gram news
Аватар канала Elektron kutubxona

Elektron kutubxona

@e_kutubxona

O'qi va ko'taril! Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz Kitob izlash: @ilmbot Musobaqa: @kitobxonlar_ligasi

ПроектыUZКниги

70,900подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Elektron kutubxona

    13 дек. 2025 г., 12:35

    YOMGʻIRJONHey yomg‘ir, tilingni tushunmadim hech, Nedir demoqchisan, bor ne-da darding. Tepaga tikilib yig‘laydi sog‘inch: “Darhol samovotning ko‘z yoshin arting!”Yomg‘irjon, sezyapman yerdagilarga Quyoshdan qandaydir xabar aytyapsan. Zamindan alam-la o‘rlovding ko‘kka, Zaminga shu ko‘yi dard-la qaytyapsan.Yomg‘irim, shiviring imlosini ayt, Uni ezgulikka sarflayurmisan? Bulutga yastanib, kirlangan yerni Uzoqdan payqab, so‘ng soflayurmisan?Yomg‘irjon, bu g‘amlar o‘tgaymikan-a, Ilg‘ab olurmisan hislarimni sen? O‘chirishga qurbing yetgaymikan-a
    218,000файл26712740373517Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    11 дек. 2025 г., 06:27

    #SaboqlarASSALOMU ALAYKUM DO‘STIM!Endi toliqib, faqat o‘zingiz bilan qolmoqdasiz. Ahvolingiz huddi jangdan yolg‘iz o‘zigina tirik qolgan askarga o‘xshaydi. Tirik qolganingizga suyunishni ham bilmaysiz, yo‘qotgan yaqinlaringizga kuyunishni ham bilmaysiz. Go‘yo o‘limning boshqacha ko‘rinishiga o‘xshaydi bu holat! Bu holatda mutlaqo o‘zgarib qolasiz. Boshqalar tugul, endi o‘zingizni hatto o‘zingiz ham tanimaysiz. O‘zingizga boqib: "Men tanimaydigan bu inson kim?", deya savol berasiz! Dunyo shafqatsizdir. Insonni shunday ahvolga soladiki, kishi hatto o‘zini ninaning teshigida o‘tirgandek his qiladi. O‘zingizga sig‘masangiz dunyoning kengligi sizga qanday foyda berar edi?! Insonning boshiga shunaqangi kulfatlar tushadiki, inson hatto boshini ko‘tara olmay qoladi. Hatto qayerga ketayotganini ham bilmaydi. Oisha roziyollohu anho Uxud jangi bo‘lib o‘tganidan so‘ng Nabiy sallollohu alayhi va
    173,0005840141375Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    10 дек. 2025 г., 16:53

    Qalbi singanlargaUni avvalboshda nafas olishda muhtoj bo‘lgan o‘pkangizga o‘xshatasiz...Mantiq qalbga taskin berolmaydi. Qalb zaif bo‘lsa-da, mantiqqa qanoat qilmaydi. Allohga qasamki, bu hayot ham, o‘lim ham emas!Eshikni muhabbat barmoqlari bilan cherting. Agar javob berishmasa, ostonaga yotib olmang."Agar Urva bilan Afro tirik bo‘lganida bugun men ularni qovushtirib qo‘yar edim!"Garchi ikki kishining o‘rtasini jamlash imkoniyatingiz bo‘lmasa-da, harakat qilish sizning qo‘lingizda.📚 @e_kutubxona
    Иллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxona
    113,0007932201354Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    10 дек. 2025 г., 07:04

    NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMASAyriliq oni yaqindur, kema yo‘l bongin cholur, Vah, meni tashlab firoqqa, yor yiroqqa yo‘l olur, Jon borib jono bilan, sohilda bir jismim qolur, Har qachonkim kemaga ul oy safar rahtin solur, Mavjlig‘ daryo kabi oshufta ko‘nglim qo‘zg‘olur.Men necha aytdim, ko‘ngul, jondin kechib yor sevma deb, So‘ng yiroqqa ketsa tashlab, urma oh, dod dema deb, Ketdi yor, bas endi, kim aytdi yoshingni tiyma deb, Yig‘lama, ey ko‘z, nedin sohilga chiqmas kema deb, Kim yoshing daryosidur har sorikim el ko‘z solur.Yel turar, yig‘lar falak, bu guldurak ham barq dema, Dardi hijronimni o‘krab so‘zlar osmon har kima, Jism aro jondek omonat chayqalib borgay kema, Titrabon siymobdek ko‘nglim, yetar jon og‘zima, Tund yel tahriqidin har damki daryo chayqolur.
    97,50055209653Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    9 дек. 2025 г., 04:22

    #SaboqlarIshq o‘tmishga boqmas...📚 @e_kutubxona
    Иллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxona
    77,50010963201186Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    4 дек. 2025 г., 12:50

    UZLATSendan yolg‘izlikning halovati haqida so‘rashadi. Sen so‘raganlarga: "Yolg‘izlik g‘iybatdan qutilish rohati... Aytdi-dedilardan qutilish rahmati... Senga tasalliy beradigan va hamdard bo‘ladigan kitob ila ulfatchilik deb ayt! Vassalom!".(c)📚 @e_kutubxona
    Иллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxona
    80,000148743713105Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    26 нояб. 2025 г., 16:15

    #SaboqlarKim bilan turmush qurishim, do‘st bo‘lishim kerak?Hech sezganmisan, energiyaga to‘la insonlar bilan o‘tirsang seni ham ichingda energiya paydo bo‘ladi, zohid insonlar bilan bo‘lsang qalbing taskin topadi, tadbirkorlar bilan gaplashsang biznes qilging keladi. Gʻiybatchilar bilan o‘tirsang seniyam baribir tortib ketishadi. Xullas, tushunding. Atrofingdagi odamlar muhim.Seni 5 yildan keyin kimligingni hozirda atrofingdagi insonlar hal qiladi. Shuning uchun, umr yo‘ldoshni va do‘stlarni to‘g‘ri tanlasang, seni porloq kelajak kutmoqda deyaver in sha Alloh. Xo‘sh qanday tanlashing kerak?Insonda bitta sifat borki, agar u shu sifatga ega bo‘lsa, o‘z-o‘zidan qolganlariga ham erishadi. Bu sifat – Intizom. Ya’ni, o‘zini har kuni oz-ozdan tarbiyalay olish va kichik-kichik qadamlar bilan boshqarish sifati.To‘g‘ri, bir qarashda insonning intizomli ekanligini bilib bo‘lmaydi, lekin
    90,60015671191263Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    26 нояб. 2025 г., 05:03

    #Haqiqiy_saodatDoktor Oiz Qarniy, "Haqiqiy saodat" kitobidan tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2-qism)[1-qism bu yerda]• Nafas olishi ogʻirlashgan hamda tor xonasi oʻziga qorongʻu boʻlib qolgan kishilarga tabiblar tavsiya qiladigan rohat, yer yuzida sayohat qilishdir.• Pand-nasihat toʻgʻri tamoyil egalarining iymonini mustahkam qiladi, tebranishlar beqaror kishilarning qoʻrqinchlariga qoʻrqinch qoʻshadi.• Kitob oʻqishning foydalari: tilning burro boʻlishi, aqlning oʻsishi, fikrning toza boʻlishi, gʻamning ketishi, tajribalardan istifoda etish va fazilatlarni kasb qilish.• Hayotdagi ortiqcha narsalar, (ortiqcha) ish, hojatdan tashqari narsalar yuk boʻlib, kifoya qiladigan narsa ila iffatni saqlash, dabdaba va isrofdan yaxshidir.• Semizlik gʻaflatdir, koʻp uyqu muvaffaqiyatsizlik kaliti, vasvasa azobdir. Qorin qoʻyish zehnni oʻtmaslashtiradi, koʻp kulgu esa qalbni oʻldiradi.
    70,2004621Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    24 нояб. 2025 г., 05:41

    #SaboqlarASSALOMU ALAYKUM, DO‘STIM!Mendan narsalarni qanday qilib abadiy saqlasam bo‘ladi deb so‘rabsan. Men senga odatdagidek falsafiy javob beraman: “Voz kechish bilan. Kim tark qilsa molik bo‘ladi”. Endi e’tiboringni Robbimizning Muso alayhis salomning onalariga aytgan gapiga qarataman: “Bas, (unga yomonlik yetishidan) qo‘rqqan chog‘ingda uni(Musoni) daryoga tashla!”. E’tibor ber, gohida yagona yechim voz kechish bo‘ladi. Bundan ko‘rinayaptiki, narsalarni saqlamoqchi bo‘lsang uni tark qilishing lozim bo‘ladi. Agar u qaytsa senikidir. Agar qaytmasa, u avvaldan seniki bo‘lmagan bo‘ladi. Ummu Sulaym roziyollohu anhoning qissasi nega yodimga keldi bilmayman. Abu Talha roziyollohu anhu mushriklik paytida musulmon ayol bo‘lmish Ummu Sulaym roziyollohu anhuga sovchi qo‘ydi. Ummu Sulaym dedi: - Ey Abu Talha! Sen kabi erkaklar rad qilinmaydi. Ammo sen kofirsan. Men esa muslimaman. Senga
    65,000944115651Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    23 нояб. 2025 г., 05:52

    #Qanday_buyuk_boʻlishganIbn Qayyum rohimahulloh shunday degan: “Barcha ummatning ulamolari shunga ittifoq qilishganki, biror neʼmatga boshqa bir neʼmat bilan erishilmaydi, rohatni afzal koʻrgan yana rohatni sogʻinib qoladi. Minishning qoʻrquvi va uning mashaqqatlaridan xursandchilik va lazzatlanish yuzaga keladi. Gʻam-tashvishi boʻlmaganga hech qanday xursandchilik yoʻq, sabr qilmaganga hech qanday lazzat yoʻq, azob chekmaganga hech qanday neʼmat yoʻq, charchoq neligini bilmaganga hech qanday rohat yoʻq”.- Sa'd Saud al-Kariboniy, "Qanday buyuk bo'lishgan" kitobidan📚 @e_kutubxona
    96,6007134121273Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    22 нояб. 2025 г., 08:40

    Tagiga chizib o‘qilgan kitoblar mundarijasi🏷 Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li, «Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti 2» (1) 🏷 Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li, «Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti 2» (2) 🏷 Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li, «Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti 2» (3) 🏷 Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li, «Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti 2» (4) 🏷 Ahmad A'zam. "Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar" (1) 🏷 Ahmad A'zam. "Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar" (2) 🏷 Ali ibn Jobir al-Fayfiy, "Soyabon" 🏷 Amina Shenliko‘g‘li. «Muslima ayol Yevropada» (1) 🏷 Amina Shenliko‘g‘li. «Muslima ayol Yevropada» (2) 🏷 Amina Shenliko‘g‘li. «Muslima ayol Yevropada» (3) 🏷 Amir Temur. "Temur tuzuklari" (1) 🏷 Amir Temur. "Temur tuzuklari" (2) 🏷 Boris Pasternak, "Doktor Jivago" 🏷 Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari" 🏷 Doktor Oiz Qarniy, "Haqiqiy
    107,0003596542Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    21 нояб. 2025 г., 06:59

    #Kichkina_shahzodaSiz chiroylisiz, ammo hammadan holisiz, – so’zini davom ettirdi kichkina shahzoda, – ammo siz uchun hech kim jonini bermaydi. Odamlar qo’limdagi atirgulni ko’rib, uni sizga qiyoslashadi. Ammo gulim hammadan ham ko’ra menga qadrliroq. Chunki men siz bilan emas, gulim bilan har dam birga edim. Uni yomg’irdan, do’ldan avayladim. Shamollarda devor bo’lib, asradim. Atrofidan begona o’tlarni yulib tashladim, faqat bir-ikkita donasi kapalaklar kelib qo’nishi uchungina qoldi xolos. Men uning maqtovi, sukunati, hasratini tinglab yashadim. U – meniki, faqat meniki.- Antuan de Sent-Ekzyuperi. "Kichkina shahzoda" qissasidan📚 @e_kutubxona
    57,6009230251152Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    19 нояб. 2025 г., 15:37

    SAMIMIYATAdashib-uloqib hayot bog‘ida Ne fikr, taammul dilga yuzlanar. Yolg‘on baxt jonimga tegar gohida, Haqiqiy armonga ko‘ngil tislanar.Xayol ummonida parivash o‘ylar Nedir halovatdan yo‘llarlar darak. Me’damga uradi yolg‘onchi kuylar, Rostakam azani qo‘msaydi yurak.Charchadim hayosiz boqqan ko‘zlardan, Soxtalik – ko‘ksimni allalar baxshi. O‘tirik gullardan, yolg‘on so‘zlardan Hayotiy ertaklar qaytanga yaxshi.Qo‘rqmayman chinakam, rostgo‘y yovlardan, Ularning ko‘zlari olmosdek yoniq. Chanqog‘im bosilmas yolg‘on suvlardan,
    58,300файл7747118Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    19 нояб. 2025 г., 13:49изменён

    #Risola📓 «Musulmon hayotida vaqt» ✍️ Yusuf Qarazoviy ⚙ Risola"Sizlarga yo‘llayotgan ushbu kitobimiz vaqt muammosini Qur’on va sunnat ko‘rsatmalari orqali muolaja etishga ko‘mak beradi, degan umiddamiz. Maqsadimiz musulmonlar g‘aflatdan uyg‘onsinlar, vaqtning qadr-qimmatiga qarashlarini to‘g‘rilasinlar va uning qadriga yetsinlar".📚 @e_kutubxona
    55,000файл351011Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    18 нояб. 2025 г., 13:19

    Man ayturman: „Ko'ngul uzgil!" Bu ko'nglum ko'ngul uzmaydur, Ko'ngul ayturki: „Ey nodon, Ko'ngul uzsam, uzilgaymu?!"- Mashrab📚 @e_kutubxona
    Иллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxona
    66,50082553716158Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    17 нояб. 2025 г., 07:17

    #Koʻrilma"...kuchi""Bo‘ylab" turkumidan04.10.2025📚 @e_kutubxona
    Иллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxona
    46,70077199754Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    16 нояб. 2025 г., 04:21

    ASSALOMU ALAYKUM, DO‘STIM!Ularga muhtoj bo‘lib turganingda ular seni tashlab ketishgani sababli umidsizlikka tushma. Menga ishon, barvaqt kelgan umidsizlikning tarqab ketishi ham tez bo‘ladi. Yo‘lning o‘rtasida yetkazilgan jarohat alamlidir, lekin o‘lim emas. Ammo u joning qolgan bo‘lsa yo‘lning oxirida o‘limdir. Do‘stim! O‘zingni malomat qilma. O‘zingdan sabab qidirma. Ketuvchi inson sababga muhtoj bo‘lmaydi. U avvaldan ketuvchi bo‘lgan. U faqatgina fursat kutib turgan bo‘ladi. Fursati kelgan shekilli... "Ular nega o‘zgarib ketishdi?", deya so‘rama o‘zingdan. Ular avvaldan shunaqa edilar. Kunlar insonlarni o‘zgartirmaydi, aksincha, haqiqatlarini fosh qiladi. Do‘stim! Bu ishga boshqa tomondan qara. Ular seni tashlab qo‘yishganda aslida seni bu vaziyatdan kurashib qanday chiqib ketishingni bilganlar. Alloh tomon yuzlanishingni sezganlar. Sen ularni najot ustunlari deb o‘ylagansan,
    49,500962610983Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    3 нояб. 2025 г., 17:08

    RASHKU zavjasiga g‘azablanib dedi: - Men seni rashk qilaman, deb ming marta aytdim. Seni ziynatlanishning barcha turidan man qilmaganmidim?! U butunlay beg‘uborlik bilan javob berdi: - Menda hech qanaqa ziynat yo‘q! U dedi: - Ammo sen odamlar oldida kitobingni ochding. Bir satr o‘qib tabassum qilib qo‘yar, boshqa satrni o‘qib qoshingni ko‘tarib qo‘yar eding. Men o‘zi shu uchun oshiq bo‘lgan edim senga. Iltimos, ko‘chada kitob o‘qishni bas qil!Ayman Yog‘iy sahifasidan📚 @e_kutubxona
    Иллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxona
    59,60038419489372818Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    1 нояб. 2025 г., 06:36

    KUZ (Turkum)1Favvoralar tingan, o‘rindiqlar bo‘sh, Majnuntollar ketgan qaygadir daydib. Ortimdan ergashar siniq yomg‘irpo‘sh, Barglar shitirlaydi ismingni aytib.Og‘ir tortib qolgan avtolar go‘yo, Bekatlar munglidek ko‘rinar ko‘zga. Seni kutaverib sarg‘aydimmi yo, Va yo aylandimmi sen sevgan kuzga?!Sen esa qaydadir – boshqa bekatda Turibsan za’faron o‘ylardan xoli. Go‘yoki yam-yashil barglar qatida Yaraqlayotgan bir yaproq misoli.Favvoralar tingan, o‘rindiqlar bo‘sh,
    52,700722615851Открыть в Telegram
  • Elektron kutubxona

    31 окт. 2025 г., 13:25

    Karleyldan do’sti so’radi: - Shuncha kitobni qanday to’pladingiz? Karleyl javob beradi: - Bu kutubxona mening har kungi tutunim. - Nima demoqchiligingizni tushunmadim. - Kimlardir chekishga sarflaydigan pulni men kitob uchun sarfladim.📚 @e_kutubxona
    Иллюстрация к посту канала Elektron kutubxonaИллюстрация к посту канала Elektron kutubxona
    49,1002071005520134Открыть в Telegram