gram news
Аватар канала Bobil Kutubxonasi

Bobil Kutubxonasi

@bobil_kutubxonasi

Reading Because Murder Is Wrong! Hamkorlik: @bobil_reklama Instagram: https://www.instagram.com/caeternolis/?hl=bn

ПроектыENКниги

5,660подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Bobil Kutubxonasi

    22 сент., 07:43изменён

    Va’daga vafo.Bobil quyidagi kanallarni tavsiya qiladi. Menga yoqdi, balki sizga ham yoqar.@altruistning_qizi@Amazing_feelings_N@ufq_horizon@same_fikr@mohidasblogBonus: @world_of_perspectivesHurmat bilan, bobil kutubxonasi
    7021711Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    20 сент., 06:51

    Ibrohim G‘afurov, Ozod Sharafiddinov, Miraziz A'zam... yoki she'riy tarjimada Rauf Parfi, Xurshid Davron, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov...O‘zbek adabiy tarjima maktabi deganda asosan shu siymolar ko‘z oldimizga keladi. Ularni faqat yaxshi asarlarni yaxshi tarjima qilishgani uchun emas, o‘ziga xos markaziy til va uslub yarata olishgani uchun ham qadrlaymiz. Lekin bugun mana shunday markaziy til, adabiy lison yaratish qanchalik mumkin?O‘zbekistonga bir hafta avval qaytdim. Ayni "Qilichlar Bo‘roni" ga so‘ngi bor ishlov berayotgan kunlarim. Va, bir narsa e'tiborimni tortdi. Bugun standart o‘zbekcha degan tushuncha umuman yo‘q. Buni nolish yo tanqid uchun aytmayapman. O‘zingiz qarang, televizorda til kanaldan kanalga o‘zgaradi. Milliy Tv dagi suhandonning o‘zbekchasi bilan Madaniyat va Ma'rifatniki orasida katta farq bor. Reklamalardaku umuman boshqa o‘zbekchani eshitamiz. Ijtimoiy
    4,390322211Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    15 сент., 11:00

    Totalitar jamoatlardagi ustki boshqaruv qatlamida hamma rahnamoning yolg’on gapirayotganini bilib turadi. Lekin rahnamo yutqazsa, o’zlari ham yutqazishadi, shu bois hech qachon ovozlari chiqmaydi. Asosiy masala rahnamoning yanglishmasligi emas, balki yengilmasligidir. Bu yengilmaslikka bo’lgan ishonch va e’tiqod bitsa, totalitarizm tasavvuri ham yer bilan bir bo’ladiyu haqiqat g’alaba qozonadi.Hannah Arendt, Origins of Totalitarianism@bobil_kutubxonasi
    1,8302173Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    9 сент., 18:40

    Ba’zan tarjima qilayotgan kitoblarimning qanchalik kattaligini unutib qo’yaman. Bugun internetda aylana turib Robert Muzilning “Hossasiz Odam” romanini ko’rib qoldim. 1000 bet. Himm, katta kitob ekan, olsam bitira olamanmi, deb o’yladim.Keyin “Qilichlar Bo’roni” ning 1200 betligini, keyingi “Qarg’alar Bazmi” 800 bet bo’lgani uchun shukr qilganimni eslab qoldim.O’qishga kelganda o’ylanishim mumkin, lekin negadir tarjimada 400-500 bet hech narsa emasdek tuyula boshladi.Lekin hozirgi tarjimaning naq bir yilga cho’zilganiga e’tibor qilmaylik. 🗿@bobil_kutubxonasi
    2,6706912Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    9 сент., 12:14

    Bilasiz, O'zbekistondagi ko'plab nashriyot, xususiy teatr va galereya kabi madaniy tashkilotlar uchun marketing juda katta muammo. Boisi, kitob sotishning oziq-ovqat yo kiyim-kechak sotishdan juda katta farqi bor. Tashkilotlarga esa mana shu farqni anglab yetgan marketing mutaxassislari kerak.Qaysi kitob, ko'rgazma yo san'at loyihasi ommaning qaysi qismiga yetib boradi? Olgan videomizning ommabopligi doim ham uning yaxshiligini bildiradimi?BEEONE jamoasi mana shu savollarga javob berish va sizni xalqqa munosib tarzda tanishtirishni o'z bo'yniga oladi. Jamoa nafaqat madaniy, balki tibbiy, iqtisodiy va boshqa ko'plab sohalardagi loyihalar bo'yicha ham sizga yordam berishi mumkin.Marketing, target munosabatlari va tanituv xizmatlari uchun batafsil: @mksalikh
    2,4201653Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    7 сент., 16:59изменён

    Molly Drake, umri davomida na biron she’ri, na qo’shig’i keng ommaga taqdim qilingan ingliz shoir va qo’shiqchi.Ikkinchi Jahon Urushi davrida oilasi bilan Delhiga ko’chib boradi va yozning issiq kunlarida zerikib uydagi fortepiano bilan bu qo’shiqni qayd etadi…Avvaliga qo’shiqdagi tabiat tasvirlari sabab uni amerikalik, country janrida ijod qiladigan xonanda deb o’yladim. Lekin tinglaganim sayin unda Amerika kovboy qishloqlari va olis, yovvoyi o’rmonlardan topib bo’lmaydigan allaqanday kiborlik, nazokat borligini sezdim. Buni faqat ingliz pastoral san’atida ko’rish mumkin, menimcha.@bobil_kutubxonasi
    2,400файл18Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    7 сент., 13:31

    Yoz o’tdi
    Иллюстрация к посту канала Bobil KutubxonasiИллюстрация к посту канала Bobil Kutubxonasi
    2,210371662Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    31 авг., 14:34

    O’rta Asrlar Yevropa quyoshi damini olsin. Bizning Registondagi arslonli quyoshimiz chiroyliroq.Ularniki: 🗿😩😖🫩 Bizniki: 😠💅@bobil_kutubxonasi
    Иллюстрация к посту канала Bobil KutubxonasiИллюстрация к посту канала Bobil KutubxonasiИллюстрация к посту канала Bobil Kutubxonasi
    3,0508437182Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    29 авг., 14:16

    Fantastika filologik tahlilga arzimaydi, degan tushuncha bor. Rostmikan? Menimcha, yo'q."Muz va Olov Qo'shig'i" epopeyasining aslida postmodern uslubda yozilganini bilarmidingiz? Mayli, postmodernizmdan avval modernizmni qisqacha tushunib olsak.Modernizmni aslida Sovet va qisman Karimov davri siyosatiga o'xshatishingiz mumkin. Har qanday tushunchaning chegarasi aniq-tiniq chizilgan. Kimning yaxshi yo yomonligi kundek ravshan. Bitta qat'iy markaz bor va agar undan o'rin olmasangiz, yo dushmansiz, yo shundoq ham unda yashashga loyiq emassiz. Kimning hikoyasini kim kimning og'zidan eshitadi, bari belgilangan. Jamiyatda birdamlik deganda faqat markaziy g'oyada birlashuv tushuniladi.Postmodernizm esa buning mutlaqo aksi. Bugun tashqariga qarang: Avval ovozi doim o'chirilgan, e'tiborga olinmagan, hatto xoin tamg'asi urilgan kishilar, xususan chet elda ishlovchilar yo chekka viloyat ahli
    3,0201843Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    27 авг., 17:38изменён

    Tarjima va issiq jonimdan to'ydirgandi. Ayniqsa so'ngi bo'limlar va qayta tarjima qilinayotgan sahnalar sabab to'liq qobig'imga kirib oldim.Buni ko'rgan do'stim menga bir o'yin tavsiya qildi.Milk Outside a Bag of Milk Outside a Bag of MilkNomi shunaqa ekan.O'ynamasimdan avval shunday qo'shimcha qildi: Ruslar ishlab chiqargan bu o'yinni. Sovet qo'rquv janrida. Sen odatda bunday o'yinlar o'ynamasding, lekin bir sinab ko'r, dedi.O'ynadim va ta'sirlanmadim.— Lekin, qattiq qo'rqasan, deb o'ylagandim? — Buning nimasi Sovet qo'rquvi? — Brutalist binolar, psixologik zulmat vahokazo. — Tasavvur qil, bobong shunchaki Stalindan avval universitetni bitirgani uchun Sibirga jo'natildi. Buving Xalq Dushmani Xotini bo'lgani uchun ishidan haydaldi. Dadang va amakilaring davlat maktabidan ma'n qilindi. NKVD dadangni olib ketishga kelganida uydagi hamma qimmatbaho, sotishga arzirli lash-lushni
    2,630312715Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    17 авг., 12:31

    Ko'pimiz qishloqda tug'ildik. O'zbek adabiyoti, kino va teatrida ham qishloq motivi ko'p takrorlanadi. Bugun o'sha motivlarning o'zim uchun eng mashhur misollarini qisqacha toifalamoqchi bo'ldim.1. Zulfiqor Musoqov qishlog'i: Odatda Toshkent viloyati yo Farg'onaning quruq yo tog'li hududida joylashgan. Odamlari xuddi karikaturaga o'xshaydi. Deyarli hech kimning mustaqil xarakteri yo'q, hamma faqat filmdagi hikoyani ta'minlovchi qaysidir tipga xizmat qiladi, xolos. Odamlar he yo'q be yo'q baqirishi, yig'lashi yo kulishi mumkin. Hammaning laqabi bor. Qishloqdagi yagona qiziq voqea unga yo qaysidir shaharlik, yo o'zga sayyoralik adashib kelib qolgandagina sodir bo'ladi. Ungacha butun qishloq o'tmishda siqishib qolgan mahdud, shaxsiyati yo'q makondek his qildiradi.2. Tog'ay Murod, Shukur Xolmirzayev va umumiy Surxon Adabiy Maktabi qishlog'i Bu dunyoda sizdan ma'sum odam yo'q.
  • Bobil Kutubxonasi

    14 авг., 16:24

    Sen taniydigan eng johil odam O’zbekistonda sun’iy intellekt yozgan dissertatsiyasi bilan filologiya bo’yicha PhD oladi va bu ham yetmagandek kelib senga nazariya o’rgatmoqchi bo’ladi.Bitch, shut the fuck up.
    Иллюстрация к посту канала Bobil KutubxonasiИллюстрация к посту канала Bobil KutubxonasiИллюстрация к посту канала Bobil Kutubxonasi
    3,130632054Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    9 авг., 11:16изменён

    O’smirlik paytingizdan beri miyangizni egovlab kelayotgan qandaydir savol yo bema’ni holat bormi?Masalan, o’smirligimda Ummon juda mashhur edi, lekin kimni ko’rsam uni yomon ko’rishini aytardi. Hech qachon bu guruhni tuzukroq eshitmadim, lekin unga yo’nalgan nafratni ham haligacha tushunolmayman.Aytgancha, oq paypoq + yaltiroq qora tufli dunyodagi eng jirkanch kombinatsiya edi. Allohi Taolo o’zbek yoshlariga bu modani qaytib ko’rsatmasin…Ha, men o’smirlikni ortda qoldirgach boshlandiyu lekin yanayam aytaveray, haligi Kavkaz usulidagi soch turmagi odamni to’g’ridan to’g’ri avomdek ko’rsatadi. Bizning paytimizda “O’z fikrim bo’lmagani uchun qalang’i qasang’ilarga ergashdim” uslubi Balotelli bo’lgan bo’lsa, bugun uning o’rnini Kavkaz/Chechen sochi egalladi.Baribir, hech kimning ust boshiga aralasholmaymiz, albatta. )
    3,7405687Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    8 авг., 11:28

    Бугун ўз мифологиямиздан бир маъбуда билан таништирай сизларни.Турк-Олтой шаман пантеонида олий маъбуд бўлмиш Кўктангридан сўнг, етти қат осмон тоқида Улген Тангри билан бир тутилган маъбуда Умай Она.Уйингизда ҳеч холва пишириб, қўшниларга тарқатганмисиз? Ис чиқарилганми? Чалпак қилганмисизлар? Ҳа, буларнинг бари бизга Исломдан аввалги Умай Она культидан ёдгор. Бугун ҳам Ўзбекистоннинг кўплаб жойларида момолар атамаси бор. Бу момолар бизни асрайди, улар учун пайтида чалпак ё холва қилиб турмасак, жаҳллари чиқиши мумкин. Бу момолар ҳам Умай Онанинг рамзидир.Умай Она қаршимизга Ўрхун Битикларида чиқади. Ҳомиладор аёллар, ҳали туғилмаган гўдаклар, ёлғиз болалар, ҳайвонлар ва ҳайвон болаларини асрашга масъул ушбу маъбуда бир вақтнинг ўзида баракот ва эркаклик қувватини ҳам ўзида сақлайди.Битиклар қаторидаги Култегин обидасида шундай ёзилади:"Умай тег ўгум қотун қатинға иним Кул
    3,89033103Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    5 авг., 10:25

    Bu safar hechlik, akademik inqiroz, boshqaning ovozi va imkonsiz iqtidor haqida yozdim.https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/mirzohid-muzaffar-hechlik-va-hellados-esse.html
    3,350166Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    4 авг., 07:08

    avgust
    Иллюстрация к посту канала Bobil KutubxonasiИллюстрация к посту канала Bobil Kutubxonasi
    3,96082126Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    27 июл., 12:03изменён

    Voqelikni aniq-tiniq va tushunarli tasvirlash zamondosh insonni johilligu ahmoqlikka boshlashdan boshqa narsa emas. Boisi, bugungi voqelikning o’zi na aniq-tiniq, na tartibli, na sodda. Bu tartibsiz, xira va tushunarsiz holatni faqat murakkab fikrlargina tushuntirib berishi mumkin.Avital RonellQisqasi, yozuvchidan soddalik istash bugun uning no’noqligini tanqid qilish emas, balki o’z johilligini tan olishdek gap… Bugun 100 betlik “shuni qiling baxtli bo’ling” yo “muvafaqqiyatning 3737363828 yo’li” kabi kitoblar sizni afyundek aldab uxlatadi, xolos. Mavjud voqelikni anglash uchun esa… umuman, anglashga urinish ham befoydadek. Post-postmoderniznga xush kelibmiz.)@bobil_kutubxonasi
  • Bobil Kutubxonasi

    26 июл., 11:05

    yozgi yuzlashuvlar bolalar adabiyoti/1Dilnavoz Najimova Akademiyada Bola Ovozi@bobil_kutubxonasi
    3,950файл1164Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    25 июл., 11:02

    Oxirgi darsda talabalardan biri eng yaxshi ko’rgan qahramoningiz kim, deb so’radi. Snufkin, dedim. Tove Yansonning Muminlar Vodiysi kitobidagi darbadar Snufkin.Bitiruv sovg’asi sifatida meni o’sha Snufkinga o’xshatib chizibdi. Qo’lida “Qirollar To’qnashuvi “ :)
    Иллюстрация к посту канала Bobil KutubxonasiИллюстрация к посту канала Bobil Kutubxonasi
    4,4806029133Открыть в Telegram
  • Bobil Kutubxonasi

    22 июл., 11:37изменён

    Yozgi yuzlashuvlar, agar davom ettirolsak, asosan bolalar adabiyoti haqida bo'ladi. Hech yo'q avgust oyini shu mavzuga bag'ishlab, soha bo'yicha tadqiqot va amaliyot olib borayotgan akademik, ijodkor hamda tarjimonlar bilan suhbat olib borish niyatim bor.Turkumning birinchi mehmoni Dilnavoz Najimova bo'ladi.Hamsuhbat haqida: Dilnavoz Najimova - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti. Vengriyaning Etvosh Lorand universiteti stajyor tadqiqotchisi. Ayni damda "Bolalar adabiyoti antologiyasi tuzishning nazariy va tipologik asoslari" mavzusida tadqiqot olib bormoqda.
    Иллюстрация к посту канала Bobil KutubxonasiИллюстрация к посту канала Bobil Kutubxonasi
    4,3002716Открыть в Telegram