Последние посты

Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
22 сент., 13:15
переслано из @bekobod_yoshlar
MUTOLAA KUNI!📚Toshkent viloyati Bekobod shahar sardorlari hamda bekobodning yosh faollari tomonidan “Kitobxonlar klubi” a'zolari bilan zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.💬Shuningdek, klub a'zolari o'zlari qiziqqan savollarga javob olishdi. Intellektual zakovat orqali bilimlarini yana bir karra mustahkamlashdi.✨Kitob atrofida jamlangan har bir suhbat — yangi fikr, yangi bilim va yangi imkoniyat sari tashlangan qadamdir.📎Bekobod shahar sardorlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🌐Telegram 🌐Instagram
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
22 сент., 11:39
#liveAyni vaqtda Bekobod shahri Paxtakor mahallasi binosida shahar hokimi Narimonjon Ismailov boshchiligida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazilmoqda.@bekobodshaharuz
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
22 сент., 11:06
📍 Aholi murojaatlari joyida eshitilmoqdaAyni vaqtda Bekobod shahri Paxtakor mahallasi binosida shahar hokimi Narimonjon Ismailov boshchiligida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazilmoqda.Qabulda fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.Asosiy maqsad — aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, muammolarga yechim topish va natijadorlikni ta’minlash.@bekobodshaharuz
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
21 сент., 15:25
🇺🇿 “BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ”Bekobod shahridagi Toshkent iqtisodiyoti va pedagogika universitetida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari o‘tkazildi.Unda talabalar hamda Bekobod shahridagi maktab direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etdi.Seminarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi rahbari Farhod Azimov, shahar hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gulchehra Mirzaahmedova, “Bekobod yangiliklari” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Matluba Xojimurodova va universitet bo‘lim boshlig‘i Alisher Mo‘minov so‘zga chiqdi.Ular mustaqillikning tarixiy ahamiyati, Yangi O‘zbekistonimizning taraqqiyot yo‘li, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, birlik va hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr bildirdi.Shuningdek, Prezidentimiz nutqida
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
21 сент., 13:27изменён
Is gazi hayot uchun xavfliYaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring. — Угарный газ опасен для жизниУже в ближайшие дни в отдельных локациях страны, в частности в горных и предгорных районах, люди начнут поэтапно пользоваться отопительными котлами. В этом ролике прозвучали важные рекомендации, к которым необходимо прислушаться. Отправьте это видео своим близким.
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
21 сент., 13:23изменён
YOSHLAR BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDIBugun Bekobod shahar 16-sonli umumta’lim maktabida yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilish Bekobod shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligida tashkil etilib, unda maktab direktorlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.Yig‘ilish davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Mas’ullarga yoshlar bilan manzilli ishlash, band bo‘lmagan yoshlarni aniqlash va ularni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
20 сент., 16:37изменён
🏆 “BEKOBOD SHAHRIDAGI ENG YAXSHI MAKTAB” SO‘ROVNOMASI📢 Hurmatli ota-onalar va qadrli jamoatchilik vakillari!Sizlarni Bekobod shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini baholashga qaratilgan “Bekobod shahridagi eng yaxshi maktab” so‘rovnomasida faol ishtirok etishga taklif etamiz.🟣 Mazkur so‘rovnoma orqali o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati, pedagoglar faoliyati, maktabdagi ma’naviy-ma’rifiy muhit hamda ta’lim muassasalarining erishayotgan yutuqlari jamoatchilik fikri asosida baholanadi.🏆 SO‘ROVNOMA G‘OLIBISo‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan va jamoatchilik tomonidan yuqori baholangan maktab “Bekobod shahridagi yilning eng yaxshi maktabi” nominatsiyasi g‘olibi deb e’lon qilinadi.🎁 G‘olib maktab Bekobod shahar hokimligi tomonidan maxsus nominatsiya va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi.📅 Ovoz
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
20 сент., 10:54
🏆 «Yil o‘qituvchisi» — Bekobodlik g‘olib pedagog haqidaBekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Xamrakulov Abduraxim Abdumutolib o‘g‘li joriy yil ilk bor o‘tkazilgan «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.📚 Pedagoglar o‘rtasidagi ushbu nufuzli tanlovda respublika bo‘yicha 46 ming nafardan ortiq o‘qituvchi ishtirok etdi. Yakunda 208 nafar pedagog g‘olib deb topildi.🏅Ma’lum qilinishicha, tanlovning 208 ta tuman (shahar) bo‘yicha birinchi o‘rin sohiblariga bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari — 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.Bekobod shahar hokimligi Abduraxim Xamrakulovni ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!👏 Yangi yutuqlar va zafarlar muborak bo‘lsin!@bekobodshaharuz
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
20 сент., 07:30
переслано из @toshvilpressa
#jarayonBekobod shahrining Farhod mahallasi markazida maxsus jihozlangan ko‘chma maishiy xizmat shoxobchasi tashkil etildi.Bu yerda hozirda tikuvchilik va poyabzal taʼmirlash xizmatlari yo‘lga qo‘yilib, mahallaning o‘zida yangi ish o‘rinlari yaratildi.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
20 сент., 04:43изменён
Birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari haqida nimalarni bilasiz?Ushbu videorolik orqali batafsil ma’lumotga ega bo‘ling! — Бирламчи ёнғин ўчириш воситалари ҳақида нималарни биласиз?Ушбу видеоролик орқали батафсил маълумотга эга бўлинг!
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
19 сент., 15:04
“Turon” ko‘chasi qachon asfaltlanadi?Bekobod shahrida «Tashabbusli byudjet» loyihasining 2026 yil 2-mavsumi doirasida “Samarqand” mahallasidagi Turon ko‘chasini asfaltlash loyihasi g‘olib deb topilgan.Loyiha doirasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Yoshlik” sport majmuasidan shahar Markaziy shifoxonasigacha bo‘lgan yo‘l yangi asfalt bilan qoplanadi.⚠️ Qaysi ko‘chada qanday ish amalga oshirilayotgani, loyihalar qay tarzda hayotga tatbiq etilayotgani haqida birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishni istasangiz kanalimiz kuzatib boring!@bekobodshaharuz
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
19 сент., 14:47
Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi. — Глава нашего государства обозначил новые возможности для дальнейшего развития Каракалпакстана.@bekobodshaharuz
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
19 сент., 12:51изменён
#Eʼlon📢 Hurmatli Bekobod shahar fuqarolari!Sizni Bekobod shahar Ichki ishlar bo'limi boshligʻi, polkovnik Ismoilov Fayzulla Xikmatovichning sayyor qabuliga taklif etamiz.🗓 Sana: 2026-yil 20-sentyabr 🕙 Vaqt: soat 10:00 da 🏢 Manzil: Bekobod shahar Ichki ishlar binosiQabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi hamda ularni joyida hal etish boʻyicha zarur choralar koʻriladi.➡️ Barcha fuqarolarni ushbu sayyor qabulda faol ishtirok etishga chaqiramiz.Sizning fikringiz — biz uchun muhim!
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
19 сент., 12:50
💼 MEHNAT YARMARKASIDA 3 NAFAR FUQARO ISHGA JOYLASHTIRILDIBugun Bekobod shahar 1-son texnikumida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida Probatsiya nazoratida turgan fuqarolar uchun ham bandlik imkoniyatlari yaratildi.🤝 Yarmarka davomida Probatsiya nazoratida bo‘lib, jazo muddatini o‘tayotgan 3 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.✅ Bunday amaliy ishlar fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularning jamiyatga moslashuvi va kelgusida munosib hayot kechirishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
19 сент., 12:48
♟️ DIQQAT! CHESS OPEN SHAXMAT MUSOBAQASI ♟️🏆 Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “CHESS OPEN” shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tadi.📅 Sana: 20.09.2026 yil yakshanba kuni 🕙 Vaqt: 15:00 📍 Manzil: Bekobod shahar Yoshlar markazi♟️ Shaxmat ixlosmandlari va bilimdon yoshlarni ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etishga chorlaymiz!🏅 O‘z mahoratingizni namoyon eting, yangi do‘stlar orttiring va g‘oliblar safidan joy oling!🤝 Barcha yoshlarni “CHESS OPEN” shaxmat musobaqasiga taklif etamiz!♟️ Aql charxi — g‘alaba kaliti! 🏆
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
19 сент., 12:14
Mahallaning o‘zida — yangi ish o‘rinlariBekobod shahrining Farhod mahallasi markazida maxsus jihozlangan ko‘chma maishiy xizmat shoxobchasi tashkil etildi.Bu yerda hozirda tikuvchilik va poyabzal taʼmirlash xizmatlari yo‘lga qo‘yilib, mahallaning o‘zida yangi ish o‘rinlari yaratildi.Gulchehra opa va Oybek aka endi o‘z faoliyatini xonadonida emas, balki mahalla markazida tashkil etilgan shoxobchada davom ettirmoqda. Bu esa ular uchun ishlash va daromad topish imkoniyatini kengaytirgan bo‘lsa, aholi uchun zarur xizmatlarni o‘z mahallasida olish imkonini yaratdi.Mahallalarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish — aholi bandligini taʼminlash va yangi daromad manbalarini yaratishning amaliy qadamlaridan biriga aylanmoqda.@bekobodshaharuz
Bekobod shahar hokimligi Axborot xizmatining Rasmiy telegram kanali|
19 сент., 03:51
UCH AVLOD UCHRASHUVI — VORISLIK VA MA'NAVIYAT KO‘PRIGI📚 Bugun, Bekobod shahar "Metallurg" mahallasida joylashgan 16-sonli umumta'lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” ma'naviy-ma'rifiy tadbiri tashkil etildi.Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi Bekobod shahar bo‘limi mutaxassisi R.Xodjimatova, maktab o'qituvchilari, faxriy ustozlar, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini ta'minlash, ta'lim tizimini rivojlantirish va yoshlarga yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlar haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi ma'naviy bog‘liqlikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlarni komil inson etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
