Последние посты

Bilimni baholash agentligi
13 нояб., 17:24
#MaktabTaʼlim #SörovnomaHurmatli yurtdoshlar!Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan maktab öquvçilarining bilimini tekşiriş va imtihon olişning yangi tartibi işlab çiqilmoqda.Sizlardan mazkur tartib böyiça tayyorlangan anonim sörovnomada iştirok etib, öz fikrlaringizni bildirişingizni söraymiz.👉 Sörovnomada iştirok etişFacebook | Instagram | YouTube | Telegram14,600Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
13 нояб., 11:57
#Chet_tiliNogironligi bor talabgorlar uchun chet tili imtihonlari📆 2026-yil 13-noyabr kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihonlari bo‘lib o‘tdi.🇺🇿 Imtihonlar talabgorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida va Toshkent shahrida tashkil etildi.🧑💻 Imkoniyati cheklangan talabgorlar uchun malaka imtihonlari kompyuterda maxsus dastur asosida oʻtkazildi va talabgorlarga yordamchi (assistent) biriktirildi.📝 Imtihon natijalari VMQ-73 son qaroriga belgilangan muddatda e’lon qilinadi.🇺🇿 ESLATMA: ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori asosida tashkil etib kelinmoqda.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi
13 нояб., 07:33
📣 DIQQAT E’LON!Dekabr oyi uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi✍️ Bilim va malakalarni baholash agentligi dekabr oyida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanganligini ma’lum qiladi.🆔 Ro‘yxatdan o‘tish manzili: talabgorlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.💼 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 27-noyabr kuniga qadar (shu kuni ham) davom etadi.📆 Imtihonlar sanasi: 12–14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.✅ ESLATMA: chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishda limit belgilanmagan.Diqqat! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida kiritilgan shaxsiy va boshqa ma’lumotlarning to‘g‘riligiga talabgorning shaxsan o‘zi javobgar hisoblanadi. Noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar yuzasidan Agentlik javobgar hisoblanmaydi. Barcha talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish va bo‘lajak imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz!✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube59,500Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
13 нояб., 04:05
#OnlaynTestQABUL IMTIHONLARI MUVAFFAQIYATLI DAVOM ETMOQDA📆 2026-yil 11-12-noyabr kunlari respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi doirasida chet tillari bo‘yicha navbatdagi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.📍 Test sinovlari quyidagi hududlarda tashkil etildi:🟢Buxoro viloyati (Buxoro davlat tibbiyot instituti); 🟢Surxondaryo viloyati (Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali); 🟢Toshkent shahri (Bank-moliya akademiyasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti).💼 Ushbu imtihonlar elektron platforma orqali amalga oshirildi. Talabgorlar imtihon yakunlanishi bilan o‘zlari to‘plagan ballar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.📊 Imtihon natijalari bo‘yicha qaydnomalar rasmiylashtirilgach, belgilangan tartibda tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.📌 Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-son qaroriga muvofiq, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabulning ikkinchi bosqichi – tegishli ta’lim dasturi doirasida o‘qitiladigan chet tili bo‘yicha kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.✅Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube41,500Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
12 нояб., 11:27
#OnlaynTestXORIJIY DIPLOMLARNI NOSTRIFIKATSIYALASH (TAN OLISH) BO‘YICHA📆 Bugun xorijiy davlatlarda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) imtihonlari bo‘lib o‘tdi.📍 Imtihonlar agentlikning respublikadagi barcha hududiy bo‘limlari binolarida va Toshkent shahrida tashkil etildi. Bu talabgorlarga o‘z yashash hududlariga yaqin joyda, eng zamonaviy infratuzilmaga ega va qulay shart-sharoitlarda imtihon topshirish imkoniyatini berdi.🧑💻 Talabgorlar imtihonlarni maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda topshirdilar va test yakunida o‘z natijalarini bilib oldilar.👥 Nostrifikatsiyalash imtihonlarida ishtirok etgan jami 418 nafar talabgordan, test sinovlari natijalariga ko‘ra, 106 nafari belgilangan o‘tish talablarini muvaffaqiyatli bajardi.‼️ Eslatma: xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) masalalari bo‘yicha Bilimni baholash agentligiga quyidagi havola orqali murojaat qilish mumkin:✅ @NostrifikatsiyaBBA_bot 🌎 https://t.me/NostrifikatsiyaBBA✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube44,600Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
12 нояб., 10:14
#Prezident_tashrifiPrezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasida (COP31) so‘zlagan nutqidan asosiy fikrlar:📌O‘zbekiston iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha global sa’y-harakatlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Yangi taraqqiyot modelini “yashil” texnologiyalar asosida, tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda qurmoqda;📌O‘zbekiston YIM birligiga to‘g‘ri keladigan gaz chiqindilarini 35 foizga qisqartirish borasidagi maqsadini muddatidan oldin bajardi. 2035-yilga borib, zararli chiqindilarni 50 foizga kamaytirish bo‘yicha yangi marrani belgiladi;📌O‘n yil ichida iqtisodiyotda suv sarfi deyarli ikki baravarga, havzalardan olinayotgan suv miqdori esa beshdan bir qismga kamaydi. Sug‘oriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi;📌O‘zbekiston kelgusi yildan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qiladi va transchegaraviy havzalarni boshqarishdek mas’uliyatli vazifani yuqori saviyada amalga oshirishga tayyor;📌Yerlarni keng ko‘lamda qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. O‘rmonlar maydoni olti million gektarga ko‘paytirildi, uning uchdan bir qismi Orolbo‘yi hududiga to‘g‘ri keladi;📌Uch milliard dollardan ortiq investitsiya yo‘naltiriladigan “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi” joriy etildi;📌Mamlakatning har beshinchi fuqarosi – maktab o‘quvchisi yoki talaba. Tizimli ekologik ta’lim-tarbiya tufayli 2050-yilga borib, O‘zbekiston aholisining to‘rtdan uch qismi tabiatni asrash bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘ladi;📌Iqlim muammolariga hech bir davlat yolg‘iz holda yechim topa olmaydi. Markaziy Osiyoda muzliklarning erishi, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik kabi xatarlarning ko‘lami ortmoqda. Umumiy tahdidlar mintaqa davlatlaridan mushtarak harakatlarni talab qiladi;📌Markaziy Osiyoning Iqlim integratsiyasi modelini rivojlantirish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu hamkorlikni uchta asosiy yo‘nalishdan boshlash taklif qilindi;📌Birinchisi – axborot yo‘nalishi. Jahon meteorologiya tashkiloti ko‘magida iqlim xavf-xatarlari to‘g‘risida ma’lumot almashish infratuzilmasini yaratish zarur;📌Ikkinchisi – texnologik yo‘nalish. O‘zbekiston har yili o‘tkazadigan Markaziy Osiyoning “Eco Expo” ko‘rgazmasini mintaqaga mos zamonaviy ekologik yechimlar beradigan doimiy investitsiya va texnologiyalar maydoniga aylantirishni maqsad qilgan;📌Uchinchisi – moliyaviy yo‘nalish. Taraqqiyot banklari va maqsadli jamg‘armalar bilan birgalikda Markaziy Osiyo uchun yangi ko‘mak vositalari – imtiyozli grantlar, shuningdek, “moviy” va “arid” moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish taklif etildi.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube42,700Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
12 нояб., 08:19
#Qonunchilikdagi_yangiliklarInson qadri va aholi farovonligi yuksaltiriladiPrezidentning 2026-yil, 10-noyabrda “Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–242-son Farmoni qabul qilindi.✍️ Farmonga ko‘ra, quyidagilar Milliy dasturlarni amalga oshirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:✅ bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish; ✅ aholining sog‘lom va uzoq umr ko‘rishini ta’minlash; ✅ yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish.🚩 Shuningdek, bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish bo‘yicha quyidagilar milliy dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:✔️ 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish; ✔️ nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha amaldagi imtiyozlarni saqlab qolish va ularning samaradorligini baholash; ✔️ barcha umumta’lim maktablarini bosqichma-bosqich xalqaro baholash dasturlari bilan qamrab olish; ✔️ kamida 10 ta oliy ta’lim tashkilotini nufuzli xalqaro reytinglarining top-1000 talik ro‘yxatiga kiritish; ✔️ 10 mln nafar yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qilish va boshqalar.Batafsil✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube42,400Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
12 нояб., 07:33
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqlim bo‘yicha global sammitda nutq so‘zladi. — Президент Шавкат Мирзиёев выступил с речью на глобальном климатическом саммите.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bilimni baholash agentligi
22 сент., 13:56
#OnlaynTestDavlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihon o‘tkazildi🗓 2026-yil 22-sentyabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.📍 Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.👤 Ularda 464 nafar talabgor ishtirok etib, o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalar bo‘yicha imtihondan o‘tdilar.24,600Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
22 сент., 12:17
#Ovozli_chat #Milliy_sertifikat🎶 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chatning audioyozuvi.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTubeLive stream finished (1 hour)
22 сент., 12:06

Bilimni baholash agentligi
22 сент., 11:59
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish33,300Открыть в TelegramLive stream started
22 сент., 10:50

Bilimni baholash agentligi
22 сент., 08:04
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi📚 Biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.⏰ 26–28-sentyabr kunlari biologiya va kimyo fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar 2-smena uchun: 13:00 dan 14:30 ga qadar⏰ 29–30-sentyabr kunlari fizika hamda 2–4-oktyabr kunlari matematika fanlaridan test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:1-smena uchun: 07:00 dan 08:30 ga qadar53,000Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
22 сент., 07:52
#Ovozli_chatMilliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chat📣 Bugun bo‘lib o‘tishi belgilangan OVOZLI CHAT soat 16:00 da boshlanadi va Bilimni baholash agentligining Telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) orqali o‘tkaziladi.🎙️ Unda Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlarga oid savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.📨 Savollaringizni aniq, qisqa va tushunarli tarzda bu yerda qoldiring.✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube77,500Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
22 сент., 01:46
переслано из @rasmiy_axborot_official
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni43,900Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
21 сент., 13:22изменён
#Rasmiy_munosabatRASMIY MUNOSABATSo‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.Shundan133,000Открыть в Telegram
Bilimni baholash agentligi
21 сент., 10:42
переслано из @nostrifikatsiyabba
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 24-sentabr kuni o‘tkaziladi.📋 Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi PDF faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.
Bilimni baholash agentligi
21 сент., 05:13
переслано из @press_secretary_uz
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi sermahsul muzokaralar va muhim kelishuvlarga boy bo‘ldi. “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida davlatimiz rahbari muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida hududni rivojlantirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi imkoniyatlar belgilandi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyevtiń Koreya Respublikasına mámleketlik saparı nátiyjeli sóylesiwler hám áhmiyetli kelisimlerge bay boldı. “Oraylıq Aziya – Koreya Respublikası” sammitinde mámleketimiz basshısı áhmiyetli baslamalardı ilgeri súrdi. Qaraqalpaqstanǵa sapar dawamında aymaqtı rawajlandırıw, investiciyalardı kóbeytiw hám jańa jumıs orınların jaratıw boyınsha jańa imkaniyatlar belgilendi. — Обзор важнейших событий
Bilimni baholash agentligi
20 сент., 13:44
Hafta voqeliklari dayjesti▶️ O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografikalat to‘plami▶️ Prezident Sh. Mirziyoyevning nufuzli nashrlar – “Chosun Ilbo”ning ingliz tilidagi platformasi “The Chosun Daily” hamda “The Korea Herald” gazetasida“O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi chop etildi▶️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi▶️ Chet tillidan sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi▶️ Taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida urgʻu berildi▶️ Dav45,800Открыть в Telegram
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →