Последние посты

Asarcha
22 сент., 17:08
Buning ham joni bor demaysiz, Bir qoshiq qoni bor demaysiz, Ketar bir oni bor demaysiz, Bilmaysiz, dardimni bilmaysiz.Soʻzimda qolmadi halovat, Begʻaraz sevmak ham jasorat... Adolat qayerda, adolat? Koʻngilni nazarga ilmaysiz.Oʻzimni koʻmganman qalbimga, Achinmay qoʻyganman qadrimga, Oʻliblar ketsam ham, qabrimga Taʼnayu tamaʼsiz kelmaysiz.© Behzod Fazliddin| @asarcha


Asarcha
21 сент., 13:54
Yaxshi video🔥
Asarcha
16 сент., 19:32
Yolgʻon — Farhodlar togʻ oshayotgani, Yolgʻon — Shirinlar deb qon yozgan qalam. Yonimda boʻlmay ham yashayotganing, Yoʻq boʻla turib ham borliging — alam.Muhabbat menimcha qilmoqda hazil, Unga qiziqmasdek goʻyo istagim: Poyoni vaslingga bogʻlangan manzil — Ishonmoqchi boʻlgan yolgʻiz ertagim.Ha, sen tugʻilgansan asrlar osha, Men-da azallarning hayratimasmi, Dumaloq yer uzra bir vaqtda yashab, Topisholmay ketsak gʻalatimasmi?!©Xayrulla Hamidov| @asarcha


Asarcha
15 сент., 20:05

Asarcha
15 сент., 09:22
Aytmatov bu asarni kitobxonlar ikkiga bo'linib bir-biri bilan yoqalashib janjallashishi uchun yozgan bo'lsa kerak. Jamila to'g'ri qilganmi yoki yo'q?Chingiz Aytmatovning bu asari uning boshqa chuqur ma'noli, katta hajmli, tushunishga murakkab asarlaridan anchayin farq qiladi. Hatto menga o'xshab avval katta asarlarini sevib o'qigan kitobxon uchun bu zerikkanidan bir yozib qo'yilgan asardek bo'lishi mumkin. Lekin bu asar ko'p kitobxonlar o'rtasida yaxshigina ziddiyat keltirib chiqara olgan.Fransuz Yozuvchisi Lui Aragon "Jamila" asarini "muhabbat haqida yozilgan eng go'zal qissa" deya ta'kidlagan. Lekin men bunga hech qachon qo'shilmaganman. Balki men uchun xiyonat har qanday holatda ham eng jirkanch ish bo'lgani uchun shundaydir. Bilmadim, bilmadim qancha harakat qilmay Jamilani oqlay olmaganman hech...Aytmatov asar orqali jamiyatdagi ba'zi qarashlarga qarshi chiqqandek. Jamila
Asarcha
7 сент., 18:06

Asarcha
6 сент., 04:44
Xayrli yakshanbaShu kunlarda qaysi kitoblar trentda? Yoki siz qaysi kitoblarni olaman deb yuribsiz? Izohda yozib ketsangiz, xursand boʻlaman)
Asarcha
5 сент., 05:19
“Hozir qo‘limga miltiq berib qo‘yishsa-yu, darvozadan otam bilan onam kirib kelishsa, shartta otardim. Ana undan keyin o‘zimni ham otib yuborishsa mayli. Yo‘q, avval sud bo‘lishi kerak. Sudda gapirishim shart. “Bolasini tashlab ketgan ota-onaning jazosi shu”, deyman. “Tirik yetimlar, hammangiz ablah ota-onalaringizni topib, otib yuboring. Yolg‘on gaplar to‘qib, ularni yaxshi odam qilib ko‘rsatmang bir-birlaringizga. Ayamay, otib tashlang!” deyman. “Tirik yetimlarga miltiq beringlar!” deyman! Ana shundan keyin meni otishsa ham mayli...”Alvido bolalik| @asarcha


Asarcha
4 сент., 03:15
Yomg'ir yog'ib turar qo'lingda kitob, Ozroq o'ylasangchi axir joningni. Bugun ham osmonga chiqar deb oftob, Uyda qoldirdingmi soyaboningni. Qo'llarim unversitet qo'ng'irog'ida, Sochlarim shamolda hazonday to'zir. Umrning eng baxtli go'zal chog'ida, Seni uchratishim
Asarcha
4 сент., 03:10
Yomg'ir yog'ib turar qo'lingda kitob, Ozroq o'ylasangchi axir joningni. Bugun ham osmonga chiqar deb oftob, Uyda qoldirdingmi soyaboningni.Qo'llarim unversitet qo'ng'irog'ida, Sochlarim shamolda hazonday to'zir. Umrning eng baxtli go'zal chog'ida, Seni uchratishim go'yoki taqdir.Yuzlab talabalar shoshar eshikka, Millionlab tomchilar yuzingni yuvar. Bir jilga mavjlanar tarnovdan tikka, Yomg'irpush ko'targan qizlarni quvar.Balki, kuz faslidan estalik bizga, Ehtimol, biz baxtli bo'larmiz singlim. Yomg'ir ham shivalab turibdi biroq, Nedandir bezovta bo'lmoqda


Asarcha
3 сент., 10:54
Haqiqiy kuzni havosi bo'lyaptiku🍂(Farg'onada)
Asarcha
1 сент., 20:02изменён
Omadi kelganlar qandini ursin...
Asarcha
31 авг., 19:03
Angladim–bahorga atalmaganmiz, Kuzda tug'ilganman,demakki–kuzman. Eng sònggi yaprog'im tòkilgungacha, Sen ketgan yòllardan kòzimni uzmamSen ham bahorlarni axtarib yurma Behishtdan quvilgan nochor azizim, Boshqa fasllarning borligi ròyo Bu dunyoda faqat kuz bor,AzizimShuhrat Orif| @asarcha
Asarcha
30 авг., 04:08
https://youtu.be/_g9QyJVsbas?si=joE_UHsjkw1uB8bNYouTubeShuhrat Qayumov - G'animatim onajon | Шухрат Каюмов - Ганиматим онажонRizaNova ilovasini yuklab oling @ https://rizanova.uz/apps Obuna bo'ling @ https://www.youtube.com/RizaNovaUZ RizaNova @ Instagram https://instagram.com/RizaNovaUZ RizaNova @ Telegram https://telegram.me/RizaNovaUZ
Asarcha
28 авг., 08:40
"Leon" filmida shunday jumlalar bor: "Sevgi bilan go'zallashmagan insonlardan qo'rq, Matilda. Ularni hech narsa baxtli qilolmaydi".| @asarcha


Asarcha
27 авг., 17:40
Siz yoqqansiz menga hamisha, Faqat buni etmovdim oshkor. Oʻylovdimki yurak topishar, Bizdan ketgach sabru ehtiyoj.O, men sizni qanchalar kutdim- Mana-oq soch, mana bu ajin. Kunlarimni tortqilab yutdi Shum yolgʻizlik-farishta gʻajir.Ortingizdan ketishim mumkin, Yoʻl tugasa, yoʻlsiz tentirab. ammo, ayting yigʻlaysiz nechun Manglayingiz devorga tirab?Yoʻq, hech sizga yetmasin ozor, Tushunaman-yillar, andisha... Faqat sizga aytmovdim oshkor- Siz yoqqansiz menga hamisha.


Asarcha
25 авг., 13:40изменён
O'tkir Hoshimov nima uchun ko'p asarlarida xiyonat bilan bog'liq voqealarni olib chiqqani mani qiziqtiradi. Bu o'quvchiga o'zbek ayollarini yengiltak qilib yoki o'zbek erkakalarini hirsini boshqara olmaydigan qilib ko'rsatib qo'ymaydimi? Yoki O'tkir Hoshimov hayoti davomida bunday holatlarga shunchalik ko'p guvoh bo'lganmikin?Qiziq...
Asarcha
21 авг., 00:46
Nogoh salqin keldi avgust so‘ngida, Yomg‘ir yog‘ib o‘tdi bugun ertalab. Ertalab - sabrning ko‘zi o‘ngida – Men sening ismingni aytdim erkalab.Nogahon o‘zgarish etdimi ta’sir, Yo salqin xotirang yetdi – bilmadim: Ko‘nglimni ertalab etmadim tahrir - Erkalab ismingni aytdim. Yig‘ladim.Tushundim - taqdiring ishin yuritgan Beyurak royishlar haqlidir, haqli. O‘yladim: - Albatta, meni unutgan! - Albatta, baxtlidir! Albatta, baxtli!Asli bu mung nechun? Taqdir hal bo‘lgan. Umrdan necha kun qoldi? Bilmadim. Sensiz o‘lmog‘imga qismatim ko‘ngan... Baribir yig‘ladim.


Asarcha
18 авг., 19:36
Ayol kishi yig'lab turishi kerak, uni qalbi erkaknikidan yumshoqroq bo'lishi kerak!Kuchli, toshyurak ayolga himoyachi bo'lish erkakka yoqmaydi!Qiyin ishlarni erkakka topshira olishi, unga suyana olishi kerak!| @asarcha


Asarcha
14 авг., 06:55
Baxt o'zi nima?❤️https://youtu.be/iBZcPBIfYZQ?si=aFBzimfrxvOu0eEwYouTubeBaxt o'zi nima? (multfilm) | Бахт узи нима? (мультфильм)RizaNova ilovasini yuklab oling @ https://rizanova.uz/apps Obuna bo'ling @ https://www.youtube.com/uzbekmultfilm RizaNova @ Instagram https://instagram.com/RizaNovaUZ
