Последние посты

Biznes-ombudsman
22 сент., 14:26
#faoliyat👍 Namanganda energetika tizimidagi muammolar o‘rganilmoqdaHududlarda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini joyida hal etishga qaratilgan amaliy va yuzma-yuz muloqotlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.Ushbu amaliy tadbirlarning uzviy davom ettirish maqsadida Biznes-ombudsman devoni sho‘ba mudiri Husniddin Axmedov tomonidan Namangan viloyati tumanlaridagi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan navbatdagi sayyor qabullar tashkil etildi.Muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilayotgan muammolar shunchaki tinglanibgina qolmay, bevosita joylarga chiqqan holda ko‘zdan kechirilmoqda hamda ularning kelib chiqish sabablari atroflicha o‘rganilmoqda. Ushbu yondashuv energetika va boshqa sohalardagi to‘siqlarni har bir tadbirkorlik subyekti kesimida aniq va samarali hal etish imkonini beradi.——
Biznes-ombudsman
22 сент., 12:35
👍 Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.👍 Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Biznes-ombudsman
22 сент., 11:24
👍 Xususiy bog‘chaning 191,5 mln so‘mlik soliq qarzdorligini to‘lash muddati 2 yilga kechiktirildiJizzax shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etgan “R.K.” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari faoliyat davomida yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklar va soliq qarzdorligi masalasida amaliy yordam so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.Ma’lum bo‘lishicha, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tadbirkorga tegishli binoning maydoni xatolik bilan 2 224,78 kv.m. deb ko‘rsatilgani sababli, aslida 1 147,48 kv.m. bo‘lgan obyekt uchun noto‘g‘ri soliq hisoblangan. Biznes-ombudsman aralashuvi bilan kadastr ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritildi va natijada hisoblangan mol-mulk solig‘i 92,3 mln so‘mga kamaytirildi.Shu bilan birga, tadbirkor maktabgacha
Biznes-ombudsman
22 сент., 07:15
#faoliyat👍 Toshkent viloyatida nazorat qiluvchi organlar xodimlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildiBugun, 22-sentabr kuni Biznes-ombudsman Devoni tomonidan Toshkent viloyatidagi nazorat qiluvchi organlarning 300 nafardan ziyod xodimlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini amalga oshirish va tekshiruvlarni o‘tkazishning amaldagi tartibini nazorat qiluvchi organlar xodimlariga batafsil tushuntirish, shuningdek, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishdan iborat.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son va 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son farmonlari bilan tadbirkorlik faoliyati ustidan davlat nazorati sohasida joriy etilgan yangi tartib va mexanizmlarga alohida1,020Открыть в Telegram
Biznes-ombudsman
22 сент., 05:13
👍 Tadbirkorning yer bo‘yicha huquqi tiklandi: mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan xodim jazolandiSamarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Y.Ch.” MChJ rahbari ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.Murojaatda “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali sotib olingan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasi belgilangan muddatlarda hal etilmayotgani, shu sababli tadbirkorning qonuniy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatilayotgani bayon etilgan.👍 Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi natijasida, 2026-yil 13-avgust kuni “Y.Ch.” MChJning Kattaqo‘rg‘on tumani, Yonboshsoy MFY hududida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlariga bo‘lgan huquqlari
Biznes-ombudsman
22 сент., 03:42
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
Biznes-ombudsman
21 сент., 14:02
👍 Tadbirkorning 9,6 milliard so‘mlik muammosi qanday hal etildi?"O.O.D.M." AJ rahbari huquq va qonuniy manfaatlarni tiklashda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.Aniqlanishicha, jamiyat tomonidan topshirilgan hisobotda texnik xatolik tufayli QQS summasining bir qismi hisobga olinmay qolgan. Korxona ushbu xatolikni tuzatish maqsadida qayta aniqlashtirilgan hisobot yuborgan bo‘lsa-da, Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan rad etilgan.Ushbu holat bo‘yicha Guliston tumanlararo ma’muriy sudining hal qiluv qarori bilan tadbirkorning arizasi to‘liq qanoatlantirilib, hisobotlarni qayta qabul qilish majburiyati yuklatilgan edi. Keyinchalik Sirdaryo viloyat ma’muriy sudining apellyatsiya hamda Jizzax viloyat sudining taftish instansiyalari qarorlari bilan ushbu hujjat o‘zgarishsiz qoldirilib, soliq organining shikoyatlari rad
Biznes-ombudsman
21 сент., 12:35
👍 «Jarima yozishga shoshilmang, Tekshirvoy!»Tekshirvoy yangi kafeda bittagina qog‘oz yetishmaganini ko‘rib, darrov daftarchasini ochgan ham ediki, Tartibvoy va Himoya Botur to‘xtatib qolishdi.Yangi tartibga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan birinchi xato uchun jarima emas, 10 kunlik muhlat beriladi. Tekshirvoyning daftarchasi esa bu safar chaqqon tadbirkor Chaqqonoyni jarimadan qutqarib qolgan yangi qoidadan lol qoldi.«Zumrad o‘rmon»ning yangi qismida biznesni qo‘llab-quvvatlashning qiziqarli va yangi jihatlarini tomosha qiling!Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Biznes-ombudsman
21 сент., 11:01
👍 Biznes-ombudsman suv toshqinidan zarar ko‘rgan tadbirkor manfaatini sudda himoya qildiJoriy yilning 7-avgust kuni Biznes-ombudsmanning shaxsiy qabuli paytida Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi «N.D.T.» MChJ rahbari kompensatsiyani undirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.Aniqlanishicha, 2022-yilning iyun oyida Bo‘ka tumanida yuz bergan suv toshqini oqibatida «N.D.T.» MChJga qarashli savdo do‘koni va undagi tovar-moddiy boyliklar zarar ko‘rgan. Tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zarar miqdori mustaqil baholash tashkiloti tomonidan 208 mln so‘m deb baholangan.Rasmiy idoralar va ishchi guruh tomonidan zarar yetkazilgani hamda uni qoplash zarurligi e’tirof etilgan bo‘lsa-da, uzoq vaqt davomida tadbirkorga kompensatsiya to‘lab berilmagan.Tadbirkorning huquqlarini himoya qilish maqsadida Biznes-ombudsman devoni tomonidan Nurafshon
Biznes-ombudsman
21 сент., 09:32
👍 HUDUDLAR KESIMIDA TADBIRKORLARNI QANDAY MASALALAR QIYNAMOQDA?👍 2026-yil yanvar–avgust oylarida tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilindi.Mazkur tahlil natijalari orqali har bir hududda tadbirkorlar tomonidan eng ko‘p ko‘tarilgan TOP-3 muammoni ko‘rishingiz mumkin.👍 Murojaatlarda asosan kredit va subsidiya, tekshiruvlar, infratuzilma, sud hujjatlari ijrosi, yer va kadastr, litsenziya va ruxsatnomalar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.Batafsil ma’lumotlar — infografikada.Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Biznes-ombudsman
21 сент., 08:01
#OAV_biz_haqimizda👍 Iqtisodiyot uchun yana bir rivojlanish mexanizmi«O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan «Iqtisod 24» ko‘rsatuvida Biznes-ombudsman devoni sho‘ba mudiri Botir Usmonaliyev va Biznes-ombudsman mas’ul xodimi Bobur Halimov ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni kooperatsiyaga jalb etgan yetakchi tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Biznes-ombudsman
21 сент., 06:32
👍 Tadbirkordan bir to‘lovni ikkinchi marta undirishga chek qo‘yildiToshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “TOSHJUM MOTO” MChJ rahbari M.Rahmonov muqaddam nobudgarchilik to‘lovini to‘lagan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligi boshqarmasi uni takroran undirish to‘g‘risida sudga murojaat qilgan.Birinchi instansiya sudi da’voni qanoatlantirib, tadbirkordan 120 mln so‘m undirish haqida qaror chiqargan. Apellyatsiya instansiya sudi ham mazkur qarorni o‘zgarishsiz qoldirgan.Shundan so‘ng tadbirkor Biznes-ombudsmanga umid bilan murojaat qilgan. Natijada sud qarorlariga nisbatan taftish shikoyati kiritildi.👍 Sud majlisida Biznes-ombudsman shikoyati to‘liq qanoatlantirilib, quyi instansiya sudlarining 2 ta qarorlari bekor qilindi va qishloq xo‘jaligi boshqarmasi da’vosi rad etildi.——👍 Пресе
Biznes-ombudsman
21 сент., 05:21
#Attestatsiya👍 Ayni vaqtda Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi mas’ul xodimlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini olish uchun attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, nazorat qiluvchi organ xodimlari maxsus attestatsiyadan o‘tishlari shart.Kimlar attestatsiyadan o‘tishi kerak?👍 Tadbirkorlar faoliyatini tekshirish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar;👍 Maxsus guvohnomasining muddati tugayotgan shaxslar;👍 Tekshirish huquqini olishga ilk bor tavsiya etilgan, kamida 2 yillik stajga ega xodimlar.👍 Attestatsiya jarayonlarini ushbu havola orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin. —— #Аттестация
Biznes-ombudsman
19 сент., 14:01изменён
#dayjest14–19-sentabr kunlari Biznes-ombudsman faoliyatida va tadbirkorlar hayotida ro‘y bergan asosiy voqealar dayjesti🔹Biznes-ombudsman Abdumannop Buriyev tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi🔹Prezident huzuridagi Jamoatchilik kengashining yangi tarkibdagi ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi🔹 Biznes-ombudsman Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Direktorining o'rinbosari bilan uchrashdi🔹Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: yangi imtiyoz va preferensiyalar biznes rivojiga xizmat qiladi🔹Biznes-ombudsman Qoraqalpog‘istondagi tadbirkorlar muammolarini joyida o‘rgandi🔹Biznes-ombudsman tadbirkorlarning muammolarini tingladi🔹G‘allaorol tumanida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildiWebsite|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Biznes-ombudsman
19 сент., 12:33изменён
#ijobiy_dayjestBiznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari ijobiy hal etilgan keyslar dayjesti🔹 Yer ijarasi bekor qilingach, ortiqcha to‘langan mablag‘lar tadbirkorga qaytarildi🔹 Biznes-ombudsman 901 ta toʻqimachilik korxonasining huquqini tikladi🔹Tadbirkorni jazolamoqchi bo‘lgan mas’ul xodim o‘zi javobgarlikka tortildi🔹Xususiy bog‘chalarga millionlab so‘m kam to‘langan: Biznes-ombudsman muammoning asl sababini aniqladi🔹Videokamerasiz tekshiruv: tadbirkorga qo‘llanilgan jarima bekor qilindi🔹Mo‘ynoqda tadbirkorning baliqlarini olib qo‘ygan mansabdorlarga chora ko‘rildi🔹Tadbirkor manfaati sudda himoya qilindi: asossiz to‘xtatilgan subsidiya tadbirkorga to‘lanadigan bo‘ldi🔹Auksionda yutilgan yerga bo‘lgan huquq bekor qilinayotgan edi: Biznes-ombudsman sudda tadbirkor manfaatini himoya qildi
Biznes-ombudsman
19 сент., 11:01
👍 Biznes-ombudsman yordamida tadbirkorga asossiz hisoblangan 109 mln so‘mlik to‘lov bekor qilindiSirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor A.I. majburiy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi tartibiga o‘tkazilganligi va asossiz QQS solig‘i hisoblanganligidan norozi bo‘lib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.Aniqlanishicha, tadbirkor 2025-yil 10-dekabrda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan. 2025-yilning 31-dekabriga qadar tadbirkor 931 mln so‘mlik tovar aylanmasini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar uchun belgilangan 1 milliard so‘mlik chegaradan oshmagan.Shunga qaramay, Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi 2026-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangi tartibni 2025-yilda yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llagan. Natijada tadbirkor majburiy ravishda QQS
Biznes-ombudsman
19 сент., 11:01
#faoliyat👍 G‘allaorol tumanida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildiSayyor qabul 18-sentabr kuni Biznes-ombudsman Jizzax viloyati shu’basi hamda G‘allaorol tumani hokimligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–229-sonli Farmoni doirasida tashkil etildi.Yoshlar markazi binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan bank-moliya, kreditlash, soliq, yer ajratish, ruxsat berish tartiblari hamda tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi. Har bir murojaat yechimi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.Bunday sayyor qabullar tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularni tezkor hal etish
Biznes-ombudsman
19 сент., 09:34
#OAV_biz_haqimizda👍 Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdiTadbirda Biznes-ombudsman devoni sho‘ba mudirlari Guljamol Shukurova va Farhod Ahmedov ishtirok etib, Prezident Farmoni bilan tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar haqida ma’lumot berdilar.Website|Telegram|Instagram|Facebook|X|Youtube
Biznes-ombudsman
19 сент., 07:40
переслано из @press_secretary_uz
Qoraqalpog‘istonda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning ko‘lami ham kengaymoqda.Nukusdagi markaziy shifoxonada jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalar shifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu yil bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yo‘nalishlarda 1,5 mingta operatsiya o‘tkazildi.Hududda tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etildi. Tibbiyot muassasalariga 10 million dollarlik jihozlar olib berildi.O‘zbekistonda birinchi marta xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz bo‘ladi.Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib, Universitet tibbiy klasteri tashkil qilinadi.Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan
Biznes-ombudsman
19 сент., 07:36
переслано из @press_secretary_uz
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.Facebook|Instagram|X
Ссылки
