Последние посты

Bek Olimjon
11 нояб., 10:12
Hozir qizim (9) bilan second-hand do’kondan keldik. U yerga odamlar o’ziga kerak bo’lmagan, ammo butun anjomlarni tashlab ketishadi.Donald Duck jurnallarini olgani borgan edik, borini yig’ishtirib keldik 😁Rasmda jurnallar to’plami, har bir qizil papka ichida 15-20 ta jurnal.Bir dona to’plam narhi 100 ming so’m ekan.Qizim borib: «agar hammasini olsak arzon qilib berasizmi?» deb so’radi. 50% o’tib berishdi 😁Hamma 8 ta to’plam, 400 ming so’m bo’ldi. Jami jurnallar soni 100 dan oshiq.Jurnal yangisi donasi 100 ming so’m atrofida.O’tgan safar borganda 40 ta Donald Duck kitobini olib kelgan edik, savdolashganda 50% o’tib berishgan edi 😁9 yoshli bola uchun 30 sekundda 400 ming foyda juda yaxshi natija 😁Keyin«(yangi vs eski) / qiymat»tushunchasi haqida gaplashdik.Bola bilan pul haqida ochiq suhbatlar olib borish juda muhim.Bek Olimjon 11.11.26 Norvegiya11,400Открыть в Telegram
Bek Olimjon
8 нояб., 16:19
Germaniyaga keladigan juda ko'p shifokorlar qiladigan xatoBir amallab til topshirib, yordamchi lavozimida ish topishadi, viza oladi va kelib ish boshlaydi.Aslida oladigan oyligi ancha past, ammo hozirga qadar buncha oylik olmagan. Shu sabab juda ko'pdek tuyuladi.Shunda ular nima qilishadi?Shart O'zbekistonda kreditga uy olishadi.Katta xato.Kredit bu kishan.O'sha odam Germaniyada shifokor bo'lishi uchun hali bir nechta imtihonlardan o'tishi kerak. Ishlarga topshirishi kerak. Uzun mashaqqatli yo'l turipti hali. Bu imtihonlarga tayyorlanish uchun vaqt kerak.Vaqt orttiraman desa ishni kamaytirishi kerak.Ishni kamaytiray desa kredit bor. Yoki uyiga pul yuborishi kerak.Shu zayilda yillar o'tib ketadi. Na imtihon topshira oladi, na shifokor bo'la oladi.Aslida shimni qo'yib tayyorlansa 6 oyga qolmasdan topshirsa bo'ladigan imithonlar ular. Yillar ketadi. Chunki tayyorlana olmaydi.To'liq shifokorlik litsenziyasini olsa, yaxshigina oylikka ishlashni boshlaydi.Yo'q, bunday uzoqni o'ylab ish tutmaydi ko'pchilik, ming afsuslar bo'lsin.Shuning uchun azizlar, kredit olishga shoshilmang.Imkon qadar tezroq shifokor degan maqomni oling.Uni beradigan maoshi sizga kreditsiz ham uy olish imkonini beradi.Agar mutaxassis degan maqomni olsangiz, sizga 3 ta uy olish imkonini beradi.Uydagilarga sabr qilishni tushuntiring azizlar.Bitta uyni kreditini yopaman deb 4-5 yil umringizni sarflab qo'ymang.13,900Открыть в Telegram
Bek Olimjon
2 нояб., 20:26
Oftalmologiya sohasida ishlayotgan va ishlamoqchi bo'lganlar uchunBundan 3 yilcha oldin oftalmologiyada ultratovush tekshiruvini ishlatish mavzusida videodarslar qilgan edim.Men shu darslarni internetga joylab qo'yganman deb o'ylagan edim, ammo qarasam unday emas ekan.Shuni joylab qo'ydik.Qiziquvchilar bo'lsa, marhamat.Unda ultratovush qanday ishlashi, A va B skanni ishlatish va B skanda turli xil kasalliklar qanday ko'rish haqida.Darslar mana bu linkdaBalki foydasi tegar...YouTubeOFTALMOLOG UZOftalmolog Uz loyihasi oftalmologlar, klinik ordinator, magistr va oftalmologiyaga qiziqqan barcha uchun mo'ljallangan. Kanalda ko'z kasalliklari haqida o'zbek tilida zamonaviy oftalmologiya bo'yicha ma'lumotlar berib boradi. Kanal asoschisi Bek Olimjon…9,890Открыть в Telegram
Bek Olimjon
29 окт., 18:53
Moliyaviy erkinlik bo’yicha qolgan 3-4 ta darslarni noma’lum vaqtga to’xtatishga qaror qildim.Kelajakda qaytarmiz balki.Hozirgacha chiqqan qismlari foydali bo’ldi va kelajakda ham foydali bo’ladi degan umiddamiz.9,580Открыть в Telegram
Bek Olimjon
28 окт., 17:56
Bir narsani kuzatdim.Substackda o’zbek tilida yozilgan maqolalarni o’qib qolaman ba’zan. Qarasam asosan 20-25 atrofidagilar.Telegramda ham ba’zan yozayotgan yosh avlod kanallarini ko’rib qolaman.Fikr va mulohazalar orasida o’xshashlik (pattern) bor.O’xshashlik shuki, o’qiganlarimda qandaydir nolish hissi bor. Mualliflar negadir xafaroq vibe beradi.Nolish yoki norozilik hissi aslida bu juda yomon belgi emas.Norozilik hissi bo’lsa, demak muammo bor, demak yechim qidirishga harakat bor.Meni esa shu nolishlar bilan bir qatorda optimizmni ko’rgim keladi.Imkoniyatlar shu qadar ko’pki, e’tibor va harakat qilganlarni qidirib yuripti.O’ylab qoldim, balki bunday nolanomalar yozilishiga men va men kabilar ham hissa qo’shayotgandir. Pozitivroq ohangda yozishimiz kerak shekilli.Bek Olimjon 28.10.26 Norvegiya12,600Открыть в Telegram
Bek Olimjon
25 окт., 17:26изменён
Moliyaviy erkinlik bo'yicha dars navbatdagisiCompounding effect haqida.Link: https://www.youtube.com/watch?v=IqYd1J0LwTsPS. Linkni qo'ysam video ko'rinadigan qila olmadim. Shunga rasmini qo'yaverdim. To'g'ri tushunasizlar degan umiddaman ☺️10,000Открыть в Telegram
Bek Olimjon
24 окт., 13:31
Metakognitsiya - fikrlash haqida fikrlash (yohud juft bilan suhbat)Metakognitsiya - bu odam o'z fikrlash jarayonini kuzatishi, baholashi va ongli ravishda o'z fikrlarini boshqarish qobiliyati.Osonroq aytadigan bo'lsak - qanday fikrlayotganimiz haqida fikrlash.Aytaylik kimdir kitob tavsiya qildi. Uni o'qidik. Tushungandek bo'ldik. Ammo negadir tadbiq qila olmaymiz. Bu yerda o'sha eski "o'qish bilan uqish boshqa-boshqa" degan gapni eslaymiz.O'qish bu tanishish, uqish esa anglab yetish degani. Metakognitsiya bu biror mavzuni anglab yetishimizga yordam beradi.Inson biror narsani o'rgansa o'ziga ishonchi ortadi, men buni bilaman degan xulosaga keladi. Metakognitsiya esa men haq ekanligimni qayerdan bilaman degan savol berishga undaydi.Shu sabab ko'p insonlar o'z fikrlariga qarshi fikrlar, tanqidlar qidirib yurishadi. Maqsad o'z fikrlarini yaxshilab taftish qilish. Chunki odam o'z miyasiga ishonsa u o'z-o'ziga qarsak chalishga usta.Shuning uchun atroflicha fikrlash muhim. O'z fikrlarimizni kuzatishimiz juda muhim.O'z fikrlarimizni kuzatishdagi muammo bu fikrlarimiz juda tezligi. Bir soniyada bir nechta fikrlar keladi, aralashib ketadi va emotsional holatimizdan kelib chiqib tez xulosaga borib qolamiz.Fikrlarni kuzatishimiz uchun yozish foydali deymiz. Bir usuli bu bloknot yozish. Yozish haqiqatdan ham odam o'z fikrini turli tomondan ko'rishga yordam beradi. Bu uchun uzun-uzun insholar yozish shart emas. Qisqa bo'lsada "balki bunday emasdir" degan yondashuv bilan qarab ko'rish va fikrlarni shunchaki yozib qo'yish ham yordam beradi.Bloknot albatta yaxshi. Ammo undanda yaxshiroq usul bor.Bloknot yozishdagi muammo shuki biz fikrga qanchalik atroflicha qarashga harakat qilmaylik, baribir o'z aql-idrokimizdan tashqariga chiqib fikrlay olmaymiz. O'sha avvalgi bilimlarimiz atrofida aylanib fikrlayveramiz. Yozuvchi ham o'zimiz, o'quvchi ham.Metakognitsiya rivojlantirishda bloknotdan yaxshiroq usul bu o'z jufti bilan suhbatlashish.Nega unday? Chunki bloknotdagi gaplar bizga juftimiz beradigan savollarni bermaydi. Juft bilan suhbat biror fikr bildirganimizda mantiqdagi bo'shliqlarni, ko'r nuqtalarni (blindspots) yaqqolroq yuzaga kelishiga yordam beradi.Undan tashqari inson suhbat davomida fikrini teranroq tushuntirishga harakat qiladi. Sababi suhbat davomida yuz ifodalari, hissiyotlar qorishgan bo'ladi.Yana bir foydali tomoni "birgalikda fikrlash" imkonini beradi. Bitta kalladan, ikkita kalla yaxshi...Bloknot bu yolg'izlikdagi tafakkur bo'lsa, juft bilan suhbat birgalikda bo'ladi. Feedback olishimiz uchun yozganimizni qayta o'qishimiz kerak, juft bilan esa feedback o'sha zahoti bo'ladi.Juft bo'lishi shartmi? Bo'lmasa nima ham qilar edik. Bo'ydoqlarga bloknot ham yaxshi albatta.Do'st bo'lsa ham bo'ladimi? Ha, bo'ladi albatta. Ammo o'zga jins vakilida fikrlarga biz ko'rmaydigan tomondan qarash xislati berilgan. Do'stimiz gormonlari biznikiga o'xshash bo'lgani uchun, miyasi ham biznikiga yaqinroq bo'ladi.Endi farq faqat gormon bilangina o'lchanmasligi aniq. Undan tashqari rostgo'ylik, adolat, hammaqsadlilik, tanqidni qabul qila olish kabi ijobiy xislatlar bo'lishi ham muhim. Boshqa yana bir qator ijobiy xislatlar bilan birgalikda.12,100Открыть в Telegram
Bek Olimjon
23 окт., 10:24изменён
Hozir qabulimdan bir 70 yoshli bemor chiqib ketdiShikoyati ko'zlari qizarishi va qurishiSurishtirsam kuniga 6-7 soat telefonda vaqt sarflar ekanAsosan facebook va youtubeda.Nimalar ko'rasiz desam, aniq bir mavzuni aytib bera olmadi.Muammo yechimi ko'z tomchi dorisi bilan yechib bo'lmaydi afsus.Biz bolalarni ekrandan himoya qilish haqida ko'p gapiramiz.Aslida qariyalarimiz ham bu addiksiyadan chetda qolishmagan.Algoritmga farqi yo'q: yoshu-qarini ayamaydi.Yanada katta muammo shuki ular ma'lumotlarni yaxshi filterlay olishmaydi.Spamni aniqlashda qiynalishadi. Shu sabab ham spam qurboni aksari yoshi kattalar bo'ladi.Ular keraksiz narsani bloklashni bilishmaydi.Farzandlarimiz qo'lidan telefonni tortib olib qo'ya olarmiz...Ota-onamizdanchi?Ijtimoiy tarmoqlarga addiksiya bo'lish qariyalardagi depressiya asosiy sabablaridan biri ekanligi qayta-qayta aniqlanmoqda (1, 2)Bek Olimjon 23.10.26 Norvegiya12,600Открыть в Telegram
Bek Olimjon
22 сент., 13:27
Men triatlon bo’yicha dunyodagi top murabbiylardan biri bilan ishlayotganimga 1 yil bo’ldi.Gordo ayni vaqtda dunyodagi o’z yoshi bo’yicha eng tez Ironman.Triatlon bo’yicha AQSh chempioni.Bir yildan beri haftasiga 12-14 soat sport mashg’ulotlari qilib kelyapman.Murabbiy bilan har hafta video orqali gaplashamiz, haftani tahlil qilamiz, xatolar bo’lsa to’g’rilaymiz.Men ana shu suhbatlarni yozib olaman va ommaga tekinga taqdim etaman.Videolarda top murabbiylar yondashuvi qanday ekanligini bemalol ko’rish mumkin.Qiziqqan odam uchun juda ko’p ma’lumotlar bor suhbatlar ichida.Balki sizga ham foydasi tegar…https://youtube.com/@gordoandbek7,330Открыть в Telegram
Bek Olimjon
21 сент., 07:10
Mendan tibbiyot talabalari ko'p maslahat so'rashadi.Qanday soha tanlay? Shogird tushaymi? Chet elga ketaymi? Uylanaymi va hok.Ulardan birinchi so'raydigan savolim: Ingliz tilini bilasizmi?Ko'p hollarda "ha, darajam A2, B1" deyishadi. Bu degani tilni deyarli bilmaydi degani aslida.Keyin men "shimni qo'yib til o'rganish kerak birinchi o'rinda" deyman.Shu bilan maslahat so'ragan odam yo'q bo'lib ketadi.Endi, ayrim injiqroq talabalar ham bor. Argument keltiradigan (ularga hurmatim baland).Ular: "Ana anavi klinika glavrachi til bilmasdan ishlab yuriptiyu. Mana sizni kursdoshingiz falonchi mijozlari ko'p doktorku..." kabi argumentlar keltirishadi.To'g'ri argumentlar.Ammo ular sizdek talabalik paytida ingliz tilini o'rganganlar butun kurs bo'yicha 2-3 ta bo'lgan xolos. O'shalar hozir Uzbda emas. Siz hozir ko'rayotgan ingliz tili bilmaydigan zo'r doktorlar o'z vaqtida bilim13,000Открыть в Telegram
Bek Olimjon
20 сент., 07:08
bir eshikni qoqishdan to'xtamasa, u qachondir baribir ochiladi,avval, nega u eshikdan kirmoqchi ekanligimizni bilishimiz,keyin, ochilganda nima deyishimizni aniq bilishimiz muhimBek Olimjon 20.09.26 Norvegiya15,100Открыть в Telegram
Bek Olimjon
19 сент., 05:16
yosh bola edimeski kvartirada yashar edikdadam devor to’la kitoblarni ko’rsatib:«shular ichiga dollarlarni berkitib qo’yganman» der edi.Bek Olimjon 19.09.26 Arvika, Shvetsiya19,200Открыть в Telegram
Bek Olimjon
18 сент., 19:26
Ba'zan meni juda ham optimist odamsiz deyishadi.Qanday qilib optimist bo'lmaslik mumkin azizlar.Ko'rlar uchun ham yechimi bor bu kompaniyani.What a great time to be alive!https://youtu.be/_j806JHhCRo?si=UgNQBAq2slMTY6zSYouTubeSpeaking With The Mind | NeuralinkTerry was diagnosed with bulbar-onset amyotrophic lateral sclerosis (ALS) in 2024. While he is still able to move his mouth and body, his speech has become impaired to the point where his loved ones have difficulty understanding him. Through the VOICE trial…18,300Открыть в Telegram
Bek Olimjon
18 сент., 07:07изменён
bizga yoqmagan xabarga jahl qilamiz.atrofimizdagilar bizni yaxshi ko'rishadi.ular bizni himoya qilishmoqchi bo'ladi.jahlimiz chiqishini aslo xohlamaydi.jahl qilsak, o'zlari sezmagan holda haqiqatni berkitishni boshlaydi.natijada biz o'zimizga "aks-sado xonasi" (echo chamber) yaratamiz.bu esa bizni haqiqatdan yanada uzoqlashtiradi.bu uzoq muddatda na o'zimizga, na atrofimizdagilarga foydasi bor...Bek Olimjon 18.09.26 Norvegiya17,200Открыть в Telegram
Bek Olimjon
17 сент., 07:12
Oxirgi postni kinoya sifatida yozgan edim kecha.Yuzlab odamlar uni kinoya ekanligini aslo tushunishmadi.Izohlarda 10 daqiqa ichida 200 dan ortiq odamlar qopqonga tushganini bildirib yozishdi.Men havotir olganimdan izohlarni yopib, ularni o'chirib tashladim keyin.Havotirim, yana bir "aqlli" meni nomimdan chiqib kurs sotib yurmasin ularga deb.O'chirib tashlaganimdan keyin menga shaxsiyga ham yozishdi: "Aka, kech qoldim, o'zizga "kinoya" deb izoh qoldirib yozyapman" deb 🤦🏻♂️Meni bir narsa o'ylantirdi.Nahotki shu darajada sodda bo'lsak?!Bu o'zimizni qopqonga topshirish bilan bir xilku.Yana aldoqchilar ko'payib ketgan deb boshqalardan o'pkalaymiz.19,000Открыть в Telegram
Bek Olimjon
16 сент., 09:14изменён
Asr kinoyasi"Men boyman.Sizga ham boy bo'lishni o'rgataman.Izohlarda kinoya deb yozib qoldiring.Biz sizga shaxsiyda to'liq ma'lumot beramiz."Bek Olimjon 16.09.26 NorvegiyaPS. 10 minutda 200+ «kinoya» deb izoh qoldirishdi. Qo’rqib ketganimdan izohlarni o'chirib qo'ydim 😳17,200Открыть в Telegram
Bek Olimjon
15 сент., 07:55
Men Yevropada yashayotgan odam sifatida vatanga borganimda bir narsa yaqqol seziladi.Vatanda hayot tempi juda baland. Odamlarda shoshish hissi juda yuqori. Stres balanddek.Buni chetda yashayotgan boshqa do'stlarimiz ham qayd etishadi.Vatandagi jamiyatni bunday hayot kechirishini ko'p hollarda salbiy deb qabul qilishadi do'stlarimiz.Ammo o'ylab ko'rsam, aslo unday emas ekan. Aksincha, bu holat uzoq muddatda jamiyat uchun ijobiy tomonlari ko'p ekan.Har qanday rivojlangan jamiyatlar ortida yuqori energiyaga ega, tinimsiz harakatdagi tadbirkorlar bo'lganligi ma'lum.Ular mavjud muammolarga yechim topish, bozor talablariga takliflar yaratish, yangi bozorlar ochish bilan mashg'ul bo'lishgan va hozir ham shunday.Bu esa vaqt o'tishi bilan butun jamiyatga ijobiy ta'sir qiladi. Bozor, raqobat va shu bilan parallel ravishda bozor ishtirokchilari - odamlarda turli ko'nikmalar20,300Открыть в Telegram
Bek Olimjon
14 сент., 08:52
O'tgan kuni suzishdan qaytayotib qizim bilan telefon tutish haqida gaplashdik.Ikkimizni fikrimiz bir joydan chiqqandek bo'ldi."Telefon tutishni kamida 16 yoshgacha surib turamiz" deb kelishdik.Suhbat negizida "telefon nega kerak?" degan savolga javob berishga harakat qildik.Biz topgan sabablar: - ota-ona bilan aloqada bo'lib turish uchun - do'stlar bilan aloqada bo'lib turish uchun - Uzbdagilar bilan aloqada bo'lish uchun - internet ishlatish uchun - to'lovlar uchun - transport vaqtlarini bilish uchunKeyin har biriga qanchalik ehtiyojimiz borligini ko'rib chiqdik. - qizim uyda, home schoolingda, telefon orqali aloqaga ehtiyoj yo'q- do'stlari bilan ham telefonda aloqada bo'lishga ehtiyoj yo'q. Mahallada o'ynashadi. Uzoqdagi do'sti bilan 1-2 oyda bir ko'rishadi.19,100Открыть в Telegram
Bek Olimjon
13 сент., 08:16изменён
Moliyaviy erkinlik bo'yicha navbatdagi epizodUnda ko'nikmalar haqida suhbatlashdik.Ko'nikmalar zinasi nima?Mana shu markaziy savolga javob berishga harakat qildikMarhamathttps://www.youtube.com/watch?v=iN9wr1LA994YouTubeKo'nikmalar zinasi | Moliyaviy erkinlik darslariUshbu suhbatda ko'nikma, moliyaviy mustaqillik va zamonaviy biznes haqida gaplashamiz. Texnologiya, marketing, hamkorlik, O‘zbekiston iqtisodiyotidagi imkoniyatlar va biznesdagi muammolarni muhokama qilamiz. Shuningdek, shaxsiy rivojlanish, vaqt va bilimning…18,400Открыть в Telegram
Bek Olimjon
12 сент., 13:55
"Bolalik travmalari" degan mavzu juda keng tarqalgandek.Hayotdagi muammolar barchasi "bolalik travmalari" bilan bog'liq emas, azizlar.Muammolarimizga bolalik travmalari sabab degan xulosa, bugun o'z hayotimiz uchun mas'uliyatdan qochishdek.O'tmish o'tdi-ketdi, taqdir ekan. O'tmishni tahlil uchun bir chimdim bilim sifatida olinadi, dastlab tafakkur, keyin xulosa qilinadi, keyin esa shukur. Bo'ldi, undan keyin oldinga qarab yuriladi.O'tmish bilan bog'liq "travma xotiralari" og'ushida o'ylanib, qandaydir bog'liqliklarni o'ylab topib, uzoq vaqt sarflab yurish aslo yechim emas.Inson o'zini surunkali baxtsiz his qilishni to'xtatish eng yaxshi usuli uchun quyidagilarni anglashi muhim:1. "men" ustida ko'p o'ylanish depressiya garovi. Nobody cares!2. bugun hal eta oladigan eng kichik muammoim nima? (misol stol ustini yig'ishtirish) Shuni qilish kerak.3. boshqalarga qanday yordam22,600Открыть в Telegram
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →