gram news
Аватар канала Boshqaruvchiga

Boshqaruvchiga

@boshqaruvchiga

Abdulloh Shamsutdinov, Rahimov School asoschilaridan biri, kompaniya Operatsion direktori

7,650подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Boshqaruvchiga

    9 сент., 13:42изменён

    G‘ayrat, talabchan bo‘l, qattiqqo‘l emasShogird ukalarimizdan biri bir korxonada rahbar bo‘lib bir necha yil ishladi. Topishi yaxshi edi — oyiga $2500 dan oshardi.Ishga kirganiga bir yil bo‘lganida rosa qiynalib ketganini aytib, maslahat so‘radi. O‘shanda rahbarining qo‘polligi sabab u yerda baribir uzoq ishlay olmasligini aytgandim.Keyin rahbari qolishini iltimos qilib, ayrim narsalarni o‘zgartirishga va’da berdi. Ukamiz yana bir yil ishlab ko‘rishga rozi bo‘ldi. Ko‘pga bormadi.Yaxshi pul topish bilan xotirjam ishlash o‘rtasida tanlov bo‘lganda, xotirjamlikni tanladi. To‘g‘ri ham qildi.Ketish oson emas, bilaman. Oila bor, majburiyat bor. Lekin kuchli odam baribir bir kun ketadi — kechroq ketadi, xolos.Qo‘pol rahbar esa shu fe’li bilan doim odam yo‘qotadi. Kuchli jamoa atrofiga yig‘ilmaydi. Yig‘ilsa ham uzoq qolmaydi. Ko‘pincha muammo xodimlarda emas, rahbarning o‘z fe’lida
  • Boshqaruvchiga

    8 сент., 15:00изменён

    G‘ayrat, guruhga yozdim, deb qo’l qovushtirib o‘tirmaBoshqaruvga yaqinda o‘tgan jamoadoshlarimizdan biri aytib qoldi:— Abdulloh aka, boshqaruv guruhiga masala yozsam, menejerlar javob bermayapti. Guruh deyarli o‘lik. Hafsalam pir bo‘lyapti.— Masalaga aloqador odamlarning o‘zi bilan gaplashib ko‘rdingizmi?— Yo‘q. Hammaga bittadan aytib chiqadigan bo‘lsam, guruhga yozishning nima keragi bor?Deb qoldi. Unga qisqa tushuntirgandim, hozir senga ham shuni aytib beramanG‘ayrat, sen yozgan muammoning ichida yuribsan. Boshqalar esa guruhdagi bitta xabaringni ko‘rgan, xolos.Kimdir o‘ziga qanchalik aloqadorligini tushunmagan. Kimdir boshqasi javob beradi deb o‘ylagan. Yana kimdir unutgan.Shuning uchun kimdan nima kutayotganingni ochiq, aniq aytishing kerak.Masala murakkab, qiyinroq bo‘lsa, avval aloqador odamlar bilan shaxsan gaplash:
  • Boshqaruvchiga

    31 авг., 09:42изменён

    G‘ayrat, hammaning ham dardi pul emasJamoadagi odamni nima harakatga keltirishini bilib ol.Ko‘pchilik uchun pul muhim. Yaxshi pulga yaxshi ishlashning hech qanday yomon joyi yo‘q.Zo‘r to‘laysan, zo‘r ishlaydi, natija qiladi — bundan xursand bo‘lish kerak.Lekin hammani pul harakatga keltirmaydi.Ba’zi odam uchun ishonch muhim.Unga ishonsang, vakolat bersang, “shu ish senda” desang, o‘sha ishonchni oqlash uchun qattiq ishlaydi.Boshqasiga erkinlik muhim.Har qadamiga aralashmasang, o‘zi qaror qilishiga qo‘ysang, mas’uliyati ham oshadi.Yana birov uchun qadr muhim.
  • Boshqaruvchiga

    29 авг., 16:10изменён

    G‘ayrat, qarindoshlar ish so‘rasaTadbirkor ukalarimizdan biri aytib qoldi:— Qarindoshlar farzandini, jiyanini ishga yoki hech bo‘lmasa shogirdlikka olib qo‘y, deb ko‘p iltimos qilishyapti. Ba’zisi hali yosh, ba’zisi bizga kerak bo‘lgan narsalarni bilmaydi. Yo‘q desam xafa bo‘lishadi.— Unda shogird olishni tartibini ham aniq qilib qo‘ying, dedim.Masalan, shogird bo‘lish uchun yosh, til, bilim bo‘yicha talablar bo‘lsin.Keyin kimdir jiyanini olib kelmoqchi bo‘lsa:“Falonchi aka, bizda talablar shunaqa. Shu talablarga tushsa, albatta olamiz”, deysiz.— “Qo‘y shu tartibingni, jiyanimni olaver, uka”, deyishsa-chi?— Unda ham yo‘q deysiz.Xafa bo‘ladimi?
  • Boshqaruvchiga

    27 авг., 07:31изменён

    G‘ayrat, yaxshi odamni ham buzmaBir yaxshi inson bilan oshna-og’ayni, tanish-bilish bo’lish boshqa, biror jiddiy hamkorlik qilish boshqa narsa.“Falonchi yaxshi bola”, “akamdek/ukamdek ishonaman”, “u bunaqa qilmaydi” deb jiddiy ishni shartlarini gaplashmasdan boshlab yuborma.Sherikchilik, ijara, ishga olish yoki katta loyihada hamkorlik bo‘ladimi — boshidan o‘yin qoidalarini-shartlarni aniq qilib ol.Kim nima qiladi? Foyda qanday bo‘linadi? Zarar bo‘lsa nima qilamiz? Bir tomon chiqib ketmoqchi bo‘lsa-chi?Bularni ish o‘xshab, bir-biringga bog‘lanib bo‘lgandan keyin emas, hali bemalol “yo‘q” deyish mumkin bo‘lgan paytda gaplashish kerak.Chunki janjallarning ko‘pi odam yomon bo‘lgani uchun bo’lmaydi.Ikki tomon bir narsani ikki xil tushunib yurgani uchun bo’ladi.Masalan, ikkita odam biznes boshladi. Ikkalasi ham yaxshi niyatda.“Pul birinchi o‘rinda emas.”
  • Boshqaruvchiga

    23 авг., 11:25изменён

    G‘ayrat, xalal bermaTanish menejerlardan biri ikki haftalik ta’tildan qaytib:“Men yo‘qligimda jamoa yaxshiroq ham, tezroq ham ishlayapti. Xalal berib yurgan ekanman”, dedi.Bo‘lishi mumkin.Vazifani aniq bergan bo‘lsang, nima uchun qilinayotganini tushuntirgan bo‘lsang, ishini biladigan odamga har qadamda aralashishing shart emas.Ba’zilar rahbarining oldida xato qilishdan qo‘rqadi. Yangicha usullarni sinamaydi. Har narsani so‘raydi. “Baribir kelib o‘zgartiradi”, deb o‘z fikrini ham aytmay qo‘yadi.Sen yo‘q bo‘lsang esa majbur bo‘lib o‘zi qaror qiladi. Ishni bo‘yniga oladi. O‘zini ko‘rsatishga urinadi.Ayniqsa ishini biladigan odamga nima natija kerakligini ayt. Nimani o‘zi hal qilishi mumkinligini kelishib ol. Natijani qachon ko‘rishingni ayt.Keyin ishlashiga qo‘y.Har kuni yoniga borib, bugun bir fikr, ertaga boshqasini aytib, ishini buzma.
  • Boshqaruvchiga

    22 авг., 17:35изменён

    G‘ayrat, ko‘pi ziyon ekan.Besh-olti yildan beri jamoa boshqaraman. Shu yillarni o‘ylab, bitta narsani aniq tushundim.Samimiy bo‘laman deb, ba’zan ortiqcha hazil qilganman. Keragidan ko‘p gapirganman. O‘zim haqimda ortiqcha ma’lumot berganman. Birovning ko‘nglini o‘ylab, qat’iy turishim kerak joyda yumshaganman.Buni yuzimga aytganlar ham bo‘ldi. Avvaliga yoqmadi. Hozir qarasam, to‘g‘ri ekan.Keyin shu mavzuda tajribali bir necha odam bilan gaplashdim. Hammasi deyarli bir gapni aytdi:Rahbar har gapni gapiravermaydi. Har joyda hazil qilavermaydi.Bu qovoq solib yurish yoki odamlardan uzoqlashish degani emas.Gapir. Kul. Hazil qil. Faqat o‘rnida.Chunki sen o‘zingni jamoangga yaqin his qilib hazil qilasan. Ular esa sening har gapingni rahbarning gapi deb eshitadi.Sen kulib aytgan gapni kimdir jiddiy qabul qiladi. Kimdir xafa bo‘ladi.
  • Boshqaruvchiga

    9 авг., 15:17изменён

    G’ayrat, katta gapirmaBir ota maktab bilan tanishishga kelib:— Maktab ochishdan maqsadinglar nima? — deb so‘radi.Biznes. Pul topish. Tirikchilik, — dedim.— Iya, ta’limdan maqsad ham pul bo‘ladimi?— Boshqa katta maqsadlarimizni aytsam, hozir sizga quruq gap bo‘lib eshitiladi. Hali bizni tanimaysiz. Shuning uchun aniq narsani aytganim ikkimizga ham yaxshi, — dedim.Katta niyating bo‘lsin.Millatga foydang tegishini xohlarsan.Bir sohani o‘zgartirmoqchidirsan,Odamlar uchun katta ish qilish niyating bordir.
  • Boshqaruvchiga

    8 авг., 13:22

    переслано из @azizrakhimov_blog

    Yana bir o‘quv yili tugadi.Maktabimiz natijalari bilan bo‘lishamiz.Hozircha bitiruvchilarimizning 94 foizi talaba bo‘ldi.Lekin, faqatgina talaba bo‘lish bilan hozir kimni hayron qoldira olasiz?104 ta bitiruvchimizdan:28 tasi 100 foizlik44 tasi 50+ foizlik10 tasi qisman grant bilan talaba bo‘lishdi.Qolganlari shartnomaga kirdi yoki javobini kutyapmiz.104 ta bitiruvchimizning 99 tasida kamida bitta fan yoki til sertifikati bor.
  • Boshqaruvchiga

    4 авг., 15:26изменён

    G‘ayrat, o‘zingni burchakka tiqib qo‘ymaOylikka ishlaydigan ukalarimizdan biri bo‘lib to‘lashga qimmat mashina olibdi.Har oy mashinasiga $1 000 to‘laydi. Ro‘zg‘origa esa $500 atrofida pul qoladi.Ijara, oziq-ovqat, benzin va kiyim-kechakdan keyin deyarli hech narsa qolmaydi.Rivojlanish to‘xtagan. Ehson to‘xtagan. Zaxira yo‘q.Mashina olgan-u, evaziga erkinligini bergan.Shunda unga oddiy qoidani tushuntirdim. Senga ham kerak bo‘lishi mumkin.Oylik daromading — $1 500, deb olamiz:Naqdga mashina olsang, narxi yarim yillik daromading atrofida bo‘lgani yaxshi — $9 000 (Nexia 3)
  • Boshqaruvchiga

    2 авг., 12:46изменён

    G‘ayrat, yaxshi odam bo‘lishni o’zi yetmaydiBir podkastda rahbar yaxshi inson bo‘lsa, odamlar unga tabiiy ergashaveradi, boshqaruvni bilish esa ikkinchi darajali degan fikr aytilibdi.Qisman qo‘shilmayman.Yaxshi inson bo‘lish — rahbar bo‘lish uchun albatta kerak.Boshqaruvni bilish esa rahbarlikni eplash uchun kerak.Biri uyning fundamenti bo’lsa, ikkinchisi bino.Fundamentsiz uy pishiq bo’lmaydi, binosiz fundamentda esa yashab bo’lmaydi.Ikkisi bo’lsagina, haqiqiy ma’nodagi ergashish bo’ladi.Mediada ham, hayotda ham o‘ta samimiy ko‘rinadigan yaqin tanish tadbirkorimiz bor.Bizneslari katta. Lekin moliyaviy ahvoli ham, ish sifati ham yaxshi emas. Bu bizneslarni yelkasida ko‘taradigan tayinli jamoasi ham yo‘q.
  • Boshqaruvchiga

    26 июл., 02:23изменён

    G‘ayrat, ishdan toza ketgin Bir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi. HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi. Kamchiliklarini ochiq aytib, bu lavozimga hali tayyor emasligini bildirdim. Ikki kun o‘tib
  • Boshqaruvchiga

    25 июл., 13:20

    G‘ayrat, ishdan toza ketginBir necha yil avval fan ustozlarimizdan biri boshqaruvdagi yangi lavozimga hujjat topshirdi.HR suhbatidan keyin kamina bilan gaplashdi.Kamchiliklarini ochiq aytib, bu lavozimga hali tayyor emasligini bildirdim.Ikki kun o‘tib, ustozlikdan ketish haqida ariza yozibdi.O‘quv yilining tugashiga bir oy qolgan edi. Hech bo‘lmasa o‘quvchilarini yil oxirigacha olib borishini so‘radik.Ko‘nmadi.Uch kun ichida ishini ham, o‘quvchilarini ham yarim yo‘lda tashlab ketdi.Ishdan ketishga haqqi bor edi. Xafa bo‘lishga ham.Lekin mas’uliyatini yarim yo‘lda tashlab ketishga haqqi yo‘q edi.
  • Boshqaruvchiga

    24 июл., 12:32изменён

    G‘ayrat, layoqatni ko‘tarasan, sadoqatni emasBir xodimga asosiy ishidan tashqari qo‘shimcha vazifalar berildi. Alohida haq ham to‘landi.Bir yil o‘rgatdik, yordam berdik. Baribir eplay olmadi.Shuning uchun qo‘shimcha vazifalar ham, ularning haqi ham olindi. Asosiy oyligi esa odatdagi tartibda 10–15 foizga oshirildi.Xodim norozi bo‘libdi:— Sadoqatimning evazi shumi? Boshqa joylardan taklif bo‘lsa ham, sizlarni tanlagandim-ku.Buni eshitgan ikki rahbar mendan so‘radi:— Bu adolatlimi? Ertaga biz bilan ham shunday bo‘ladimi?— Ha, — dedim. — Men ham yetarli vaqt va yordamdan keyin rahbarlikni eplay olmasam, vakolatimni topshirishim kerak. Siz ham.Bu adolatsizlik emas.
  • Boshqaruvchiga

    23 июл., 14:20

    G‘ayrat, yaxshi odam bilan ishonchli odamni adashtirmaBir xodim haqida gaplashib:— Yaxshi bola, ishonaman unga, debsan.Yaxshi odam bo‘lish — boshqa. Ishda unga suyanish mumkinligi — boshqa.Odam xushmuomala, samimiy, niyati toza bo‘lishi mumkin. Ammo shu fazilatlarning o‘zi uni ishonchli qilib qo‘ymaydi.Va’da beradi — bajarmaydi. Ulgurmaydi — oldindan aytmaydi. Muammo chiqsa — oxirigacha yashiradi.Bunday odam yomon emas. Lekin ishda unga suyanib bo‘lmaydi.Ishonchli odamni gapidan emas, odatidan taniysan:aytdimi — qiladi; qilolmasa — oldindan aytadi; xato qilsa — tan oladi; muammo ko‘rsa — yashirmaydi;
  • Boshqaruvchiga

    22 июл., 12:43

    G‘ayrat, soxta lavozimlarga qiziqmaBir ukamiz maslahatga keldi. Startup boshlashibdi.— Jamoada kimlar bor? — deb so‘radim.— Men CEO’man, sherigim COO, yana bir xodimimiz loyiha menejeri.— Boshqa-chi?— Shu uchchalamiz, xolos.Dakki berdim:— Hali biznesning o‘zi yo‘q. Mahsulot yo‘q, mijoz yo‘q, pul yo‘q. — Undan ko’ra “Bollar bilan yangi ish boshladik”, deb qo’yavering, uka.Odamni lavozimi emas, natijasi muhim ko’rsatadi.Startupning boshida sen CEO ham, sotuvchi ham, operator ham, kerak bo‘lsa kuryer ham bo‘lasan.
  • Boshqaruvchiga

    11 июл., 15:27изменён

    G‘ayrat, ko‘pchilikni o‘ylayverMaktablarimizda o‘quv yili yakunlandi.200+ nafar ustoz, jami 280+ jamoadosh bilan qayta kelishuv jarayonidamiz.Rahbarlikda yangi jamoadoshlarimizdan biri qo’l ostidagi bir ustoz bilan xayrlashishga ikkilanib, maslahat so‘radi.Savol berdim:— Ustoz o‘quvchilarga fanni sevdira oldilarmi? — Yo‘q. Hech kim qo’shimcha to’garak ochishni ham so’ramadi.— O‘quvchilar ustozni yaxshi ko‘radimi? — Yo‘q. Raqamlari past, mana.— Natija chiqara oldilarmi? — Yo‘q.— Unda javob aniq ekan-ku. Nega ikkilanayapsiz?
  • Boshqaruvchiga

    8 июл., 12:58изменён

    G‘ayrat, avval jamoa qur. Tizim keyin keladi.Bir tadbirkor tanishim ish jarayonlarini tartibga solish uchun tashqaridan “tizimlashtiruvchi” olib kelibdi.Mutaxassis ishni CRM, ERP o‘rnatishdan boshlabdi.Eshitib u uchun xafa bo‘ldim:“O‘rtoq, CRM o‘rnatganing bilan uni ishlatadigan, yuritadigan, rivojlantiradigan odaming bo‘lmasa, bu senga foyda bermaydi. Bu shunchaki qimmat o‘yinchoq.”Ikki oy o‘tmay, “mutaxassis” ishdan ketdi.Sabab oddiy: xodimlar dasturni ishlatolmadi, tizim esa ishlamadi.——Tizimni dastur emas, odamlar ishlatadi.Eng zo‘r avtomatlashgan kompaniyada ham robotlarni yakunda odam boshqaradi.
  • Boshqaruvchiga

    5 июл., 07:35изменён

    G’ayrat, ortiqcha rahmdillik biznesga zararYaqinda tajribali jamoadoshimiz sohaga nisbatan yangi hamkasbi bilan bir masalada kelisholmay qolibdi.Yechim xato ekanini bilgan. Lekin “yangi bola rahbardan gap eshitmasin” deb, bahsni davom ettirmagan.Shunchaki:“Mayli”, deb qo‘ya qolgan.Oradan 3 kun o‘tib, 1x1 suhbatda menga xavotirini aytyapti:“O‘sha yechim xato edi. Lekin allaqachon ijroga kirib ketdi.”Javobim qisqa bo‘ldi:“Xato senda.”Nega?
  • Boshqaruvchiga

    30 мая, 13:46изменён

    G’ayrat, avval ogohlantir, keyin sanchHamshira ukol qilishdan oldin:“Biroz og’riydi, bo’sh qo’ying”, deydi.Keyin ukol qiladi. Ko’pincha bemor:“Bo’ldimi? Og’rimadi-ku”, deb qoladi.Lekin shu hamshira indamay kelib, to’satdan igna sanchsa, odam og’riqni qattiqroq sezadi.Igna o’sha igna. Dori o’sha dori.Farqi bitta: birida odam tayyor edi, ikkinchisida yo’q.Boshqaruvda ham shunaqa.Yomon gapni odamga to’satdan aytma. Avval o’zini tayyorlab olsin.