Последние посты

Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
4 сент., 15:16
📩 Jurnal tahririyatiga review muddati va nashr sanasini aniqlash uchun email shablonBugungi reelsda OAK elektron reestridan jurnalning statusini qanday tekshirishni ko‘rsatdim.Lekin jurnal OAK reestrida “Faol” ko‘ringani bilan darhol maqola yuborib yuborish to‘g‘ri emas.Keyingi eng muhim qadam — jurnal tahririyatiga yozib, real muddatlarni aniqlash. Chunki himoyaga yaqin tadqiqotchi uchun faqat jurnalning ro‘yxatda borligi yetarli emas.Sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:— maqola hozir qabul qilinyaptimi; — review jarayoni o‘rtacha qancha vaqt oladi; — maqola qabul qilinsa, qaysi songa chiqishi mumkin; — online first yoki DOI berish amaliyoti bormi; — maqola qaysi tilda qabul qilinadi; — nashr to‘lovi bormi; — texnik talablar qanday.Quyida tahririyatga yuborish uchun tayyor email shablon.
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
4 сент., 15:12

Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
1 сент., 11:55
📌 Qaysi sohalar bo‘yicha OAK reestridan jurnal tekshirishni ko‘rsatamiz?“Himoyaga oz qoldi, lekin bitta xorijiy maqola yetishmayaptimi?” mavzusidagi videodan keyin izohlarda ko‘plab yo‘nalishlar yozildi. Eng ko‘p so‘ralgan sohalar: 1️⃣ Pedagogika 2️⃣ Tibbiyot 3️⃣ Texnika fanlari 4️⃣ Filologiya 5️⃣ Huquqshunoslik 6️⃣ Iqtisodiyot 7️⃣ Siyosiy fanlar 8️⃣ Qishloq xo‘jaligi 9️⃣ Fizika-matematika Demak, keyingi videolarda OAK reestridan jurnalni qanday tekshirishni shu yo‘nalishlar bo‘yicha ham ko‘rsatib boramiz.Lekin bitta narsani aniq aytib qo‘yaman: men sizga “mana shu jurnalga maqola bering” deb jurnal tavsiya qilmayman. Men sizga jurnalni qanday tekshirishni ko‘rsataman.Chunki himoyaga yaqin tadqiqotchi uchun eng xavfli holat — kimdir aytgan jurnalga ko‘r-ko‘rona maqola yuborish.
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
31 авг., 14:26
Himoyaga oz qoldi, lekin bitta xorijiy maqola yetishmayaptimi?Ko‘p tadqiqotchilar aynan himoya oldidan shu muammoga duch keladi.Dissertatsiya tayyor. Seminarlar o‘tilgan. Hujjatlar deyarli joyida.Lekin bitta talab — xorijiy jurnaldagi maqola — butun himoya jarayonini ushlab turibdi.Bunday vaziyatda ko‘pchilikning birinchi reaksiyasi: “Scopus jurnal topish kerak.”Lekin muhim jihat shuki, Scopus har doim ham yagona yo‘l emas.OAKning 2026-yil 3-avgustdagi yangilangan reestrida fan yo‘nalishlari bo‘yicha faol xorijiy va MDH jurnallari ham mavjud.Ammo bu yerda ehtiyot bo‘lish kerak.Eski OAK ro‘yxatidan jurnal topib, darhol maqola yuborish — to‘g‘ri strategiya emas.
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
31 авг., 09:35
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak! Men uchun Mustaqillik — faqat tarixiy sana yoki qo‘lga kiritilgan buyuk ne’mat emas. U, eng avvalo, o‘z kelajagimizni o‘zimiz yaratish mas’uliyatidir. Bugun bu mas’uliyat har birimizdan o‘z sohamizda natija talab qiladi. Ta’limda — sifat va zamonaviy fikrlashni. Ilmda — real natija va yangi yechimlarni. Yoshlar bilan ishlashda — ularga dunyo bilan teng raqobat qila oladigan imkoniyatlar yaratishni. Xalqaro hamkorlikda esa — O‘zbekiston nomini bilim, kompetensiya va ishonch bilan namoyon etishni. 35 yil davomida mamlakatimiz bosib o‘tgan yo‘l bizga katta imkoniyatlar berdi. Endigi vazifa — bu imkoniyatlarni yangi bilim, kuchli institutlar, raqobatbardosh yoshlar va jamiyat uchun real natijalarga aylantirish. Mustaqillik bizga kelajakni tanlash huquqini berdi. Uni qanday qurish esa o‘z qo‘limizda. Aziz yurtdoshlar,
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
21 авг., 06:49
переслано из @sarbon_hayoti
🌊 Sarbon universiteti vakili Aral Summer School 2026 dasturidaSarbon universiteti Ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Akbarov Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan 8-Aral Summer School 2026 xalqaro dasturida ishtirok etmoqda. Kazakh-German University (DKU) boshchiligidagi dastur Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi (IFAS), GIZ, FAO, UNESCO UNITWIN, IHE Delft va boshqa xalqaro hamkorlar ishtirokida tashkil etilgan. Dastur Orolbo‘yida suv resurslarini boshqarish, ekologik tiklanish, WEFE Nexus va barqaror rivojlanish masalalarini nazariy mashg‘ulotlar hamda dala tadqiqotlari orqali o‘rganishga qaratilgan.#SarbonUniversity #AralSummerSchool2026 #DKU #AralSea
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
10 авг., 11:59
📌 Springer jurnalida maqola chiqsa, OAK hisobga oladimi?Bot orqali juda muhim savol keldi. Savol mazmuni shunday: Eurasian Economic Review jurnali Scopus’da Q1 reytingga ega. Lekin jurnal Springer nashriyotida chiqadi. OAK 10-iyundan keyingi izohida Springer’ni mustaqil baholash mezoni sifatida inobatga olinmaydigan ro‘yxatga kiritgan. Shunda bu jurnalga maqola berish to‘g‘rimi yoki yo‘qmi? Bu savol ko‘pchilikda bor. Shuning uchun qisqa va aniq tushuntiraman. Eng avvalo, bitta narsani ajratib olaylik: Springer — nashriyot. Scopus — indekslash bazasi. Web of Science — indekslash bazasi. JCR — jurnal metrikalari bazasi. SCImago — analitik platforma. OAKning 10-iyundan keyingi pozitsiyasini ko‘pchilik noto‘g‘ri tushundi. Gap “Springer’da chiqqan maqola umuman tan olinmaydi” degani emas. Gap shundaki: maqolaning faqat Springer, CrossRef, DOAJ, ResearchGate, SCImago yoki boshqa
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
3 авг., 13:06
🗺 ILMIY PUBLIKATSIYA YO‘L XARITASIKanalda to‘plangan eng foydali postlar, videolar va qo‘llanmalarni sizga qulay bo‘lishi uchun ish jarayoni bo‘yicha tartiblab chiqdim.Agar siz maqola yozish, Scopus/WoS jurnal tanlash, research gap topish, AI vositalardan foydalanish yoki OAK talablari bo‘yicha adashayotgan bo‘lsangiz — bu post siz uchun kanal xaritasi bo‘ladi.📌 Kerakli bo‘limni tanlang, havolaga bosing va “Saved Messages”ga saqlab qo‘ying.Belgilar: 🎥 — video 📄 — fayl / PDF / Excel 📝 — matnli post ———🚀 1. BOSHLASH UCHUN: Scopus asoslari Agar endi boshlayotgan bo‘lsangiz, avval Scopus nima, jurnal va baza farqi, H-index va asosiy tushunchalarni anglab oling. 📝 Scopus o‘zi nima? Jurnalmi yoki baza? 📝 Scopus “Kompasi” — saytda adashmaslik yo‘riqnomasi 📝 H-index nima va u nega kerak? 📄 Scopus va Web of Science bazalari — taqdimotTelegramDilmurod Akbarov | Ilm va StrategiyaSCOPUS o‘zi nima? Ko‘pchilik yosh tadqiqotchilar adashib: "Men maqolamni Scopusga yubordim" deb aytishadi. Aslida, Scopus — bu jurnal emas. Unga maqola yuborib bo‘lmaydi. Qisqa va aniq tushuntiraman: JURNAL — bu sizning maqolangiz chop etiladigan nashr…
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
3 авг., 12:33
🚀 Q1 va Q2 jurnallar to‘sig‘i: uni mustaqil yengish mumkinBugun magistratura, PhD/DSc himoyasi, dotsentlik yoki professorlik unvoni oldida turgan ko‘plab tadqiqotchilar uchun eng katta vazifalardan biri - nufuzli xalqaro jurnallarda maqola chop etish. Ayniqsa Q1 va Q2 jurnallar ko‘pchilikka juda uzoq, murakkab va tashqaridan yordamsiz imkonsizdek ko‘rinadi.Lekin bitta haqiqat bor: bu bosqichni mustaqil bosib o‘tish mumkin. Buning uchun birinchi qadam juda oddiy, lekin ko‘pchilik aynan shuni qilmaydi: o‘z mavzuingizga yaqin Q1 yoki Q2 jurnallarda chiqqan 15–20 ta maqolani erinmasdan yuklab oling va tahlil qiling. Faqat o‘qib chiqish emas. Ularni ilmiy arxitektura sifatida ko‘ring: — muammo qanday qo‘yilgan? — research gap qanday ochilgan? — literature review qanday qurilgan? — metodologiya qanday asoslangan? — natija qanday taqdim etilgan? — discussion qismida mualliflar o‘z
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
3 авг., 12:13
🚀 Kamida 7-8 oylik mehnat va nihoyat "Submit" tugmasi...Bugun elektrotexnika va muhandislik sohasida dunyodagi eng nufuzli nashriyotlardan biri hisoblangan IEEE bazasidagi jurnalga navbatdagi maqolamizni tizimga joyladik. Skrinshotda aynan shu "Submission" jarayonidan bir kadr. Bitta tadqiqotni shu darajaga olib chiqish, tajribalarni tizimlashtirish va qo'lyozmani xalqaro qat'iy standartlarga moslab taxlash uchun salkam 7-8 oy vaqt sarflandi.Lekin, ochiq aytish kerak: bu — marra emas, faqatgina start chizig'i. Hozircha hech qanday natijani kafolatlab ham, oldindan nimanidir kutib ham bo'lmaydi. Endi eng mas'uliyatli va asabni sinaydigan bosqich boshlanadi: maqolamiz jurnal tahririyati va sohamizning qattiqqo'l xalqaro taqrizchilari (reviewers) stoli ustida muhokama qilinadi. Barchasini ularning xulosasi hal qiladi va bu ancha vaqt talab qiladigan jarayon.Qanday javob kelishidan
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
30 июл., 06:37
⏳ Ilm tanaffuslarni yoqtirmaydi...Kunlik ishlar, ma'muriy vazifalar, turli uchrashuvlar va qog'ozbozliklar... Ba'zan faoliyatimizdagi funksional vazifalar shu qadar ko'payib ketadiki, "bugun charchadim, maqolani ertaga ko'raman" yoki "dam olish kuni dissertatsiyaga o'tiraman" deymiz.Lekin bitta yozilmagan qoida bor: tanaffus qancha cho'zilsa, tadqiqotga qaytish, miyani yana o'sha ilmiy chastotaga moslash shunchalik qiyinlashib boradi.Ilm uzilishlarni, uzoq tanaffuslarni kechirmaydi. O'zim ham universitetdagi tashkiliy ishlar, xalqaro hamkorlik masalalari va bitmas-tuganmas kundalik vazifalar bilan o'ralashib, ba'zan qimmatli ilmiy vaqtimni boy berib qo'ygan paytlarim bo'ladi.Men bu postni sizlarga "vaqtni mukammal boshqaradigan, hamma narsaga ulguradigan" ideal inson sifatida yozmayapman. Aslo. Buni, eng avvalo, o'zimga kichik bir tanbeh, keyin esa sizga — xuddi men kabi shu
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
24 июл., 14:58
📌 Bepul Q1 jurnalga maqola qabul qilindi.Yana bir kichik, lekin men uchun muhim ilmiy natija: Q1 darajasidagi bepul jurnalga topshirilgan maqolamiz nashrga qabul qilindi.Jarayon qisqa bo‘lmadi: Submitted: 31-avgust, 2025 Last update: 26-aprel, 2026 Accepted: 21-iyul, 2026Ya’ni maqola topshirilgandan qabul qilingungacha deyarli 11 oy vaqt ketdi.Bu nimani ko‘rsatadi? Bepul jurnal degani — “tez va oson chiqadi” degani emas. Aksincha, kuchli jurnallarda jarayon uzoq bo‘lishi mumkin: — editor tekshiruvi; — reviewer taqrizlari; — revision; — qayta ko‘rib chiqish; — yana kutish;
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
23 июл., 16:43
🚜 Q4 Scopus, bepul jurnal topdim — lekin topilma tarixi undan ham qiziqBugun qishloq xo‘jaligi muhandisligi yo‘nalishida ishlayotgan tadqiqotchilar uchun foydali jurnal topdim: agricultural engineering.eu Bu jurnal Scopus’da indekslanadi, SCImago bo‘yicha Q4 kategoriyada ko‘rinmoqda va eng muhimi — APC yo‘q, ya’ni maqola chop etish bepul. Lekin bu topilmaning eng qiziq tomoni jurnalning o‘zi emas. Men bu jurnalga oddiy Google qidiruvi orqali emas, o‘zimning maqolamga iqtibos keltirgan boshqa maqola orqali kirib bordim. Ya’ni jarayon shunday bo‘ldi: 1️⃣ Avval o‘z maqolamga kimlar citation berganini ko‘rdim. 2️⃣ Citation bergan maqolani ochdim. 3️⃣ U qaysi jurnalda chiqqanini tekshirdim. 4️⃣ Jurnalning scope, indeksatsiya, APC va peer-review siyosatini ko‘rib chiqdim. 5️⃣ Natijada agricultural engineering.eu degan bepul Scopus jurnalga chiqdim. Mana shu juda muhim. Ko‘pchilik jurnalni
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
20 июл., 10:44
Rejection har doim “maqola yomon” degani emas.Ba’zan maqola yaxshi bo‘ladi, lekin u noto‘g‘ri jurnalga yuborilgan bo‘ladi.Maqolani topshirishdan oldin jurnalni kamida 3 tomondan tekshiring:1️⃣ Scope — jurnal aynan sizning mavzuni qabul qiladimi? 2️⃣ Recent papers — oxirgi 2–3 yilda siznikiga o‘xshash maqolalar chiqqanmi? 3️⃣ Method level — sizning metodologiyangiz jurnal standartiga mosmi?Agar bu uchalasi mos kelmasa, kuchli maqola ham rad bo‘lishi mumkin.Maqola yozish — ilmiy ish. Jurnal tanlash esa strategik ish.👇 Sizda ham maqola rad bo‘lgach, keyinroq “men noto‘g‘ri jurnal tanlagan ekanman” degan holat bo‘lganmi?
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
18 июл., 13:28
Bugun tadqiqotchining savoli “AI ishlataymi yoki yo‘qmi?” emas.To‘g‘ri savol: “AI’ni qanday rolga qo‘yaman?”Agar AI’ni muallif qilsangiz — xavf katta. Agar AI’ni reviewer, editor va metodik auditor qilsangiz — foyda katta.Maqola topshirishdan oldin AI’dan 3 narsani so‘rang:Research gapim aniqmi? Metodologiyamda zaif joy bormi? Reviewer meni qayerdan urishi mumkin?AI siz uchun ilm qilmaydi. Lekin ilmiy ishingizni sinovdan o‘tkazishda yordamchi bo‘la oladi.👇 Siz AI’dan ko‘proq nimada foydalanasiz: maqola yozishdami, tarjimada, jurnal tanlashda yoki reviewer sifatida tekshirtirishdami?
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
16 июл., 13:48
🕸 ILMIY ISHINGIZNI "O‘RGIMCHAK TO‘RI"GA AYLANTIRING!Elsevier yoki Springer kabi nufuzli jurnallarda chiroyli "Ilmiy tarmoq" (Network Visualization) grafiklarini ko‘rganmisiz?Ko‘pchilik buni yaratish uchun murakkab dasturlashni bilish kerak deb o‘ylaydi. Aslida esa hammasi oson!Agar siz Adabiyotlar sharhi (Literature Review) yozishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, yuzlab maqolalarni o‘qib chiqishga hojat yo‘q.🎥 Videoda ko‘rsatganimdek: Men Connected Papers saytidan foydalanaman. Bu sun’iy intellektga asoslangan vosita sizga shunchaki ro‘yxat bermaydi, u sizga mavzuingizning "Xaritasi"ni chizib beradi.✅ Nega bu tadqiqotchi uchun zarur? Vizual xotira: Qaysi maqola "Ota" (asoschi), qaysi biri "Bola" (davomchi) ekanligini darrov ko‘rasiz. Vaqt tejaladi: 1 hafta kutubxonada qidiradigan ishingizni 5 daqiqada bajarib beradi. Yo‘qotishlarsiz: Google Scholar'da ko‘zdan qochgan
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
11 июл., 06:42
🛑 Bir muddat nega jim qoldim?Telegram kanalda anchadan beri yozolmadim. Aslida, iyul oyida kurs va konsultatsiya xizmatlarini faol boshlashni rejalashtirgan edim. Lekin bu start kutilganidan kechroq qolmoqda. Sababi oddiy: so‘nggi haftalarda o‘zimning ilmiy faoliyatimdagi juda muhim bosqichlar bilan band bo‘ldim.Birinchidan, PhD dissertatsiyam ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshidagi ilmiy seminarda rasmiy muhokamadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu oddiy yig‘ilish emas. Dissertatsiyadagi har bir natija, ilmiy yangilik, metod, tajriba va xulosa mutaxassislar oldida muhokama qilinadigan jiddiy bosqich. Endi oldinda yetakchi tashkilot muhokamasi va asosiy himoya turibdi.Ikkinchidan, Q2 jurnalga topshirilgan maqolamiz bo‘yicha reviewerlarning ikkinchi bosqich taqrizlariga javob tayyorlash bilan shug‘ullandim. Yana savollar. Yana tuzatishlar. Yana dalillar. Yana qayta hisob-kitob va
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
3 июл., 18:21
#tadqiqotchi #fikri🛑 Ilmiy krizis: “Mening mavzum dolzarb emas shekilli...”Ba’zan tadqiqotchining eng og‘ir raqibi reviewer ham, ilmiy kengash ham, rahbar ham emas.Eng og‘ir raqib — uning ichidagi ovoz.“Mening mavzum eskirib qoldi.” “Boshqalarning tadqiqoti ancha kuchli.” “Men juda oddiy narsa bilan shug‘ullanyapman.” “Balki bularning hech kimga keragi yo‘qdir...”Bu fikrlar birdan paydo bo‘lmaydi.Ular uzoq davom etgan tajribalar, qayta-qayta yozilgan maqolalar, rad javoblari, natijasiz kunlar va boshqalarning tayyor yutuqlarini kuzatishdan keyin asta-sekin ichimizga joylashadi.Boshqalarning maqolasi chiqqanini ko‘ramiz. Uning natijasini ko‘ramiz. Lekin uning qancha marta adashganini, qancha oy natija ololmaganini, necha bor o‘z mavzusidan shubhalanganini ko‘rmaymiz.
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
29 июн., 09:35
переслано из @ilmmetriyauzb
📢 Research Smart🗓 2026-yil 30-iyun Mavzu: Journal Citation Reports™ 2026Journal Citation Reports™ (JCR) 2026 nashri ilmiy hamjamiyatga ilmiy jurnallarning samaradorligi va ilmiy ta’sirini baholash uchun ishonchli hamda shaffof ko‘rsatkichlarni taqdim etadi.Vebinarda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:JCR 2026 ning asosiy yangiliklari; jurnal ko‘rsatkichlari va qamrovidagi o‘zgarishlar; ilmiy nashrlar va iqtibos keltirish tendensiyalari tahlili; mualliflar, muharrirlar, kutubxonachilar hamda ilmiy loyihalar rahbarlari uchun JCR imkoniyatlari; jurnal darajasidagi ko‘rsatkichlardan, jumladan Journal Impact Factor (JIF) dan mas’uliyat bilan foydalanishning ilg‘or amaliyotlari. JIF JCR profilida ochiq foydalanish (Open Access) va mualliflar hissasi haqidagi ma’lumotlar bilan birgalikda taqdim etiladi.Vebinar yakunida amaliy misollar namoyish etiladi hamda jonli savol-javob (Q&A)ZoomVideo Conferencing, Web Conferencing, Webinars, Screen SharingZoom is the leader in modern enterprise video communications, with an easy, reliable cloud platform for video and audio conferencing, chat, and webinars across mobile, desktop, and room systems. Zoom Rooms is the original software-based conference room solution…
Dilmurod Akbarov | Ilm va Strategiya
28 июн., 07:01
Notebooklm juda zor . kopchilikka tavsiya qilaman. ayniqsa chet tilidagi manbalar bilan ishlashda qulay. adabiyotlarni organish va tahlil qilishda ishni ancha osonlashtiradi va tezlashtiradi. vaqtni tejaydi.
