Последние посты

Baxtiyor Saidov
18 сент., 14:10
Strategik muloqot yakunidan soʻng hamkasbim Toshimitsu Motegi janoblari bilan Oʻzbekiston va Yaponiya Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2027–2028-yillarga moʻljallangan Hamkorlik dasturini imzoladik.Mazkur hujjat ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari oʻrtasidagi muntazam muloqot va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.Hamkorlik dasturi Oʻzbekiston–Yaponiya kengaytirilgan strategik sherikligini yangi mazmun bilan boyitish va Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirishga xizmat qiladi.Following the Strategic Dialogue, together with my colleague, H.E. Toshimitsu Motegi, we signed the Cooperation Programme between the Ministries of Foreign Affairs of Uzbekistan and Japan for 2027–2028.The document is particularly important as it is aimed at further developing regular dialogue and practical cooperation between the


1,660Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
18 сент., 13:40
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Toshimitsu Motegi janoblari bilan Oʻzbekiston–Yaponiya tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi Strategik muloqotini oʻtkazdik.Uchrashuv davomida 🇺🇿🤝🇯🇵 kengaytirilgan strategik sherikligini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama muloqotlarni barcha yoʻnalishlarda jadallashtirish va Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.Shuningdek, “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formati doirasida mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, xalqaro maydondagi hamkorligimizni kengaytirish hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik.Yaponiya Oʻzbekistonning ishonchli va ustuvor hamkorlaridan biri. Bugungi muloqot ikki mamlakat oʻrtasidagi kengaytirilgan strategik sheriklikni aniq amaliy natijalar bilan yanada boyitishga qaratilgan mushtarak intilishimizni yana bir bor tasdiqlaydi.Held the Second Strategic Dialogue between


1,420Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
18 сент., 06:40
Yaponiya biznes federatsiyasi – “Keydanren” raisi Takeshi Xashimoto janoblari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbar va vakillari bilan davra suhbati oʻtkazdik.Anjumanda “Mitsui O.S.K. Lines”, “Sojitz”, “All Nippon Airways”, “Shimizu”, “JETRO”, “Sumitomo”, “JBIC”, “Toyo Engineering”, “Toyota Tsusho”, “Marubeni”, “Mitsui”, “Mitsubishi” va boshqa yirik yapon kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston–Yaponiya iqtisodiy hamkorligini yanada kengaytirish, yapon kompaniyalarining mamlakatimizdagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildik.Energetika, transport va logistika, infratuzilma, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, raqamlashtirish va kadrlar tayyorlash kabi sohalardagi yangi imkoniyatlarga alohida toʻxtaldik.Bugungi ochiq va amaliy muloqot yapon biznesi bilan hamkorligimizni aniq


1,860Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
18 сент., 04:00
Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiko Tanaka janoblari bilan samarali muzokaralar oʻtkazdik.Suhbatimizda 2030-yilgacha moʻljallangan Hamkorlik dasturi doirasidagi loyihalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildik.Shuningdek, sogʻliqni saqlash, xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash hamda taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha fikr almashdik.JICA bilan amaliy hamkorligimizni yangi loyihalar va tashabbuslar bilan yanada boyitishga tayyormiz.In Tokyo, had productive talks with H.E. Akihiko Tanaka, President of the Japan International Cooperation Agency (JICA).During the meeting, we discussed ways to accelerate the implementation of projects under the Cooperation Programme through 2030.Also exchanged views on expanding cooperation in healthcare, private sector support and education.We stand ready to further enrich our


1,700Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
17 сент., 15:05
Yaponiyaning xorijiy kadrlarni tayyorlash, tanlash va ishga joylashtirishga ixtisoslashgan “Onodera User Run” kompaniyasi prezidenti JunKato janoblari bilan uchrashdik.Uchrashuvda Oʻzbekiston fuqarolariniYaponiyada ish bilan taʼminlash boʻyicha kompaniyaning loyihalarini qoʻllab-quvvatlashimizni taʼkidladik.Suhbatimizda Oʻzbekistonning boshqahududlarida ham yangi taʼlim markazlarini tashkiletish, yoshlarni kasbiy tayyorlash koʻlamini kengaytirish masalalarini muhokama qildik.Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida kadrlartayyorlash, bandlik va investitsiya sohalaridagihamkorlikni oʻzaro manfaatli yangi loyihalar bilanboyitishga tayyormiz.Met with Mr. Jun Kato, President of Onodera User Run, a Japanese company specialising in the training, recruitment and employment of foreign workers.During the meeting, we reaffirmed our support for the company’s projects aimed at providing


3,520Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
17 сент., 11:00
Yaponiyaning neft, gaz va metallar sohasidagi strategik resurslar xavfsizligini ta’minlashga ixtisoslashgan “JOGMEC” korporatsiyasi raisi va bosh ijro etuvchi direktori Ichiro Takahara janoblari bilan uchrashdik.O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, muhim minerallarni o‘zlashtirish va ushbu sohalarga ilg‘or yapon texnologiyalarini jalb qilish masalalarini muhokama qildik.Shuningdek, mineral xomashyoni boyitish va qayta ishlash, metallurgiya mahsulotlarining sifatini oshirish, kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdik.Had a meeting with Mr. Ichiro Takahara, Chairman and Chief Executive Officer of JOGMEC, a Japanese corporation specializing in ensuring the security of strategic resources in the oil, gas and metals sectors.Discussed expanding geological exploration in Uzbekistan, developing critical minerals and


1,960Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
17 сент., 08:30
Bugun Tokioda Yaponiyaning taniqli siyosatchisi, Oʻzbekistonning yaqin doʻsti Taro Aso janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz.Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston–Yaponiya parlamentlararo doʻstlik ligasi raisi sifatida Aso janoblarining Oʻzbekiston–Yaponiya munosabatlarini rivojlantirishdagi koʻp yillik shaxsiy hissasini yuksak qadrlaymiz.Suhbatimizda Oʻzbekiston–Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishda parlament diplomatiyasining muhim oʻrnini alohida taʼkidladik.Pleased to meet with H.E. Taro Aso, a prominent Japanese politician and a close friend of Uzbekistan.We highly value his longstanding personal contribution to the development of


2,170Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
10 сент., 15:30
Shvetsiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Martin Rozen janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz.Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston–Shvetsiya munosabatlari sezilarli darajada faollashmoqda.Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni ragʻbatlantirish muhimligini qayd etdik.Elchi janoblariga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tilab, oʻzaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun birgalikda ishlashga tayyor ekanimizni tasdiqladik.Pleased to receive the credentials of H.E. Martin Rosen, newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Kingdom of Sweden to the Republic of Uzbekistan.Uzbekistan–Sweden relations have gained significant momentum in recent years.Emphasized the importance of expanding trade, economic and

6,630Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
10 сент., 15:00
Belgiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Matias Kende janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik.Suhbatimiz davomida Toshkentda Belgiya elchixonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilayotgani ikki davlat munosabatlaridagi muhim voqea ekanini qayd etdik.Davlatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdik.Ikki tomonlama va Yevropa Ittifoqi doirasida Oʻzbekiston-Belgiya aloqalarini yanada rivojlantirishga tayyorligimizni taʼkidladik.Elchi janoblariga Oʻzbekistondagi masʼuliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Received copies of the credentials of H.E. Matthias Kende, newly appointed Ambassador Extraordinary and Plenipotentiary of the Kingdom of Belgium to the Republic of Uzbekistan.Noted that the opening of

2,790Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
10 сент., 11:15
Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ayshe Berris Ekinji xonimni qabul qilishdan mamnunmiz.Bugun ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida boʻlib oʻtgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi natijalarini olqishladik.🇺🇿🤝🇹🇷 keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanayotganini qayd etdik.Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildik.Pleased to receive Ayşe Berris Ekinci, Deputy Minister of Foreign Affairs of the Republic of Türkiye.Welcomed the outcomes of the latest round of political consultations between the Foreign Ministries of Uzbekistan and Türkiye, held today.Noted the dynamic development of comprehensive strategic partnership between 🇺🇿🤝🇹🇷 across all areas.Exchanged views on pressing issues of international and

6,740Открыть в Telegram
Baxtiyor Saidov
3 сент., 14:50
AQSh senatori Stiv Deyns janoblarini qabul qilishdan mamnunmiz.Oʻzbekiston–AQSh strategik sherikligini yanada mustahkamlash masalasini muhokama qildik. Ikki tomonlama munosabatlarimiz barcha ustuvor yoʻnalishlarda izchil rivojlanib, yangi imkoniyatlar uchun mustahkam zamin yaratmoqda.Suhbatimiz davomida boʻlajak tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashdik.Pleased to receive U.S. Senator Steve Daines.Discussed further strengthening the strategic partnership between Uzbekistan and the United States. Our bilateral relations are steadily advancing across all priority areas, creating a solid foundation for new opportunities for cooperation.Also exchanged views on thorough preparations for upcoming events, as well as on the regional and international agenda.Рады принять сенатора США Стива Дэйнса.Обсудили вопросы

3,940Открыть в Telegram
