Последние посты

Davlat xizmatlari yangiliklari
28 сент., 13:16
☄️ my.gov.uz da yangi imkoniyat: Bank kartalaringiz haqidagi ma’lumotlarni bir joyda ko‘ring!💳Endilikda my.gov.uz portalining «Bank kartalari» bo‘limi orqali o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan barcha faol bank plastik kartalari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.👉 Ushbu bo‘limda siz: ⏺ O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan nomingizga ochilgan faol plastik kartalarni; ⏺ Har xil bank ilovalari orqali masofadan ochilgan virtual kartalarni ko’ra olishingiz mumkin.✅ Xizmatdan foydalanish uchun: 🗄 my.gov.uz portaliga kiring. 🗄 «Bank kartalari» bo‘limini tanlang.❗️ Eslatma: Hozirda ushbu imkoniyat test sinov rejimida ishlamoqda va faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi tijorat banklari kartalarini aks ettiradi.💻 my.gov.uz — barcha raqamli xizmatlar bir joyda!🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)


Davlat xizmatlari yangiliklari
24 сент., 04:10
📃Advokatlar uchun qulaylik🔹Xizmat nomi: Advokatlik guvohnomasini berish, almashtirish va tiklash👫Ariza beruvchilar toifasi: Jismoniy shaxslar🏢Vakolatli organ(lar): Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: Talab etilmaydi💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorda📆 Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 2 ish kuniAsos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyundagi "Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 226-son qaroriga🌐website 📱facebook 📱instagram 📱linkedIn 📱youtube📱X (twitter)


Davlat xizmatlari yangiliklari
23 сент., 11:08
👮♀️ Jarima ballari muammosi onlayn hal bo’ladi🚗 Avtomobilni ishonchnoma yoki yaqin qarindoshlik aloqalari asosida boshqarayotgan shaxs qoidabuzarlik sodir etsa, jarima bevosita haydovchining nomiga keladigan qilsa bo’ladi.☁️ Buning uchun haydovchi ma'lumotlarini my.gov.uz orqali tizimga kiritish zarur:⏺ Avtotransport egasi: my.gov.uz portalida Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni boshqa shaxsga oʻtkazish xizmatini tanlaydi. Avtomobilning davlat raqami va boshqarish muddatini ko‘rsatadi. Boshqaradigan shaxsning JShShIR, pasport seriyasi va raqami, boshqaruv huquqini berish asosini (yaqin qarindosh/ishonchnoma) kiritadi.⏺ Haydovchi: o‘zining my.gov.uz profilidagi “Xabarnomalar” bo‘limiga kirib, arizani ERI, Mobile-ID yoki Face-ID orqali tasdiqlaydi.⏺To‘lov: Xizmat pullik — BHMning 0.9 foizi (10% chegirma bilan 39 600 so‘m).✨ Imtiyoz: Ijtimoiy reyestrdagilar va I/II guruh nogironlari uchun 50% chegirma bor.⏱️ Arizani ko‘rib chiqish muddati: ⏺ Jismoniy shaxslar: Avtomatik. ⏺ Yuridik shaxslar: 5 ish kuni ichida.🔅 Yuridik shaxslar uchun tartib: Tashkilot rahbari har bir mashina uchun alohida ariza yuboradi va ishonchnoma, sug‘urta polisi yoki yo‘l varaqasini ilova qiladi.❗️ Muhim: Davlat organlari va yo‘lovchi tashuvchilar uchun o‘z xodimlariga javobgarlikni rasmiylashtirish — BEPUL!⚠️ Asosiy talablar: 💬 Haydovchida haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart. 💬 Ishonchnoma mavjud bo‘lishi kerak.🛡 Sug‘urta (OSAGO): Agar sug‘urta cheklangan bo‘lsa, haydovchi ismi unda bo‘lishi shart.📸 Endi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun avtomobil egasi sarson bo‘lmaydi va unga ortiqcha jarima ballari yozilmaydi. Mas’uliyatni haqiqiy haydovchi o‘z bo‘yniga oladi.📇 Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing!🌐website 📱facebook 📱instagram 📱linkedIn 📱youtube📱X (twitter)


Davlat xizmatlari yangiliklari
22 сент., 04:22
❗️Ko‘chmas mulk egalari uchun qulay yechim!👨💻 Кadastr pasportini hech qayerga bormasdan, navbatlarda turmasdan onlayn rasmiylashtirsa boʻladi.💁🏻♂️ Buning uchun:🗄 my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish; 🗄 “Kadastr” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash; 🗄 kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.🪪 Ushbu xizmatdan foydalanish uchun qoʻl ostimizda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat boʻlishi lozim.📱 Murojaat koʻrib chiqilgach, talabgorga my.gov.uz orqali elektron shakldagi kadastr pasporti taqdim etiladi.🏠 Ko'chmas mulk va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog'liq boshqa xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga oʻting.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter


Davlat xizmatlari yangiliklari
21 сент., 07:19
✅ YATTni ro‘yxatdan o‘tkazish endi my.gov.uz orqali yanada tez va oson!🗣 Tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar uchun ajoyib qulaylik!💬 Yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tish xizmati my.gov.uz portalida yangilandi va jarayon yanada soddalashtirildi.👉 Xizmatdan foydalanish uchun: 1️⃣ my.gov.uz portalida avtorizatsiyadan o‘ting va "Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish" xizmatini tanlang; 2️⃣ Shaxsiy ma’lumotlaringizni (JShShIR va telefon raqami) kiriting; 3️⃣ Faoliyat turi, manzili va bank ma’lumotlarini belgilang; 4️⃣ Ma’lumotlarni tekshirib, Face-ID orqali shaxsingizni tasdiqlang hamda arizani yuboring; 5️⃣ Davlat boji uchun shakllangan invoys bo‘yicha to‘lovni amalga oshiring.💰 Xizmat narxi: ⏺ Odatiy tartibda: 1 BHM ⏺ my.gov.uz orqali topshirilganda: 10% chegirma bilan 0,9 BHM (90%).Natija: To‘lov qilingandan


Davlat xizmatlari yangiliklari
18 сент., 05:25
#Adliya_xabari📃Foydali modelga patent berish🔹Xizmat nomi: Foydali modelga patent olish👫Ariza beruvchilar toifasi: Yuridik va jismoniy shaxslar🏢Vakolatli organ(lar): Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi🗂Xizmatdan foydalanish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:✅Foydali modelning uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan darajada toʻliq ochib berilgan tavsifi; ✅Foydali model mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga toʻla muvofiq boʻlgan foydali model formulasi; ✅Foydali model mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlganda chizmalar va boshqa materiallar; ✅Referat


Davlat xizmatlari yangiliklari
18 сент., 04:43
🟡 Ota-onalar diqqatiga: Farzandingizning maktabdagi baholari va davomati haqida bilish endi yanada oson!☑️ Endilikda my.gov.uz portali orqali umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olayotgan farzandingizning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari hamda u taʼlim olayotgan maskan haqida batafsil maʼlumotlarni masofadan olishingiz mumkin.👉 Ushbu qulaylik orqali farzandingizning oʻquv natijalari: 🗄 Har bir fan boʻyicha joriy baholari va oʻrtacha koʻrsatkichlari; 🗄 Sinfga oid va umumiy baholar statistikasini.✅ Shuningdek, maktabi haqida maʼlumotlar: ⏺ Taʼlim muassasasining nomi va aniq manzili; ⏺ Maktabdagi oʻquvchilar va faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni; ⏺ Maktabga oid boshqa muhim maʼlumotlarni olishingiz mumkin.👉 Buning uchun: 1️⃣ my.gov.uz portaliga kiring; 2️⃣ Shaxsiy kabinetingizdagi “Mening oilam” boʻlimiga oʻting; 3️⃣ Farzandingiz haqidagi maʼlumotlar yon tomonida “Maktab


Davlat xizmatlari yangiliklari
16 сент., 03:59
#talim⚡️Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!📱Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.👉 Bunda: 💬 ro'yxatdagi tijorat banklaridan biri hamda u joylashgan hudud tanlanadi.📝 Birgalikda qarz oluvchi va kafil ma'lumotlari kiritiladi.📲Shundan so’ng, birgalikda qarz oluvchi va kafilning my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetlariga xabarnomalar yuboriladi. Ular tomonidan xabarnoma tasdiqlanganidan so'nggina ariza yuboriladi.🏛Arizalar tegishli tijorat banki tomonidan 5 ish kunida ko'rib chiqiladi.❓Ta’lim krediti kimlarga beriladi?Ta’lim krediti kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavr va magistratura bosqichida, davlat va nodavlat OTMlarida o‘qiyotgan talabalar hamda o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilariga beriladi. Bu imkoniyatdan o‘qishini ko‘chirgan talabalar ham foydalanishi mumkin.❗️Bu xizmatda


Davlat xizmatlari yangiliklari
15 сент., 04:47
☄️ Shikastlangan davlat raqamini yangisiga onlayn almashtiring!🚗 Аvtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun "GAI"da navbatlarda turish shart emas. Bu xizmatdan my.gov.uz portali orqali onlayn foydalansa bo‘ladi.👉 Xizmatdan foydalanish uchun:⏺ my.gov.uz portaliga kiring. ⏺«Shikast yetgan avtotransport vositasining davlat raqami belgisini tiklash» xizmatini tanlang. ⏺Arizani to‘ldiring va unga shikastlangan davlat raqamining fotosuratini ilova qiling.📱 Ariza vakolatli organ tomonidan ko‘rib chiqilgach, sizga to‘lov uchun invoys yuboriladi.💰To‘lov amalga oshirilgach, ko‘rsatilgan hududiy bo‘linmaga borasiz va eski raqamni topshirib, yangisini qabul qilib olasiz.❗️To‘lov bazaviy hisoblash miqdoriga (BHM) asoslangan: 🗄1 juft (oldi va orqa) raqam uchun: 1 980 000 so‘m (4,5 BHM). 🗄1 dona raqam uchun:


Davlat xizmatlari yangiliklari
14 сент., 05:03
🇺🇿 ☄️ Yangi xizmat🟡 Oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktab safidan chiqarish endi onlayn!👨💻 Ilgari bu jarayon uchun taʼlim muassasasi hamda tegishli idoralarga borish, turli hujjat va maʼlumotnomalarni yigʻish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmat my.gov.uz portaliga integratsiya qilinib, toʻliq onlayn shaklga oʻtkazildi.👉 Xizmat bo'yicha eng muhim ma'lumotlar:👤 Kimlar ariza topshirishi mumkin? 18 yoshga toʻlmagan oʻquvchining ota-onasi yoki vasiysi. 🏫 Qaysi taʼlim muassasalariga taalluqli? Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej va texnikumlar). 🔖 Talab qilinadigan hujjatlar: Yoʻq! Hech qanday qoʻshimcha hujjat talab etilmaydi. Barcha kerakli maʼlumotlar idoralararo elektron tizim orqali avtomatik olinadi.❗️Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.⏱️ Koʻrib chiqish tartibi va muddatlari: 1. Ariza bolalar masalalari


Davlat xizmatlari yangiliklari
10 сент., 09:53
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎓 Ijarada yashovchi talabalar diqqatiga: Pulingizni onlayn qaytarib oling!👩💻 Ijarada yashaydigan talaba bo‘lsangiz, ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin!👉 Buning uchun universitet va bank o‘rtasida yugurish shart emas, hammasi my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi:💬 Portalga kiring. 💬 “Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang. 💬 Hech qanday hujjat talab etilmaydi, tizim avtomatik ravishda tekshiradi.💰 Ariza ijobiy ko‘rilgan taqdirda:⏺️Toshkent shahridagi talabalar — 1 BHM (440 ming so‘m), ⏺️ Viloyatlardagi talabalar — 0.5 BHM (220 ming so‘m), miqdorida to‘lovni qaytarib oladi.📅 Arizalar har oyning 1–7 kunlari qabul qilinadi.📱 my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalaning va vaqtingizni tejang!


Davlat xizmatlari yangiliklari
15 авг., 09:28
#Adliya_xabari✅ FHDY bo’limlariga borish shart emas — FHDY xizmati sizga keladi. Onlayn!Bir paytlar oddiy hujjat uchun ham ishdan ruxsat so‘rash, yo‘lga chiqish, navbat kutish talab etilardi.Bugun esa ko‘plab FHDYO xizmatlaridan uydan chiqmasdan, onlayn foydalanish mumkin.💍 nikohni qayd etish uchun ariza berish; 👶 tug‘ilganlikni qayd etish va guvohnoma olish uchun ariza yuborish; 📄 tug‘ilganlik, nikoh va boshqa FHDY hujjatlarining takroriy nusxalarini olish — endi masofadan turib amalga oshiriladi.⏱ Kamroq vaqt. Kamroq ovoragarchilik. Ko‘proq qulaylik.✅ FHDY xizmatlari — odamlarga yaqin, zamonaviy va qulay.🎥 Qanday foydalanish mumkin? Batafsil — rolikda.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Davlat xizmatlari yangiliklari
12 авг., 08:32
переслано из @adliyangiliklari
Internet orqali xarid qilish tajribasini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 🛒📱📣 Hurmatli fuqarolar!Bugungi kunda internet saytlari, mobil ilovalar, internet-do‘konlar hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tovar va xizmatlar xarid qilish keng tarqalmoqda.Mazkur so‘rovnoma internet orqali xarid qilish tajribasi, iste’molchilar duch kelayotgan muammolar, murojaat qilish amaliyoti hamda fuqarolarning o‘z huquqlarini bilish darajasini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.So‘rovnoma natijalari elektron tijorat sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi.👉 So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola :🔗 https://forms.gle/hvKsk5s4D2P5kyTTA🔒 So‘rovnoma anonim bo‘lib, olingan ma’lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi. ❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim🙌 Ishtirokingiz uchun rahmat!


Davlat xizmatlari yangiliklari
7 авг., 12:18
переслано из @adliyaimd
#Intellektual_mulk⚔️ Intellektual mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yanada qulay✅ Endilikda tovar belgilari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun talabnomalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham topshirish mumkin.❗️Intellektual mulk — sizning bilimingiz, mehnatingiz va kelajakka qoʻshgan hissangizdir. Uni qonun bilan himoya qiling.🎥 Batafsil maʼlumot — videoda.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Davlat xizmatlari yangiliklari
4 авг., 07:23
переслано из @adliyangiliklari
#Adliya_xabari⚔️Yuzlab qo‘ng‘iroqlar. Minglab savollar. Bitta maqsad — fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish.❗️Adliya vazirligining 1008 ishonch telefoni call-markazi faoliyati bilan tanishing.🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Davlat xizmatlari yangiliklari
3 авг., 10:13
переслано из @adliyangiliklari
#Adliya_xabari⚔️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning vazifamiz!❗️Pora talab qilish, noqonuniy xatti_harakatlar yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, bu haqda darhol xabar bering.📞 Ishonch telefoni: +998 71 207-04-64 (1321, 1322, 1323, 1324) 🤖 Telegram bot: @anticorbot🔒 Murojaat qiluvchining shaxsi va taqdim etilgan ma'lumotlarning maxfiyligi kafolatlanadi.⚔️Halollik va qonun ustuvorligini birgalikda ta'minlaylik!🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Davlat xizmatlari yangiliklari
31 июл., 04:43
переслано из @adliyangiliklari
⌛️ Internet va mobil aloqa orqali sodir etiladigan ta’qib va tazyiq holatlarini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA 📝📣 Hurmatli fuqarolar!🔒 Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil aloqa orqali qayta-qayta bezovta qilish, tahdid qilish, haqoratlash, yolg‘on ma’lumot tarqatish, shaxsiy ma’lumotlar yoki suratlarni ruxsatsiz e’lon qilish kabi ta’qib va tazyiq holatlari ham uchramoqda. Mazkur so‘rovnoma bunday holatlarning qanchalik keng tarqalganini, fuqarolarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini hamda jabrlanganlar qayerga murojaat qilayotganini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. Olingan natijalar ta’qib va tazyiq holatlarining oldini olish hamda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalaniladi.🔗Havola: https://forms.gle/phmaZJxV6tNvUfkDA


Davlat xizmatlari yangiliklari
30 июл., 09:26
переслано из @adliyangiliklari
#Adliya_xabari⚔️ Diqqat! Adliya vazirligi ogohlantiradi🔸 So‘nggi vaqtlarda ayrim shaxslar o‘zlarini "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar va tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilayotgani kuzatilmoqda.🔹 Ular haq evaziga tovar belgisini albatta ro‘yxatdan o‘tkazib berishni va’da qilmoqda. Ayrim hollarda esa, rozi bo‘lmagan tadbirkorlarni tovar belgisini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib olish yoki undan foydalanishni cheklash bilan chalg‘itishga urinmoqda.📌 Shuni unutmang: 🔹 "Patent agentligi", "Patent markazi" yoki "Patent idorasi" nomi bilan faoliyat yuritayotgan tashkilotlar vakolatli davlat organlari hisoblanmaydi. 🔹 Intellektual mulk obyektlariga patent va guvohnomalar berish bo‘yicha yagona vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hisoblanadi. 🔹 Tovar belgisi


Davlat xizmatlari yangiliklari
27 июл., 11:54
#Adliya_xabari #muhim_yangilik⚔️ "Bir ariza – bir natija" (1-0-1): endi bolani bog‘chaga joylashtirish uchun barcha xizmatlar bitta tizimda✅ Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirish jarayoni "Bir ariza – bir natija" (1-0-1) tamoyili asosida to‘liq raqamlashtirildi.💻 Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali quyidagi xizmatlarning barchasidan yagona tizim orqali foydalanishi mumkin: ✅ bolani bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanma rasmiylashtirish; ✅ zarurat bo‘lmaganda yo‘llanmani bekor qilish; ✅ tibbiyot muassasasiga elektron yo‘llanma olish va tibbiy ma’lumotnomani rasmiylashtirish; ✅ maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan shartnomani elektron shaklda imzolash.🔄 Barcha jarayonlar turli idoralarga alohida murojaat qilmasdan, yagona platformada amalga oshiriladi.⚙️ Shuningdek, bolani


Davlat xizmatlari yangiliklari
27 июл., 05:43
переслано из @adliyangiliklari
#Biz_Adliya_oilasimiz⚔️ Adliya — shunchaki ish joyi emas.Bu — bilim bilan erishiladigan imkoniyat, mehnat bilan bosib o‘tiladigan yuksalish yo‘li, xalq roziligi bilan o‘lchanadigan sharafli xizmat.Bizni qonuniylik, insonparvarlik, halollik, professionallik, tashabbuskorlik, mas’uliyat va jamoaviylik birlashtiradi.Biz Adliya oilasimiz!
