Последние посты

Bekzod Tashpulatov
4 сент., 17:20
переслано из @surxonvmmtb
📖 Denovdagi ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildiSurxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov Denov tumanidagi 17-, 63-, 96-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.Tashrif davomida maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va o‘quvchilarning bilim darajasi ko‘zdan kechirilib, ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram
Bekzod Tashpulatov
2 сент., 15:58
📖 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar va katta marralar sari!✍️ Yangi o‘quv yilining ilk kunini o‘zim tahsil olgan Termiz shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar bilan birga kutib oldik.🎤 Tadbirda davlatimiz rahbarining yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, barcha o‘quvchi va ustozlarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdim.🔔“Birinchi qo‘ng‘iroq” jarangladi va yana bir bilim fasliga start berildi.🌟 Yangi o‘quv yili barchamizga omadli va samarali kelsin! O‘quvchilarimizning har bir yutug‘i — bizning eng katta quvonchimizdir.🔹Telegram 🔹Facebook🔹Instagram
Bekzod Tashpulatov
2 сент., 11:43
📖 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar va katta marralar sari!📚 Yangi o‘quv yilida viloyatimizdagi 975 ta maktab 585 ming 100 nafar o‘quvchini o‘z bag‘riga oldi. Ularning 66 ming 574 nafarga yaqini ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ydi.✍️ Yangi o‘quv yilining ilk kunini o‘zim tahsil olgan Termiz shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar, ota-onalar va ustozlar bilan birga kutib oldik.🎤 Tadbirda davlatimiz rahbarining yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, barcha o‘quvchi va ustozlarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etdim.🔔 “Birinchi qo‘ng‘iroq” jarangladi va yana bir bilim fasliga start berildi.💬 “Maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan har
Bekzod Tashpulatov
1 сент., 16:10
переслано из @shmirziyoyev
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik — Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страныPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bekzod Tashpulatov
31 авг., 04:22
Qadrli ustozlar, hurmatli pedagoglar va aziz hamkasblar!Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va eng qadrli bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!Mustaqillik bizga nafaqat erkin va farovon hayot, balki yosh avlodga munosib ta’lim va tarbiya berish, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar berdi.Bugun o‘quvchilarimizning nufuzli oliygohlarda tahsil olayotgani, xalqaro olimpiada va tanlovlarda yuksak natijalarga erishayotgani — avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz samarasidir. Yosh avlodning kelajagini bunyod etayotgan har bir ustozning mehnati yuksak e’tirofga loyiq.Qadrli hamkasblar!Eng ulugʻ va eng aziz bayramimizda barchangizni yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda
Bekzod Tashpulatov
26 авг., 17:26
📚 Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman — ezgu tashabbus davom etmoqda!Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan boshlangan “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” chellenjiga biz ham o‘z hissamizni qo‘shdik.👨🏫 O‘zim tahsil olgan Termiz shahridagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 300 dan ortiq badiiy va adabiy kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildim.♾ Kitoblar taqdimoti jarayonida maktab jamoasi va ustozlar bilan samimiy suhbatlashdik. O‘zim uchun qadrli bo‘lgan ushbu maskanga yillar o‘tib yana kitoblar bilan qaytish — alohida tuyg‘u.💬 “Maktab — inson hayotida unutilmas iz qoldiradigan maskan. Bu dargohga kitob bilan qaytish, yosh avlodga ilm va ma’rifat ulashish men uchun katta sharaf.”
Bekzod Tashpulatov
24 авг., 17:16
📖 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor va nazorat ostida!✍️ Bugun Jarqo‘rg‘on tumanidagi 17-, 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandik.♾ Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar, o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlangan muhit bilan yaqindan tanishdik.🔎 Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida hal etish, bajarilayotgan ishlar sifatini ta’minlash hamda yangi o‘quv yilini munosib boshlash uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdim.🗣️ - Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — ta’lim sifatini
Bekzod Tashpulatov
21 авг., 12:51
переслано из @surxonvmmtb
📖 Surxondaryoda V “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdiTermiz davlat pedagogika institutida bo'lib o'tgan “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi”dan videolavha.📹 Batafsil🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶️You tube 😉Twitter 🌐Veb-sayt
Bekzod Tashpulatov
21 авг., 12:51
переслано из @surxonvmmtb

Bekzod Tashpulatov
21 авг., 12:50
📖 Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!♾ Viloyatimizda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida boshlangan ezgulik chellenjiga biz ham qo‘shildik.🤔 Termiz shahridagi 3- va 12-sonli maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarimizning oilalaridan xabar olib, ularga maktab formasi va o‘quv qurollari topshirdik. 💬 Ezgulik — e’tibor va mehrdan boshlanadi. Har bir oilaning holidan xabar olish, farzandlarimiz uchun zarur sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish barchamizning insoniy burchimizdir.🔎 Tashrif davomida oilalarning mavjud muammolari bilan ham yaqindan tanishib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni
Bekzod Tashpulatov
21 авг., 12:48
📖 Yagona Vatan, yagona xalq — ezgulik va mehr-oqibat sari!Bugun viloyatimizda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida boshlangan ezgulik chellenjiga biz ham qo‘shildik.Termiz shahridagi 3- va 12-sonli maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarimizning oilalaridan xabar olib, ularga maktab formasi va o‘quv qurollari topshirdik.Ezgulik — e’tibor va mehrdan boshlanadi. Har bir oilaning holidan xabar olish, farzandlarimiz uchun zarur sharoitlarni yaratishga ko‘maklashish barchamizning insoniy burchimizdir.Tashrif davomida oilalarning mavjud muammolari bilan ham yaqindan tanishib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni belgiladik.Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, mehr-oqibat va hamjihatlik bilan ezgu ishlarni davom ettiramiz.Ezgulik chellenji
