gram news
Аватар канала CEEN

CEEN

@ceen_news

Iqlim o'zgarishi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi: - Dunyo miqyosidagi ilmiy tadqiqotlar va kashfiyotlar; - Ajoyib va ayanchli faktlar; - Qiziqarli tadbirlar; - Shaxsiy fikrlar! @AlisherXudoyberdiyev

ПроектыUZНовости

2,310подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • CEEN

    3 февр., 04:52изменён

    Bu yilgi qishki Olimpiada o'yinlari havo sifati jihatidan noqulay hududda, vaqtda bo'lishi kutilmoqda2026-yil fevral oyida Italiya shimolida Milan–Cortina Qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarning asosiy qismi Alp tog‘larida tashkil etilsa-da, ochilish va yopilish marosimlari Milan va Verona shaharlarida o‘tkaziladi. Ushbu shaharlar Po vodiysida joylashgan bo‘lib, qish oylarida havoning ifloslanishi bilan mashhur hudud hisoblanadi.Po vodiysi tog‘lar bilan o‘ralgan geografik tuzilishga ega. Qish mavsumida tez-tez kuzatiladigan harorat inversiyasi va shamolsiz sharoit tufayli ifloslantiruvchi moddalar, xususan PM2.5 va azot oksidlari havoda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Sanoat, avtomobil transporti, qishloq xo‘jaligi va turar joylarda yoqiladigan o‘tin va yoqilg‘ilar bu muammoni yanada kuchaytiradi.Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Milan shahrida PM2.5 ning yillik o‘rtacha
  • CEEN

    2 февр., 07:20

    Norvegiyada yangi avtomobillarning deyarli barchasi elektromobillarJahon elektromobillar bozori sekinlashib, ko‘plab ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining ambitsiyali rejalarini qisqartirayotgan bir paytda, Norvegiya buning mutlaqo teskarisini tanlamoqda. 2025-yilda Norvegiyada sotilgan barcha yangi avtomobillarning 95,5 foizi elektromobillar bo‘ldi. Noyabr oyida bu ko‘rsatkich 95,9 foizga, dekabr oyida esa 98 foizgacha yetdi.Bu natija uzoq yillar davomida olib borilgan davlat strategiyasi samarasidir. Ushbu strategiya xaridorlar uchun kuchli moliyaviy rag‘batlar va keng qamrovli infratuzilma qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan. Xususan, qiymati 30 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan elektromobillar qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etilgan.Bundan tashqari, 1-yanvardan boshlab qimmatroq elektromobillarga 5 ming AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha soliq joriy etildi. Bu esa yil oxirida
  • CEEN

    1 февр., 06:57

    Bugun poytaxtda har tomonlama komfort havo bo’lyaptiHavo sifati oldingi kunlarga nisbatan ajoyib holatda, havo harorati bahorni eslatyapti
    TelegramUzb_Meteo🕚 11:00 Фактик об-ҳаво Айрим шаҳарларда қуёшдан Д витамини олинадиган ҳаво бўляпти ўзиям.
  • CEEN

    31 янв., 19:56изменён

    Kamchatkada hali ham qor yog’ishi davom etyapti ekan…Qor qalinligi 2 m dan oshgan.Manba🔥🔥🔥🔥
    613видео3Открыть в Telegram
  • CEEN

    31 янв., 06:36

    🌞YASHIL UYIM ekologik festivaliga marhamat! Unda sizni sovrinli o’yinlar, mutaxassislardan seminar-trening, bolalar uchun plaatik va qog’ozni qayta ishlash mahorat darslari, eko mahsulotlar yarmarkasi va musiqiy kecha kutadi. 🪲31-yanvar 13:00-18:00 📍Alisher
    TelegramUrikguliInstagram sahifam o‘chdi. Sababini tekshiryapman. Ertaga festival o‘z kuchida. Ma’lumotlar shu yerda berib boriladi. https://t.me/yashil_uyim
  • CEEN

    31 янв., 06:35

    переслано из @yashil_uyim

    🌞YASHIL UYIM ekologik festivaliga marhamat! Unda sizni sovrinli o’yinlar, mutaxassislardan seminar-trening, bolalar uchun plaatik va qog’ozni qayta ishlash mahorat darslari, eko mahsulotlar yarmarkasi va musiqiy kecha kutadi.🪲31-yanvar 13:00-18:00 📍Alisher Navoiy 2k1 (Sog’liqni saqlash vazirligi yonginasida) 🎫 Chiptalar: https://t.me/cmalika —— 🌞Приглашаем вас на экологический фестиваль «YASHIL UYIM»! В программе: игры с призами, семинары и тренинги от специалистов, мастер-классы для детей по переработке пластика и бумаги, ярмарка эко-продукции и музыкальный вечер.🪲 31 января, 13:00–18:00 📍 Адрес: ул. Алишера Навои, 2к1 (рядом с Министерством здравоохранения) 🎫 Билеты: https://t.me/cmalika
  • CEEN

    30 янв., 17:49

    Ekologiya qo’mitasi bugungi poytaxtdagi ifloslanish bo’yicha rasmiy bayonot berdihttps://gov.uz/oz/eco/news/view/126376
    O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiRasmiy bayonot!Rasmiy vebsayt: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
  • CEEN

    29 янв., 05:12изменён

    Qashqadaryoning ayrim hududlarida qor qalinligi 35 sm ga yetganManba🔥🔥🔥🔥
  • CEEN

    28 янв., 14:17изменён

    Dunyodagi CO₂ chiqindilarining yarmi atigi 32 ta kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladiChiqindilarning 20 ta eng yirik manbasidan 17 tasi davlat neft-gaz kompaniyalaridir. Ularning barchasi BMTning COP30 iqlim sammitida qazib olinadigan yoqilg‘idan bosqichma-bosqich voz kechishga qarshi chiqqan mamlakatlardir.Saudi Aramco eng yirik davlat ifloslantiruvchisi deb topildi. U yiliga atmosferaga 1,7 mlrd tonna CO₂ chiqaradi. Agar kompaniya alohida davlat bo‘lganida, u chiqindilar bo‘yicha dunyoda faqat eng yirik milliy iqtisodiyotlardan keyin beshinchi o‘rinni egallagan bo‘lardi. Xususiy kompaniyalar orasida 610 mln tonna CO₂ bilan ExxonMobil yetakchilik qilmoqda. Bu butun boshli davlatlar chiqindilariga teng darajadir.🔥🔥🔥🔥
  • CEEN

    28 янв., 09:17

    #no_comment Buyuk tortishuv davom etadi...🔥🔥🔥🔥
  • CEEN

    28 янв., 09:06

    Moskvada rostan ham qor qalinligi rekordi yangilandimi?Yo'q! Ma'lum bo'lishicha, Moskvada yanvar oyi oxiridagi eng baland qor uyumlari 70 yil oldin emas, balki ancha keyinroq bo'lgan. 1994-yilning 28-yanvarida qor qoplamining balandligi 63 sm ga yetgan, bu esa bugungi natijadan naq 11 sm balanddir. Shu sababli, poytaxt uchun bu rekordgacha hali ancha bor va davom etayotgan qor yog'ishiga qaramay, ertaga qor uyumlari balandligi bo'yicha rekord yangilanishi ehtimoli deyarli nolga teng. Gap shundaki, 29-yanvar uchun rekord ko'rsatkich ham 1994-yilga tegishli bo'lib, 61 sm ni tashkil etadi.Biroq bugun poytaxtda nafaqat joriy qish boshidan buyon eng qalin qor qoplami, balki umuman XXI asrdagi eng baland yanvar qor uyumlari qayd etildi.🔥🔥🔥🔥
  • CEEN

    28 янв., 08:48изменён

    “100 yilda 1 marta bo‘ladigan toshqin” degani nimani anglatadi?Ko‘pchilik buni noto‘g‘ri tushunadi. Bu har 100 yilda faqat bir marta bo‘ladi degani emas. Aslida bu shuni anglatadiki, har bir alohida yilda bunday toshqin bo‘lish ehtimoli taxminan 1%.Shu sababli xavf vaqt o‘tishi bilan yig‘ilib boradi. Masalan, bola bugun tug‘ilsa, u 10 yoshga yetguncha bunday toshqinni ko‘rish ehtimoli qariyb 10% bo‘ladi. Agar bugun uy sotib olinsa, keyingi 25 yil ichida “100 yillik toshqin” sodir bo‘lish ehtimoli 20% atrofida. Bugun qurilgan ko‘prik esa 50 yil davomida bunday toshqinga duch kelish ehtimoli 40% ga yaqin.Eng muhimi, bu hisob-kitoblar iqlim o‘zgarmaydi degan taxminga asoslangan. Holbuki, iqlim o‘zgarishi fonida kuchli yog‘inlar va toshqinlar tobora tez-tez takrorlanmoqda. Ya’ni kecha “100 yilda 1 marta” deyilgan hodisa, bugun ancha tez-tez yuz berishi mumkin.“100 yillik toshqin”
  • CEEN

    28 янв., 08:25

    Eslatma!Sizlardan faqat hududingizdagi qor qalinligi haqida ma'lumotlarni @modsnow_bot shu botga yuborib turushingiz so'raladi.
  • CEEN

    28 янв., 07:53

    AQSh da bo'ronlar va juda kuchli sovuq havo harorati keyingi hafta ham saqlanib qoladi Bu haqida AQSh Milliy ob-havo xizmati ma'lum qildi. Unga ko'ra, eng janubiy hududlaridan tashqari barcha hududlarida harorat minus haroratlar, janubda -1°C dan shimolda
    520322Открыть в Telegram
  • CEEN

    28 янв., 05:47

    AQShda yuzaga kelgan qishki bo'ronlar tufayli ko'plab daraxtlar "portlab" ketyapti"Frost crocking" (sovuq urishi) deb nomlanuvchi hodisa o'rmonlarni miltiq ovozi aks-sadosiga aylantirmoqda, chunki keskin sovuqlar daraxtlarning ichki bosim ostida yorilishiga olib keladi.Tarixiy qish bo'roni paytida harorat keskin pasayganda, daraxt tanasi ichidagi suv va shira o'simlik moslashishga ulgurmasidan oldin muzlab qolishi mumkin.Bu suyuqlik muzga aylanib kengaygani sari, u juda katta ichki bosim hosil qiladi va bu oxir-oqibat po'stloqning to'satdan, kuchli qarsillash bilan yorilishiga olib keladi. Sovuqdan yorilish/ sovuq urishi deb ataluvchi bu hodisa ko'pincha shunchalik baland ovoz chiqaradiki, uni o'q ovozi yoki uzoqdagi portlash bilan adashtirishadi. Natijada hosil bo'lgan vertikal chandiqlar ko'rinishidan hayratlanarli bo'lsa-da, ular o'zgaruvchan ob-havo sharoitida mahalliy flora
  • CEEN

    28 янв., 04:21

    Poytaxt ham nam oqim kirib kelishiga tayyorgarlik ko’rmoqda, shamol ham tezlashgan1-2 soatda qor boshlab qolsa kerak.🔥🔥🔥🔥
  • CEEN

    27 янв., 17:25изменён

    #arxiv Dukent meteostansiyasiga ekskursiya (1990-yil)Stansiya Toshkent viloyatida joylashgan bo’lib, Toshkent Oʻrta Osiyo mintaqaviy gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy laboratoriyasi, qor koʻchkilari stansiyasi bo’lgan.Stansiya 1958-yilda shahar atrofida faoliyat yuritayotgan uran konlarini qor koʻchkilaridan himoya qilish uchun tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi birinchi qor koʻchki stansiyasi hisoblanadi.Muallif: Velichkin SergeyManba🔥🔥🔥🔥
  • CEEN

    27 янв., 10:30

    Eslatma!Shu kabi xushxabar eshitishda davom etish uchun sizning yordamingiz bizga zarurdir. Sizdan faqat hududingizdagi qor qalinligi haqida ma'lumotlarni @modsnow_bot shu botga yuborib turushingiz so'raladi.
  • CEEN

    27 янв., 10:28

    Amudaryo havzasida ham qor qoplami oxirgi 25 yillik normadan oshib bo'lganBu shuni anglatadiki, bu yil janubda ham suvga bo'lgan talabimiz ancha qoplanishi mumkin. Bu qishloq xo'jaligimiz uchun xushxabardir.Modsnow🔥🔥🔥🔥
    665531Открыть в Telegram
  • CEEN

    27 янв., 10:22изменён

    2026-yil Farg'ona vodiysi uchun suvli yil bo'lishi mumkinHozirgi vaqtgacha shakllangan qorlar bu yil Farg'ona vodiysida sersuvli yil bo'lish ehtimolini oshirmoqda. Hozirgacha shakllangan qor ko'p yillik normadan ham oshgan. Oldinda hali 1-2 ta qorli kunlar borligini hisobga olsak, yuqoridagi ehtimollik o'zini oqlashi mumkin.Modsnow🔥🔥🔥🔥
    481531Открыть в Telegram