Последние посты

Doctor Feruz
21 сент., 15:11
Yangi loyihamiz haqida sörab turishibdi.Tez kunlarda taqdim qilamiz. Oz qoldi.Shuni ustida anchadan beri ğayrat qilyapmiz.Baraka va xayr sörab, duo qilib turinglar. Rahmat!@doctorferuz


Doctor Feruz
17 сент., 18:02
Chapdagisi 4 yil avvalgi rasmim edi.Yangilangani (oʻngdagi) esa kecha tushganim. Farq bormi? Qaribmanmi? 👴🏼@doctorferuz



Doctor Feruz
14 сент., 15:23изменён
«Nima qilishni bilaman. Lekin nega qilolmayapman?»Bizga murojaat qilgan minglab ayollarning hikoyalarida shu ichki kurash bor: yana boshlash, yana va’da berish, yana o‘zini ayblash…Shu ichki ovozlardan AI bilan she’r yozdim va Suno’da qo‘shiqqa aylantirdim. Klipi ham tayyor (uni ham o‘zim tayyorladim Claude+Premiere)"Faqat natija yetmaydi, Halovat kerak menga..."Balki unda siz ham o‘zingiz aytolmagan gaplarni eshitarsiz.🎧 YouTube: https://youtu.be/TEiym58z0VM@doctorferuz


Doctor Feruz
10 сент., 16:41
Yuqoridagi Instagram skrinida shunday izoh yozishibdi:Men bu ongli ozishda 4 yil avval o‘qigandim. Hozir oilaviy to‘g‘ri va ongli ovqatlanamiz.Shu «oilaviy» degan joyiga xursand bo‘ldim.Ozishim kerak, deganimzda odatda ko‘z oldimizga alohida ovqat qilish yoki alohida menyu keladi. Oilaga boshqa ovqat, o‘zimizga esa boshqa ovqat.Lekin uyda ovqat bir qozonda pishadi.Deylik, bugun palov bo‘ldi. Hamma dasturxon atrofida. Faqat siz ozmoqchi bo‘lganingiz uchun oilangiz ham boshqa taom yeyishga o‘tib ketmaydi-ku.Tayyor menyu qo‘l kelishi mumkin. Lekin undagi ovqat uyda bo‘lmasa-chi? Yana kimdandir nima yeyishni so‘raymizmi?Eng qizig‘i, siz so‘ragan odamingiz yana menyu yoki cheklovlar ro‘yxatini bersachi?Men sizning har safar «buni yesam bo‘ladimi?» deb ruxsat kutib qolishingizni xohlamayman.O‘zingiz ham nimaga qarab tanlashni tushunib borsangiz deyman. Uyda ham, mehmonda
Doctor Feruz
9 сент., 11:02

Doctor Feruz
9 сент., 07:21изменён
Har tarafdan kommentlar, savollar kelyapti.Tanishlar, yaqinlarim ham savollarga ko‘mib yuborishdi.Asosan bitta savol: "Nega yopilyapti?"Bu savolga javob beraman. Faqat hozir emas.Rostdanam Ongli Ozish kursi yopildi. Kecha va bugun, ikki kun ichida jamoamiz 90% ga qisqardi.Lekin men yopilmayapman, tark qilmayapman.Bu ish uchun tanamda mavjud barcha resurslarni safarbar qilganman va shunday bo‘lib qolsa kerak (hech kimga kerak bo‘lmay qolsa ham).@doctorferuz


Doctor Feruz
8 сент., 09:34изменён
Ongli Ozish dasturi bugun tarixga aylanadi...Bugun Ongli Ozish loyihasi 4 yoshga to‘ldi va aynan bugun bu loyihani rasman yopdik.To‘g‘ri o‘qidingiz, Ongli Ozish kursi yopildi.Hozir kursda o‘qiyotganlar xavotir olmasin. Boshlaganlarimiz bilan va’damizdek oxirigacha yetkazamiz.Lekin bundan keyin Ongli Ozish nomi bilan yangi qabul bo‘lmaydi.Shu kungacha 13 396 kishi dasturimizda qatnashibdi.Biz ularni “o‘quvchi” deb atagan bo‘lsakda, lekin hech qachon shunchaki o‘quvchi deb qaramadik. Jamoamiz bilan ularning har birini o‘z yaqinimizdek ko‘rdik.Har biriga foydamiz tegishi uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qildik.Xatolarimiz ham bo‘ldi. Buni yashirmayman.Ongli Ozishda o‘qiganlarga bir gap aytmoqchiman: mendan sizlar qancha o‘rgandingiz bilmayman. Men sizlardan judayam ko‘p narsa o‘rgandim. Buning uchun rahmat.
Doctor Feruz
6 сент., 16:25изменён
Biroz avval Youtube kanalimga video joyladim:👉 https://youtu.be/gpfnmO7yr9E?si=HbMnfRJcBtSoI9gzNega qayta semirishingiz sababini bilib olishingiz mumkin.Bu video avval yopiq turardi. Qayta joylab, ochdim.@doctorferuz


Doctor Feruz
6 сент., 08:54изменён
OGOHLIK DAVR TALABI!Shu kanalimda turli reklamalarni köryapsiz. Xatto hozir ham shu postim ostida qandaydir reklama xabari turibdi.Kanalimda qilinadigan reklamalarni men, kanal egasi sifatida öchirib qöyolmayman. Ularni cheklay olmayman ham.Öchirish mumkin, faqat kanalni kamida 50-darajaga olib chiqish kerak. Bu esa deyarli imkonsiz.Kanalingizda yozgan ekansiz, shuning uchun pul tölagandim...kabi va shunga öxshash xabarlar kelib turibdi.Iltimos, shoshilmang, e’tiborli böling!DIQQAT, QAYTA ÖQING!@doctorferuz


Doctor Feruz
5 сент., 15:51
8-QISM. DUGONA“Mavhum, bu senmisan? Nargizaman. Yangi raqamim shu. Seniki haliyam o‘sha ekan.”Mavhumaxon bu kim ekan deb, unga yozgan ayolning profilini ochdi. Rasmda bir dasta gul, ism o‘rnida esa bitta harf. Nargizani shundan qanday tanisin? Dugonasi bilan anchadan beri gaplashmagandi. Oxirgi safar “bir kuni bemalol o‘tirib gaplashamiz” deyishgan, o‘sha kun esa kelmagan edi.Mavhumaxon qo‘ng‘iroq qildi. — Nargiza, o‘zingmisan? Qayerlarda yuribsan? — O‘zim shu yerdaman. Seni reklamadan topyapmiz endi!Dugonasining kulgisini eshitib, Mavhumaxon ham kuldi. — Qanaqa reklama, o‘zim ham hozir ko‘rib turibman. — Bir qarashda tanimadim. Keyin yuzingni kattalashtirdim. Qarasam sen! Voy, buncha ozib ketibsan, rostdanam rasmdagi o‘zingmi?Mavhumaxon stuliga qulayroq o‘tirib oldi. Nargiza bilan gaplashganda o‘zini ishxonadagi Mavhumaxon opadek his qilmasdi.— O‘zing yaxshimisan? Uydagilar
Doctor Feruz
30 авг., 15:17
Tanadagi yogʻlarni yondiruvchi kapsulalar haqida video olgandik.Youtube’ga joyladik. Mabodoga havolasi: https://youtu.be/PpObJRA-A8A?si=0tHxsaXquOVfgKqa
Doctor Feruz
27 авг., 08:51
Shu rasmdan keyin McDonalds aksiyalari tushib ketgan edi...Arxivdan (2023)@doctorferuz


Doctor Feruz
25 авг., 14:55изменён
Goʻja ichib olay deb, 5 daqiqaga mahalladagi skamekaga oʻtirgandim.Yonimda chamasi 4-5 yoshlik bola bolgʻacha bilan toshlarni oʻynayapti.Bola maza qilib oʻynayapti. Kuzatib turibman hammasi yaxshi, xavotirli hech narsa yoʻq.Lekin bobosi shu qisqa vaqt ichida faqat qilma, tegma, olma, ushlama, urma degan gaplarni aytyapti.Har safar faqat bitta gap: ta’qiq.Bolaga nima qilmasligini aytyapsizu, nima qilishini ham aytingda, devorishimga sal qoldi.Shu 5 daqiqa ninani ustida oʻtirgandek boʻldim. Goʻjani qayerimga ichganimni ham bilmay qoldim.Nima uchun qilish kerak? Nima uchun qilmasligi kerak?Bu haqida bolaga tushuntirilmasa, variantlar berilmasa va eng muhimi hech bir sababsiz shunchaki katta odam soʻzini oʻtkazish uchun qil/qilma deyaversa bola kelajakda robotga yoki zombiga aylanadi.Vazn ortishi masalasida ham ota-onalarni bolaga tushuntirmasdan qil/qilma deyishlari
Doctor Feruz
25 авг., 07:01
Ambivalentlik haqida kim nima biladi?Kanal pastidan yozing…@doctorferuz
Doctor Feruz
23 авг., 15:00
7-QISM. OLDIN — KEYINKatta tanaffusda ayollar tushlikka o‘tishdi. Mavhumaxon esa ishini bahona qilib xonasida qoldi. Ertalab o‘ziga bergan va’dasi esida edi: kechgacha hech narsa yemaydi.Telefoniga Mavhumbekning opasi oilaviy guruhga tashlagan suratlar kela boshladi. Mavhumaxon birma-bir ko‘rib chiqib, dasturxon yonida olingan rasmda to‘xtadi. Boshqalardan sal chetroqda turibdi, lekin ko‘ylagi o‘ziga yaxshi tushgan, yuzi ham ancha ochiq ko‘rinardi.Mavhumaxon rasmni telefoniga saqladi. Keyin nima uchundir Telegramdagi hikoyasiga qo‘ydi. Tagiga gap ham yozmadi. Kimlar ko‘rishini o‘ylamasdan, hikoyasini yana bir marta ochib ko‘rdi-da, telefonni chetga qo‘ydi.Oradan ko‘p o‘tmay telefonida anchadan beri ko‘rinmagan ism paydo bo‘ldi: “Mavhumaxon opa, natijangiz muborak bo‘lsin! Sizni guruhimizdagilarga ham ko‘rsatdik.”Xabar uch yil oldin qatnashgan ozish marafonining kuratoridan
Doctor Feruz
22 авг., 20:45изменён
Gap 10000 qadamda ham, 2824 qadamda ham emas.Avval sizlardan: “Nega bu ozish ilovasi menga 10000 emas, aynan 2824 qadam qo‘ydi?” deb so‘ragandim.3–4 kishi turli taxminlar yozdi. Asl javobi raqamning o‘zidan qiziqroq.Bu ilova hammaga bir xil vazifa bermaydi. Oldingi faolligingizga qarab, ayni vaqtda uddalay olishingiz mumkin bo‘lgan keyingi kichik marrani belgilaydi.Shuning uchun bir safar 2824, boshqa safar 2504 chiqishi mumkin. Ilova hammaga yoki har kunga bitta qat’iy son qo‘ymaydi.Maqsad sizni boshqalar bilan emas, oldingi natijangiz bilan solishtirish.Bu safar menga 2504 qadam qo‘yilgan edi. Men 2938 qadam yurdim. Vazifa bajarildi.Kecha 2504 qadam yurgan bo‘lsangiz, bugun 2506 bo‘lsa ham, oldinga siljidingiz. “Atigi ikki qadammi?” degishingiz mumkin. Mayli, muhimi, kechagi holatingizda qolmadingiz.Bir qaraganda juda oddiy detal.Lekin xulq-atvorni uzoq muddatga


Doctor Feruz
22 авг., 15:24
Qadamlardan boshlaymizmi yoki birinchi Mavhumaxonni navbatdagi qismimi? Qadamlar — 👍 Mavhumaxon — ❤️ @doctorferuz
Doctor Feruz
22 авг., 12:41
Bu “Ozish” ilovasida qadamlarga 2,824 qoʻyilgan ekan. Qiziq?! Nega 10,000 qadam emas? Nega 2,824 qadam yurish yetarli? Nega aynan bu raqam? Nima deb oʻylaysiz? (Yozing…) @doctorferuz
Doctor Feruz
17 авг., 17:40изменён
⚡️Tezkor xabar: Doctor Feruz hibsga olindiOʻz uyida jonli efir qilayotgan vaqtda poltsiya hodimlari tomonidan ushlangan.Bu video sun’iy intellektda qilinganini texnologik odamlar bir koʻrganda biladi. Lekin yoshi kattalar, texnologiyani uncha tushunmaydiganlar buni haqiqat deb biladi.Bu videodagi holat haqida qarindoshlar ota-onamga aytishibdi. Yaxshiyam-ki shu vaqtlarda ularni yonida edim.Shunda boʻlsa ham “Hammasi joyidami, rostdan tinchlikmi?” deb qayta-qayta soʻrashdi. Bu video ularga yomon ta’sir qilganini sezdim.“Bundan keyin men haqimda bunaqa videolar koʻp boʻlishi mumkin, hecham e’tibor bermanglar, hozir sun’iy intellekt bilan xohlagan narsani qilish mumkin” deb ularni tinchlantirdim.Xullas, bunaqa videolarga uchmanglar. Doktor Feruz tavsiya qilyapti deb turli mahsulotlarni sotib olmanglar. Aqllaringni ishlatinglar.Ozdiruvchi kapsula va boshqa mashulotlarni
Doctor Feruz
7 авг., 15:15
6-QISM. QARZBirinchi qoshiqdan keyin Mavhumaxonning ichidagi taranglik sal bo‘shadi.Osh mazali edi. Ertalabdan beri och yurgani uchunmi, guruchning ham, go‘shtning ham ta’mini alohida sezayotgandek bo‘ldi. Avval shoshmay yedi. Har ikki-uch qoshiqdan keyin likopchasiga qarab, qancha yeganini ichida chamalardi.Keyin ertangi kun yodiga tushdi. Nonushta qilmaydi. Tushlik ham yemaydi. Demak, bugungi oshning o‘rni allaqachon topilgan. Shundan keyin qoshiqni qo‘yishi qiyinlashdi.Endi dasturxon atrofida hech kim uning nima yeyayotganiga qaramayotgandi. Ularning o‘rniga Mavhumaxon o‘zi qarardi. Qorni to‘yayotganini sezgan paytda likopchasida uch-to‘rt qoshiq osh qolgandi. To‘xtasa bo‘lardi. Ammo ertaga baribir och yuradigan odamning bugun likopchasida osh qoldirishi behudadek tuyuldi. U qolganini ham yedi.Choy yangilanib, dasturxonga shirinlik qo‘yilganda Mavhumaxon olmadi.
