Последние посты

BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
22 сент., 14:13
FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILADIBag‘dod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Z.B. Xolmatov tomonidan fuqarolarning ichki ishlar sohasiga oid murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.📅 2026-yil 23-sentabr 🕘 Soat 09:00 📍 Bag‘dod tumani Ichki ishlar bo‘limi binosiQabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, tegishli masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida zarur choralar ko‘riladi.Barcha fuqarolarni o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mazkur qabulda faol ishtirok etishga chorlaymiz.📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 90 292-03-37✍️ Bag‘dod tumani hokimligi Axborot xizmati
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
22 сент., 14:00
XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT:Bag‘dod tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va muammolarga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.Tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabul jarayoni O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi binosida tashkil etildi va tuman hokimi o‘rinbosarlari qolaversa tumandagi mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirokida olib borildi.Qabul jarayonida tumanning turli hududlaridan jami 90 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi.Qabulda fuqarolarning:Sog‘liqni saqlash: Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaroga kislorod konsentratori ajratish belgilandi.Bandlik: Ishga joylashish bo‘yicha murojaatlar ko‘rib chiqilib, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.Yo‘l va infratuzilma: Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar tuman
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
22 сент., 13:53
переслано из @ferganafa
MUXLISLAR DIQQATIGA!24 sentyabr kuni kechki soat 19:00 da Farg‘onadagi muhtasham "Istiqlol" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shu kuni "Istiqlol" stadioni sariq-qora emas, oq-ko‘k rangga burkanadi. Chiptalarni esa stadion kassalarida xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Milliy terma jamoamizni "Istiqlol" stadionida qo‘llab-quvvatlang.Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a oq bo‘rilar!Telegram | Instagram | farfa.uz | YouTube | Facebook
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
22 сент., 08:52
Bag‘dod tumani hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar uchun shaxsiy qabullar muntazam o‘tkazilmoqda🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF–51-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman (shahar) hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari tegishli Xalq qabulxonalariga jamoatchilik asosida rahbarlik qilishi va fuqarolarni muntazam ravishda shaxsan qabul qilishi belgilangan. 📶Mazkur Farmon ijrosi doirasida 2026-yil davomida Bag‘dod tumani hokimining o‘rinbosarlari tomonidan tuman Xalq qabulxonasi binosida tasdiqlangan reja-grafik asosida fuqarolarning shaxsiy qabullari tashkil etib kelinmoqda.📶Qabullar davomida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglanib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda. Shuningdek, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
22 сент., 07:25
Bag‘dod tumanida 2027-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish hamda mavsum davomida sug‘orish ishlarini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.Unda Sirdaryo–So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Suv resurslari bo‘limi boshlig‘i Z. Ismoilov hamda F. Rasulov ishtirok etdi.Seminarda 2027-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini belgilangan muddatlarda ekish, yer maydonlarini sifatli tayyorlash, sug‘orish ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish va mavjud suv resurslaridan tejamkor foydalanish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, suvdan foydalanishni tartibga solish, suv resurslari hisobini yuritishda don daftarchalarining ahamiyati tushuntirildi. Ishtirokchilarga don daftarchalarini belgilangan tartibda tarqatish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Seminar davomida kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlarni sifatli va
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
22 сент., 05:50
PAXTA TERIMI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDABag‘dod tumanida paxta hosilini qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.Dalalarda hosilni sifatli va tezkor yig‘ib olish maqsadida zamonaviy paxta terish texnikalari hamda terimchilar safarbar etilgan.Jumladan, “Usmonov Doston paxtazori” fermer xo‘jaligi rahbari Rustamjon Homidov, “Qosimobod gulshani” fermer xo‘jaligi rahbari Sardor Mamadaliyev hamda “E. Buzrukxo‘ja o‘g‘li” MMTP tomonidan terim jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Mavsumda faol ishtirok etayotgan terimchilarni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilib, yuqori natija ko‘rsatayotgan terimchilar moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.Hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish, terim sur’atini oshirish hamda mavsumni uyushqoqlik bilan yakunlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.✍️ Bag‘dod
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
22 сент., 00:57
переслано из @fvhokimligi
Kurkachilik – mahallaning yangi drayveriBag‘dod tumani Cho‘rindi mahallasida aholi daromadini oshirishning yangi yo‘nalishi – kurkachilik keng ommalashmoqda.Xonadonda boshlangan bu faoliyat bugun nafaqat oilaviy daromad manbai, balki mahallada ko‘plab xonadonlarni birlashtirayotgan yo‘nalishga aylangan.Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
21 сент., 16:23
Tumanda ilk rejani bajargan fermerga toʻn kiydirildi!Bagʻdod tumanidagi «E. Buzrukxoʻja» MMTP hududida faoliyat yuritayotgan, tajribali fermer Rustamjon Joʻrayev rahbarlik qilayotgan «Yigit fermer» fermer xoʻjaligi davlatga 52 tonna yuqori sifatli paxta topshirib, tumanda birinchilardan boʻlib shartnomaviy rejani ortigʻi bilan bajardi. Tuman hokimi Maqsajon Isaqov fidokorona mehnat qilgan fermer R. Joʻrayevning yelkasiga toʻn kiydirib ushbu zafar bilan samimiy qutladi.✍️Bagʻdod tumani hokimligi Axborot xizmati
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
21 сент., 16:22
BAGʻDODDA TASHABBUSKOR FERMERLAR RAGʻBATLANTIRILMOQDA: TUMAN HOKIMI MMTP RAHBARLARI VA FERMERLAR BILAN UCHRASHUV OʻTKAZDIBagʻdod tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimi Maqsajon Isaqov raisligida fermer xoʻjaliklari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda MMTP rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan kun tartibidagi yigʻilish boʻlib oʻtdi.Yigʻilishda kuzgi majmuiy tadbirlarni tizimli tashkil etish, xususan, pahta yigʻim-terimi, chorvachilikni rivojlantirish va kelgusi yil hosili uchun don ekish ishlari atroflicha muhokama qilindi.Paxta yigʻim-terimi: Maqsad — hosilni yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmay yigʻib olish.Kun tartibidagi birinchi muhim masala — yetishtirilgan «oq oltin» hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda yigʻib olish boʻldi. Tuman rahbari yaqinlashib kelayotgan yomgʻirli kunlarni inobatga olgan holda, barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
21 сент., 15:08
D-105 "Farg‘ona halqa yo‘li"ning Bag‘dod tumanidan o‘tgan qismini ta’mirlash ishlari tuman hokimi nazoratida.Bag‘dod tumani hududidan o‘tuvchi davlat va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan D-105 "Farg‘ona halqa yo‘li" avtomobil yo‘lida ayni kunlarda keng ko‘lamli qurilish-rekonstruksiya ishlari jadal olib borilmoqda.Bag‘dod tumani hokimi Maqsadjon Isaqov yo‘l qurilishiga mas’ul bo‘lgan soha mutasaddilari, pudrat tashkilotlari rahbarlari va muhandislar ishtirokida ob’ektdagi ishlarning borishini atroflicha muhokama qildi.Mudofaa, xavfsizlik va sifat me’yorlariga alohida to‘xtalgan tuman rahbari, vaqtincha yuzaga kelayotgan tirbandliklarni bartaraf etish, aylanma yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda qurilish sur’atlarini susaytirmagan holda ishlarni muddatidan kechiktirmay, sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.Bugun infratuzilmani
BAG‘DOD TUMANI HOKIMLIGI
21 сент., 12:57
BAG‘DOD TUMANIDA “MA’NAVIYAT KARVONI”Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Ma’naviyat karvoni” loyihasining tuman bosqichi Bag‘dodda davom etmoqda.Navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy seminarda Qo‘qon davlat universiteti dotsenti Saminjon Usmonov hamda falsafa fanlari nomzodi Azizjon Meliboyev tomonidan mazmunli ma’ruzalar qilindi.Tadbir davomida namoyish etilgan “35 yillik ildiz va inson qadri”, “35 yillik islohotlarning o‘lchovi”, “Erkinlik, bilim, sog‘liq va yoshlar”, “Milliy yuksalish o‘n yilligi”, “Yetti milliy dastur – yaxlit tizim” hamda “O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan” kabi videokontentlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.Seminarni Respublika
