Последние посты

Boysun Tumani Hokimligi
22 сент., 10:15
📌Xalq qabulxonasida ochiq muloqot: murojaatlar yechimi — doimiy e’tiborda📊 Bugun 2026-yil 22-sentabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Xalq qabulxonasida tasdiqlangan haftalik grafik asosida tuman hokimining oʻrinbosari Muhammadi Qodirov tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabulini oʻtkazdi.Qabul davomida fuqarolarning turli masalalar yuzasidan bildirgan murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish, muammolarni joyida bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.Xususan, dehqon xo'jaligi tashkil etish masalasi, ichki ko'chalarni asfalt va elektr energiyasini ta'mirlash, elektr hisoblagich o'rnatish masalalaridagi og'zaki va yozma murojaatlar atroflicha o‘rganildi.Fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda muammoni joyiga chiqqan holda o‘rganish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar
Boysun Tumani Hokimligi
22 сент., 10:00изменён
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Boysun Tumani Hokimligi
22 сент., 07:02изменён
Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tizimida korrupsiyani holatlari mavjudligini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan anonim so‘rovnomada ishtirok eting👨👩👧👦 So‘rovnoma havolasi: https://forms.gle/titPLq4rCFjrSKBz8✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 baysun.uz
Boysun Tumani Hokimligi
22 сент., 03:57
Boysun tumani hokimi B.Shukurov va tuman hokimining oʻrinbosarlari tomonidan tuman Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun oʻtkaziladigan qabul kunlari.👉 Kanalga ulanish 👉 https://t.me/boysunaxborotxizmati✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 baysun.uz1,130Открыть в Telegram
Boysun Tumani Hokimligi
22 сент., 01:55
Saida Mirziyoyeva:Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 baysun.uz
Boysun Tumani Hokimligi
22 сент., 01:47
#ob_havo🌤 Assalomu alaykum! Bugun 22-sentabr seshanba. Boysun tumanida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti.👉 Kanalga ulanish 👉 https://t.me/boysunaxborotxizmati✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 baysun.uz
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 13:39изменён
👩🏻🏫 Turizm va mehmondo'stlik sohasi uchun yangi onlayn ta'lim platformasi ishga tushdiXalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun rasmiy onlayn ta’lim platformasi hamda mobil ilovasini ishga tushirdi.Endi tinglovchilar istalgan joyda, o‘zlariga qulay vaqtda zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatiga ega.📌 Onlayn ta’lim yo‘nalishlari:🔷Front Office — mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, bron qilish hamda mijozlar bilan xalqaro standartlar asosida ishlash. 🔷Housekeeping — mehmonxona xo‘jaligini yuritish, xonalar tozaligi va sanitariya-gigiyena talablarini professional darajada boshqarish.🗣️Platforma imkoniyatlari: 🔵amaliy va tushunarli video
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 13:30
🏢 Boysun tumani Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.✅ Bugun 2026-yil 21-sentabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Xalq qabulxonasida tasdiqlangan haftalik grafik asosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Yusuf Jo‘rayev tomonidan tashkil etilgan qabul jarayonida aholi bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.📈 Qabul davomida fuqarolar tomonidan doimiy ish bilan ta'minlash, kredit mablag'i olish va boshqa masalalar yuzasidan og'zaki va yozma murojaatlar bildirildi.📑 Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, masalalarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda mutasaddi tashkilot va mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar1,150Открыть в Telegram
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 12:57
переслано из @eksklyuziv_media
Chirchiqda narkolaboratoriya tashkil qilgan 4 nafar shaxs ushlandiDXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahridagi xonadonlardan birini ijaraga olib, giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro qo‘lga olindi.Aniqlanishicha, 2000 va 2002-yillarda tug‘ilgan shaxslar “Telegram” orqali xorijlik kuratorlar tomonidan yetkazib berilgan “gashish moyi” va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab, “gashish” tayyorlashgan.Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida taxminan 400 gramm “gashish” va 5 kilogramm yarim tayyor mahsulot, shuningdek, narkotik moddalarni quritishga mo‘ljallangan elektr pech, mikser, tarozi, qo‘lqop, himoya vositalari va boshqa ashyoviy dalillar olib qo‘yildi.Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, gumonlanuvchilardan biri avval Rossiyada, ikki nafari
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 10:51изменён
Is gazi hayot uchun xavfliYaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan.✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 baysun.uz
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 07:16
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿RASMIY MUNOSABATInstagram ijtimoiy tarmog‘i orqali “Boysun tumanidagi qo'llanilgan jarima” yuzasidan murojaati e’lon qilindi.Xo‘sh, Bir fuqaroga nega ikki martta jarima qo'llanildi.Mazkur holat, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mas’ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. Murojaatchi bilan uchrashuvda kadastr hujjatlari va uning chizmalari asosida o'rganilganida, qonunchilikda belgilangan tartibda ma'muriy jarimalar rasmiylashtirilganligi ma'lum qilinadi.Batafsil videoda📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 05:46изменён
#Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi▪️ Boysun tumani hokimligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o'rinbosari▪️ Boysun tumani hokimligi “Xo‘jabulg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi▪️ Boysun tumani hokimligi Qurilsih va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi boshlig'i▪️ Boysun tumani hokimligi "Darband" maxalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi👉 Kanalga ulanish 👉 https://t.me/boysunaxborotxizmati✅ Telegram2,470Открыть в Telegram
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 05:22изменён
Surxondaryo jamoasi xalqaro gastronomik festivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritdiXorazm viloyatining Xiva shahridagi "Arda Xiva" turizm majmuasida 19–20-sentyabr kunlari II xalqaro "Xorazm xonlari milliy taomlari" gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi.Ikki kun davom etgan festivalda Xorazmning boy gastronomik merosi, qadimiy retseptlari va milliy taomlari keng namoyish etildi. Shuningdek, xorijiy davlatlarning milliy taomlari ham festival ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.Xususan, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va Italiya vakillari o‘z milliy taomlarini taqdim etdi.Festival doirasida milliy taomlarni tayyorlash va taqdim etish mahorati bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra, Surxondaryo viloyati jamoasi hakamlar qarori bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.G‘olib jamoaga tantanali taqdirlash marosimida 601,150Открыть в Telegram
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 04:37изменён
RASMIY MUNOSABAT◼️Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi 60-maktab qurilishi uchun yerimni berdim” sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqib, quyidagilar aniqlandi.◼️O‘rganish davomida, Boysun tumani, G‘aza MFY, Qorovultepa ko‘chasi, 5-manzilda joylashgan yer maydonidan fuqaro B.P. tomonidan foydalanib kelinganligi, biroq mazkur yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi huquqiy hujjatlari hamda kadastr hujjatlari mavjud emasligi aniqlandi.◼️Shuningdek, fuqaro mazkur yer maydoni bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasining “Ko‘chmas mulk-3” ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchi sifatida qayd etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 02:21
Boysun tumani hokimi B.Shukurov va tuman hokimining oʻrinbosarlari tomonidan tuman Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun oʻtkaziladigan qabul kunlari.👉 Kanalga ulanish 👉 https://t.me/boysunaxborotxizmati✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 baysun.uz
Boysun Tumani Hokimligi
21 сент., 01:02
#ob_havo🌤 Assalomu alaykum! Bugun 21-sentabr dushanba. Boysun tumanida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti.👉 Kanalga ulanish 👉 https://t.me/boysunaxborotxizmati✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 baysun.uz
Boysun Tumani Hokimligi
20 сент., 14:28изменён
Yil o'qituvchisi — Surxondaryo viloyati shahar va tumanlari g'oliblari bilan tanishing!Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi.💰Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.Joriy yilda ilk bor oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak eʼtirofi, pedagoglarga koʻrsatilgan munosib ragʻbatdir.Tanlov nafaqat oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida taʼlim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.📊 Ma'lumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika bo‘ylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog g’oliblikni
Boysun Tumani Hokimligi
19 сент., 12:10изменён
Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi.✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 baysun.uz
Boysun Tumani Hokimligi
19 сент., 10:07изменён
Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har
Boysun Tumani Hokimligi
19 сент., 08:46изменён
Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.
