gram news
Аватар канала Dilnozaxon Kattaxonova

Dilnozaxon Kattaxonova

@dkattakhanova

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring

ПроектыUZПолитикаПодтверждён Telegram

4,280подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Dilnozaxon Kattaxonova

    22 сент., 04:55

    переслано из @sshmirziyoyeva

    Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
    67022106Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    21 сент., 05:20

    Ayollarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanadi🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
    4,760видео4626171Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    20 сент., 09:18

    Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    1,630видео231343Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    19 сент., 12:40

    🇺🇿Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi.#Mirziyoyev #Qoraqalpogiston
    1,710видео1882Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    19 сент., 08:41

    🇺🇿Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonda bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasini qo‘ydi.Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
    1,47020421Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    19 сент., 07:22

    ⚡️2027-yil Qoraqalpog‘istonga yirik loyihalarni amalga oshirish uchun 5 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi.Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5 foizdan 12 foizga tushiriladi.Cho‘l hududlarida ozuqa yetishtirishni ko‘paytirish uchun Misrdan mutaxassislar va texnologiyalar jalb etiladi. Chorvachilik uchun Osiyo taraqqiyot bankidan olinayotgan 60 million dollar kredit va 8 million dollar grant birinchi navbatda shu loyihaga yo‘naltiriladi.Qoraqalpog‘istonda 30 ming gektarda sho‘rga chidamli olxo‘ri va kechki o‘rik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi.
    1,39016321Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    19 сент., 06:42

    🇺🇿Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi.Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.“Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish boshlanadi.Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million dollarga yetkazish vazifasi
    1,36016651Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    18 сент., 14:22

    🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi faoliyati bilan tanishdi.
    1,390видео2395Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    18 сент., 14:04

    🇺🇿Bugun Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safarini mamlakatimiz yetakchisi, marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrifdan boshladi.Yurtboshimiz Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bog‘i hamda “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, tumanda tashkil etilgan issiqxona majmuasi bilan ham tanishdi.
    1,48012761Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    18 сент., 05:06

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетит Республику Каракалпакстан.В ходе двухдневной поездки глава нашего государства ознакомится с проектами в сферах промышленности, сельского хозяйства, образования, медицины, транспорта, туризма и спорта, а также с работой по обеспечению занятости населения и благоустройству махаллей. Планируется также
    1,760171231Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    17 сент., 06:47

    O‘zbekiston Birinchi xonimi "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" sammiti doirasidagi madaniy dasturda ishtirok etdi.Telegram | Facebook | Instagram
    2,080видео36238Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    16 сент., 15:57

    👥Bosh yuriskonsult lavozimiga ochiq tanlov e’lon qilinadiO‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida faoliyat yurituvchi Bosh yuriskonsult lavozimiga munosib va malakali nomzodlarni tanlab olish maqsadida ochiq tanlov o‘tkaziladi.Nomzodlarga qо‘yiladigan talablar:Oliy yuridik ma’lumotga ega bо‘lish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bо‘yicha professional о‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bо‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan hamda belgilangan namunadagi diplomga ega bо‘lish;Yuridik mutaxassislik bо‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bо‘lish;Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, tahlil qilish va huquqiy ekspertizadan о‘tkazish, shuningdek, bu boradagi elektron platformalarda ishlash bo'yicha bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lish;Tartibga
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    16 сент., 04:06

    переслано из @qurbonova_a

    “9 soat”ning siri nimada?“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi,
    1,430видео381944Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    15 сент., 15:21

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:📌Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;📌Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi;📌Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;📌Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan;📌O‘zbekistonning tabiiy resurslari,
    1,850191421Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    15 сент., 13:49

    🇺🇿🇰🇷Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #vatandoshlar
    2,09020164Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    14 сент., 18:45

    переслано из @oilavaxotinqizlar_uz

    Jizzaxdagi oilaviy zo‘ravonlik holati Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi nazoratiga olindiXabar kelib tushishi bilan Qo‘mitaning Jizzax viloyati boshqarmasi mas’ullari shifoxonaga borib, jabrlanuvchi va uning farzandi holidan xabar oldi. Ayni paytda ona va bola shifokorlar nazoratida, ularga zarur tibbiy, huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, oila so‘nggi uch oy davomida doimiy yashash manzilidan boshqa joyga ko‘chib, ijarada istiqomat qilgan.Shu bois mahalla “yettiligi” bilan birgalikda hududlarda ijarada va vaqtincha istiqomat qilayotgan oilalar bilan manzilli ishlash, ularning holatidan muntazam xabardor bo‘lish hamda tazyiq va zo‘ravonlik xavfini erta aniqlash mexanizmlari kuchaytiriladi.Inson qayerda yashashidan qat’i
    1,96037205Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    13 сент., 04:50

    🇺🇿🇰🇷Davlat tashrifi bilan Seul shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz samimiy kutib oldi.#Mirziyoyev #tashrif #Koreya #vatandoshlar
    3,000видео41145Открыть в Telegram
  • Dilnozaxon Kattaxonova

    11 сент., 14:56изменён

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.Yig‘ilishda Toshkent shahrida investorlar bilan ishlash tizimi samaradorligi ham ko‘rib chiqildi.Olmazor tumanida mahalla va ko‘chalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.Poytaxtning tarixiy qismi – Eski shahar hududiga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 1-noyabrga qadar mazkur hududni rivojlantirish bo‘yicha yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfelini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Mahallalarda kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
    3,430201384Открыть в Telegram