gram news
Аватар канала Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

@dustliktumanihokimligi

Do‘stlik tuman hokimligi veb-sayt: https://gov.uz/oz/dustlik fecebook: https://www.facebook.com/dostlik.tumani youtube: https://www.youtube.com/channel/UCWdLzQjxAPA_biEX9b4m-gQ Ishonch telefoni: +998 72 335 43 88 Murojaat uchun: @berdiyor_qorayev79

ПроектыUZПолитика

2,320подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 14:28

    SHUKRONA KELTIRAYLIK!Bugungi tinch va osuda kunimiz, oilamiz xotirjamligi, farzandlarimiz kulgisi, dasturxonimiz to‘kinligi — bularning barchasi katta ne’mat.Har bir tongni shukr bilan qarshi olaylik. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va osmonimiz musaffoligi uchun Allohga hamisha shukr aytaylik!Shukr — qalb xotirjamligi, shukrona esa baxtning kalitidir.Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌍 Web sayt | ✅ Do'stlik hayoti| ✅Tuman hokimligi | 💬Facebook| 📹Youtube | 🌐 Instagram
    440видео1Открыть в Telegram
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 14:05

    «Mevazor»da aholi murojaatlari o‘rganilmoqdaDo‘stlik tumani «Mevazor» mahallasida mahalla mutasaddilari tomonidan aholi bilan yaqin va doimiy muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan.Muloqotlar davomida xonadonlarga kirib borilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari, shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganilmoqda.Aniqlangan masalalarni manzilli hal etish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va oilaviy daromadlarni oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.Eng muhimi, aholi bilan doimiy muloqot qilish va har bir xonadon muammosiga yechim topish mahalladagi ishlarning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda.Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌍 Web sayt | ✅ Do'stlik hayoti| ✅Tuman hokimligi | 💬Facebook|
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 13:51

    ​​#Диққат❗️Энди картангиздан пул ечилмайди!Қандай қилиб дейсизми? Видеони оҳиригача кўринг ва ўрганиб олинг.Яқинларга ҳам юбориб қўйинг.@Militsiya_Uzb👈🏽
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 13:35

    «Oltin vodiy»da xonadonbay ishlash orqali muammolar o‘rganilib, amaliy yechimlar taklif etilmoqdaDo‘stlik tumanida aholi bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning muammolarini xonadonbay o‘rganish hamda ularni manzilli hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Jumladan, «Oltin vodiy» mahallasi mutasaddilari aholi xonadonlariga kirib borib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilmoqda. Uchrashuvlar davomida xonadonlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholini qiynayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar va takliflar atroflicha o‘rganilmoqda.Muloqotlarda, ayniqsa, aholining doimiy daromad manbaini shakllantirish va oilaviy daromadlarini oshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Fuqarolarning qiziqish va qobiliyatidan kelib chiqib, ularni ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mavjud biznes loyihalarini
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 13:02

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    🎥 Videoreportaj: Jizzaxda qovunchilik — daromadli yo‘nalishga aylanmoqdaO‘zbekiston o‘zining shirin va xushta’m qovunlari bilan dunyoga mashhur. Ayniqsa, Jizzax va Sirdaryo hududlarining iqlimi, tuprog‘i va suv resurslari qovun yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.Bugun qovunchilik nafaqat an’anaviy dehqonchilik tarmog‘i, balki tadbirkorlar va fermerlar uchun daromadli biznes yo‘nalishiga aylanmoqda. Yetishtirilayotgan sifatli mahsulot aholi dasturxonini to‘ldirish bilan birga, ichki bozorda ham yuqori talabga ega.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 13:01

    Yoshlar bilan muloqot: bandlik va tadbirkorlikka amaliy ko‘makDo‘stlik tumanida an’anaviy «Payshanba — Yoshlar kuni» doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.Tadbir Alisher Navoiy mahallasi binosida o‘tkazilib, unda tuman hokimi o‘rinbosari Sanobar Qayumova hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Muloqot davomida ishsiz yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning qiziqish va imkoniyatlari o‘rganildi. Yoshlarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.Tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarning biznes g‘oyalari ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularning tashabbuslari o‘rganilib, biznesni boshlash, mavjud imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.Shuningdek, uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammo va masalalar bevosita o‘rganilib,
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 13:00

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Zafarobodda yoshlar uchun zamonaviy maskan barpo etilmoqdaZafarobod tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy kasblarga o‘rgatish va bandligini ta’minlashga qaratilgan yangi loyiha amalga oshirilmoqda.Prezidentimizning 298-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida «Samarqand” mahallasida "Yoshlar mikrohududi”ni tashkil etish ishlari boshlandi.Hududda IT Park, o‘quv markazi hamda axborot texnologiyalari, dasturlash va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy bino barpo etilmoqda.Yangi maskan yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasbiy salohiyatini rivojlantirish, yangi g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirish uchun muhim imkoniyat yaratadi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@j
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 11:14

    "QAHRAMON" MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOTDo‘stlik tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shavkat Darvishev “Qahramon” mahallasida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.Uchrashuv davomida mahalla aholisining murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.Shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan alohida muloqot qilinib, ularga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, daromad manbalarini ko‘paytirish va oilaviy farovonlikni oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.Fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, biznes g‘oyalarini amalga oshirish, kambag‘allikka barham berish va yangi daromad manbalarini yaratishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olindi.Muloqotda ko‘tarilgan har bir masala e’tiborga olinib, ularning ijrosi
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 11:05

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Jizzax viloyatida Oila va xotin-qizlar masalalaridagi kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindiJizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida oila va xotin-qizlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.Yig‘ilishda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida erta tug‘ruq va jinoyatchilik profilaktikasi bo‘yicha ayrim hududlarda ishlar talab darajasida emasligi keskin tanqid qilindi.Viloyatdagi 29,3 ming nafar ishsiz fuqaroning 15,7 ming nafari, ya’ni 53 foizi xotin-qizlardir. Ayniqsa, Sharof Rashidov, Zomin, G‘allaorol, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida ishsiz ayollar soni yuqori.Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida har bir mahallaga 24 million so‘mdan subsidiya ajratilgan. Forishning 24
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 11:01

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    MIRZACHO‘LDA YOSHLAR BANDLIGINI TAЪMINLASH BO‘YICHA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDIMirzacho‘l tumanida viloyat ishchi guruhi tomonidan yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.Yig‘ilishda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kasblarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, maktab va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, harbiy xizmatdan qaytgan hamda xorijdagi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.Muloqot davomida yoshlarni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda egallagan bilim va ko‘nikmalarini daromad manbaiga aylantirishi uchun zarur imkoniyatlarni
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 11:01

    переслано из @jizzaxviloyatihokimligi

    Zarbdor tumanida yong‘inga qarshi harakatlar sinovdan o‘tkazildiPaxta mavsumida xavfsizlik talablariga rioya etish bir kunlik vazifa emas. Ayniqsa, paxtani qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida yong‘in xavfining oldini olish, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda esa har bir daqiqadan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Zarbdor tumanidagi "Milliy oq oltin” mas’uliyati cheklangan jamiyatining paxtani qabul qilish va qayta ishlash zavodida o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi ham ana shu talablarni amaliyotda sinashga qaratildi.Tadbirda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.O‘quv mashqi davomida shartli favqulodda vaziyatga tezkor javob qaytarish, kuch va vositalarni safarbar etish, mas’ul tuzilmalar o‘rtasida hamjihatlik va hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha harakatlar amalda sinovdan o‘tkazildi.Zero, yong‘in
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 09:57

    Uyga kirganda gaz hidini sezsangiz nima qilish kerakligini bilasizmi? — Уйга кирганда газ ҳидини сезсангиз нима қилиш кераклигини биласизми?➡️Boshqa yangiliklar📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 09:37

    👍👍👍👍👍👍👍1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ “Yoshlar kuni”Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2026-yilda yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilingan bo‘lib, mazkur tashabbus yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda amaliy yordam koʻrsatishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.🪧 Do'stlik tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Yoshlar kuni”
  • Do‘stlik tumani hokimligi | Rasmiy kanali

    10 сент., 09:36

    #alifboSenatning 19-yalpi majlisida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.Keyingi yillarda mamlakatimizda oʻzbek tilini rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani qayd etildi.Qonun bilan “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi oʻrniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Shuningdek, yangi tahrirdagi alifboga oʻtish jarayonida fuqarolar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini inobatga olish maqsadida Qonun