gram news
Аватар канала Dehqonobod tumani hokimligi

Dehqonobod tumani hokimligi

@dehqonobodpress

Dehqonobod tumani hokimligining telegram messenjeridagi rasmiy kanali. Web sayt: https://gov.uz/oz/dehqonobod Instagram: https://www.instagram.com/dehqonobodtumanhokimligi Facebook: https://www.facebook.com/dehqonobodtumanihokimligi

ПроектыUZПолитикаПодтверждён Telegram

20,700подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Dehqonobod tumani hokimligi

    23 сент., 12:14

    переслано из @qashqadaryoyoshlariuz

    Dehqonobod tumanida bitiruvchi hamda migratsiyadan qaytgan yoshlar bandligini baliqchilik, parrandachilik hamda chorvachilik yo’nalishida ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi.“Ayridevol” mahallasida 8 nafar ishsiz yoshlarga imtiyozli kredit olib berilib chorvachilik yo‘lga qo‘yilgan. Jingirdak massivida 33 nafar yoshga 30 sotixdan yer ajratilib, har bir yoshga 500 tupdan tok ko‘chatlari ekib berilgan.Shuningdek, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, 5 nafari ishga joylashtirildi, 3 nafarining taklifi bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    22 сент., 15:45

    Jahon banki grantlari asosida xarid qilingan uskunalar ishga tushirildiDehqonobod tumanida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda oilalarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.Xususan, “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi (2-faza, 1-bosqich) doirasida chekka hududlarda yashovchi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mazkur jarayonda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi ko‘magida “Ayollar daftari”ga kiritilgan hamda tadbirkorlik tashabbusiga ega bo‘lgan xotin-qizlar loyiha doirasidagi imkoniyatlardan foydalanib, Jahon banki grantlarini qo‘lga kiritdi.Ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari xarid
    Иллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligi
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    22 сент., 14:52изменён

    #JARAYON🛣️ Dehqonobod adirliklari bo‘ylab yangi aylanma yo‘l barpo etilmoqdaDehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M39 “Olmaota — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yo‘lining 1255–1315-kilometrlari oralig‘idagi 60 kilometrlik qismini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida keng ko‘lamli yo‘l-qurilish ishlari olib borilmoqda.Ayni paytda tumanning adirlik hududlari bo‘ylab yangi aylanma yo‘l qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Qurilishning belgilangan uchastkalarida maxsus texnikalar safarbar etilib, yo‘l infratuzilmasini barpo etish bilan bog‘liq ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-apreldagi PQ–158-son qarori asosida, Islom taraqqiyot banki hamda OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida amalga oshirilmoqda.Loyihaning umumiy qiymati 195,5 million AQSH dollarini tashkil etib, uni
    Иллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligi
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    22 сент., 14:18

    Dehqonobodda sayyor sud majlisi o‘tkazildiDehqonobod tumanida aholi o‘rtasida qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan sayyor sud majlisi o‘tkazildi.Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudining tergov sudyasi Nodir Ishmuradov tomonidan tuman gaz ta’minoti bo‘limining majlislar zalida tashkil etilgan sayyor sud majlisida shahvoniy shilqimlik hamda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik ishlari ko‘rib chiqildi.Sud jarayonida har bir holat atroflicha o‘rganilib, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi.Shuningdek, sayyor sud majlisi doirasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish
    Иллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligi
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    22 сент., 14:09

    Mahalliy Kengashlar deputatlari uchun dolzarb masalalarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildiBugun, 22-sentabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan mahalliy Kengashlar raislari va deputatlari uchun dolzarb masalalarga bag‘ishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.Unda Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi deputatlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.Seminar davomida mahalliy Kengashlar deputatlarining hududlarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi rolini yanada kuchaytirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida deputatlik nazoratini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini
    Иллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligi
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    22 сент., 11:50

    переслано из @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по перспективам дальнейшего совершенствования административного правосудия.#Mirziyoyev #taqdimot #sud #mamuriyPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    Иллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligi
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    22 сент., 11:50

    переслано из @shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по выводу общенационального проекта «Яшил макон» на новый уровень, созданию благоприятной экологической среды в махаллях.#Mirziyoyev #taqdimot #ekologiya #YashilmakonPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    Иллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligi
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    22 сент., 02:11

    переслано из @sshmirziyoyeva

    Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
    Иллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligi
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    22 сент., 02:05

    REPORTAJ: OBODLIK – MAHALLADAN BOSHLANADI🗓 21.09.2026📍Dehqonobod tumani, Paxtachi mahallasiKanalga ulanish: @Dehqonobodpress
    1,380видео22Открыть в Telegram
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    21 сент., 16:06

    #Shukrona #1_oktabr_ustoz_va_murabbiylar_kuni✅ “Oldin 1-oktabrni paxta dalalarida nishonlar edik, bugun esa o‘quvchilarimiz yonida, aziz maktabimizda bayram qilmoqdamiz!”Bugun yurtimizda ustoz va murabbiylarning sharafli mehnati, jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni va ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidoyiligi yuksak qadrlanmoqda.Prezidentimiz tashabbuslari, farmon va qarorlari asosida o‘qituvchilik kasbining nufuzi va mavqeyini oshirish, pedagoglarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan islohotlar izchil davom ettirilmoqda.Buni Dehqonobod tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabi misolida ham ko‘rish mumkin.Bugungi kunda mazkur maktabda o‘z ustida muntazam ishlayotgan, malaka va bilimini oshirib borayotgan 24 nafar pedagog turli fan sertifikatlari hamda oliy toifaga ega bo‘lib, o‘z mehnati va kasbiy mahorati
    1,970видео3Открыть в Telegram
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    21 сент., 15:18изменён

    Dehqonobod tumanida yangi mahallani rivojlantirish bo‘yicha ishlar boshlandiO‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan amalga oshirilayotgan, Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida loyihaga yangi qo‘shilgan mahallalarda hamjamiyatni safarbar qilish bo‘yicha dastlabki seminarlar boshlandi.Mazkur seminarlarning asosiy maqsadi — mahalla aholisini jarayonga faol jalb etish, hududning mavjud muammolari va imkoniyatlarini birgalikda aniqlash, aholining ustuvor ehtiyojlarini belgilash hamda mahallani rivojlantirishning dastlabki yo‘nalishlarini shakllantirishdan iborat.Dastlabki seminar Dehqonobod tumanidagi Istiqlol mahallasida o‘tkazildi. Unda mahalla aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, hududdagi
    Иллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligi
    2,190811Открыть в Telegram
  • Dehqonobod tumani hokimligi

    14 сент., 06:48

    Foto: Topshiriqlar ijrosi yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildiPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.Shuningdek, 9-sentabr kuni hududlarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, mas’ullarga qator muhim vazifalar belgilab berildi.Mazkur topshiriqlarning Dehqonobod tumanidagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi Sherzod Shokirov hamda Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Muhammadiyev ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot va idoralar rahbarlari, tijorat banklari mas’ullari, tuman shtabi a’zolari hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.Unda tumanda aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosidagi mavjud kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijadorlikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.Yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish zarurligi alohida ta’kidlandi.Kanalga ulanish: @Dehqonobodpress
    Иллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Dehqonobod tumani hokimligi