gram news
Аватар канала Isroil Tillaboyev blogi

Isroil Tillaboyev blogi

@domlajon

✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 Реклама учун: @isroilbey https://t.me/boost/domlajon https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S

20,516подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Isroil Tillaboyev blogi

    14 нояб., 06:41изменён

    Murodov Erkin Ergashevich Taʼlim va ilm-fan vazirligining Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.Shu tayinlov eng munosib tayinlov bo‘ldi. Bu lavozim vazir o‘rinbosari bilan tenglashtirilgan, yaʼni maktablarga javobgar birinchi asosiy shaxslardan biri. Erkinjon aka avvallari Maktablar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan, bir necha yil bu lavozimda katta o‘zgarishlar qildi. Juda kamtar va indamasdan o‘z ishini puxta bajarib yuradigan kuchli, tajribali kadr. Yodlaringda bo‘lsa, Xalqaro kimyo olimpiadasi ochilish marosimida suhbatlashgan edik aka bilan.Erkinjon Murodovga katta masʼuliyatli lavozimda omad tilaymiz!@domlajon t.me/domlajon
    3,08031235Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    14 нояб., 05:48изменён

    O‘rtoqlar, matematika attestatsiyasida tushgan bitta misol bor, ko‘ngilli 3-4 ta ustoz kerak, lichkamga yozvoringlar vaqtga qo‘yib ishlab berishlaringiz kerak. Ism sir saqlanadi.P. S: bo‘ldi rahmat, berildi.@domlajon t.me/domlajon
  • Isroil Tillaboyev blogi

    13 нояб., 13:26изменён

    Kecha katta bir uchrashuvda qatnashdik: O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi turli tegishli vazirlik va sohalarda faoliyat olib borayotgan bir guruh faollarni bir stol atrofida birlashtirdi.Erkin davra suhbati avvalida Respublika kengashi raisi Abduhalil aka Rahmonov faollarga kengashga yangi saylanganidan keyingi maqsadlarini batafsil gapirib berdilar. Rais allaqachon Taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov hamda vazir o‘rinbosari Mehriniso Pardayeva bilan uchrashib, pedagoglarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha rejalarini aytib, hamkorlikni boshlabdi.Bizga ham ochiq tan olib aytib o‘tdi: endilikda kasaba uyushmasini sovg‘a beruvchi tashkilot emas, o‘qituvchilarning qonuniy huquqlarini himoya qiluvchi katta mavqeli tashkilotga aylantirishimiz kerak, dedi. Bu ish oson emasligini, bunda avvalo tashkilotlar rahbarlari va o‘qituvchilarning uyushmaga qarashlarini o‘zgartirish uchun biroz vaqt ketishini, amaliy ishlar, harakatlar qilinaversa, buni sekin-asta hamma tushunib yetishiga erishish mumkinligini taʼkidladi.Respublika kengashi raisidan bunday ochiq, o‘z-o‘ziga tanqidiy qarashni eshitish yaxshi hol, rais va jamoasi bunga yurakdan tayyor ekanligi ko‘rinib turibdi.Umuman olganda, so‘nggi yillarda aynan fan va taʼlim kasaba uyushmasi o‘qituvchilarga katta yordam beryapti, lekin bu ishlarini yoritishda orqada. Buni huquqshunos Bahodir Ahmedov ham aytdi: qaysidir kichik agentlik yarimta narsasini jamoatchilikning qulog‘ini kar qilgudek vahima bilan ko‘rsatadi, lekin mana, hamma sudlarda kasaba uyushmasi vakillari o‘qituvchilarni himoya qilib tikka turadi, ammo buni uyushma hech ham ko‘rsatmaydi, dedi. Biz ham guvohmiz: so‘nggi yillarda uyushmaga o‘qituvchilarni qiynaydigan masalani aytgan zahotimiz u zudlik bilan vazirlikka rasmiy xat yuborib, masalani ijobiy hal etmoqda. Masalan, B2 sertifikati bo‘yicha ham har yili vazirlikka borib, o‘qituvchilar huquqlari yuzasidan muzokaralar o‘tkazganiga guvohmiz. Umuman olganda, uyushma odatda jimgina ishlab, orqa frontdan yordam beradi, bilsa haq bilsin, deya.Endilikda qilmoqchi bo‘lgan ishlarini eshitib xursand bo‘ldik. Har bir chekka joydagi o‘qituvchilar ham yagona kasaba uyushmasi yordamini his qilishiga erishish — Abduhalil Rasulovichning maqsadi. Bu borada biz bilan ham doimiy hamkorlikda loyihalar qilishga chaqirdilar. Yordamga tayyormiz, birgalashib ustozlarga yordamimiz tegsa, doimo xursandmiz. Shuningdek, bizni uyushma nomidan sertifikatlar bilan ham taqdirlashdi.Fursatdan foydalanib, ayni kunlarda o‘qituvchilarni qiynayotgan masalalarni ham yetkazdik. Tegishli o‘rganishlarni boshlashga kelishib oldik.Xullas, yaqin orada ustozlar uchun manfaatli, ularning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan yangi loyihalarni eʼlon qilamiz.Kasaba uyushmasi Respublika kengashiga mana shunday samimiy, ochiq taklif uchun, muhimi, katta o‘zgarishlar sari qadamlar uchun minnatdorlik bildiramiz!@domlajon t.me/domlajon
    5,560видео42371Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    13 нояб., 11:59изменён

    O‘tgan yili tarix fani attestatsiyasi bo‘yicha tarixchilarni attestatsiyaga tayyorlaydigan ustoz Jalol Boltayev bir o‘zi kanalida tarix fani o‘qituvchilarini attestatsiyasi bo‘yicha tinmasdan yozib chiqdi, oxiri "Tanaffus" podkastigacha chiqib, darslik muallifi bilan bahs qilib, testni xatoligini isbotlab berdi, sudlardayam yonida turdi. Oxiri yengib, maqsadiga erishdi.O‘tgan yil ham, bu yil ham matematiklar dod deb chiqdi. Ayniqsa bu attestatsiyada. Men o‘zim bilgan, matematiklar attestatsiyasiga tayyorlovchi xuddi Jaloldek va undan katta va ko‘p auditoriyani tayyorlaydigan matematika repetirorlar kanallariga qaradim. Guruhlarida o‘zlari tayyorlagan ustozlar dod deyotibdi, lekin o‘zlari bir og‘iz biron munosabat bildirmagan. Ertalab videoni tayyorlagan Qoraqalpog‘istonlik ustozgina zo‘r video tushuntirish qilibdi, Mukam ekan ismlari, baraka topsin, kanalimga joyladim. Lekin qolganlari jim. Albatta, bu ularning huquqi, ularning hech qanday majburiyati yo‘q. Lekin har oy shularni tayyorlab, rasmiy bir kanalda yozilganidek minglab dollar ishlayotgan repetitor ustoz mana shunday paytda ham o‘z shohirdlari yonida dardiga sherik bo‘lmasligi men uchun g‘alati. Masalan ular tushgan misollarni va darajasini mendan yaxshi bilishadi. Hech yo‘q mening postlarimni o‘zlarini kanaliga ham qo‘ymagan. Qaytaraman, ularning hech qanday majburiyati yo‘q, ular pulini olib attestatsiyaga tayyorlagan, yaʼni asosiy ishini bajargan. To‘g‘ri. Lekin....Shunchaki men uchun g‘alati ko‘ringani uchun buni negadir yozgim keldida. Hech qanday boshqacha tushunmanglar buni. Jalolga esa tarixchilar nomidan yana bir bir rahmat aytaman. Bu yil tarix fani attestatsiyasi 90-100 bo‘lib yotibdi mana. Hammani omadini bersin, attestatsiyachilarga insof.@domlajon t.me/domlajon
    TelegramIsroil Tillaboyev blogi✍️Блогер Исроилжон Тиллабоевнинг шахсий мулоҳазалари канали Гуруҳга марҳамат: @domlajon1 Реклама учун: @Tillaboyev_ads_bot https://t.me/boost/domlajon https://t.me/+WUqwChJg0-U5y_0S
    9,5108257209Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    13 нояб., 05:28изменён

    Mana bu videoda juda to‘g‘ri, aniq savollar ko‘tarilibdi. Domlani asabiga qoyil, qaysi magniy icharkan, so‘rasak bo‘larkan.Har bir savoliga mas’ul tashkilot — VAZIRLIK javob berishi kerak.Avvalo, spetsifikatsiyadan boshlagan ekan bular matematiklarni sindirishni.Stereometriya bo‘limidan avval 5 ta masala tushar ekan, bu yilgisida 6 ta qilib qo‘yibdi. Bo‘lganda ham maktab darsliklarida bu masalalar hech ishlanmaydigan, darsliklar ro‘yxatida yo‘q bo‘lgan fazoviy jismlar kesimlari haqidagi masalalar tinmasdan tashlangan. Ba’zi o‘qituvchiga 2 ta, ba’zilariga 3 ta shunday masala tushgan.O‘zi, masalan, asosi parallelogramm bo‘lgan parallelepiped yoki piramida haqidagi kompyuterda yozilgan shartlarni sekin, birma-bir o‘qib, ketma-ket chizib chiqish uchun har qanday matematikka 3–4 daqiqa vaqt ketadi. Tezkorlik bilan shoshilinch chizsa, 2 daqiqa, deylik. Bu shunchaki masala shartini qog‘ozda to‘g‘ri tasvirlab olish uchun ketadigan vaqt, xolos. Undan keyin ishlash boshlanadi. Ya’ni bu 6 ta stereometriya masalasining har biriga kamida 7–8 daqiqa vaqt ketadi.Valiyomatlar buni bilgan, albatta. Har qanday matematikning vaqtini oladigan joy trigonometriya va stereometriya ekanini, aynan shuning uchun avval 5 ta bo‘lgan bu bo‘limni 6 ta qilishga qaror qilishgan. Buni matematiklardan chiqqan kimdir qilgan-da. O‘zingdan chiqqan baloga qayerga borasan davoga?!Undan keyin yana adabiyotlar ro‘yxati. Deb bergan ba’zi kitoblaridan umuman savol tushmagan. Masalan, 5-sinf matematika darsligini nega qo‘shgan? Undan hech narsa tushmagan-ku! Shunchaki qog‘oz to‘ldirishmi? Eng qizig‘i, yuqoridagi kesim masalalarining birortasi ular taqdim etgan kitoblarda yo‘qligini aytishmoqda. Bunaqa adabiyotlar ro‘yxatini nima qilasizlar? Ustidan kulyapsizlarmi?! Aytgancha, qog‘ozdan ham qiynalganini yozmoqdalar, chizmalarga qog‘oz kerak, pulini to‘lagan bo‘lsa nega qog‘ozdan qizg‘onasizlar? Yana bir Nyuton binomi savoli xato ekan, uni ishlashga 10 minut vaqt ketdi, demoqda, chunki biz matematiklarda shunaqa yaramas odatimiz borki, masala bir marta chiqmasa yana qayta urinaveramiz, 2-3 marta qayta ishlaydi, natijada bitta laʼnati xato misol ancha vaqtni yeb yuborgan. Bunga ham sizlar aybdorsizlar! Haa, aynan SIZLAR!Yana bir savol: bilishga 6 ta, qo‘llashga 7 ta, mulohaza yuritishga 7 ta masala berilishi aytilgan. Lekin pullik Claude variantga solingach, uning tahliliga ko‘ra, 15 ta masala mulohaza yuritishga oid, deyilmoqda ekan. Qaysi, nechanchi masalalar bilishga, qo‘llashga, mulohaza yuritishga oid ekanligi yozilmagan. Bilish, ya’ni shunchaki formula va qonuniyatni bilish orqali yechish mumkin bo‘lgan masala bir dona, deyishmoqda. Qolganini topib beringlar, tez!O‘sha Claude berilgan masalalarni o‘qituvchi 216 daqiqada yechishi mumkinligini aytmoqda. Mana sizlarga tuzgan ko‘peyka testlaringning ahvoli!Agar testologlaringizga tuzgan testlari natijasida nechta o‘qituvchi toifadan yiqilganiga qarab KPI beradigan bo‘lsangiz, o‘sha yana o‘zimizdan chiqqan matematiklarga 8500% ustama yozib beringlar! Maqsadlariga erishishibdi. Eng kuchli repetitorlar ham yiqilgan yoki zo‘rg‘a o‘tgan. Boshqalarni aytmay qo‘ya qolaylik.Keyin yana bir gap. Anavi attestatsiya tashkiloti o‘zining Instagram sahifasida odatda yuqori ball olib chiqqan o‘qituvchilardan intervyu oladi, rasmiy sahifasiga joylaydi.Kecha ko‘rib qoldim, erinmay sanab chiqdim: boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidan 85–100 ball olgan 61 nafar o‘qituvchining intervyusini joylashgan. Matematikaga kelganda esa bor-yo‘g‘i 3 nafar o‘qituvchini zo‘rg‘a topa olishibdi: 70, 82, 88 ball olganlardan. Topa olishmagan-da boshqa!Mana shunaqa paytda o‘qituvchilar o‘rtasida kasbiy birdamlik bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. To‘g‘ri, yuqoriroq ball olib chiqqan bo‘lsangiz, chiqib aytishga haqqingiz bor. Lekin 90 foiz o‘qituvchi dod deb, yoningizda asabiylashib, testdan norozi bo‘lib turganida, "Falon ball oldim", deb intervyu berish g‘alati, deb o‘ylayman.Ha, aytgancha, fiziklardan birorta ham intervyu joylanmagan. Balki shuncha ball olgan ham
    11,30075561241Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    13 нояб., 05:27

    https://youtu.be/Bb3QPYFbOYc?si=OR53LWdkQcWsLI6z@domlajon t.me/domlajon
    8,9801362Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    12 нояб., 15:47

    "Ассалому алейкум устоз яхшимисиз согликлариз яхшими менга ва бошка физикларга худди шу мисоллар тушди", — деб жўнатишди, физиклар нима дейсизлар?@domlajon t.me/domlajon
    5,94040207Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    12 нояб., 14:31

    Matematika va fizika o‘qituvchilari attestatsiya testlaridan norozi2026-yilgi kuzgi attestatsiya sinovlarida matematika va fizika fanlari bo‘yicha berilgan test topshiriqlarining murakkabligi, ularni bajarish uchun ajratilgan vaqt hamda o‘qituvchilar to‘playotgan ballar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.Pedagog va bloger Isroil Tillaboyev aniq fanlar bo‘yicha test topshiriqlari haddan tashqari murakkab tuzilayotganini tanqid qildi. Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi esa bildirilayotgan e’tirozlarga munosabat bildirdi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham attestatsiya sinovlari o‘qituvchilar orasida katta noroziliklarga sabab bo‘lgandi.Xususan, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari test topshiriqlarining murakkabligiga oid e’tirozlar bilan sudga murojaat qilgandi. Avvalroq esa, tarix fani o‘qituvchilari vazirlikni sudga bergandi.Batafsil — https://xalqtaliminfo.uz/post/1832Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.Telegram l Instagram l YouTube
    3,100102162Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    22 сент., 14:36

    #fidoyi_ustozBugundan sizlarga fidoyi ustozlar haqida turkum maqolalar, videolar tayyorlab, taqdim etib boramiz.Dastlabki qahramonimiz, bir-ikki emas, 150 nafar ustozni "Yil o‘qituvchisi" tanlovida g‘olib qilishga hissa qo‘shgan Dildora Rahmatjonovna!Dildora Rahmatjonovna o‘zining jamoasi bilan ustozlarni "Yil o‘qituvchisi" ko‘rik tanloviga tayyorladi va ularning 150 nafari g‘olib bo‘ldi. Bu, haqiqiy fantastik natija, hurmatli Prezidentimiz ustozlarga yaratgan imkoniyatidan foydalanib har biri 50 ming dollardan ziyod mukofot olgan 150 qahramon ustozlar!Har qanday jamiyatda ustozlar doimo boshlab yuradi, Dildora opadek fidoyilar esa shu ustozlarni oldinga boshlab yuradigan ilg‘or ustozlardir. Mana shunday ustozlar ortidan minglab ustozlarni olg‘a boshlagan fidoyilar, novatorlar tufayli tizimda eng ilg‘or bilimli o‘qituvchilar safi ko‘payib boraveradi.Qarshingizdagi ustozlar ana
    7,09035155Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    22 сент., 09:23

    Kontent markazi 1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "Ustoz bilan yuksalar avlod!" shiori ostida kreativ videoroliklar tanlovini e’lon qiladi. Ustoz — insonning o‘z yo‘lini topishiga yordam beradigan, bir so‘zi bilan kelajakka ta’sir qila oladigan inson. Ustoz va shogird o‘rtasidagi samimiy munosabat, unutilmas saboqlar yoki mehribon ustoz qiyofasini o‘ziga xos g‘oya va kreativ yondashuv orqali videorolikda aks ettiring. 📲 Tayyor videorolikni Instagram sahifangizga #ustoz2026 xeshtegi bilan joylang. 🎁 Eng yaxshi videoroliklar mualliflari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin — iPhone 17 📱 🥈 2-o‘rin — DJI Osmo Pocket 3 📸 🥉 3-o‘rin — DJI Mic Mini 🎙 📌 Ishtirok etish shartlari: • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. • Qabul muddati: 1- oktabr, soat 23:59 gacha. 📋 Talablar: • 🎨 Ijodiy va yangicha yondashuv. • 🎬 Mazmunli, syujetga ega va puxta
    3,120видео124Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    22 сент., 07:33

    O‘zi aslida ishonch do‘konlari qadimda bizda bo‘lgan, Abdulla Qahhorning asarida tasvirlangan, 100 yil avvalgi voqealar. Mana, Marg‘ilonda ham shunday qo‘yilibdi. Bu harakatni ko‘paytirish kerak, ommaviylashtirish kerak.@domlajon t.me/domlajon
    4,130видео40111Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    22 сент., 07:06

    Saida Mirziyoyeva Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilindi."Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman", — deydi Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida@domlajon t.me/domlajon
  • Isroil Tillaboyev blogi

    21 сент., 17:52

    #Rasmiy_munosabatRASMIY MUNOSABATSo‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.Shundan
    4,8001461Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    21 сент., 14:38изменён

    G‘alaba!!! Nodirbek Yakubboyev Nihal Sarinni yutdi va O‘zbekistonga g‘alabani olib berdi! Qahramon! Olimpiadada asosiy raqibimiz tor-mor keltirdik! Birinchi o‘rindamiz: 6 o‘yinda 6 g‘alaba❤❤❤❤👏👏👏 Oldinda 5 ta o‘yin qoldi va qolganlari endi bu g‘alabadan keyin yanada katta motivatsiya beladi va oson yutamiz Xudo xohlasa!@domlajon
    5,490102332110Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    21 сент., 13:34изменён

    3 ta shaxmatchimiz durrang o‘ynadi, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidovlar. Oxirgi shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboyev va Nixal Sarin ikkisi qoldi, hozir Yakubboyev g‘alabaga juda yaqin, shaxmat chekkasidagi oq chiziq eng oxiriga yetib qolganiga qarang! lekin vaqtimiz kam qoldi, bizda 3 daqiqa, raqibda 25 daqiqa. Shu jang butun o‘yinni hal qiladi. Yakubboyevda juda katta masʼuliyat qolmoqda. Omad, Nodirbek!!!@domlajon t.me/domlajon
    4,49021117Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    21 сент., 12:20изменён

    Olimpiadada finaldan oldingi final 6-turdayoq bo‘lyapti: O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston terma jamoasiga qarshi jangga tushdi. Dunyoning eng kuchli ikki jamoasi, dunyo shaxmatining oltin avlodlari. Jonajon O‘zbekistonimizga omad tilaymiz, bundagi g‘alaba bilan olimpiada g‘olibligi uchun katta qadam qo‘yamiz.@domlajon t.me/domlajon
    5,690видео281665Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    21 сент., 10:15

    Namangandagi texnikumdagi holat ekan. Bolalar 1-kurs bo‘lib turib darrov uyushib talonchilik qilmoqda, qonun ustuvor davlatda bunday jo‘jaxo‘roz bolakaylarga tegishli jazosini berish shart, bolalar ayni o‘qib, hunar o‘rganib kelajagini qurish davrida bo‘lgan davr hozir bularga. Namangan viloyat IIB bularni aniqlabdi va uyushgan holda talonchilik qilish aybi bilan tergov ishlarini boshlabdi. Jazosini kutib qolamiz axmoqlarni!@domlajon t.me/domlajon
    4,280видео253Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    21 сент., 07:07

    Hammamizga yoqadi bu gaplar! Havasdamiz.@domlajon t.me/domlajon
    6,320видео3313Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    20 сент., 15:42

    O‘zbekistonlik o‘qituvchilarda Germaniyada ishlash imkoniyati yuqoriAyni vaqtda Germaniyada o‘qituvchilik qilayotgan Behruz Bozorov "Tanaffus" podkastining 39-sonida mehon bo'lgandi.Agar siz ushbu podkastni ko'rmagan bo'lsangiz, hoziroq tomosha qiling yoki o‘zingizni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha belgilab qo‘yilgan vaqt ko‘rsatgichi ustiga bosing:05:22 — Germaniyada o‘qituvchi bo‘lish qanchalik oson? ➡️ BATAFSIL12:16 — Germaniyada o‘qituvchi tanqisligi ➡️ BATAFSIL14:33 — O‘zbekistonda olingan diplom Germaniyada tan olinadimi? ➡️ BATAFSIL18:14 — O‘zbekistonda kamida bir yil o‘qituvchilik qilgan bo‘lsangiz, Germaniyada ishlash uchun yetarli ➡️ BATAFSIL19:24 — Germaniyada maktab tizimi qanday? ➡️ BATAFSIL
    YouTube#38 “Nega buyuk davlatlar boy? Chunki o‘qituvchisi boy” — Behruz Bozorov l "Tanaffus" podkast#germaniya #talim #pedagogy Germaniya ta’lim tizimi, bu mamlakatda o‘qituvchilar maqomi, oylik maoshi haqida ko‘p bora eshitganmiz. Lekin aynan Germaniyada o‘qituvchilik qilayotgan pedagogning o‘zidan bu haqda eshitmaganingiz aniq. "Tanaffus" podkastining…
    5,0301321Открыть в Telegram
  • Isroil Tillaboyev blogi

    19 сент., 15:01

    Avvallari tuman, viloyatdan bittadan yutib respublikaga yetib kelib 1-o‘rinni olsangiz ham tuzukli sovrin berilmagan "Yil o‘qituvchisi" ko‘rik tanlovi bu yil sensatsion darajada mukofot qo‘yildi, har bir tuman g‘olibi barobar taqdirlanadi hamda ular oz emas, ko‘p emas naqd 1400 barobar BHM bilan mukofotlanadi, bu 616 million so‘m, qariyb 55 ming dollar mukofot!Qoyil, davlatimiz, prezidentimiz o‘qituvchilar uchun pulni ayamasdan shunchalik katta sovrinlar bergani hamma o‘qituvchini ruhlantirishi tabiiy. Bu imkoniyat hammada bor, endi nasib qilsa bu tanlov har ikki yilda bir marta shunday o‘tkazilib boraveradi va har safar 208 ta o‘qituvchi mukofotga ega bo‘laveradi.Bir narsaga eʼtibor berdim, bu tanlov g‘oliblari sentabrda eʼlon qilingani ham o‘qituvchilar foydasiga xizmat qilmoqda, yaʼni, xabaringiz bor 1-sentabrdan BHM miqdori oshdi, tabiiyki bunda g‘oliblar yanada ko‘proq pul
    9,7408333421Открыть в Telegram
Скачать ряд в CSV
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно

Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.

Как это работает →
Создать бота