Последние посты

Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
22 сент., 17:35изменён
🚗 Yuqori tezlik — og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin!Travmatolog-ortoped, tibbiyot fanlari nomzodi Safarov Mahmud Norovich yuqori tezlikda sodir bo‘lgan YTHlarda inson tanasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari haqida fikr bildirdi.⚠️ Tezlik oshgan sari to‘qnashuvdagi ta’sir kuchi keskin ortadi va og‘ir jarohatlar, nogironlik, hatto inson hayotiga xavf tug‘ilishi mumkin.✅ Tezlikni me’yorda saqlang! ✅ Xavfsizlik kamarini taqing! ✅ Masofa saqlang! ✅ Rulda diqqatli bo‘ling! Xavfsiz yo‘l — xavfsiz kelajak!👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
22 сент., 16:44
SSB boshlig‘iga axborot siyosati bo‘yicha maslahatchi tayinlandiBehzod Tursunovich Adizov tegishli buyruq asosida Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi etib tayinlandi.Tayinlovga qadar u Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida axborot siyosati bo‘yicha mas’ul lavozimda faoliyat yuritib kelgan.B. Adizov Romitan tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida bakalavr darajasini olgan. Shuningdek, Buxoro davlat universiteti hamda Indoneziyaning Gunadarma University universitetini tamomlagan.Ayni paytda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida siyosiy fanlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
20 мая, 17:03
❗️Qurbon hayiti 27 may kuni nishonlanadiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga ko‘ra, 2026 yilgi Qurbon hayiti 27 may — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi.📅 Bayram munosabati bilan barcha fuqarolar ketma-ket 5 kun dam oladi: ➖ 27 may, chorshanba — Qurbon hayiti; ➖ 28 may, payshanba — qo‘shimcha dam olish kuni; ➖ 29 may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni; ➖ 30 may, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam; ➖ 31 may, yakshanba — odatiy dam olish kuni.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
19 мая, 08:01
O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga egalik huquqini olish yengillashtirilmoqdaSenatorlar ma’qullagan qonunga binoan:➖ O‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlarga mulk huquqini rasmiylashtirishda bir martalik to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi;➖ Mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish va jamoatchilik uchun e’lon qilish muddati 150 kundan 50 kunga qisqartiriladi;➖ Inshootga tegishli qarzdorlik BHMning 30 baravarigacha (12 mln 360 ming so‘m) bo‘lganda, bu mulkka nisbatan egalik huquqi olishga monelik keltirib chiqarmaydi;➖ Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun bir martalik to‘lovning 50 foizi 20 kun ichida to‘langan taqdirda, to‘lovning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
19 мая, 07:59
Mahbuslar uchun qo‘shimcha yengilliklar joriy etilmoqdaSenat yalpi majlisida jazoni ijro etish tizimiga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.Qonun loyihasiga ko‘ra: — Tergov hibsxonalarida dam olish kunlari ham jo‘natma qabul qilish va oziq-ovqat kiritishga ruxsat beriladi;— Mahbuslar va qamoqda saqlanayotgan shaxslar bayram hamda dam olish kunlari sayrga chiqishi mumkin bo‘ladi;— Ularga har oy eng kam ish haqining bir baravari miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish huquqi beriladi.Shuningdek, muhokamalar davomida jazoni ijro etish tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi. Loyihada muddatidan oldin ozod qilingan shaxslar mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan normalar ham nazarda tutilgan. Qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullandi.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
19 мая, 07:48
💉 Buxoro shahar tug‘ruqxonasi vaqtincha yopildiBuxoro shahar tug‘ruqxonasida (Moxixossa roddom) joriy yilning 19 may sanasidan ta’mirlash ishlari boshlandi.Shu sababli, mazkur muassasa vaqtinchalik faoliyat ko‘rsatmaydi.Buxoro shahar tug‘ruq komplekcining tug‘ruq bo‘limlarini kosmetik ta’mirlash va sanitariya-gigiyena ishlarini o‘tkazish muddatida Buxoro shahri hududidan 34 haftagacha muddatdan oldingi tug‘ish xavfi bor homilador ayollar hamda og‘ir ekstagenital kasalliklari mavjud bo‘lgan homilador ayollarni "RIOvaBSIAMT" DM Buxoro filiali(Perinatal markaz)da qabul qilinishini ta’minlanadi.Buxoro shahar hududidan fiziologik tug‘ruqlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi hamda Kogon tuman tibbiyot birlashmalarining tug‘ruq bo‘limlariga yo‘naltiriladi.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
17 мая, 12:55
🔥💡Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun kompensatsiya miqdori oshirildiYangi tartibga muvofiq, to‘lovlar quyidagicha ko‘tariladi:• elektr uchun — 30 ming so‘mdan 37,5 ming so‘mga (bazaviy me’yordan oshgan 150 kVt·soatgacha iste’mol uchun);• gaz uchun — isitish mavsumida 200 ming so‘mdan 225 ming so‘mga (bazaviy me’yordan oshgan 250 kub metrgacha);• boshqa mavsumlarda — 120 ming so‘mdan 135 ming so‘mga (150 kub metrga).Kompensatsiya olish uchun mahalla ijtimoiy xodimiga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish mumkin.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
16 мая, 09:13
Peshkuda “Bir kasb – bir yaxshilik” tadbiri o‘tkazildiRespublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Bir kasb – bir yaxshilik” ijtimoiy loyihasi doirasida Peshku tumanidagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun amaliy yordam tadbiri tashkil etildi.“Sadir” MFY Dehdaroz qishlog‘ida o‘tkazilgan jarayonda texnikum o‘quvchilaridan iborat mobil guruh aholiga turli yo‘nalishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatdi. Xususan, elektromontyor, santexnik, qurilish, payvandlash, tikuvchilik, sartaroshlik, kosmetologiya, oshpazlik, hamshiralik va massaj terapiyasi yo‘nalishlarida amaliy yordam ko‘rsatildi.Aytilishicha, Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirdan maqsad ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini amaliyotda mustahkamlashdan iborat.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
14 мая, 08:48
Ko‘hna Buxoro shahrida ayollarning siyosiy, ilmiy hamda ijtimoiy jarayonlardagi rolini kuchaytirish maqsadida navbatdagi Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchi ayollari muloqoti bo'lib o'tdi.Tadbirda ayollarning siyosiy va ijtimoi y faolligini oshirish, davlat boshqaruvida ular ulushini kengaytirish, ilm-fan va innovatsiyalarda yetakchilik, shuningdek, sun’iy intellekt va barqaror rivojlanish kabi masalalar ko‘tarilgani ham ahamiyatli.Chunki bu yo‘nalishlar bugungi kunda nafaqat ijtimoiy siyosat, balki kelajak huquqiy va institutsional islohotlarning ham asosiy yo‘nalishiga aylanmoqda.Muloqot yakunida SheScience Central Asia mintaqaviy tarmog‘ini yaratish bo‘yicha qo‘shma kommyunike qabul qilindi. Bu tashabbus kelgusida ayol olimalar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish va mintaqada intellektual integratsiyani mustahkamlashga xizmat qiladi.
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
14 мая, 08:42
Chorva biznesida qaysi hayvon eng ko‘p foyda beradi?👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
13 мая, 14:43
Fermerlarga yengillik: ozuqa ombori va silos uchun 20 sotix yer ajratiladiO‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish va yaylovlardan samarali foydalanish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.Yangi agentlik oldiga qoramollar sonini 16,5 millionga, qo‘y va echkilar sonini 30 millionga, parrandalar sonini esa 141 millionga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Shuningdek: — go‘sht va sutni qayta ishlash darajasini 50 foizga, — nasldor qoramollar ulushini 90 foizga, — ozuqabop ekin maydonlarini esa 1,5 baravarga oshirish rejalashtirilgan.Oziq-ovqat bazasini mustahkamlash va naslchilikni yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston hamda har bir viloyatdan bittadan tuman chorvachilikka ixtisoslashtiriladi. Ushbu hududlarda paxta va g‘alla maydonlarining 50 foizida ozuqabop ekinlar ekishga ruxsat beriladi
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
12 мая, 16:30
😷🦠 Rossiyada xam Xantavirus chiqibdiKovid paytidan xammamizga tanish Nurmat Otabekov xalqqa murojaat bilan chiqdi.Bu kasallikka qarshi davolash xam vaksina xam mavjud emas.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
12 мая, 04:50
Banklar yirik pul operatsiyalari ustidan nazoratni kuchaytiradiYangi tartibga ko‘ra, 175 mln so‘mdan yuqori moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha mijozlar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkaziladi.Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar hisobvarag‘iga 16,5 mln so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushishi yoki yechib olinishi shubhali operatsiya sifatida baholanishi mumkin.Kuchaytirilgan monitoringdagi davlatlar bilan bog‘liq 412 mln so‘mdan ortiq xalqaro pul o‘tkazmalari ham alohida nazoratga olinadi.Endi qiymati 2 mlrd so‘mdan oshgan import shartnomalariga kiritilgan o‘zgarishlar ham banklar diqqat markazida bo‘ladi. Ilgari bu me’yor 8,24 mlrd so‘m edi.👉Kanalga ulanish👈1,030Открыть в Telegram
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
11 мая, 14:43
Buxorolik ayol firibgarlar tufayli 1 mrd. so‘mdan ortiq mablag‘ini yo‘qotdi Buxoro shahrida tashkilotlardan birida hisobchi bo‘lib ishlovchi ayol Telegram orqali qilingan qo‘ng‘iroqdan so‘ng firibgarlarga 1 milliard 9 million so‘m o‘tkazib bergan. Ma’lum qilinishicha, noma’lum shaxslar o‘zini Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirib, ayolning omonat pullari xavf ostida ekaniga ishontirgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi to‘rtta bankdagi omonatlarini ular aytgan “xavfsiz” kartalarga yuborgan. Huquq-tartibot organlari mablag‘lar turli shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan kartalar orqali aylantirilganini aniqlagan. Pulning bir qismi naqdlashtirilib, murakkab sxema orqali yashirilmoqchi bo‘lgan. Tezkor tadbirlar davomida Toshkent shahrida ikki asosiy gumondor qo‘lga olindi. Ulardan telefonlar, SIM-kartalar, o‘nlab bank kartalari hamda 100 million so‘mdan ortiq naqd pul musodara qilingan. Ichki
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
11 мая, 10:45
#Tezkor⚡️🦠Samolyotlarda XANTAVIRUS: Fransiya va AQSHdan kelgan yo‘lovchilar reysdan so‘ng karantinga olindi. Ular laynerda bo‘lishgan😳Le Burje aeroportiga qo‘ngach, yo‘lovchilarni himoya kiyimlaridagi tibbiyot xodimlari kutib olib, tekshirish va izolyatsiya uchun shifoxonaga olib ketishdi.Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan beri uch kishi vafot etgan, va tasdiqlangan yuqtirish holatlari turli mamlakatlardan kelgan yo‘lovchilarda aniqlangan.Epidemiya atrofidagi vaziyat yomonlashmoqda — mamlakatlar nazorat va karantin choralarini kuchaytirmoqda.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
11 мая, 09:50
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun qotillar yollagan ayol ushlandiYosh oilalardan birida bo‘lgan tortishuvlar kelinning ammasining g‘azabini uyg‘otgan va u dastlab kuyovining "aqlini kiritib qo‘yish", so‘ng o‘ldirish uchun 40 mln so‘m evaziga ikki kishini yollagan. Qotillik oldi olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
9 мая, 05:49
Kremlda Mirziyoyev va Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdiMoskva shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar ikki davlat munosabatlarini yanada rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi.Vladimir Putin O‘zbekiston rahbarining G‘alabaning 81-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etayotganini alohida ta’kidlab, buni mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin munosabatlarning namunasi sifatida baholadi.Shavkat Mirziyoyev esa urush qatnashchilarining jasorati va fidoyiligini yod etish, tarixiy xotirani asrab-avaylash har doim muhim bo‘lib qolishini qayd etdi.Muzokaralar chog‘ida savdo, sanoat, energetika, metallurgiya sohalaridagi qo‘shma loyihalar, shuningdek madaniy-gumanitar aloqalar va hududlararo hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.👉Kana
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
9 мая, 05:38
9-may — Xotira va qadrlash kuni muborakBugun yurtimiz tinchligi va erkinligi yo‘lida jonini fido qilgan insonlarni chuqur ehtirom bilan yod olamiz. Ularning jasorati, matonati va Vatan oldidagi xizmatlari xalqimiz xotirasida mangu saqlanadi.Faxriylarimizga sog‘lik, uzoq umr va oilalariga xotirjamlik tilaymiz. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xonadonlarimiz tinch bo‘lsin.Xotira — muqaddas, inson qadri — ulug‘!Bayramingiz muborak bo‘lsin!👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
8 мая, 17:42
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqini bayram bilan tabrikladiShavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston aholisini Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81-yilligi munosabati bilan tabrikladi.Murojaatda davlat rahbari halok bo‘lganlar xotirasini yod etib, urush va mehnat faxriylariga minnatdorlik bildirdi hamda tinchlik, millatlararo totuvlik va katta avlod jasoratiga hurmatni saqlash muhimligini ta’kidladi.Shuningdek, mamlakatda faxriylarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etayotgani, xotira tadbirlari, uch avlod uchrashuvlari va vatanparvarlik aksiyalari o‘tkazilayotgani qayd etildi.👉Kanalga ulanish👈
Buxoro 24 | Rasmiy kanal - LOTIN
8 мая, 17:38
Buxoroda yong'in.©Bukharainfo👉Kanalga ulanish👈
