gram news
Аватар канала Daryo — LIVE

Daryo — LIVE

@daryo_live

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24

ПроектыENНовости

57,926подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Daryo — LIVE

    14 нояб., 11:50

    Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida 13-noyabr kuni avtobus va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi jarohatlandi.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    14 нояб., 10:57

    Madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro tanlovlar g‘oliblariga 300 mln so‘mgacha mukofot beriladiG‘oliblarni tayyorlagan o‘qituvchi va konsertmeysterlarga bir yil davomida lavozim maoshining 100 foizigacha ustama to‘lanadi.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    14 нояб., 10:09

    Marraga yetish terim tugaganini anglatmaydi — Qishloq xo‘jaligi vazirligi 5 mln tonna paxta haqidaVazirlik ijtimoiy tarmoqlarda paxta hosili hajmiga oid bildirilayotgan shubhalarga munosabat bildirdi. 13-noyabr holatiga ko‘ra, mamlakatda 5 million 47 ming tonnadan ortiq paxta tayyorlangan, terim esa hamon davom etmoqda.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    14 нояб., 09:39

    O‘zbekistonda qishda gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib beriladiHavo harorati keskin pasayganda boshqa toifadagi iste’molchilarga belgilangan tartibda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    14 нояб., 08:55

    Amerikalik olimlar Altsgeymer kasalligining ilgari noma’lum bo‘lgan sababini aniqladiTadqiqotda 25 nafar yosh ko‘ngilli va 60–84 yosh oralig‘idagi 40 nafar keksa inson ishtirok etgan. Olimlar MRT yordamida ishtirokchilarning uyqu vaqtida miya faolligini o‘lchagan.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    14 нояб., 07:37

    O‘zbekistonda dorilarni retseptsiz sotish mezonlari o‘zgartirildiYangi tartibga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq faol moddadan iborat dorilar ham retseptsiz sotiladigan vositalar toifasiga kiritilishi mumkin.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    14 нояб., 06:15

    Shvetsiya o‘zbekistonliklarni tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohalariga ishga jalb qilishga qiziqish bildirmoqdaMamlakatning kadrlar yetishmayotgan hududlarida o‘zbekistonlik hamshiralarni tayyorlash va ishga jalb etish masalasi muhokama qilindi.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    14 нояб., 05:46

    Avstraliyada osmono‘par bino quyosh elektr stansiyasiga aylantirildiMelburndagi 48 qavatli binoning tashqi devorlari va tomiga 1391 ta quyosh paneli o‘rnatildi. Ular bino uchun zarur elektr energiyasining 20 foizigacha bo‘lgan qismini ishlab chiqarishi kutilmoqda.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 17:58

    Akmal Jumanazarov Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi etib tayinlandiU 2024-yil fevralidan buyon Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori vazifasida ishlab kelayotgandi.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 17:09

    Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarib tashlandiBu Latviya o‘z vetosini qaytarib olganidan so‘ng amalga oshirildi. Ro‘yxatdagi qolgan 3000 nafar jismoniy va yuridik shaxsga qo‘llangan cheklovlar muddati uch yilga uzaytirildi.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 16:49

    Xitoylik 6 yoshli qiz Rubik kubigini yigʻish boʻyicha jahon rekordini yangiladiLyan Yunchji ismli qizaloq Rubik kubigini besh marta yigʻib, oʻrtacha 4,27 soniyalik natija qayd etdi.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 16:08

    Ozarbayjonda O‘zbekiston va Turkiya harbiylari ishtirokidagi qo‘shma mashg‘ulotlar boshlandiMashg‘ulotlarda uch davlat Mudofaa vazirliklarining harbiy xizmatchilari, jangovar texnika, aviatsiya va harbiy-dengiz floti vositalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari qatnashmoqda.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 15:51

    Tramp sun’iy intellektni “super intellekt” deb qayta nomlashni taklif qildi.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 14:51

    Toshkent shahri va viloyatida qariyb 2 kg giyohvandlik vositasining tarqalishiga chek qo‘yildiBir holatda gumonlanuvchi dala maydonida yashirilgan 550 gramm mefedronni olib ketayotgan vaqtda ushlangan. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 14:22

    Nikol Pashinyan Armaniston va Rossiya munosabatlarida “muqarrar o‘zgarishlar” bo‘lishini aytdiBosh vazir Moskva bilan munosabatlarni uzishni istamasligini, ammo bundan buyon aloqalar hech qachon avvalgidek bo‘lmasligini ma’lum qildi.Biz munosabatlarimizni chuqurlashtirmoqchimiz, lekin yangi muhitda va yangi sharoitlarda. Armaniston Moskva bilan nizoga kirishmaydi. Aksincha, o‘z pozitsiyasini xotirjam va izchil ravishda himoya qilishda davom etadi, dedi Pashinyan.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 14:08

    Toshkentda bugun kechqurun havo sifati yomonlashishi mumkinKechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslik tavsiya etildi. Atmosfera havosi sifati hozirda Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 13:47

    Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishdi 2030-yilgacha 16 ta yangi podstansiya va qariyb 5 ming kilometr elektr uzatish tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan. 2027—2029-yillarda esa strategik 500 kilovoltli
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 13:42

    Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishdi2030-yilgacha 16 ta yangi podstansiya va qariyb 5 ming kilometr elektr uzatish tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan. 2027—2029-yillarda esa strategik 500 kilovoltli tarmoqlar va yangi podstansiyalar ishga tushiriladi.@daryo_live
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 13:17

    Toshkentdagi Milliy kutubxona ortida 1,3 gektarlik hududda pulli avtoturargoh tashkil etiladi Yer uchastkasini elektron auksionga chiqarish rejalashtirilmoqda. Hududdan 10 yil muddatga foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan xususiy sherik investitsiya majburiyatlarini
  • Daryo — LIVE

    22 сент., 12:42

    Janubiy Koreya sobiq birinchi xonimining qamoq muddati qisqartirildiSobiq prezident Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xining qamoq muddati yetti yildan besh yilga tushirildi. U tadbirkorlar va boshqa shaxslardan noqonuniy sovg‘alar olganlikda ayblangan edi.@daryo_live
Скачать ряд в CSV
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно

Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.

Как это работает →
Создать бота