gram news
Аватар канала Data science - Azamat

Data science - Azamat

@datascience_azamat

Norvegiyadagi o'zbek Data analitiki. instagram.com/norway_azamat datacamp.pxf.io/K0O9V9 t.me/boost/datascience_azamat linkedin.com/in/azamatsobirov

ПроектыUZНейросети

1,860подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Data science - Azamat

    15 сент., 13:02

    Keyingi oydan boshqa komandaga o’tayapman. Hozir handover (boshqa odamga ishni topshirish) dokument yozib chiqdim. Qarasam 2 yilda ancha narsa o’rganibman. O’ylaganimdan ko’p.Kambag’alni ko’chganida ko’r - degan maqol bor. Shunga o’xshash holat.
  • Data science - Azamat

    7 сент., 12:35изменён

    ChatGPTdan har xil masalahat so’raymiz. Misol, Toshkent shahri uchun qaysi operator zo’r? UMS, Beeline, Ucell?Har bir operator marketing bo’limi ChatGPT tomonidan eng zo’ri deyilish uchun kurashadi.Lekin ChatGPTdan maslahat olib sim karta oluvchilar hali kam. Shu sababli marketing bo’limi asosiy e’tibori bu yo’nalishda emas.Ishxonamda ham shunaqa edi, bir yil oldin.Lekin bozor juda tez o’zgarayapti. Bugun ChatGPTdagi kompaniya ilovasini demo qilishdi. Kompaniyani AI chatbotlarda ko’rinishini kuzatib borishni boshlashibdi.Xullas, bu narsaga jiddiy qarashmoqda.Qiziq o’zimizda ham kompaniyalar ChatGPTda brend haqida nima deyilayotganiga qiziqayaptimi? Siz foydalanuvchi sifatida nimalarni sotib olishdan oldin CharGPTdan so’raysiz?
  • Data science - Azamat

    29 авг., 09:11изменён

    Ishxonada Databricks ishlatamiz. Unda Genie degan AI yordamchi bor. Ohirgi 6-8 oyda juda ishlashi yaxshilandi.Hozirda u Junior-Mid analitik darajasidagi tahlilni 10 minutda qilib beradi. Odam 1-2 kun sarflashi mumkin.Bu yangi analitiklarga talabni o’zgartiradi. Endi SQL yozib report tayyorlash yetarli emas.Endi fokus AI ni to’g’ri datani ishlatishi, yetarlicha context olishi va to’g’ri raqamlarni berishini taminlash data anatilikni ishiga aylanib boradi.Bu data engineer va product ownerni ishlarini bir qismini oladi. Bir tarafdan data analitik dbt, Git, python, tests dan habari bo’lishi kerak. Boshqa tarafdan biznesni yaxshi tushunishi kerak.Qisqa qilib aytganda, data analitikani eng ko’p takrorlanadigan qismini AI bilan avtomatlashtirish.
  • Data science - Azamat

    27 авг., 06:46

    Oslo shahar hokimyati Data analitik izlayotgan ekan. Talablari oddiy kompaniyanikidek. Qiziq o’zimizda shahar hokimyatlarida analitik roli bormikan?
  • Data science - Azamat

    5 авг., 22:00

    Norveg tilini o’rganish uchun dars sotib olmang. Sendvich tayyorlang va termosga kofe damlab bomjlar yashaydigan ko’chaga boring. Birorta o’zingizga yoqqaniga borib sendvich bersangiz butun hayotini aytib beradi. Sizni ham eshitadi. Juda qiziq hikoyalarni eshitasiz.Bu Behzod akani maslahatlari. Hech kimni hayoliga kelmaydigan narsa.Muammo: Norvegiyada deyarli hamma ingliz tilini biladi. Norveglar bilan shunchaki do’stlashish qiyin. Shu sababli norveg tilini praktika qilish qiyin. Darslar qimmat turadi, oyiga $500-$1000.Bu narsa high agency deyiladi. Muammodan nolish o’rniga, bor imkoniyatlardan foydalanish.High agency AI davrida eng muhim qobiliyatlardan biri bo’lsa kerak. Sababi endi raqamli har qanday mahsulotni yaratish osonlashdi. Ilova yaratish uchun endi kod yozishni 1-2 yil o’rganish shart emas. Sizni boshqalardan ajratib turgan 1-2 yillik devor qulamoqda.20 yil oldin
    High AgencyHigh Agency in 30 Minutes – George MackGeorge Mack explains the core philosophy of High Agency — a mindset that changes how you think and act.
  • Data science - Azamat

    3 авг., 21:49

    TLDR: Yurugish foydali va oson.Norvegiyaga 2021-yil yanvarda kelganman. Ko’chada -15 havo. Odamlar ko’chada yugurayapti. Juda g’alati ko’ringandi. Boshqa qiladigan ishi yo’qmi degandim.Oradan vaqt o’tib futbol, velosiped, kayak, rock climbing, voleybol kabi sport turlarini ko’rdim. Zo’r hammasi lekin yurish eng zo’ri ekan.Birinchi marta to’g’ri yugurishni Behzod akadan o’rgandim. 1 soatdan ko’proq yugurdik. Juda mazza qildim. Shundan keyin yugurishga chiqishni boshladim.Odamzod oldindan dalada mehnat qilib kun ko’rgan. Hozirda ko’pchilik komyuterda o’tirib ishlaydi. Bu necha ming yillab dalada mehnat qilgan yoki ovchilik qilgan tana uchun maqul emas.Yugurishni boshlab olish to’siq juda kam. Velikka chiqish uchun velik olish kerak, zalga borish uchun obuna olish kerak. Yugurish uchun qulayroq oyoq kiyim yetarli. Maxsus kiyimlarni olish boshida shart emas, o’zingizda bor
  • Data science - Azamat

    23 июл., 15:14

    📊 Мы ищем будущих Data Analysts!Открыт набор на Data Analytics 3.0 - бесплатную образовательную программу от TBC Uzbekistan.Если ты хочешь развиваться в Data Analytics, работать с реальными бизнес-задачами и учиться у экспертов одной из крупнейших финтех-команд региона — эта программа для тебя.За 5 месяцев ты сможешь:✨ Получить практические навыки в Data Analytics ✨ Учиться у экспертов TBC Uzbekistan ✨ Работать с реальными кейсами ✨ Получить возможность присоединиться к команде TBC Uzbekistan по итогам программыЕсли ты студент старших курсов или недавний выпускник и хочешь начать карьеру в аналитике данных - подавай заявку уже сегодня!Регистрация уже открыта.👇🏻 Заявка на участие в программе
  • Data science - Azamat

    22 июн., 13:36изменён

    Data anilitika, ilova yaratish va shunga o’xshash kompyuterdagi ishlar boshqa qo’l mehnatli ishlardan farq qilmaydi.Misol, santexnik magazindan truba (xomashyo) va kerakli narsalarni oladi, qo’li va anjomlar (apparat) bilan ularni ulab sizga issiq suv keladigan dush (natijadagi mahsulot) yasab beradi.Dush bu tayyor mahsulot.Xomashyo + apparat = mahsulotDataga keladigan bo’lsak. Siz internetda bosgan har bir belgi, intagramdagi layk, paymedagi pul o’tkazmalari barchasi bu data (malumot).Shu ma’lumotlarni aparatga (kod) tiqib, tayyor odam tushinadigan holatga keltiringiz sizni mahsulotingiz hisoblanadi.Shu sababli Agile komandalarda Product owner (Mahsulot egasi) degan rol bor. Uni vazifasi kundalik analitiklik qilish emas. U mahsulotni yaxshilash, mijozni eshitish va muammolarini hal qilish ustida ishlaydi.
  • Data science - Azamat

    5 июн., 13:46

    Ishimda Github Copilot ishlatamiz (kod yozadigan AI)Oldin har bir odam uchun oyiga pul to‘lanar edi va yetarlicha tokenlar berilardi. Endi Github shuni foydalanilgan tokenlarga qarab pulini hisoblashni boshlabdi.Bu degani butun kompaniya oldin 100 ta odam uchun oyiga 100$ to‘lab kelgan bo‘lsa endi oyiga 100$ lik token sotib oladi va barcha shundan ishlatadi.Tabiiyki kimdir ko‘p kimdir kam ishlatadi.Birinchi 3 kunda ma’lum bo‘lishicha. Top foydalanuvchi oldingi tarifdagi oylik limit 9 barobarini 3 kunda ishlatib bo‘libdi.Shu sabab kompaniya AI tokenlari uchun ichki limitlarni qo‘yishni boshladi.Xullas AI ham arzon emasligi bilinishni boshlayapti.
  • Data science - Azamat

    4 июн., 14:39изменён

    Data bu juda qimmatli mahsulot.Kecha Yandexda musiqa eshitib moshina haydadim.Yaxshi musiqa kelganda ovozni baland qildim. Yoqmaganini o’tkazdim. Yoqqanini qaytadan eshitdim.Shu haraktlarimni orqali Yandex men haqimda ko’p narsani bilib oladi.Ovoz balandlash, o’tkazish, qaytarish:- nechanchi sekundda - qaysi janrdagi musiqada - qaysi qo’shiqchida - qo’shiq yiliHolatingiz:- Bluetooth ulanganmi (naushnik, moshina) - kun vaqti - wifi, yoki 4G (ko’chada degani)
  • Data science - Azamat

    27 мая, 06:32

    Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin!
  • Data science - Azamat

    19 мая, 10:17изменён

    Data analitik bo’lish aslida unchalik qiyin emas.Bu Skandinaviyadagi (Norvegiya, Shvetsiya, Daniya) eng katta media kompaniyasining Data analitikka bergan so’rovi:- SQL - BI ilova bilan tajriba - Snowflake - Python yoki biror dasturlash tilidan habari bo’lishiE’tibor bergan bo’lsangiz Python oxirida kelayapti. Ham aynan Python bo’lishi shart emas. Sababi, anchadan beri Pythonda kod yozib tahlil qilish samarador (efficient) emas.
  • Data science - Azamat

    14 мая, 14:17изменён

    Menga o'zbek ovqatini ramsga tushiring va har bir to'plam uchun 8$ ishlang degan email keldi.Bu rasmlar keyin AI ni o'rgatishga (train) ishlatiladi. Sababi o'zbek ovqatlari va tayyorlanishi bo'yicha rasm/videolar internetda juda kam (boshqalarga qaraganda). O'zi umuman o'zbek tilida internetda kontent juda kam. Shu sababli AI chatbotlar o'zbek tilida yaxshi yoza olmaydi.AI uchun data tayyorlash - bu sohasidagi qora ish desa ham bo'ladi. Lekin bundan boyib ketganlar ham ko'p. Misol uchun, Alexadr Wang - Scale AI.Bunaqa onlayn kichik topshiriqlarni pul uchun bajarish oldin ham bor edi. 2016-2018 yillar Lionbringdeni ingliz-o'zbek tarjimasini qilib 20-40$ oyiga ishlar edim.Sizga qiziq bo'lsa va talablarga javob bersangiz ariza topshirib ko'ring. Bu reklama emas.https://dataforcecommunity.transperfect.com/project/clary-image-collection-uzbekistan?job-source=DF005&j=324951&sfmc_sub=
    TransperfectClary Image Collection - Uzbekistan (Remote) | DataForce CommunityIn this project the task will be to select and prepare dishes of your choice, capturing clear photos throughout the process. You will then submit both the photos and the relevant cooking details. All dishes must be home-cooked meals. We are looking for real…
  • Data science - Azamat

    11 мая, 16:02

    Marketing bo’yicha qiziq kuzatuv.Savdo majmualarida (Mall), Korzinkada va shunga o’xshash joylarda 2000-yillar qo’shiqlarini juda ko’p eshitdim.Do’stim bu targeting ekanligini aytdi. Hozirda 2000-yillardagi yoshlar ulg’aydi va ularda pul bor. Do’konlar ham ularni target qilayapti dedi.Marketing darajasi ancha kuchayibdi. Qisqa muddatda.Bunaqa narsalar kimnidur hayoliga kelib, barcha joyda amalga oshirilmaydi.Birinchi g’oyani Korzinkani biron filialida tekshirishadi. Agar natija bo’lsa boshqa do’konlarda ham shunday qilishadi. Natija bo’lgan bo’lmaganligini data analitiklar aniqlaydi.
  • Data science - Azamat

    10 мая, 15:26

    1 oydan beri O’zbekistondaman. Ko’rinishidan Data analitiklari davri kelayapti.Oldin yozganimdek yaxshi o’zgarishlar ko’p. Odamlar daromadi ancha oshgan, shaharda ayniqsa.Juda ko’p narsa raqamlashtirilayapti. Bu juda ko’p datani yaratilishiga olib keladi. Bu datani kimdur tahlil qilishi va bizneslarga kerakli maslahatlarni berishi kerak.Albatta AI ham Data analitik ishiga ta’sir qiladi. Balkim oldinlari bir katta kompaniyaning datasini tahlili uchun 10 ta analitik kerak bo’lgan bo’lsa endi 3 ta analitik bu ishni eplashi mumkin. Lekin bizneslar soni ham ortib bormoqda.
  • Data science - Azamat

    1 мая, 06:43

    Biror nimani bajarish yoki o’rganish uchun ChatGPTni tekin obunasida biroz yozishsangiz limitiga yetib qoladi. Pullik varianti arzon emas.Lekin boshqa AI lar ham bor va ularni ham belgilangan darajada tekinga ishlatish mumkin. Misol, Claude, Gemini, Deepseek.Shuni osonlashtirish yo’li bormikan deb kecha Claude bilan gaplashib telegram bot yaratdim (birinchi marta).Uni ishlash holatiga yetib kelishi oson bo’lmadi lekin 4-5 soat ichida MVP tayyor edi.Bu hali birinchi versiyasi. Shu mavzudan habari borlar bo’lsa your input is appreciated.@freegpt_uz_bothttps://github.com/azamat6037/freegpt
    GitHubGitHub - azamat6037/freegpt: Providing free AI chatbot in telegram for people who can not afford paid teir AI chatbots.Providing free AI chatbot in telegram for people who can not afford paid teir AI chatbots. - azamat6037/freegpt
  • Data science - Azamat

    19 апр., 14:23изменён

    Norvegiyada soliqlar juda baland. Misol uchun daromad solig‘i 30-35% (oylikka qarab). Lekin bu to‘langan soliqlarni foydasini sezadi.Kommentdagi pdf hujjatda bir bola voyaga yetgunicha qancha sarflanishini ko‘rish mumkin.Bog'chaga bir yilda: $17 ming Maktabga bir yilda: $13 ming Universitet barchasi: $60 mingBu hayot davomida shifoxona va shunga o'xshash harajatlar bilan davom etadi.Hammasi bo'lib: o'gil bola davlatga $280 mingga, qiz bola $310 mingga to'g'ri kelar ekan.Lekin har bir odam umri davomida to'langan soliqlari sabablari bu harajatlarni qoplar ekan.
  • Data science - Azamat

    17 апр., 09:26

    O’zbekistonga keldim.Kechasi 23:30 da uyda turib Ucelldan esim oldim. NBUdan uzcard oldim. Hammasi onlayn.Aeroport va vokzallarni eshigini oldidagi yo’llar ochilgan.Ko’chada bir-biridan qiziq do’kon va servislar.Yaxshi o’zgarishlar juda ko’p.
  • Data science - Azamat

    24 мар., 18:12изменён

    AI haqida hammayoqda o’qib odam charchaydi. Biroz vahimaga tushadi. AI ishimni olib qo’ymasmikan yoki hamma AI ni o’rganayapti men qolib ketayapman deb o’ylaydi.Sababi biz AI ga qiziqayotgan yoki ishlatayotganlar qobig’idamiz. Dunyoni katta qismi hali AI ni nimalar qila olishini bilmaydi.Bu siz va bizga o’xshagan endi AI ni o’rganayotganlar uchun zo’r imkoniyat.AI yordamida haqiqiy muammolarga yechim yaratib, uni ish topish yoki ishda o’zimizni ko’rsatishga ishlatishimiz kerak.The bar is low (for now).
  • Data science - Azamat

    23 мар., 14:19

    Databricks’da AI assistant bor. Yangi Agent mode yaqinda qo’shildi. U Claude code kabi ishlaydi lekin databazani ichida.Kodimiz dbt da. Uni dbt ga ruhsati yo’q.Shunda ham juda zo’r ishlayapti.Hozir quyidagi savolni oldim: Daniyadagi mijozlar marketing consent’i juda past. Bu normal emas. Sababi nima? Kod yoki data’da xato bormi? Yoki haqiqat shumi?Buni aniqlash uchun 15-20 tacha table’ni tekshirishim kerak. Kamida 1-2 soatlik ish.Shu savolni AI agentga berdim. Olmamni yuvib yeb keldim. Javob tayyor.Javobni tekshirdim va kerakli odamga habar berdim.Tejalgan vaqtni hamkasblar bilan gaplashishga yoki boshqa qiziqroq loyihalarga ishlatsam bo’ladi.