Последние посты

BUXOROLIKLAR | rasmiy
25 сент., 11:23
Atrofda biz nazorat qila olmaydigan muammoli vaziyatlar juda ko‘p. Lekin ko‘p holatda biz e’tiborimizni shunday voqealarga qaratamiz.🔹Masalan, imtihonda qiyin savol tushishi – bu umuman bizga bog‘liq emas. 🔹Unga yaxshi tayyorlanish esa – bizning qo‘limizda.Biz qaysi voqealarga ta’sir qila olishimizni uchta savol bilan aniqlashimiz mumkin: ↪️1) Yechimlarim bormi? ↪️2) Resurslarim bormi? ↪️3) Xohishim bormi?✔️Agar uchala savolga ham javobingiz “ha” bo‘lsa, demak siz bu muammoni yecha olasiz. ✔️Agar “yo‘q” bo‘lsa, ortiqcha energiya sarf qilganingiz qoladi.💬 Epiktet aytganidek: Bizning qo‘limizda bo‘lmagan narsalarga emas, o‘zimiz nazorat qila oladigan narsalarga e’tibor berishimiz kerak.❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram


BUXOROLIKLAR | rasmiy
25 сент., 08:47
#ogohlik🧠 Men — farzandingizning miyasiman.Iltimos, menga ko‘proq e’tibor bering. Meni doim telefon bilan almashtirmang 📱❌ ❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
BUXOROLIKLAR | rasmiy
25 сент., 07:05
#uzb35 #xalqchildavlat🇺🇿 YANGI O‘ZBEKISTONDA INSON QADRINI YANADA YUKSALTIRADIGAN 7 TA MILLIY DASTUR QABUL QILINDI!«2 - dastur: Iqtisodiyotimizni yuqori texnalogiya va mehnat unumdorligi modeliga o'tkazish» (...davomi bor.) 🇺🇿 Sh.Mirziyoyev🗣 1- dastur 🗣 2-dastur❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
BUXOROLIKLAR | rasmiy
25 сент., 06:00
#kitobxonlik📖 Kitob o‘qish vaqtni yo‘qotish emas!📚 Har bir kitob – bu bir insonning butun hayotiy tajribasi. Demak, siz kitob o‘qib, bir yil ichida 15 ta hayotning ichida yashaysiz.‼️Telefonni qo‘lga olganingizda 20 daqiqa qanday o‘tib ketishini bilmay qolasiz. Kitob bilan esa, 20 daqiqada miyangiz yangi g‘oya, yangi dunyo, yangi ruhiyatni o‘zlashtiradi.Kuniga 20 daqiqani kitobga ajratsangiz: 🔹1 oyda – 600 daqiqa (10 soat) 🔹1 yilda – 7300 daqiqa (120 soatdan ko‘proq) ✔️Bu esa o‘rtacha 15–20 ta kitobni mutolaa qilish demakdir.O‘ylab ko‘ring, 1 yil ichida bilimlaringiz, dunyoqarashingiz va tafakkuringiz qanchalik kengayadi? Siz bir kunda kitob o'qish uchun qancha vaqtingizni sarflaysiz? ❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram


BUXOROLIKLAR | rasmiy
25 сент., 05:10
Sizda chet elga chiqishga taqiq bor yoki yo'qligini bir zumda tekshiring!❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
BUXOROLIKLAR | rasmiy
25 сент., 05:04
#Marifat_karvoni #birdamjamiyat🇺🇿 “Birlashib buyuk tarix yaratamiz” — Buxoro shahrida “Ma’rifat karvoni” loyihasi davom etmoqda.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali marosimda so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Buxoro kasbiy ko‘nikmalar markazida ilmiy-ma’rifiy seminar o‘tkazildi.Seminar davomida davlatimiz rahbarining bayram tantanasidagi nutqida ilgari surilgan g‘oyalar, mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, jamiyatda birlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.#UZB35 #Mustaqillik35 ❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
BUXOROLIKLAR | rasmiy
25 сент., 04:25
#Qonunchilikdagi_yangiliklar❗️ Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi📜 Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi. Bunda dastur doirasida:🔹 1–4-sinf o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish bo‘yicha boshlang‘ich mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yiladi;🔹 o‘quvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tennis rivojlantiriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tanlab olinadi;🔹 tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tennis bo‘yicha sport seksiyalari tashkil etiladi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, sport inventarlari, shu jumladan, “tennis wall” moslamalari bilan O‘zbekiston tennis federatsiyasi mablag‘lari hisobidan jihozlanadi;🔹 mashg‘ulotlar tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi.📖 Qaror bilan 2023-yil 7-apreldagi PQ–114-son qarori 7-ilovasining 9 va 10-bandlaridagi miqdorlarga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi:🔸 Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari hamda sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:▫️ oltin medal uchun — 25 000 AQSH dollari; ▫️ kumush medal uchun — 12 500 AQSH dollari; ▫️ bronza medal uchun — 6 250 AQSH dollari.🔸 Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:▪️ oltin medal uchun — 10 000 AQSH dollari; ▪️ kumush medal uchun — 5 000 AQSH dollari; ▪️ bronza medal uchun — 2 500 AQSH dollari.❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram


BUXOROLIKLAR | rasmiy
25 сент., 03:30
#37_sonHurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.#uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring!🕊Telegram | 📸Instagram
BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 13:01
#yangiruhiyat #Buxoroga_sayohat🔥 AMIR OLIMXON FOTOSURATIAmir Olimxon qachon Buxoroga “qaytib kelgan”?XX asrda olingan fotosuratlar 2003 yilda Buxoroga olib kelingan. Ular orasida Amir Olimxon surati ham boʻlganIzoh: Kontent Birinchi rangli suratlar haqida⭕️ "Yosh_Oʻlkashunos" to'garagidan yangi o'quv yilining ilk videokontenti. Instagramdagi havola❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 12:12
🇺🇿 BIRLASHIB BUYUK TARIX YARATAMIZ📚 Shofirkon tumanida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari o‘tkazildi Shofirkon tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan “Ma’rifat karvoni” seminari tashkil etildi. Tadbirda davlatimiz rahbari nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, inson qadri, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini zamonaviy yondashuvlar asosida kuchaytirish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish va jamiyatda ma’rifat muhitini yanada



BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 11:27
📚 MA’RIFAT KARVONI VOBKENTDA!“Birlashib buyuk tarix yaratamiz” g‘oyasi ostida Vobkent tuman Yoshlar markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda yoshlarning ma’naviy kamoloti, milliy qadriyatlar, inson qadri, kitobxonlik va bilimning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Ma’mura Safoyeva, Buxoro davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nazora Bekova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Shodmon Sulaymon ishtirok etib, yoshlar bilan mazmunli muloqot qildilar. ✨ Zero, buyuk tarixni faqat o‘tmish emas, bugungi avlodning bilimi, mehnati, birdamligi va ezgu intilishlari ham yaratadi!❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram |




BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 10:21
2,640Открыть в Telegram
BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 09:40
📚Yaponiyada kitob o‘qish madaniyati🇯🇵Sushi mamlakati bo‘lgan Yaponiya faqat san’atda emas, kutubxonalar va kitob o‘qiladigan joylarni tashkil etishda ham yetakchi!♦️Kitobsevarlar uchun Yaponiyada juda ko‘p o‘zgacha adabiy maskanlar bor. Sidr yog‘ochi bilan bezatilgan kutubxonalardan tortib, kitob javonlari orasida dam olish va o‘qish mumkin bo‘lgan joylarni topishingiz mumkin.📖Yaponiyaning eng qiziqarli adabiy maskanlari, kutubxonalari haqida bilganlaringizni kommentda yozib qoldiring.❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram



BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 08:00
#yaxshi_kayfiyat 😜🗣 Sen ulg‘ayding, biz qaridik... Ammo bolalik xotiralari hech qachon qarimaydi...Yaqinlarga ham yuborib qo‘yamiz! ❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 07:15
переслано из @otabek_khasanov
Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik.Aslida buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan.Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat esa adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgan.Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas
BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 06:12
📈 Muvaffaqiyat yo‘li hech qachon xavf-xatarsiz bo‘lmaydi!‼️Hech qachon unutmang: kimdir xavf-xatarga qo‘l urmaguncha, katta natijalar kelmaydi. Bugun dunyoga mashhur kompaniyalar – Amazon, Coca-Cola, Lamborghini, PayPal – barchasi bir vaqtlar tavakkal qilgan, hatto muvaffaqiyatsizliklarga ham duch kelgan.✔️Lekin ular qo‘rqmadi, to‘xtamadi, xavfni imkoniyatga aylantirdi. Bugun esa ularning nomi butun dunyo bo‘ylab muvaffaqiyat ramzi.☝️Demak, sizning orzuyingiz ham tavakkal va jasoratdan boshlanadi. Xavf-xatarsiz muvaffaqiyat yo‘q!❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 04:01

BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 04:00
♟ TOPdamiz!!!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov durang o‘z partiyalarida o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘ydi va g‘alabani ilib ketdi! Nodirbek — qahramon!!!❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram



BUXOROLIKLAR | rasmiy
22 сент., 03:33
#iqtibosBolalarni kitobga o'rgatish kerak. Toki, ular ishchi kuchi bo'lib emas, ongli, katta jamiyatning bilag'on a'zolari bo'lib yetishsinlar. ✍️ Said Ahmad "Jimjitlik" romani❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram


BUXOROLIKLAR | rasmiy
21 сент., 11:55
#maromiylik↔️ ESHITING! El nima deydi?!❤️Rasmiy sahifalarimiz 👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram
