Последние посты

Digital Generation Uzbekistan
21 сент., 11:13
переслано из @ihma_samarqandviloyati
🎓 INKLYUZIV RIVOJLANISH MARKAZIDA NAVBATDAGI KURS MAVSUMI YAKUNLANDI!💻 Kurs davomida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirgan 167 nafar o‘quvchi-yoshlar muvaffaqiyatli tamomlab, tantanali ravishda sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 🏆👫 Shuningdek, kurs davomida o‘zining namunali xulqi, faolligi, ijodkorligi va ijodiy ishlari bilan boshqalardan ajralib turgan o‘quvchilar alohida "Raqamli avlod granti" sohiblari boʻlishdi.💵Gʻoliblarga 1 000 000 so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlanishdi :🏅Ravshanov Davlat 🏅 Rahmonov Muhammadjon 🏅Bulayeva Alina 🏅 Qarshiyev Begzod
Digital Generation Uzbekistan
21 сент., 04:59
👍 Bugun “Digital Generation Uzbekistan” NNT direktori Azamat Djalalovning tavallud ayyomlari! Hurmatli Azamat Djalalov, Sizni ushbu qutlug‘ kun bilan jamoamiz nomidan chin dildan tabriklaymiz! Sizga mas’uliyatli faoliyatingizda bardavom kuch-g‘ayrat, yangi tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda ulkan zafarlar va har bir ezgu maqsadingizga munosib natijalar tilaymiz. Rahbarlik faoliyatingiz doimo yangi marralar va muvaffaqiyatli loyihalar bilan davom etsin! 🎉 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Raqamli avlod__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
16 сент., 05:35
BUNI BILARMIDINGIZ?🇺🇿 O‘zbekistonda startaplar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. 2026-yilda O‘zbekistonda startaplarni rivojlantirish bo‘yicha yangi maqsadlar belgilandi: 2030-yilgacha 5 000 ta startap loyihani qo‘llab-quvvatlash va venchur investitsiyalar hajmini $2 milliardga yetkazish rejalashtirilgan.Manba : FINKO iqtisodiy nashri.💡 Demak, bugun siz yozayotgan kichik kod yoki yaratayotgan oddiy ilova ertaga katta biznesga aylanishi mumkin.🚀 Katta startaplar ham bir vaqtlar oddiy g‘oya bo‘lgan.__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
12 сент., 05:02
#Tashrif“Raqamli avlod” markaziga Respublika “Kelajak markazi” direktori Indira Abdukarimovna Xoldarova tashrif buyurdi.Tashrif davomida yoshlarni bugungi mehnat bozori talablariga mos zamonaviy va yuqori daromadli kasblarga tayyorlash, ularning IT sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, raqamli savodxonligini oshirish hamda kelajakda munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishlari uchun zarur imkoniyatlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini rivojlantirish va ularni zamonaviy texnologiyalar sohasida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishga yo‘naltirish bo‘yicha fikr almashildi.“Raqamli avlod” — kelajak uchun bilim, ko‘nikma va imkoniyatlar makoni. 🚀 #RaqamliAvlod #Kelajakmarkazi #DGUz__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
11 сент., 08:24
🏆 RAQAMLI AVLOD ONLINE IT OROMGOHI G‘OLIBLARI! 🎉 Raqamli avlod Online IT oromgohida zamonaviy IT yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etgan eng faol ishtirokchilarimizni e’tirof etamiz! 🥇 Vibe Coding Babakulov Sardor 📍 Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 🥇 UI/UX Shokirova Parvina 📍 Buxoro shahri 31-umum ta’lim maktabi 6-sinf o’quvchisi . 🥇 Data Analytics Abdulloh Abdurahmonov 📍 Jizzax viloyati, Zomin tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati 🥇 Prompt AI Hayitboyeva Mo‘tabarxon Xorazm viloyati
Digital Generation Uzbekistan
9 сент., 11:21
“Raqamli avlod” Respublika inklyuziv IT oromgohidan video hisobot!🎥 Video hisobotda ishtirokchilarning IT yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlari, yangi bilimlarni o‘zlashtirish jarayonlari, amaliy topshiriqlari va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash jarayonlari aks etgan.🚀 “Raqamli avlod” — yangi bilimlar, yangi ko‘nikmalar va katta imkoniyatlar sari!#IHMA #PIMA #OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #Digitalgeneration #Zamineducation #Oromgoh__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
8 сент., 08:22
“Raqamli avlod” Kasbiy tayyorlov kurslarining yozgi mavsumi 4 ta zamonaviy yo‘nalish bo‘yicha muvaffaqiyatli yakunlandi.✨ Kurs davomida 70 ga yaqin yoshlar zamonaviy kasblarni o‘zlashtirib, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar hamda kasb sertifikatlarini qo‘lga kiritdilar.Bu sertifikatlar — yoshlarning o‘z ustida ishlagani, yangi bilimlarni egallagani va kelajakdagi kasbiy faoliyati sari tashlagan muhim qadamining natijasidir.🎓 Barcha yoshlarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!#OliyMajlis #Fond #RaqamliAvlod #DGUz __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
3 сент., 06:34
🎬 #No_comment“Raqamli avlod” respublika inklyuziv IT oromgohining tantanali yopilish marosimidan video lavha. 💻✨🚀 150 nafar ishtirokchi 5 kun davomida eng zamonaviy IT kasblarini o‘rgandi, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.📹 Yopilish marosimidan eng yorqin va samimiy lahzalarni birgalikda tomosha qilamiz! 💙#IHMA #PIMA #OliyMajlis #Fond #raqamliavlod #Digitalgeneration #Zamineducation #Oromgoh__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
2 сент., 16:54
#Press_tur🔴 “Raqamli Avlod” Inklyuziv IT oromgohiga OAV tashrifi.Oʻzbekiston24OʻzbekistonTashrif davomida OAV vakillari oromgohdagi darslar va amaliy mashg‘ulotlar jarayoni, ishtirokchi o‘quvchilar yaratgan loyihalar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi. 📊 Ma’lumot o‘rnida: “Raqamli Avlod” Inklyuziv IT oromgohi 2020-yildan buyon tashkil etib kelinmoqda.__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
2 сент., 11:00
🟦🟦🟦Yoshlarni yagona maqsad va zamonaviy texnologiyalar atrofiga birlashtirgan loyiha ⚡️10:00 31.08.2026Rasmiy sahifalarimiz:🌐 📱Telegram |📱Instagram | 📱YouTube |
Digital Generation Uzbekistan
2 сент., 08:48
переслано из @uzbekistan24_tvnews
#Axborot24 | 02.09.2026“Raqamli avlod” inklyuziv oromgohimtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
Digital Generation Uzbekistan
31 авг., 05:04
🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlug‘ 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! 🎉Bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida yurtimiz jadal rivojlanib, yangi marralar sari odimlamoqda.Mustaqilligimiz abadiy, Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin! 🇺🇿#Mustaqillik35yil #YangiOʻzbekiston__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
30 авг., 16:54
“Raqamli avlod” respublika inklyuziv IT oromgohi yakunlandi! 💻✨Unutilmas lahzalar, yangi bilimlar va imkoniyatlarga boy kunlar o‘z yakuniga yetdi.📌 Ma’lumot o‘rnida: 5 kun davom etgan IT oromgohda respublikamizning turli hududlaridan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Ijod maktablari, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumta’lim maktablarining 150 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi.Shuningdek, oromgohning onlayn mashg‘ulotlarida 4 100 nafardan ziyod o‘quvchi qatnashdi.Oromgoh davomida 10 ga yaqin zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha onlayn va offlayn shaklda mashg‘ulotlar olib borildi. 💻🚀🎓 Yakuniy yopilish marosimida hafta davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib taqdirlanib, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi hamda 5 kun davomida erishilgan natijalar sarhisob qilindi.Bu 5 kun — shunchakiDigital Generation Uzbekistan pinned a photo
29 авг., 06:11

Digital Generation Uzbekistan
29 авг., 06:11изменён
“Raqamli avlod” onlayn IT oromgohi ishtirokchilari uchun!💻 “Raqamli avlod” Onlayn IT oromgohining 7 ta IT yo‘nalishida qatnashgan ishtirokchilar endilikda ushbu bot orqali o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.📲 Sertifikatingizni yuklab olish uchun botga kiring!__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
28 авг., 08:55
#No_comment🎥”Raqamli avlod Inklyuziv IT oromgohi-2026”jarayonlaridan videolavha.5 kun davom etgan oromgohda ishtirokchilar zamonaviy IT yo‘nalishlarida bilim olishdi. Tashkil etilgan mashg‘ulotlarda esa olgan bilimlarini amalda sinab ko‘rib, o‘z loyihalari ustida ishlashdi.__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Digital Generation Uzbekistan
26 авг., 16:42
🔴 “Raqamli Avlod” Inklyuziv IT oromgohi — kun sarhisobi!Oromgohdagi navbatdagi kun ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar zamonaviy IT yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli va mazmunli darslarda ishtirok etdilar.🔰Kun davomida o‘quvchilar amaliy topshiriqlar ustida ishlab, o‘z g‘oyalarini real loyihalarga aylantirishga harakat qilishmoqda. Jamoaviy mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar yangi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab bormoqda.Kechga kelib esa o‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan loyiha va taqdimotlarini namoyish etdilar.🏆 Bu gal ham faol ishtirokchilarimiz taqdirlandi🚀 “Raqamli Avlod” IT oromgohida har bir kun yangi bilim, yangi tajriba va unutilmas taassurotlarga boy o‘tmoqda!__ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
