Последние посты

Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 сент., 17:00
Buxoro viloyati IIB jamoasi "Zakovat" intellektual o‘yinida mutlaq g‘olib bo‘ldi Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari o‘rtasida ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi hamkorligida tashkil etilgan qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan ushbu bilimlar bellashuvida boshqarmaning sohaviy xizmatlari hamda shahar va tuman hududiy bo‘limlari xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. O‘yin davomida ishtirokchilar qiziqarli va mantiqiy savollarga tezkorlik bilan javob qaytarib, o‘zlarining yuqori bilim darajasi va kuchli jamoaviy birdamligini namoyish etishdi.Murosasiz kechgan intellektual bahslar yakuniga ko‘ra, eng yuqori natija va bilim qayd etgan jamoalar1,750Открыть в Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 сент., 14:33
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoroda "qizil" toifadagi mahallada xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha profilaktik tadbirlar o'tkazildi Buxoro shahar IIO FMB 2-sonli IIB hududiga qarashli, kriminogen vaziyati nisbatan murakkab bo‘lgan “qizil” toifadagi “Nizomiy Ganjaviy” mahallasida Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari ishtirokida xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Yo‘riqnoma davomida xodimlarga hududda osoyishtalikni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.Shundan so‘ng, tegishli mutaxassis va xodimlardan iborat ishchi guruh tuzilib, mahalla hududidagi 57 ta ko‘p qavatli uy hamda ulardagi xonadonlarda keng qamrovli xatlov ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, xavfsizlikka ta’sir qiluvchi omillar va profilaktik e’tibor2,850Открыть в Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 сент., 14:03
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoro shahrida sodir etilgan og‘ir jinoyat yuzasidan tanqidiy muhokama o‘tkazildi Buxoro shahrining "S. Ayniy" mahallasida sodir etilgan jinoyat va uning kelib chiqish sabablariga bag‘ishlangan tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro viloyati IIB rahbariyati, shahar huquq-tartibot idoralari boshliqlari, sog‘liqni saqlash tizimi vakillari hamda mahalla faollari qatnashdi.Yig‘ilish davomida huquqbuzarliklar va og‘ir jinoyatlarning oldini olish nafaqat ichki ishlar organlari, balki "mahalla yettiligi" va keng jamoatchilikning hamkorlikdagi asosiy vazifasi ekanligi alohida ta'kidlandi. Xususan, joriy yilning 2-sentabr kuni Ulgurji bozori atrofida yuz bergan mudhish holat keskin qoralandi. Bir fuqaro hech qanday sababsiz o‘z qo‘shnisini "Labo" rusumli avtomashinada urib yuborib, unga hamda ziddiyatni bartaraf etishga uringan boshqa2,660Открыть в Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 сент., 13:00
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Kogon shahrida fuqarolar murojaatlari mutasaddilar va mahalla yettiligi hamkorligida joyiga chiqqan holda o‘rganildi Xalq bilan muloqot qilish, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga qonuniy yechim topish ichki ishlar organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.Xususan, Buxoro viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Kogon shahrida sayyor o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayonda viloyat IIB boshlig‘ining shaxsiy qabulida fuqarolar tomonidan qoldirilgan murojaatlar Kogon shahar IIB rahbariyati hamda hududdagi mahalla "yettiligi" vakillari bilan hamkorlikda, bevosita joylarga chiqqan holda atroflicha muhokama qilindi.O‘rganishlar davomida har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligi ta’kidlanib, aholi tomonidan ko‘tarilgan2,750Открыть в Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 сент., 12:36
переслано из @iivuz
🇺🇿 EʼLON✅Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida, joriy yilning 24-sentyabr (payshanba) kuni Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Tergov departamenti rahbari, polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirokida IIV huzuridagi “JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi binosida sayyor qabul oʻtkaziladi.📱 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Beruniy koʻchasi, 3-uy.❗️ Fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qabul quyidagi tartibda tashkil etiladi:Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisi uchun — soat 10:00 dan 16:00 gacha;Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar aholisi uchun — onlayn tarzda, soat 16:00 dan 20:00 gacha videokonferensaloqa orqali.Hududlardan ishtirok etuvchi fuqarolar2,350Открыть в Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 сент., 12:05
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoro viloyati IIBda bo'lib o'tgan haftanoma yig'ilishida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar sarhisob qilindi ▶️Batafsil — — — — Бухоро вилояти ИИБда бўлиб ўтган ҳафтанома йиғилишида жиноятчиликнинг
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 сент., 11:03
https://youtu.be/1U9izjJuLgQYouTubeDavr qahramonlariERKIN RAJABOV3,140Открыть в Telegram
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
22 сент., 10:04
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik Buxoro ta'lim muassasalarida bolalar yo'l xavfsizligiga oid tadbirlar o'tkazildi Buxoro shahridagi "Osiyo xalqaro maktabi" va "Lastochka" maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar xavfsizligini ta'minlash hamda voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida amaliy o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tdi. Amaldagi hukumat qarori ijrosi doirasida "Yo'l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi" shiori ostida tashkil etilgan ushbu targ'ibot tadbirlarida yoshlarga yo'l harakati qoidalari bo'yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube3,360Открыть в Telegram
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →