Последние посты

Azizova Dilfuza Erkinovna
21 сент., 17:57
переслано из @kuranbayev_k
♟G‘ALABAAAAAAAAAAA!!!!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov durang o‘z partiyalarida o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘ydi va g‘alabani ilib ketdi! Nodirbek — qahramon!!!💬 @Kuranbayev_K 📹 Instagram.com/Kuranbayev_K
Azizova Dilfuza Erkinovna
16 сент., 04:11
переслано из @qurbonova_a
“9 soat”ning siri nimada?“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi,
Azizova Dilfuza Erkinovna
29 авг., 07:27
#Кечиккан_пост #Эсладим #бу_сўзларни_шу_ерда_қолдирмасам_бўлмасди. Меҳнат фаолиятимни мактабда етакчиликдан бошлаган бўлсам-да, кейинчалик фаолиятимни жисмоний тарбия ўқитувчиси сифатида давом эттирдим. 15 йил давомида мактабда ўқитувчи сифатида фаолият юритдим. Йиллар давомида қайси йўналишда иш бошламай, спорт билан шуғулланишга, бу йўналишга алоҳида эътибор беришга ҳаракат қилдим. Чунки спорт мен учун шунчаки касб ёки қизиқиш эмас, балки ҳаётимнинг бир қисмига айланган. Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги арафасида берилган «Жисмоний тарбия ва спорт аълочиси» кўкрак нишони кўп нарсаларни эслатди… Раҳматли дадамни, болалигимни, ёшлигимни, ўқитувчилик давримни, фарзандларим билан бирга спорт билан шуғулланган пайтларимни, мусобақаларга тайёргарликларни, беллашувларни… Хуллас, спорт билан боғлиқ барча хотираларимни яна бир бор кўз олдимдан ўтказдим. Баъзида инсон йиллар давомида қилган
Azizova Dilfuza Erkinovna
29 авг., 07:24
переслано из @dkattakhanova
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.@dkattakhanova
Azizova Dilfuza Erkinovna
27 авг., 17:59
переслано из @manaviyat_markaz
#35yil_35mahalla_35mingkitob“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdiMustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Kitob karvoni” ma’rifiy aksiyasiga start berildi. Mazkur loyiha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi,Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Markaziy bank hamkorligida tashkil etildi.Aksiya doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” 35 ta namunali mahallaga 35 ming nusxa kitob topshiriladi.Tashabbusning asosiy maqsadi:- mahallalarda kitobxonlik muhitini rivojlantirish; - yoshlarni mutolaaga keng jalb etish; - aholining sifatli adabiyotlardan bepul foydalanish imkoniyatini kengaytirish; - mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash.Rasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
Azizova Dilfuza Erkinovna
18 авг., 13:11
переслано из @samarqandvmahallauyushmasi
Kitobxon oila — ma’naviyat va ma’rifat beshigi!Samarqand viloyatida oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, farzandlarni mutolaaga keng jalb etish hamda oilaviy kitob o‘qish an’analarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda kitobsevar oilalar belgilangan badiiy asarlar yuzasidan o‘z bilim va dunyoqarashlarini sinovdan o‘tkazib, mutolaa borasidagi salohiyatlarini namoyon etdilar.Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — Toyloq tumanidagi “Nuroniy” MFYda yashovchi Bobobekovlar oilasi; 🥈 2-o‘rin — Ishtixon tumanidagi “Bo‘ronxo‘ja” MFYda yashovchi G‘afurova Xumora oilasi; 🥉 3-o‘rin — Qo‘shrabot tumanidagi “Qo‘shtamg‘ali” MFYda yashovchi Mamirov Sirojiddin oilasiga nasib etdi.G‘olib va sovrindor oilalarni muborakbod etamiz! 📚📲 Kanalimizni
Azizova Dilfuza Erkinovna
18 авг., 13:10
переслано из @samarqandvmahallauyushmasi
🏠UYDAMahallamiz kelini Manija “Eng fayzli hovli”, “Eng obod ko‘cha” va “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovida qatnashmoqchi.#mahalliy_sharh #xalqchildavlat📲 Kanalimizni kuzatib boring: @samarqandvmahallauyushmas
Azizova Dilfuza Erkinovna
16 авг., 02:19
переслано из @samarqand_live
“35 yillikka 35 bino”Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqandda “35 yillikka 35 bino” loyihasi amalga oshirilmoqda.Tashabbus doirasida viloyatning shahar va tumanlarida 35 ta mahalla binosi zamonaviy talablar asosida barpo etilib, ta’mirlanib va jihozlanib, foydalanishga topshiriladi.Yangi va zamonaviy mahalla binolari aholiga davlat hamda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, yoshlar bilan manzilli muloqotlarni tashkil etish hamda mahalladagi muhim masalalarni samarali hal etish uchun munosib sharoit yaratadi.“35 yillikka 35 bino” tashabbusi — minglab aholi uchun qulaylik va mahalla hayotida yana bir muhim qadam!Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasi — obod mahalladan boshlanadi!🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!✅ @Samarqand_live – Юзинг қийшиқ бўлса ойнадан ўпкалама!
Azizova Dilfuza Erkinovna
15 авг., 07:09
переслано из @samarqandvmahallauyushmasi
#Kayfiyat⚡️ Ishxonamizdagi bir kun📲 Kanalimizni kuzatib boring: @samarqandvmahallauyushmas
Azizova Dilfuza Erkinovna
15 авг., 07:06
переслано из @samarqandvmahallauyushmasi
🏆 “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi” uchun Zakovatning viloyat bosqichi o‘tkazildiSamarqand viloyatida “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi” uchun Zakovat intellektual o‘yinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy o‘tgan bellashuvda viloyatning 16 ta shahar va tumanidan 32 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, o‘z mahallasi sharafini munosib himoya qildi.Yakuniy natijalarga ko‘ra:🥇 1-o‘rin — Payariq tumani Sarisuv MFY 🥈 2-o‘rin — Ishtixon tumani Qoraqishloq MFY 🥉 3-o‘rin — Toyloq tumani Bog‘izag‘on MFYG‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi. Shuningdek, bellashuvda faol ishtirok etgan barcha jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.Payariq va Ishtixon tumanlari jamoalari Zakovat intellektual o‘yinining respublika bosqichida Samarqand viloyati sharafini himoya qilish
Azizova Dilfuza Erkinovna
14 авг., 17:29
переслано из @samviloyatihokimligi
“35 yillikka 35 bino”Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqandda “35 yillikka 35 bino” loyihasi amalga oshirilmoqda.Tashabbus doirasida viloyatning shahar va tumanlarida 35 ta mahalla binosi zamonaviy talablar asosida barpo etilib, ta’mirlanib va jihozlanib, foydalanishga topshiriladi.Samarkand.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Azizova Dilfuza Erkinovna
13 авг., 01:58
переслано из @samarqandvmahallauyushmasi
Xayrli tong, azizlar!Soʻz — insonning oynasiSoʻz insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini oʻlchab koʻrsatuvchi tarozidir.Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini soʻzlagan soʻzidan bilurlar.Abdulla AVLONIY.📲 Kanalimizni kuzatib boring: @samarqandvmahallauyushmasi
Azizova Dilfuza Erkinovna
4 авг., 03:00
переслано из @samarqand_live
«Баъзан ҳаво шари юқорилаши учун унинг ичидаги тош босиб турган қопларни улоқтиришга тўғри келади.Инсон ҳам юксалиши учун уни ортга тортаётган қусурлардан воз кечиши шарт...»© Ғ. Ҳакимов. «Ёзилмаган асар»📚✅ @Samarqand_live – Юзинг қийшиқ бўлса ойнадан ўпкалама!
Azizova Dilfuza Erkinovna
24 июл., 08:56
Таваллуд айёмингиз муборак бўлсин! Муҳтарам Президент!Сизга мустаҳкам соғлиқ, узоқ умр,куч-ғайрат ва масъулиятли фаолиятингизда улкан муваффақиятлар тилаймиз. Юртимиз тинчлиги, халқимиз фаровонлиги ва мамалакатимиз тараққиёти йўлидаги эзгу ишларингизда яратганнинг ўзи мададкор бўлсин.
Azizova Dilfuza Erkinovna
21 июл., 10:21
переслано из @kuranbayev_k
Yig‘ilishda “mahalla yettiligi” ishini yangicha tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan hafta bu borada barcha masalalar tushuntirilib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilgan edi.Bu borada “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilinib, 2 mingta eng og‘ir mahallada ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish boshlandi.Ushbu mahallalarda hokim, mahalla raisi va bandlik bo‘limi o‘rtasidagi uch tomonlama shartnomalar qayta ko‘rib chiqildi.Hokimlar 2 mingta og‘ir mahallada elektr, gaz, yo‘l va suv masalalarini o‘z vaqtida hal qilishga shaxsan javobgar bo‘ladi.Bandlik tizimi mas’ullari ehtiyojmand aholini o‘qitish, ishga joylashtirish va daromadini oshirish maqsadida hududma-hudud yuradi.Mahalla tizimi rahbarlariga 8 ming 992 ta mahallada ko‘chalar va uylarni obod qilish, daraxt va ko‘chat ekish, ariqlarni toza tutish bo‘yicha aniq majburiyatlar yuklatildi.
Azizova Dilfuza Erkinovna
21 июл., 10:21
переслано из @kuranbayev_k
Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.Davlatimiz rahbari so‘zga chiqadigan rahbarlar faqat hisobot bilan cheklanmasdan, qanday yangi zaxiralar topgani, ularni ishga solish bo‘yicha qanday tizim tashkil etayotgani va yil yakunigacha qanday natijaga erishishini aniq tushuntirishi zarurligini qayd etdi. Shuningdek, global vaziyat o‘zgarib borayotgan hozirgi sharoitda har bir rahbar qo‘shimcha ssenariylar bilan ishlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.Yil boshidan mamlakatimiz iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. Sanoatda 8 foiz, xizmatlarda 16,9 foiz, qurilishda 13,8 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,7 foiz o‘sish ta’minlandi.Investitsiyalar hajmi 28 milliard dollarga, eksport 14,4 milliard dollarga yetdi. Nufuzli “Fitch” va “Moody’s” xalqaro reyting agentliklari
Azizova Dilfuza Erkinovna
10 июл., 09:41
переслано из @zarnews_uz
Дилноза Каттахонова Бош вазир ўринбосари этиб тайинландиД.Каттахонова Бош вазир ўринбосари — Оила ва хотин-қизлар қўмитаси раиси лавозимига тайинланди.Шу муносабат билан у Ёшлар ишлари агентлиги директорининг биринчи ўринбосари лавозимидан озод этилди.✅@Zarnews_uz
Azizova Dilfuza Erkinovna
23 июн., 19:11
😞1,540Открыть в Telegram
Azizova Dilfuza Erkinovna
23 июн., 17:53
Шу битта голни ҳам кўп кўришди🙁🙁
Azizova Dilfuza Erkinovna
23 июн., 17:53
