchun ochiq intellektual sport

