Последние посты

Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
10 сент., 14:33изменён
#Bilasizmi❗️“Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindiUnga ko'ra, ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha va dam olish kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi.@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
10 сент., 13:17изменён
❗️РАСМИЙ АХБОРОТ: Чирчиқ шаҳрида содир бўлган ҳодиса юзасидан!Бугун, соат тахминан 16:00 ларда Тошкент вилояти Чирчиқ шаҳри “Садриддин Айний” кўчасида, ҳайдовчи (1977 й.т.), "Howo" русумли юк транспорт воситасини бошқариб кетаётган вақтида, автоуловга уланган ярим тиркама техник сабабларга кўра чиқиб кетган.Шундан сўнг тиркама йўл четида жойлашган хонадонга бориб урилиши натижасида тўхтаган.Ҳодиса сабабли автомобиль йўлида транспорт воситалари ҳаракати вақтинча чекланиб, айланма йўллар орқали ҳаракат ташкил этилган. Воқеада фуқаролар соғлиғига зиён етмаган.Ҳозирда йўл ҳаракати хавфсизлиги хизмати ходимлари томонидан ҳолат бартараф этилиб, автомобиллар ҳаракати тўлиқ тикланди.Хонадонга етказилган зарар қонунчиликда белгиланган тартибда қопланади. Ҳолат юзасидан Чирчиқ шаҳар ИИБ томонидан суриштирув ишлари олиб борилмоқда.@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
8 сент., 17:22изменён
IIBB va DXX tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, fuqaroni giyohvandlik bilan qamatmoqchi bo‘lgan shaxslarning o‘zi qamoqqa olindi (video) ——— ИИББ ва ДХХ тезкор ходимлари томонидан ўтказилган тадбирда, фуқарони гиёҳвандлик билан қаматмоқчи бўлган шахсларнинг ўзи қамоққа олинди (видео)@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
8 сент., 17:22изменён
#Bilasizmi❗️Tuhmat qilish, uydirmalar tarqatish oqibatiga ko'ra 3 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
8 сент., 17:22изменён
#Diqqat❗️"APK Qo'riqchi" — dasturi haqida bilasizmi? (video)@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
8 сент., 17:22изменён
#Bilasizmi❗️Internet orqali firibgarlik sodir qilish 8 yilgacha "qamoq" bilan jazolanishi mumkin.@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
4 сент., 17:59
#Nazorat⚡️ Farg‘onaga olib ketilayotgan 5 kg “gashish” Toshkent viloyatida ushlab qolindi (video)Toshkent viloyati IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan xizmat vaqtida shubhali harakatlangan “Cobalt” rusumli transport vositasi kuzatuvga olindi. DavomiBatafsil👉 https://IIBB/Dolzar7@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
4 сент., 17:58изменён
#Bilasizmi❗️Giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatish 20 yilgacha "qamoq" bilan jazolanishi mumkin.@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
4 сент., 12:33
⚡️ Tezkor vaziyatda ikki nafar fuqaroning hayotini saqlab qolgan YPX xodimi munosib rag‘batlantirildiToshkent viloyati IIBB YHXB xodimi, kapitan Otabek Hakimov O‘rta Chirchiq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, yo‘l-transport hodisasi oqibatida kanalga tushib ketgan avtomashina ichidagi ikki fuqaroning cho‘kish xavfi ostida qolganini ko‘rib, zudlik bilan yordamga shoshildi.Vaziyatning o‘ta xavfli ekaniga qaramay, kapitan Otabek Hakimov o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, suvga tushdi va fuqarolardan birini kanal qirg‘og‘iga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.Ko‘rsatilgan tezkor va amaliy yordam natijasida ikki fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Fuqarolarga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, so‘ngra shifoxonaga yetkazildi.Tezkor vaziyatda to‘g‘ri va qat’iy qaror qabul qilib, yuksak kasbiy mahorat, jasorat va insonparvarlik namunasini ko‘rsatgan kapitan Otabek
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
3 сент., 13:15изменён
#Mustaqillik_35_yil⚖️ Mayor Israil Madrimov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandiMayor, Madrimov Israil Modraximovich hozirda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, TVBSO guruh komandiri lavozimida xizmat qiladi, professional bokschi.Hamkasbimizni IIBB jamoasi nomidan yuksak davlat mukofoti va eʼtirof bilan muborakbod etamiz.@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
3 сент., 13:14изменён
#Mustaqillik_35_yil⚖️ Meyrjan Kaljanov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandiPolkovnik, Kaljanov Meyrjan Izatillayevich, hozirda Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoʻriqlash xizmati boshligʻi lavozimida xizmat qiladi.Hamkasbimizni IIBB jamoasi nomidan yuksak davlat mukofoti va eʼtirof bilan muborakbod etamiz.@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
3 сент., 13:14
переслано из @tviib
IIBBYouTubePiskent tumani ichki ishlar boʻlimi binosi foydalanishga topshirildi (Toshkent v)©️ "UzReport TV" telekanali "Uzreport news" informatsion dasturi Rasmiy saytimiz: https://gov.uz/iiv/ Youtube: https://www.youtube.com/c/Ichkiishlarvazirligi Instagram: https://www.instagram.com/iiv.uz/ Telegram: https://t.me/iivuz Facebook: ht…
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
3 сент., 11:56изменён
#Bilasizmi❗️Bolalarni maktabga yubormaslik ota-onaga 15 baravargacha jarima solishga sabab bo‘ladi.@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
3 сент., 09:08изменён
#Bilasizmi🗓 Joriy yil 1-sentabr dan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar oʻzgaradi?▫️Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi.▫️Boshpanasiz shaxslarni ijtimoiy markazlarga majburiy joylashtirish tartibi bekor qilinadi.▫️Odam savdosidan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etiladi. DavomiBatafsil👉 http://IIBB_h71tzm@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
2 сент., 15:20изменён
❗️Оҳангарон туманида содир бўлган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан маълумотҲодиса бугун, соат тахминан 18:30ларда Тошкент вилояти Оҳангарон тумани ҳудудидан ўтган А-373 “Тошкент - Ўш” автомобиль йўлида содир бўлди.Унга кўра, 1964-йилда туғилган ҳайдовчи “Isuzu” русумли автобусни бошқариб, йўлнинг рухсат этилган жойидан қайрилиб олаётган вақтида, қарама-қарши йўналишда келаётган 1997-йилда туғилган фуқаро бошқарувидаги “Laсetti” русумли автомобиль билан тўқнашиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир этган.Ҳодиса натижасида “Laсetti” ҳайдовчисига ҳамда автобусда бўлган 2 нафар йўловчиларга биринчи тиббий ёрдам кўрсатилиб, туман марказий шифохонасига олиб борилган.Ҳозирда ҳолат юзасидан Оҳангарон тумани ИИБ томонидан суриштирув ҳаракатлари олиб борилмоқда.@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
2 сент., 07:32
P/S: Bugun Maktablarda xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qilib, o‘z farzandini 1-sinfga olib borolmagan fidoiy posbonlarimiz omon bo‘lishsin...!@BB_Tulyaganov
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
1 сент., 16:54
#Fotoreportaj
Бобур ТУЛЯГАНОВ | ИИББ Ахборот хизмати раҳбари
1 сент., 16:54
#Fotoreportaj
