Последние посты

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
22 сент., 13:27
35 YILLIK TARAQQIYOT: SMART BOOK SHARHIMustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tayyorlangan Smart bookda mamlakatimizning o‘tgan davrdagi taraqqiyot yo‘li, muhim natijalar va yangi marralar interaktiv formatda jamlangan.🎥 Batafsil videolavhada.📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
22 сент., 08:11
🇺🇿🇵🇱 VARSHAVADA VATANDOSHLAR BILAN SAMIMIY MULOQOTO‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasida Polshada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlar, talabalar, yoshlar hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Unda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar haqida fikr almashildi.Vatandoshlarimiz mamlakatimizda so‘nggi yillarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholab, O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish istagini bildirdilar. Xususan, Polshada orttirgan bilim va tajribasi, professional salohiyati, tadbirkorlik tashabbuslari hamda xalqaro aloqalaridan foydalanib, yurtimizdagi
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
22 сент., 04:53изменён
🇺🇿 “O‘ZBEKISTON — 2030”: DAVLAT DASTURI IJROSI — RAQAMLAR VA NATIJALARDA“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi davom etmoqda.📊 2026-yil 1-iyul holatiga “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishida ijro muddati asosida bajarilgan bandlar infografikalarda jamlandi. Ularda maktabgacha va inklyuziv ta’lim, pedagog va psixologlar malakasini oshirish, ilmiy resurslardan ochiq foydalanish, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlarning aniq natija va ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.🔎 Batafsil — slaydlarda.📱 Website
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
21 сент., 04:54
#Strategiya_2030 #maqsad_79📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
18 сент., 14:49
🇺🇿🇵🇱 “O‘ZBEKISTON – 2030” VARSHAVADA: MUHOKAMALAR, TAQDIMOTLAR VA MUHIM UCHRASHUVLARVarshava universitetida “Yangi O‘zbekiston islohotlari va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro anjuman muhim uchrashuvlar, fikr almashuvlar va taqdimotlarga boy bo‘ldi.Unda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar natijalari muhokama qilinib, O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi parlamentlararo, akademik hamda ekspertlik hamkorligini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.Anjuman doirasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng yoritish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tayyorlangan to‘plamning polyak tilidagi nashri taqdim etildi. Mazkur nashr O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasi bilan birgalikda tayyorlandi.Xal
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
18 сент., 12:02
🇵🇱 Aleksandr KVASNEVSKIY, Polsha Respublikasining sobiq Prezidenti: “Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy va institutsional modernizatsiyaning keng qamrovli jarayoni boshlandi hamda mamlakat mintaqa va jahonga ochildi.” Uning ta’kidlashicha, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ushbu transformatsiya uchun uzoq muddatli asos yaratib, yanada farovon, raqobatbardosh va zamonaviy davlat barpo etishga qaratilgan.Kvasnevskiy O‘zbekistonning geografik joylashuvi mamlakatga Yevropa, Markaziy Osiyo va Osiyoni bog‘lovchi ko‘prikka aylanish imkonini berishini ham alohida qayd etdi.Shuningdek, O‘zbekistonning yirik global kuchlar bilan munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratilgan siyosati va Markaziy Osiyodagi o‘rniga e’tibor qaratdi.📱 Website 📱 Facebook 📱 Instag
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
18 сент., 06:49
🇺🇿🇵🇱VARSHAVADA YANGI O‘ZBЕKISTON ISLOHOTLARI MUHOKAMA QILINDIJoriy yilning 17-sentyabr kuni Polsha Respublikasining Varshava universitetida “Yangi O‘zbekiston islohotlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.Unda Polsha Respublikasining sobiq Prezidenti Aleksandr Kvasnevskiy, Polsha Senati Vitse-marshali Mixal Tomash Kaminskiy, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Rahimjon Hakimov, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov va boshqalar ishtirok etdi.📌 Anjumanda Yangi O‘zbekistondagi islohotlar natijalari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor maqsadlari muhokama qilinib, strategiyaning polyak tilidagi nashri taqdim etildi.🤝 Tadbir O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi parlamentlararo, akademik va ekspertlik
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
16 сент., 08:27
🎙Podkast 2030“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi: III. Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish🔹Daraxt ekish muhimmi yoki uni saqlab qolish?📌 Batafsil bu yerda📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
16 сент., 05:49
“OʻZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA TAHLILIY HAMKORLIKNI YOʻLGA QOʻYISH TAKLIF ETILDI“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov va Shvetsiyaning Xalqaro hamkorlik va oliy taʼlim boʻyicha fondi bosh ilmiy xodimi, doktor Said Irandust oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.Uchrashuvda Eldor Tulyakov mehmonni Markaz faoliyati va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati hamda ustuvor maqsadlari bilan tanishtirdi.Said Irandust Markaziy Osiyo mamlakatlari strategiyalari boʻyicha ilmiy tadqiqot olib borayotgani, shuningdek, Shvetsiyadan Oʻzbekistonga investitsiya jalb qilish imkoniyatlarini oʻrganayotganini maʼlum qildi.Tomonlar birgalikda qoʻshma loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va tadbirlarni amalga oshirish, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida tahliliy ishlarni olib borish masalalarini muhokama qildilar.
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
15 сент., 12:22
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘li“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tayyorlangan maxsus tahliliy to‘plam asosida videorolik tayyorlandi.📊 To’plam namoyishiga qaratilgan ushbu kontentda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim natijalari, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar, xalq farovonligini oshirish yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar aniq raqamlar va faktlar orqali aks ettirilgan. Shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyotining kelgusi bosqichidagi ustuvor vazifalar hamda 7 ta milliy dastur doirasida ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlarga e’tibor qaratilgan.▶️ 35 yillik taraqqiyot: natijalar, yangi marralar va kelajak maqsadlari — bir to’plamda.Batafsil tanishish uchun ekraningizdagi QR-kodni skanerlang!📱 Website 📱 Facebook 📱 Insta
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
15 сент., 09:01
#Strategiya_2030 #maqsad_62📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
15 сент., 05:05изменён
🎙Podcast 2030“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi: III. Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish🔹Maqsadlarga erishish yo‘lidagi masalalar va ularni bartaraf etishga oid choralar📌 Batafsil bu yerda📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube"Taraqqiyot strategiyasi" markazi pinned a file
15 сент., 05:03

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
12 сент., 11:56
📣“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — maxsus infografiklar to‘plami«Taraqqiyot strategiyasi» markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plamini keng jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.📌 To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.👥 To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
11 сент., 12:51
🇺🇿 🇫🇮O‘ZBEKISTON–FINLYANDIYA: YANGI HAMKORLIK YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDIJoriy yil 10-sentyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Finlyandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi, Finlyandiya Prezidentining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Mariya Ogren bilan uchrashdi.Muloqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi ustuvor vazifalar, shuningdek, O‘zbekiston–Finlyandiya ekspertlik hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.E.Tulyakov Markazning strategik islohotlar ijrosini monitoring qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribani islohotlar jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumot berdi.M.Ogren O‘zbekistondagi islohotlar
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
9 сент., 13:23
HANNS ZAYDEL JAMG‘ARMASI BILAN HAMKORLIK YO‘NALISHLARI BELGILAB OLINDI“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Markaz ijrochi direktori Eldor Tulyakov va Germaniyaning Hanns Zaydel jamg‘armasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy rahbari Konstantin Blashke hamda jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari Ruslan Ramanov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muloqot davomida Markaz va jamg‘armaning faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.Eldor Tulyakov “Taraqqiyot strategiyasi” markazining islohotlarni ekspert-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati, jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor vazifalari haqida ma’lumot berdi.Uchrashuvda Hanns Zaydel jamg‘armasining “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan mahalliy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, zamonaviy
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
9 сент., 12:53
MARKAZ VAKILI TURKIYADAGI XALQARO OLIY TA’LIM DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDAAnqara shahrida YTB tashabbusi bilan “Turkiy dunyo oliy ta’limida hamkorlik” (ORTAK) xalqaro dasturi o‘tkazilmoqda.7–11 sentyabr kunlari davom etayotgan dasturda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Vengriyadan oliy ta’lim sohasi vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda. Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bo‘lim boshlig‘i Jamshid Sharipov ham qatnashmoqda.Dastur doirasida turkiy davlatlar o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni shakllantirish hamda inson kapitalini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.➡️Batafsil📱 Website 📱 Facebook
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
8 сент., 10:39изменён
TURKIYA OAV: TURKIYA VA MARKAZIY OSIYO HAMKORLIGINING YANGI IMKONIYATLARITurkiyaning “Daily Sabah” nashrida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning “Mehnat migratsiyasi — Turkiya va Markaziy Osiyo hamkorligida yangi sahifa” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.Maqolada Turkiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi mehnat migratsiyasining yangi imkoniyatlari, mehnat bozorlarining o‘zaro ehtiyojlari hamda xavfsiz va qonuniy bandlikni ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Xususan, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 2026-yilning yanvarida imzolangan kelishuvlarning ahamiyatiga e’tibor qaratiladi.Shuningdek, maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi mehnat mobilligi, kasbiy ta’lim, malakalarni o‘zaro tan olish va ijtimoiy himoya yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.Muallif mehnat migratsiyasini nafaqat ishchi kuchi
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
8 сент., 06:13
#Strategiya_2030 #maqsad_81📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari📱 Website 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube
"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
7 сент., 14:16
OʻZBEKISTON–XITOY HAMKORLIGI XORIJIY OAV NIGOHIDA🗞 “Xitoy–Oʻzbekiston munosabatlarida yangi ufqlar” — “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakovning navbatdagi maqolasi Xitoyning “China Daily” nashrida chop etildi.✍️ Maqolada “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida Xitoy bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, sanoatni modernizatsiya qilish, texnologiyalar transferi, innovatsiyalar, raqamli va yashil iqtisodiyot, kadrlar tayyorlash hamda transport-logistika yo‘nalishlaridagi imkoniyatlar tahlil qilingan. Muallif hamkorlikni investitsiya va infratuzilma loyihalaridan yuqori qo‘shilgan qiymat, mahalliylashtirish va tajriba almashinuviga asoslangan modelga o‘tkazish muhimligini ta’kidlaydi.🔺 Shuningdek, maqolada O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida
Ссылки
