gram news
Аватар канала Bizning Namangan

Bizning Namangan

@bizningnamangan

Biz bilan birga bo‘ling MUROJAAT UCHUN admin:@dilmurod8111

ПроектыKK

771подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Bizning Namangan

    21 сент., 05:57

    Inson hayoti — eng oliy qadriyat. Uni asrash esa katta mas’uliyat va fidoyilikni talab etadi.Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida bemorlarga tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish bilan birga, ular uchun qulay va munosib sharoit yaratishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.Bemorlarning davolanishi, ovqatlanishi, murojaatlari va fikr-mulohazalarigacha — barchasi e’tiborda.Eng muhimi, bu yerda har bir sa’y-harakat ortida bitta ezgu maqsad bor — inson hayotini asrash va bemorni sog‘-salomat yaqinlari bag‘riga qaytarish.@bizningnamangan
  • Bizning Namangan

    17 сент., 15:56

    переслано из @xavfsizlik_uz

    ✈️ Antaliya va’dasi ortidagi jinoiy maqsad fosh bo‘ldi➡️Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi, 1990 va 1993-yillarda tug‘ilgan 2 nafar ayol mahalliy 2 nafar qizning ishonchiga kirib, ularni Turkiyaning Antaliya shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborish hamda u yerda topadigan daromadlarining yarimini o‘zlashtirishni reja qilishgan.Shu maqsadda ular qizlarni “Toshkent – Antaliya” yo‘nalishi bo‘yicha xorijga jo‘natish uchun poytaxt aeroportiga olib ketayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Chust tumani hududida to‘xtatib qolindi.🔹 Ta’kidlash lozimki, 1990 y.t. ayol muqaddam ham shu turdagi jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.🕵️‍♂️ Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov
  • Bizning Namangan

    16 сент., 16:12

    YANGI NAMANGAN — YANGI TONGBir yil avval boshlangan katta yangilanish — bugun butunlay yangi qiyofada.Eski mahalla o‘rnida — zamonaviy maskan. Yangi maktab, bog‘cha, ravon yo‘llar va yangi imkoniyatlar.@bizningnamangan
    5,090видео31Открыть в Telegram
  • Bizning Namangan

    14 сент., 15:32

    BIR YILDA — BUTUNLAY YANGI QIYOFA!Kecha eski mahalla edi. Bugun esa — yangi hayot, yangi maskan, yangi imkoniyatlar!“YANGI NAMANGAN — YANGI TONG”Chorshanba | 20:00@bizningnamangan
    8,150видео332211Открыть в Telegram
  • Bizning Namangan

    12 сент., 08:21

    Мажбурий ижро бюроси Наманган вилоят бошқармаси бошлиғи Б.Мирзаахмедовнинг навбатдаги сайёр қабули Чортоқ туманида ташкил этилди.Қабул давомида 18 нафар фуқаронинг суд ва бошқа ваколатли органлар ҳужжатлари ижроси билан боғлиқ мурожаатлари ўрганилди.Мурожаатларнинг 10 таси жойида ҳал этилиб, фуқароларга ҳуқуқий тушунтириш ва амалий ёрдам кўрсатилди. Қолган 8 та масалалар юзасидан тегишли чоралар белгилаб олиниб, алоҳида назоратга олинди.Мажбурий ижро бюроси вилоят бошқармаси томонидан аҳоли мурожаатларини тинглаш, уларнинг муаммоларини қонуний ҳал этиш бўйича сайёр қабуллар изчил давом эттирилмоқда.
  • Bizning Namangan

    11 сент., 07:11

    переслано из @xavfsizlik_uz

    🕋 “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi🇺🇿 Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga eng ustuvor vazifa sifatida qaralib, xususan, fuqarolarimizning muqaddas “Haj” va “Umra” ziyoratlariga borishlari hamda ezgu amallarni xavfsiz va to‘la-to‘kis ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.Afsuski, ayrim sayyohlik firmalari “Umra” ziyoratini tashkil etish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan, hamyurtlarimizni Saudiya Arabistoniga olib borib, yolg‘iz va qiyin sharoitlarda qoldirishlari oqibatida vatandoshlarimiz sarson-sargardon bo‘lganliklari ham achchiq haqiqat.Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida tegishli choralar ko‘rilmoqda. 1️⃣ Jumladan, Farg‘ona viloyatida noqonuniy ravishda “Umra”
  • Bizning Namangan

    10 сент., 07:24

    переслано из @xavfsizlik_uz

    💰 Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni Hindistonga noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yildi🇺🇿 Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan aeroportida tezkor tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida “Namangan – Dehli” yo‘nalishida Hindistonga ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 5 nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi.Natijada, ular o‘zlarining ichki organlaridan “jonli konteyner” sifatida foydalanib, jami og‘irligi 555 gr bo‘lgan quyma oltin bo‘laklari va 200 gr zargarlik buyumlarini yashirin ravishda xorijga olib ketmoqchi bo‘lganliklari fosh etildi.🪙 Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qimmatbaho metallarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mni tashkil
  • Bizning Namangan

    6 сент., 14:09

    переслано из @sshmirziyoyeva

    Toshkentda Zamonaviy san’at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi bo‘ldi. Ushbu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta’lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan jamoat hududlari o‘rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda.Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashdi. Inshootning me’moriy transformatsiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu yerda ko‘rgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, ma’ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam o‘tkazib boriladi.Mamlakatimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro
  • Bizning Namangan

    4 сент., 11:33

    🌐Endi hujjatlar elektron shaklda yuritiladi⌛Qurilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni soddalashtirish hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Prezidentimizning joriy yil 4-iyundagi “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-104-sonli Farmoni qabul qilindi.🔄Mazkur hujjatda qurilish subyektlari tomonidan majburiy tartibda yuritiladigan ijro hujjatlarini raqamlashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.🔄Shu maqsadda nazorat.mc.uz platformasida kirish nazorati, beton ishlari, umumiy ish yuritish jurnallari hamda yopiq ishlar dalolatnomalarini elektron shaklda yuritish imkoniyati yaratildi.🔄Ushbu yangiliklarni amaliyotga keng joriy etish maqsadida Uychi tumanida Namangan viloyati
  • Bizning Namangan

    4 сент., 04:51

    переслано из @xavfsizlik_uz

    ❗️ Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi1️⃣ DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.Jumladan, muqaddam sudlangan 44 yoshli fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yerto‘lasida 782 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. 2️⃣ Boshqa holatda esa 1975 y.t. shaxsning yashash xonadonida 758 gr “gashish” moddasi, giyohvandlik vositalari qoldiqlari bo‘lgan 6 dona pichoq va 4 dona elektron tarozi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. 3️⃣ DXX Namangan
  • Bizning Namangan

    2 сент., 15:38

    #mustaqillikNAMANGAN — YANGI NAFASDavlatobod tumanida jahonga mashhur Niderlandiyaning “Ayaks” futbol akademiyasi ochildi.Akademiya “Navbahor” bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, iqtidorli yosh futbolchilar Yevropa futboli tajribasi asosida tayyorlanadi.Yangi akademiya — Namangan futboli uchun yangi imkoniyatlar va yangi yulduzlar sari qadam.@bizningnamangan
    4,750видео221Открыть в Telegram
  • Bizning Namangan

    1 сент., 15:51

    #mustaqillikNAMANGAN — YANGI NAFASUychi tumanida joylashgan “Jiydakapa” suv inshooti Yevropa taraqqiyot banki ishtirokidagi loyiha doirasida 5,2 million dollar mablag‘ hisobiga to‘liq rekonstruksiya qilindi.Inshootning suv uzatish quvvati 90 ming kub metrdan 180 ming kub metrga oshirildi. 49 ta quduq rekonstruksiya qilinib, energiya tejamkor nasoslar va SCADA raqamli boshqaruv tizimi joriy etildi.Bugun inshoot 170 mingga yaqin aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlamoqda. Elektr energiyasi sarfi esa 35 foizga kamaydi.@bizningnamangan
    4,050видео221Открыть в Telegram
  • Bizning Namangan

    1 сент., 12:15

    WELCOME TO CHUST@bizningnamangan
    1,210видео521Открыть в Telegram
  • Bizning Namangan

    31 авг., 15:01

    #mustaqillikNAMANGAN — YANGI NAFASCHUST TUMANIDAGI “MEGATON”“MEGATON” korxonasi zamonaviy texnologiyalar asosida sifatli g‘isht mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda. Korxona mahsulotlari O‘zbekiston bozorini ta’minlash bilan birga, qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda.Mahalliy ishlab chiqarish — yangi imkoniyatlar va yangi taraqqiyot.@bizningnamangan
    4,400видео11Открыть в Telegram
  • Bizning Namangan

    30 авг., 14:44

    #mustaqillik“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi Namangan viloyatida keng va ko‘tarinki ruhda nishonlandi.@bizningnamangan
  • Bizning Namangan

    30 авг., 10:28

    “ЯГОНА ВАТАН, ЯГОНА ХАЛҚ БЎЛИБ, ЯНГИ ҲАЁТ ВА КЕЛАЖАК ЯРАТАМИЗ!”Норин туманида Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги муносабати билан “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз!” шиори остида тантанали байрам тадбири юқори кўтаринки руҳда бўлиб ўтди.@bizningnamangan
  • Bizning Namangan

    29 авг., 14:04

    #Mustaqillik_35_yil🇺🇿 Kosonsoy tumanida «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami munosib nishonlandi.@bizningnamangan
  • Bizning Namangan

    28 авг., 15:41

    ❗️Ўзбекистон Мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган тантанали маросимда Биринчи Президент Ислом Каримов давлат мустақиллигини эълон қилган тарихий кадрлар намойиш этилди.@bizningnamangan