Последние посты

Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 14:39
#Rasmiy_munosabatIjtimoiy tarmoqlar orqali Denov tumanining “Bog‘ishamol” hamda “Yangi kuch” mahallalaridagi ayrim masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar nazoratga olindi.Mazkur holat yuzasidan Denov tumani hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.Jumladan, “Bog‘ishamol” mahallasida yo‘lni ta’mirlash yuzasidan bildirilgan murojaat bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi.Shuningdek, “Yangi kuch” mahallasida joylashgan 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan bildirilgan murojaat ham tegishli mas’ullar tomonidan joyiga chiqib, atroflicha o‘rganiladi.O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalalarning holati, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari huquqiy va amaliy jihatdan baholanadi.O‘rganish yakunlari va amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.Denov tumani
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 13:16
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о перспективах развития электроэнергетики и совершенствовании механизмов управления проектами в топливно-энергетической отрасли.#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #istiqbollarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 13:16
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по перспективам дальнейшего совершенствования административного правосудия.#Mirziyoyev #taqdimot #sud #mamuriyPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 13:16
переслано из @shmirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым.#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlikPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 11:30
переслано из @bsa_uz
Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.👍 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.👍 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 10:34
переслано из @rasmiy_axborot_official
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 10:11
#EʼLONDenov tumani hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining hafta davomidagi fuqarolar qabuli kunlari jadvali bilan tanishing.Denov tumani hokimligi Axborot xizmati✅ gov.uz/denov🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 09:06
переслано из @huquqiyaxborot_lotin
#2026_yil_1_oktyabrdan✔️ Qonunchilikka ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) quyidagi xizmatlar joriy etiladi:🔹 jismoniy va yuridik shaxslarga o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk va avtomototransportlarni garovga yoki ipotekaga qo‘yishga, shuningdek, ularni begonalashtirishga taqiq qo‘yish yoki uni bekor qilish;🔹 fuqarolarning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari va bank kartalari to‘g‘risida ma’lumot olish va ushbu jarayonni boshqarishning quyidagi imkoniyatlarini yaratish:▪️ telefon raqamini muayyan muddatga nofaol holatga o‘tkazish (faollashtirish) va o‘zi foydalanmayotgan telefon raqamlariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish haqida arizalar kiritish;▪️ telefon raqami ulangan pulli xizmatlar haqida ma’lumot olish;▪️ bank kartalarini bloklash (yopish) haqida emitentga arizalar yuborish;▪️
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 07:48
#Rasmiy_munosabatIjtimoiy tarmoqlarda “Urug‘ tanlovi — fermerning eng katta xavotirimi?” sarlavhasi ostida Denov tumanida g‘alla ekish mavsumi oldidan urug‘lik g‘alla tanlovi va uning sifati yuzasidan e’lon qilingan murojaat Denov tumani hokimligi tomonidan o‘rganildi.Mazkur holat yuzasidan Denov tumani hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.“Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i T.N.Mamarayimovning ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi O‘RQ-521-son “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 166-son qaroriga muvofiq, 2026-yil hosili uchun Denov tumanida 1 811,5 gektar maydonda urug‘lik g‘alla yetishtirilib, jami 7 066 tonna urug‘lik g‘alla jamg‘arilgan.Qonunchilik talablariga muvofiq, urug‘lik g‘alla belgilangan sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi va
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 07:07
Denov tumani mahallalarida aholi turmush sharoiti va ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganilmoqdaDenov tumani hokimi Anvar Normatov "Yangi ariq" mahallasida ijtimoiy sharoiti og‘ir bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashib, ularning turmush sharoiti, mavjud muammolari, imkoniyatlari va murojaatlarini o‘rgandi.O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda mavjud muammolarini manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Aniqlangan muammolarni tegishli tartibda hal etish, fuqarolarga zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi — aholi bilan bevosita muloqot qilish, oilalarning muammolarini joyida aniqlash va ularning yechimini ta’minlash orqali fuqarolar turmush
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 06:54
переслано из @axborot_xizmati
Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari tizimida korrupsiyani holatlari mavjudligini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan anonim so‘rovnomada ishtirok eting👨👩👧👦 So‘rovnoma havolasi: https://forms.gle/titPLq4rCFjrSKBz8Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 03:35
#JarayonMahallalarda aholi turmush sharoiti va xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganilmoqdaDenov tumani hokimi Anvar Normamatov tumandagi “Buyuk kelajak”, “Lochin”, So‘fi Olloyor, “Yangi Hayot”, “Sanoatchilik”, “Xo‘jaxalqi”, “Namozgoh”, “Chim”, “Sebzor” va “Oxtom” mahallalari hududlardagi aholi turmush sharoiti hamda xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rgandi.O‘rganishlar davomida ijtimoiy ko‘makka muhtoj xonadonlar, oilalarning yashash sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.Muloqotlarda oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda mavjud muammolariga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shuningdek, o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish, oilalarga zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda1,170Открыть в Telegram
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 01:30
переслано из @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
22 сент., 01:29
Donolar bisotidanBolasi otasidan ko‘proq kitob o‘qimagan millat taraqqiy etolmaydi.Sheniz YujelDenov tumani hokimligi Axborot xizmati✅ gov.uz/denov🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube1,580Открыть в Telegram
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
21 сент., 17:15
#EʼLONKuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida 2026-yil 22-sentabr kuni soat 09:00 dan 16:00 ga qadar Denov tumanidagi 35/10 kV “Paxtazavod” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.Ta’mirlash ishlari doirasida T-2 kuch transformatori barcha qo‘shilmalari bilan birgalikda ta’mirlanadi.Shuningdek, 35 kV "L-Denov-Xurmozor" va "L-Xayrobod" ikki zanjirli elektr uzatish tarmoqlarining 17–18-sonli tayanchlari oralig‘ida tegishli ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan ta’mirlash ishlari davomida “Paxtazavod” podstansiyasi vaqtincha o‘chiriladi.Natijada:“Namozgoh” mahallasida — to‘liq; “Yoshlik”, “Buyuk kelajak”, “Quyoshli yurt”, “Chag‘oniyon”, “Istiqbol”, Ibn Sino, “Yangi ariq” va “Lochin” mahallalarida — qisman elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.Ta’mirlash ishlari
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
21 сент., 13:57
👩🏻🏫 Turizm va mehmondo'stlik sohasi uchun yangi onlayn ta'lim platformasi ishga tushdiXalqaro turizm akademiyasining Samarqand kampusi turizm va mehmondo‘stlik sohasi mutaxassislari uchun rasmiy onlayn ta’lim platformasi hamda mobil ilovasini ishga tushirdi.Endi tinglovchilar istalgan joyda, o‘zlariga qulay vaqtda zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatiga ega.📌 Onlayn ta’lim yo‘nalishlari:🔷Front Office — mehmonlarni kutib olish va joylashtirish, bron qilish hamda mijozlar bilan xalqaro standartlar asosida ishlash. 🔷Housekeeping — mehmonxona xo‘jaligini yuritish, xonalar tozaligi va sanitariya-gigiyena talablarini professional darajada boshqarish.🗣️Platforma imkoniyatlari: 🔵amaliy va tushunarli video
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
21 сент., 13:43
Bog‘inav mahallasida 24/7 ko‘cha xizmati yo‘lga qo‘yiladiDenov tumanidagi “Bog‘inav” mahallasi hududida Mustaqillik ko‘chasi hamda “Said Otaliq” madrasasigacha bo‘lgan yo‘lni zamonaviy ko‘cha xizmat ko‘rsatish hududiga aylantirish loyihasi amalga oshirilmoqda.Loyiha doirasida 9,8 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari yo‘naltirilib, hududda elektr ta’minotini yaxshilash, obodonlashtirish va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish ishlari amalga oshiriladi.Xususan, 2 ta transformator punkti o‘rnatilib, 2 km. elektr tarmog‘i tortiladi. Shuningdek, 0,5 km. yo‘lga asfalt yotqizish, 1 km. lotok o‘rnatish, 2 km. salomatlik yo‘lagi barpo etish, 30 ta zamonaviy o‘rindiq o‘rnatish, 1 km. zamonaviy yoritish tizimini joriy etish hamda 2 km. sug‘orish tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan.Amalga oshiriladigan ishlar natijasida hududda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, yangi tadbirkorlik1,160Открыть в Telegram
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
21 сент., 12:57
переслано из @eksklyuziv_media
Chirchiqda narkolaboratoriya tashkil qilgan 4 nafar shaxs ushlandiDXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahridagi xonadonlardan birini ijaraga olib, giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro qo‘lga olindi.Aniqlanishicha, 2000 va 2002-yillarda tug‘ilgan shaxslar “Telegram” orqali xorijlik kuratorlar tomonidan yetkazib berilgan “gashish moyi” va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab, “gashish” tayyorlashgan.Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida taxminan 400 gramm “gashish” va 5 kilogramm yarim tayyor mahsulot, shuningdek, narkotik moddalarni quritishga mo‘ljallangan elektr pech, mikser, tarozi, qo‘lqop, himoya vositalari va boshqa ashyoviy dalillar olib qo‘yildi.Tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, gumonlanuvchilardan biri avval Rossiyada, ikki nafari
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
21 сент., 12:40
Is gazi hayot uchun xavfliYaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring.Denov tumani hokimligi Axborot xizmati✅ gov.uz/denov🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube
Denov tumani hokimligi Axborot xizmati
21 сент., 11:45
Denovda ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazildiBugun, 21-sentabr kuni Denov tumanidagi “Namozgoh” mahallasi hududida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar va aholi o‘rtasida sportga qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Harbiy – yugur” shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi, shuningdek, “Talaba yugur” va “Inson uchun” marafonlari tashkil etildi.Sport tadbirida mingdan ortiq ishtirokchi qatnashib, belgilangan yo‘nalish bo‘ylab yugurishda o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi.Tadbirning tantanali ochilish marosimida Denov tumani hokimi Anvar Normamatov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni ommaviy sport tadbirida faol ishtirok etayotganlari bilan tabrikladi. Shuningdek, bunday musobaqalar aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.Ommaviy yugurish musobaqasi ko‘tarinki ruhda va yuqori kayfiyatda o‘tdi.1,510Открыть в Telegram
