Последние посты

CanadAli
21 сент., 04:55
Kanada🇨🇦 Yevropa🇪🇺 Ittifoqiga a'zo bo'ldimi? Yevropada yashayotganlar Kanadaga vizasiz bora oladimi endi? Shengen vizasi borlar uchun qanday yengilliklar bor?So'nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Kanada Yevropa Ittifoqiga qo'shilibdi, endi Shengen vizasi bilan Kanadaga borish mumkin ekan" degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Biroq bu ma'lumot haqiqatga mutlaqo to'g'ri kelmaydi.Kanada Yevropa ittifoqining to'laqonli a'zosi emas, shunchaki assotsiatsiyalangan a'zosi. Yevropa Ittifoqi - faqat Yevropa qit'asida joylashgan davlatlarni birlashtiruvchi tashkilot. Kanada Shimoliy Amerikada joylashgan va geografik hamda siyosiy jihatdan YEIga to'liq a'zo bo'la olmaydi. Hozirgi a'zolik esa faqatgina ilmiy, texnologik, xavfsizlik, energiya va savdo masalalarida hamkorlikni nazarda tutadi.Hozirda Shengen vizasi o'tmaydi Kanadaga kelish uchun, sababi Kanada Shengen hududiga kirmaydi.
CanadAli
19 сент., 03:54
Bizda navbatdagi xushxabar! Yana bir O'zbekistonlik oila Kanadaga 🇨🇦 fransuz tili yordamida PR, ya'ni "doimiy yashash" huquqini oldi. 🥳🎉😎Shu yilning aprel oyida fransuz tilidan TCF B2 sertifikati yordamida tanlovda (ITA) tanlanib, iyun oyida barcha hujjatlarni jamoamiz yordamida topshirgan edi. Yakuniy natija esa juda tez, ya'ni 3 oyda chiqdi.Hujjat topshirganidan keyin, javobni kutish jarayonida farzandli bo'lishdi va farzandi uchun ham alohida ariza berishga to'g'ri keldi. Bu biroz qo'shimcha ish, lekin qonunan shunday qilish mumkin.Endi esa pasportlarini "immigrant" vizasini olish uchun pochta orqali yuborishadi va uzog'i bilan 1-2 oy ichida Kanadaga kirib kelishlari mumkin istashsa. Viza berilganidan keyin bemalol 12 oy ichida Kanadaga kirish mumkin va kirgandan keyin o'rtacha 1 oy ichida PR kartalari beriladi. Shu bilan hech qanday vizasiz Kanada hududida yashayveradi va


CanadAli
18 сент., 05:05
Ming-minglab odamlar orzu qiladigan va mashaqqat chekib qo'lga kiritadigan o'sha 🇨🇦Kanada "doimiy yashovchisi" hujjati ko'rinishi qanaqa bo'ladi o'zi?Bolalarga ham beriladimi? Bu hujjat bilan bemalol kelib-ketib yursa bo'ladimi O'zbekistonga ham? Keyin hech qanday viza kerak emasmi shunda?Ushbu videoda shu haqda ko'rsatib berishga harakat qildim.Kanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish yo'llari aynan shu kanalda 👉 https://t.me/CanadAli
CanadAli
10 сент., 04:37
Har doim ham emas, lekin ba'zi holatlarda yosh farzandiga student viza olishni 🇨🇦Kanada hukumatidan so'ragan ota yoki onasi ham viza olishi mumkin bu davlatga. Mana bitta misol. 🥳Aslida sizda Kanadaga kelish uchun imkoniyat kamroq bo'lsada, ingliz tilini yaxshi biladigan farzandingiz kelajakda siz uchun bu davlatga "eshik ochishi" mumkin.Ushbu mijozlarimiz bizga bog'lanib, onasi ham qizi bilan birga vizaga topshirishini taklif qilganida, dastlab biz bunga rozi bo'lmadik. Sababi, farzandi bahona Kanadaga kelib olib qolib ketishi mumkin degan shubha uyg'onadi viza ofitserida deb. Biroq, barcha riskni tushunib harakat qilyapmiz, urinib ko'raylik degan qat'iy qarorini amalga oshirishda yordam berishga oxir oqibat rozi bo'ldik. O'xshadi, berdi onasiga ham viza. Nasib ekanda...To'g'ri, hammaga ham bunaqa usulda viza beraverishmaydi, rad ham qilib turishadi. Lekin peshonada bu ham,
CanadAli
9 сент., 07:16
Bugungi kun qanday voqealarga boy bo'ldi? Kanada sari dadil qadam qo'yayotgan yurtdoshlarimizning mehnati tahsinga loyiq. 👏Mana bu 4 ta qisqa epizod bilan tanishib ko'ringda. Balki sizga ham ilhom manbayi bo'lar...🤗Shaxsan bog'lanish uchun: 👉 @Mr_Ali_CanadaKanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉 https://t.me/CanadAli
CanadAli
5 сент., 05:33
Moddiy to‘kinlikdan ham muhimroq: 🇨🇦Kanada hayotining oilaga beradigan eng katta tuhfasi. Ish va oila o‘rtasidagi oltin muvozanat.Chet elga, xususan Kanadaga ko‘chib o'tgan ko'plab insonlar uchun eng katta yutuq bu moddiy farovonlik emas, balki oilaga ajratish uchun vaqtning yetarli ekani. Ish soati tugagach, hayot to‘xtab qolmaydi. Kanadadagi mehnat qonunchiligi va madaniyati insonning o'z oilasiga vaqt ajratishiga imkon beradi. Axir, hayot faqat ishdan iborat emasligi aniq, aynan mana shu holat bu davlatda yaqqol seziladi.Dam olish kunlarini shunchaki divanda, ijtimoiy tarmoqlarda yoki televizor qarshisida emas, balki oila bilan birga tabiat qo'ynida, parklarda va ochiq havoda mazmunli o'tkazishga sharoit yaratib qo'yilgan.Kuzatuvlarimga ko'ra mahalliy aholi o'zini mutlaqo ishga bag'ishlab yubormagan. Farzandining hayotida to‘liq ishtirok etadi. Chunki bunga vaqti yetarli,
CanadAli
2 сент., 07:15
Farzandingiz 🇨🇦Kanada yoki 🇺🇸AQSHda tug‘ildi. 🇺🇿O‘zbekiston pasportini ham olsa bo'ladimi? Qay tartibda?Maqolani yaxshi niyatda saqlab qo'yavering: kelajakda asqotib qolar balki. 😉Kanada yoki AQSH hududida tug‘ilgan bolalar ushbu mamlakat qonunchiligiga ko‘ra tug‘ilish bo‘yicha avtomatik ravishda mahalliy fuqarolikni oladi. Biroq, agar ota-onaning ikkalasi (yoki ulardan biri) O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa, bola O‘zbekiston fuqaroligini ham olish huquqiga ega.Quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish zarur bu borada:1. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (Birth Certificate) apostil qilinadi. Kanadaning Ottava shahrida joylashgan Global Affairs Canada tashkiloti buni bepul amalga oshiradi. Metrikani pochtadan yuborish kerak xolos. Lekin Ontario, BC, Alberta, Saskatchewan va Quebec provinsiyalarida o'zining alohida apostil qiluvchi tashkiloti bor.2. Vatanga qaytish guvohnomasini
CanadAli
28 авг., 04:13
"Kanadaga borish qiyinmi? Chekkaroq hududlariga immigratsiya osonroqmi?" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik.3 daqiqalik video davomida bu mavzudagi faktlarni to'liq yoritib berishga harakat qildim. O'ylaymizki, bu imkoniyat Kanadaga borish uchun yo'l qidirib yurganlarga ancha foydali bo'ladi.Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! 🤝Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:👇 https://youtu.be/rcSiDeovQ-w?si=0M5w1xl92TgXalhpKanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun: 👉https://t.me/CanadAli


CanadAli
22 авг., 03:55
Mana shunday email olish nasib qilsin barcha Kanadaga harakat qilayotganlarga! 🇨🇦Kanada doimiy yashovchisi statusingiz tasdiqlanganidan so’ng, sizga mana shunday mazmundagi eng so’nggi email keladi va hayotingizda yangi sahifa boshlanadi! 😎@CanadAli 🍁


CanadAli
19 авг., 15:36
Ball keskin pastladi. 382 ball bilan yana 5 mingta odam taklif oldi. 😎🛫🇨🇦 @CanadAli
CanadAli
18 авг., 06:41изменён
"Hamma chetga “surishi” kerakmi? Chet elga ketmang, yaxshisi vatanda qoling agar siz…" deb nomlangan mavzuda YouTube platformasida batafsil video joyladik.Bor yo'g'i 7 minutlik video davomida bu boradagi fikrimni to'liq yoritib berishga harakat qildim. Mazkur videoda Kanadaga yashash uchun kelganimdan keyin nimalarni his qilganimni va hozirga kelib qanday xulosa qilganimni shaxsiy tajribamdan yoritib berishga intildim. O'ylaymanki, bu fikrlar chet elga ketish yoki vatanda qolish qaroringiz uchun ancha foydali bo'ladi.Ko'rib "like" tugmasini bosish va izohlarda savollar yoki fikrlarni qoldirish orqali "prosmotr" oshirishda bizga yordam bersangiz xursand bo'lamiz. Raxmat kattakon! 🤝Videoni mana bu havoladan ko'rish mumkin:👇https://youtu.be/NQl9blEqj7o?si=YIG5Hjpiu9PIU7KjKanada 🇨🇦 hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:


CanadAli
14 авг., 04:02
Nomzodni ko'chma ma'noda 🇨🇦Kanadaga "sota olsangiz", unga viza berishlari ehtimoli yuqori bo'ladi. Mana yaqqol misol! 😎Xo'sh, student viza olish sirlaridan eng muhimi qaysi? 🤔Avvalgi o'qigan sohasi, hozirgi kundagi kasbi va umuman olganda nomzodning o'tmishda bosib o'tgan yo'li va kelajakdagi rejalariga moslab o'qish va dastur tanlash student viza olishda katta ahamiyat kasb etadi. Ofitserlar ham ma'no va mantiq izlaydi baribir. "Nima uchun aynan hozir Kanada davlatida aynan shu o'qishda va shu yo'nalishda ta'lim olishni xohlab qoldingiz?" degan savol bo'ladi hujjat ko'rish jarayonida viza ofitserida.E'tibor bering "svejiy" natijalarimizdan birining o'qigan universiteti va hozirgi kasbiga qanchalik mos tushgan tanlagan programmasi.Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot: Ta'lim muassasasi: Centennial college. Toronto shahri, Ontario provinsiyasi. Tanlagan



CanadAli
13 авг., 03:56изменён
Davlatdan pul olish shunchalik osonmi yoki 🇨🇦Kanada aholiga pul tarqataveradimi shunchaki? 🤔Oziq ovqat narxlari butun dunyoda, shu jumladan Kanada davlatida ham oxirgi 1-2 yil ichida qimmatlashdi. Bunga sabablar ko'p, logistika, yoqilg'i narxlari, o'g'it narxi oshishi va xokazo.Shu holatni hisobga olib Kanada hukumati aholiga oziq-ovqat narxlarini kompensatsiya qilish uchun moddiy yordam bermoqda.Buni olish uchun mamlakat fuqarosi bo'lish shart emas, qonuniy yashab soliqlarni o'z vaqtida to'lab yurgan chet elliklar ham uni olishga haqli.Kimlarga va qancha miqdordan moddiy yordam beriladi? Ushbu yordam past va o'rtacha daromadli aholiga, ya'ni yillik daromadi 56 mingdan 74 ming Kanada dollari orasidagi aholiga beriladi asosan. Oyiga o'rtacha 4500-6000$ topadiganlar haqida gap ketyapti. (Bu miqdor sizningcha kam ta'minlangan oila toifasiga kiradimi o'zi? 😉)Mamlakat bo'ylab
CanadAli
6 авг., 16:32изменён
Yana ham bu tilni o’rganishga ikkilanib yurganlar uchun “svejiy” motivatsiya. 😎🛫🇨🇦 @CanadAli
CanadAli
6 авг., 01:15
https://t.me/boost/CanadAliTelegramCanadAliBu kanal qoʻshimcha funksiyalarni ochishiga yordam berish uchun unga ovoz bering.
CanadAli
5 авг., 04:03
Amerikaga 🇺🇸 o'qishga kelganlar o'qishni bitirib ishchi viza olisholmaydimi endi?🤔 Bu holat 🇨🇦Kanadada qanday?AQSH Prezidenti Tramp tashabbusi bilan Amerikada o'qishni bitirib 1 yildan 3 yilgacha olish mumkin bo'lgan ishchi vizani (OPT - Optional Practical Training) olishda 100 ming dollar "boj" joriy etilishi ko'rib chiqilmoqda. Maqsad chet elliklar ish o'rinlarini egallab olishayotgani va umuman olganda immigrantlarga qarshi aksiyalardan biri. To'g'ri, hali rasman kuchga kirgani yo'q bu qaror. Lekin bilib bo'lmaydi yana nimalar bo'ladi bu davlatda yaqin kelajakda.2025-yilda Tramp ma'muriyati H-1B vizasi, ya'ni chet elliklarning uzoq muddatli ishchi vizani olishda ham 100 ming dollar bojni ish beruvchi to'lashi kerak deyilgan qarorni ishlab chiqqan. Lekin AQSH Federal sud bu bojni bekor qilgan edi, chunki prezident bunday soliqni yagona o'zi joriy etishga vakolatli emas - bu


CanadAli
1 авг., 05:12
Farzandi kamoli uchun harakat qiladigan otalarga tasanno. Aynan ularning harakatchanligi evaziga O'zbekistonlik yoshlar Kanadaga 🇨🇦 ta'lim olish uchun kelishda davom etaveradi. 👏18 yoshli bu yigitchaning Kanadaga student viza olishida otasi jonbozlik ko'rsatib bizga aloqaga chiqqan va bizning jamoa bilan ishlashga qaror qilgan edi. Nasib ekan, shuncha mehnatlari mevasini berdi. Endi bu yigit ham okean ortini zabt etish uchun yo'lga chiqadi.Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot: Ta'lim muassasasi: Algonquin college. Ottawa shahri, Ontario provinsiyasi. Tanlagan yo'nalishi: Computer Programming. (2 yillik diplom dasturi) Avval tugatgan o'qish joyi: Umumiy o'rta ta'lim maktabi. (11 yillik) Yoshi: 18 (2008-yil) Til bilish darajasi: IELTS 5.0 (til kursi ham qo'shib berishgan o'qishidan) Asli qayerdan: Samarqand Vizaga topshirgan 19-iyun, natija 31-iyul, jami 1.5 oy


CanadAli
31 июл., 03:29
Qaysidir rivojlangan davlat pasportini olib berish - farzand uchun ota-ona tomonidan qilinadigan eng katta sovg'alardan birimi?Tasavvur qiling, tug'ruqxona. Chaqaloq dunyoga keldi. Ota-onasi ikkalasi ham Kanadaga vaqtincha viza bilan kelgan(yoki umuman noqonuniy yashayapti, hujjati ham yo'q), ya'ni doimiy yashovchi statusi mavjud emas. Lekin bu bolakay avtomatik tarzda Kanada fuqarosi bo'lmoqda. Buning nomini "Jus soli" ya'ni "zamin huquqi" deyishadi.Ota-onasining davlatdagi huquqiy maqomidan qat'iy nazar, Kanada hududida tug'ilgan har qanday bola fuqarolikni qo'lga kiritadi. Diplomatik va konsullik maqomiga ega chet elliklar farzandlaridan tashqari albatta.Bu huquq boshqa rivojlangan davlatlarda ham bormi o'zi? Masalan Angliyada 1983-yildan, Avstraliyada 1986-yildan, Yangi Zelandiyada 2006-yildan bekor qilingan bu holat. Ya'ni bu davlatlarda tug'ilgan chet ellik bolaning


CanadAli
27 июл., 05:01
Kanadaga 🇨🇦 1-marta kirib kelganda chegarada nimalarni kutish kerak?Kanadaga viza oldingiz deylik, lekin bu davlatga kirishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Vizam bor-ku, bemalol kirib ketaveraman deyish xato. Chunki kamdan kam uchrasada, biror qo'pol xato sababli ortga qaytarib yuborish holatlari ham uchrab turadi.O'zingiz bilan quyidagi hujjatlar bo’lishi shart: • Pasport. • Kirishga ruxsat beruvchi shtrix kodli xat (Port of Entry letter yoki Letter of introduction deb nomlanadi va viza olgan akkauntingizdan yuklab olinadi).Qo'shimcha talablar ruxsatnoma turiga qarab farqlanadi, masalan: • O'qishga kelsangiz, study permit uchun: o’qishga qabul xati, tibbiy ko'rikdan o'tganlik natijasi, mablag' yetarliligini tasdiqlovchi hujjat (bank hisob raqam). • Ish ruxsatnomasi, work permit uchun: ish talablariga javob berishni tasdiqlovchi hujjatlar (tajriba, ta'lim), ish


CanadAli
24 июл., 04:01
50 ming dollar grant! 🇨🇦 Kanadaga navbatdagi student viza.Nufuzli universitetga grant asosida qabul qilinish, kamiga har oy stipendiya olish har kimga ham nasib qilavermaydi. Bu keys kim uchundir motivatsiya bo'ladi degan umiddamiz.Viza olgan ushbu mijozimiz keysi haqida qisqacha ma'lumot: Ta'lim muassasasi: University of Saskatchewan. Saskatoon shahri, Saskatchewan provinsiyasi. Tanlagan yo'nalishi: Master of Computer Science. Avval tugatgan o'qish joyi: Woosong university, (Koreya) Bachelor of Data Science. Yoshi: 24 (2002-yil) Til bilish darajasi: IELTS 8.5 Asli qayerdan: Buxoro Grant yutgan: 50 ming dollar CAD 👏Vizaga topshirgan sanasi 23-aprel, "medical" ya'ni tibbiy ko'rik so'rovi kelgan sana 8-iyun, ijobiy natija 22-iyun. Demak jami 2 oyda natija chiqdi. Aytgancha, Kanada vizasiga O'zbekistondan turib hujjat topshirildi, chet davlatdan


