gram news
Аватар канала Vashington kundaligi

Vashington kundaligi

@bmamadiev

3,930подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Vashington kundaligi

    19 сент., 19:54изменён

    Hurmatli ota-onalar! 🌟Sizlarni 19–20-sentabr kunlari soat 10:00 dan 15:00 gacha Ziyoart Academy o’tkazayotgan Ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz!Farzandingiz uchun darslar, ustozlar va taʼlim dasturlari bilan yaqindan tanishing.Manzil:📍 8778 Bay Parkway, Brooklyn, NY 11214 Aloqa uchun: 📞 929-559-2999@bmamadiev
  • Vashington kundaligi

    17 сент., 21:14

    “Anthropic” AI kompaniyasi shu yili IPOga chiqishi kutilyapti. Ya’ni, aksiyadorlik jamiyatiga aylanadi.IPO yuz bergan kuni kompaniya asoschilari va xodimlari orasida quyidagi miqdorda yangi boylar paydo bo’lishi kutilyapti:- 7 ta milliarder - Boyligi $100 milliondan oshadigan 50 ta xodim - Boyligi $10 milliondan oshadigan 1200 ta xodim - Multi-millionerga aylanadigan yana minglab xodimlar@bmamadiev
  • Vashington kundaligi

    17 сент., 21:02

    Kutilmagan boylik sindromi(SWS - Sudden Wealth Syndrome) degan kasallik paydo bo’libdi.Sun’iy intellekt inqilobi AQShda ko’plab yangi milliarder va multi-millionerlarni paydo qildi. Kutilmaganda millionlab boylikka ega chiqqan yosh va yangi boylar bu yangi voqelik oqibatida yuz bergan ruhiy bezovtalikni boshqarish uchun maxsus terapiya sessiyalariga qatnayotgan ekan.@bmamadiev
    1,3402222Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    14 сент., 22:46

    📢 ISHGA TAKLIF QILAMIZ!AllHealth Diagnostic and Treatment Center faoliyatini kengaytirmoqda va jamoaga malakali mutaxassislarni taklif qiladi.Ayniqsa, o‘zbek hamjamiyatidan bo‘lgan hamda ingliz, o‘zbek, rus yoki tojik tillarida muloqot qila oladigan nomzodlarni kutamiz.Talablar🔹 Shifokorlar (Doctors) • Tibbiyot oliygohini tamomlagan bo‘lishi • Kamida 5 yillik klinik tajriba🔹 Amaliyotchi hamshiralar (Nurse Practitioners) • Tegishli oliy ma’lumot • Kamida 2 yillik klinik tajriba🔹 Qabulxona xodimlari (Front Desk Staff) • Kompyuterda ishlash ko‘nikmasi • Yaxshi muloqot qobiliyati • Jamoada ishlash tajribasi
  • Vashington kundaligi

    5 сент., 00:32

    AQSh mustaqilligining 250 yilligi, O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi va Mustaqillik Kubogining 10 yilligini birgalikda nishonlaymiz.🎶 Jonli musiqa, mashhur san’atkorlar bilan uchrashuv va futbol bayramiga marhamat!Manzil:📍 760 Oriental Blvd, Brooklyn, NY 11235 🗓 6-sentabr, yakshanba ⏰ 12:00–19:00Barchangizni ushbu katta bayramda kutib qolamiz! 🇺🇸🤝🇺🇿@bmamadiev
    2,61011432Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    3 сент., 19:21изменён

    2030-yilgacha xususiy kompaniyalar sun’iy intellekt data markazlarini qurish uchun 7 trillion dollar sarflar ekan.Qiyoslash uchun - bu pulga uch yil davomida hamma xitoyliklarning (1,4 milliard odam) qornini to’ydirish mumkin, deb yozmoqda “Financial Times”.@bmamadiev
    2,6303043111Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    3 сент., 12:41

    Amerikaliklarning 65 foizga yaqini oylikdan oylikka yashaydi. Bu degani, topgani tirikchilikka yetadi, xolos.Nimadir favqulodda moliyaviy ehtiyoj yuzaga kelsa, ishlatish uchun qo’shimcha jamg’arib qo’ygan puli yo’q.@bmamadiev
    3,0905343332Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    2 сент., 02:58

    AQSh yuk tashish bizneslari va yuk mashinasi haydovchilariga qarshi urush e'lon qildi.Kecha tarqatilgan xabarga ko'ra, Immigratsiya xizmati, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Transport vazirligi birgalikda haydovchilar, haydovchilarni tayyorlovchi maktablar, test markazlari, yuk tashuvchi truck kompaniyalari va ularga litsenziya beruvchi shtat organlari ustigan federal darajada keng ko'lamli tekshiruvlar boshlagan.Allaqachon 28 ming haydovchi ingliz tilini yetarli darajada bilmagani uchun yuk mashinasini haydash litsenziyasidan mahrum qilingan. 300 ga yaqin haydovchilikka tayyorlash maktablari yopilgan.Federal agentlar yuzlab truck bizneslari ustidan tekshiruv boshlagan. Ular CDL guvohnomalarini noqonuniy qo'lga kiritish, ishlash huquqiga va tegishli immigratsion maqomga ega bo'lmagan xorijliklarni ishga yollash kabi qonunbuzarliklarda ayblanmoqda.Yo'llarda yuk
    4,0901984222Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    31 авг., 17:46

    Vatanimizning Mustaqillik kuni bayrami muborak bo’lsin barchamizga, azizlar!@bmamadiev
    2,77035954Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    26 авг., 17:35

    AQSh sudi kuni kecha Prezident Donald Trampning immigratsion viza berishni to’xtatish haqidagi qarorini bekor qilgan edi.Tramp endi elchixona xodimlarini treningdan o’tkazish vaji bilan immigratsion viza uchun suhbatlar o’tkazishni yana noma’lum muddatga to’xtatdi.Sodda qilib aytganda, hukumat sud hukmiga amal qilmaslikning qonuniy yo’lini topdi.@bmamadiev
    3,8202861Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    22 авг., 18:25изменён

    Nyu-Yorkdagi “Mahalla USA” jamiyati barchani Oʻzbekiston Mustaqilligining 35 yilligi hamda “Mustaqillik kubogi” futbol turnirining 10 yillik yubileyiga taklif qiladi!📅 5–6-sentabr, 2026 🗓 Shanba–yakshanba 📍 Kingsborough Community College 2001 Oriental Boulevard, Brooklyn, NY 11235Bu yilgi turnir yanada katta va bayramona ruhda oʻtadi:⚽️ AQShning 15 dan ortiq shtatidan vatandoshlar jamoalari 🏆 Yuqori saviyadagi futbol va halol raqobat 🎤 Jonli konsert va koʻngilochar dasturlar 🍽 Milliy oʻzbek taomlari 🎁 Oʻyin-kulgilar va sovgʻalar ⭐️ Oʻzbekistondan taniqli futbolchilar va sanʼatkorlar tashrifi“Mustaqillik kubogi” 2016-yildan beri vatandoshlarni birlashtirib kelmoqda. Oʻtgan 10 yil davomida tadbirda 10 mingdan ortiq mehmon qatnashib, minglab yangi doʻstliklar shakllandi.🎉 Oilangiz va doʻstlaringiz bilan keling — birga futbol tomosha qilamiz, bayram qilamiz va Mustaqillik
    4,4001421Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    22 авг., 17:52

    AQSh federal sudyasi Trump maʼmuriyatining 75 davlat, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari uchun immigrant vizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatgan qarorini bekor qildi.Sud hukumat butun bir davlat fuqarolariga umumiy taqiq qo‘yish vakolatiga ega emasligini, har bir ariza individual baholanishi kerakligini aytdi.Endi O‘zbekiston fuqarolari oilaviy, ish va boshqa immigrant vizalar uchun yana ariza topshirishi yoki mavjud arizalarini ko‘rib chiqishni davom ettirishi mumkin.Tramp qarori immigrant vizalarga tegishli edi. B-1/B-2 turistik vizalar bu taqiq ostida bo‘lmagan.Hukumat sud qarori ustidan apellyatsiya berishi mumkin.@bmamadiev
    2,9103232Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    15 авг., 00:22

    Uyga kelib pochta qutimni ochsam, Nyu-Jersi shtati hokimiyatidan xat kelibdi: o’tgan yili yetti dollar va 70 sent ortiqcha soliq to’lab yuborgan ekanman.Xohlansagiz, pulingizni qaytarib beramiz; xohlasangiz, uni keyingi yil solig’i uchun ishlating, deyishibdi.@bmamadiev
    3,7307122162Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    14 авг., 19:25изменён

    Yoshligimdan perfeksionist bo’lganman. Hamma narsam joy-joyida, saranjom-sarishta turishi kerak edi.O’zimcha kunlik rejalar tuzar edim:- 5:00: uyqudan uyg’onish; - 5:30 dan 7:00 gacha: dars qilish … va hokazo…Bora-bora bu behudaligini tushunib, ko’p narsani o’z holiga tashlab qo’yadigan bo’ldim.Lekin perfeksionizmning asoratlari haligacha yo’qolmagan: e-mail va telefon xatlari, ilovalardan keladigan eslatmalar ochilmagan holda turishi jig’imga tegadi. Yo ochib o’qiyman yoki o’chiraman.Hatto ichki kiyim va paypoqlarimgacha tartib bilan taxlangan holda turishi kerak.Har qalay, boshqalardan buni talab qilmaslikni, kutmaslikni o’rgandim. Bu ham aslida katta o’zgarish. 🙂@bmamadiev
    3,42059238Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    10 авг., 13:38изменён

    Tataristondagi dron hujumida 8 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldiRossiyaning Tatariston Respublikasidagi Nijnekamsk shahriga uyushtirilgan Ukraina dron hujumi oqibatida yetti nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu maʼlumotni Oʻzbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi tasdiqlagan.Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, hujumda kamida 13 kishi halok boʻlgan, 75 kishi jarohatlangan. Demak, qurbonlarning yarmidan ko‘pi Oʻzbekiston fuqarolari.Ukraina hujumni tasdiqlab, nishon TANECO neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini bildirgan.@bmamadiev
    3,6003344Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    7 авг., 18:58

    переслано из @allaevuzb

    Охирги ойларда солиқ мавзусидаги таклифлар кетма-кет келяпти. Омонат фоизларига солиқ. Дивиденд ставкасини кўтариш. Даромадга қараб даражали шкала. Ҳар бир таклифнинг ортида битта жумла турибди: бюджетга пул керак.Ман бир неча ойдан бери Австрия иқтисодиёт мактабини ўқияпман. Ва ўқиган сари битта фикр аниқроқ бўляпти: асосий савол солиқ ставкасида эмас. Асосий савол харажатда.Рақамлар билан кўрсатай.30 июль куни Фискал таҳлил институти жисмоний шахсларнинг банк омонатлари фоизига 5 фоизли солиқ солиш ғоясини илгари сурди. Ҳисоб-китобга кўра, бу бюджетга йилига тахминан 1,4 трлн сўм келтириши мумкин. Рақам катта эшитилади. (Аниқлик учун: бу ҳали қонун лойиҳаси эмас, таҳлилий таклиф холос.)Энди ёнига иккинчи рақамни қўяйлик. Шу йилнинг июлида 2026 йил учун консолидациялашган бюджет харажатлари прогнози 567,7 трлн сўмдан 638,4 трлн сўмгача оширилди. Битта тузатишда — 70,7 трлн сўм.
    3,4402810631Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    5 авг., 21:59изменён

    Mahallalar uchun mas’ul bir kattakon yaqinda davlat rahbari oldida mahalla tizimi endi ilmiy asosda rivojlantiriladi va raqamlashtiriladi, deb katta taqdimot o’tkazgan edi.Natija uzoq kuttirmadi. Ijroga yeng shimarib kirishilgan, shekilli, hokimlar uyma-uy yurib, inson uchun eng shaxsiy hisoblanadigan yashash hududlariga muborak qadamlarini ranjida qilmoqda; odamlarga qanday ro’zg’or tutish haqida “qimmatli” maslahatlar bermoqda.Navbatdagi qadam endi odamlarning hovlisiga kamera o’rnatish bo’lsa kerak; busiz taqdimotning raqamlashtirishga oid qismini qanday bajarish mumkin?!Axir, hokim bitta, mahallalar son-sanoqsiz bo’lsa, shuncha odamning uyiga kirib chiqa olmaydi-ku.Hokimning ofisiga monitoring ekrani va bitta mikrofon ham o’rnatish kerak, toki xohlagan paytida xohlagan mahallasidagi xonadonni bemalol nazorat qilib tura olsin. Jarimaga tortish uchun stoliga bitta tugma ham
    3,660421553Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    3 авг., 21:19изменён

    Tramp maʼmuriyati 50 ta davlat fuqarolari uchun AQSh vizasini olishni yanada qiyinlashtirdi.Asosan, Afrika va bir qator Osiyo mamlakatlarini o’z ichiga olgan ro’yxatdagi mamlakat fuqarolari B-1 (biznes) yoki B-2 (sayyohlik) vizasini olishda, konsullik talabiga koʻra, 20 ming dollargacha kafolat puli (bond) toʻlashi lozim. Hukumat bu chorani viza muddati tugagach, mamlakatni tark etmay qolish holatlarini kamaytirish maqsadida joriy qilganini aytmoqda.Vataniga o’z vaqtida qaytganlarga kafolat puli qaytarib beriladi.Ro’yxatda O’zbekiston yo’q, lekin Markaziy Osiyodan Qirg’iziston, Turkmaniston va Tojikiston kiritilgan.@bmamadiev
    4,790141052Открыть в Telegram
  • Vashington kundaligi

    3 авг., 21:06

    “Amazon” kompaniyasining bozor qiymati 3 trillion dollardan oshdi. Insoniyat tarixida bu mavqega erishgan kompaniyalar hozircha beshta: “Apple”, “Nvidia”, “Microsoft”, “Alphabet” va endi “Amazon”.@bmamadiev
  • Vashington kundaligi

    31 июл., 20:59

    Rossiya “Telegram” asoschisi Pavel Durovni terrorizmga yordam berganlikda aybladi.Durov esa bunga javoban “X”dagi rasmiy “Telegram” sahifasi orqali o’rta barmog’ini ko’rsatdi.@bmamadiev
    X (formerly Twitter)Telegram Messenger (@telegram) on X
    3,7102331Открыть в Telegram