Последние посты

Eco-Schools | Respublika
22 сент., 12:49
Barchaga xayrli kun 🙌21-23-sentabr kunlari "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo maktablar uchun tashkil etilayotgan onlayn seminar-treninglarda namoyish etilayotgan taqdimotlar ma'lumot va ish jarayonida foydalanish uchun taqdim etilmoqda.
Eco-Schools | Respublika
21 сент., 07:16
переслано из @ecoschools_uzbekistan

Eco-Schools | Respublika
21 сент., 05:09изменён
☝️ESLATMA"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo 694 ta maktablar uchun 21-, 22- va 23-sentabr kunlari onlayn seminar-treninglar bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.❗️Ushbu onlayn seminar-treninglarga ulanish uchun havolalar taqdim etilmoqda:21-sentabr: https://us06web.zoom.us/j/83821702196?pwd=oDcvRErtzz9l1nxos5cu499rz99jmC.122-sentabr: https://us06web.zoom.us/j/81035752294?pwd=EO7XbBFyht5FiRwDQ1atY2gM4KG2qg.123-sentabr: https://us06web.zoom.us/j/83372373099?pwd=W1GdnkaiBxeYShEybiii4pmQrzjlGf.1Izoh: havola orqali ulanganingizda, o'z hududingiz nomi yozilgan session zalga kirish zarur.Muhim ko'rsatmalar: • har bir maktab ilovada belgilangan sana va vaqtda, trening boshlanishidan 15 daqiqa oldin "Zoom" platformasi orqali seminarga ulanishi lozim; • internet, kamera va mikrofon stabil ishlaydigan auditoriyadan seminarga ulanish zarur; • har bir maktabdan - maktab
Eco-Schools | Respublika
21 сент., 04:16изменён
Barchaga xayrli kun 🙌"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi doirasida maktablarda bir martalik plastikdan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan "Zero Plastic" tashabbusini yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda.☝️Tashabbusni tayyor reja asosida emas, balki maktablarning o'z tajribasi va amaliy takliflari asosida shakllantirishni maqsad qilganmiz.🙋♂️ Shu munosabat bilan, "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo maktablarda "Zero Plastic" tashabbusini qanday tashkil etish mumkinligi bo'yicha g'oyalar to'planmoqda.Masalan, quyidagi yo'nalishlarda taklif berishingiz mumkin: • maktabda bir martalik plastikdan foydalanishni kamaytirish; • oshxona va tadbirlarda plastik idish va paketlarga muqobil yechimlar; • qayta ishlatiladigan idishlar va suv nuqtalarini joriy etish; • plastik chiqindilarni saralash va qayta ishlash tizimini tashkil etish; • o'quvchilar, o'qituvchilar va ota-onalarni
Eco-Schools | Respublika
17 сент., 05:52
Barchaga xayrli kun 🙌Joriy yilning 21-23-sentabr kunlari "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo barcha maktablar uchun onlayn seminar-treninglar bo'lib o'tadi.Unda maktab rahbariyati vakili, loyihaga mas'ul pedagog va eko-qo'mita a'zolari (o'quvchilar) ishtirok etishlari zarur.
Eco-Schools | Respublika
14 сент., 10:01
Shanba… yana zerikib o‘tadimi? 😴 Yoki bu safar ko‘chaga chiqib, o‘yin o‘ynab, sovg‘a yutib, yangi do‘stlar orttirasizmi? 🚨 19-sentyabr kuni O‘zbekistonning barcha 14 hududida bir vaqtda CLEAN GAMES – TOZA O‘YINLAR boshlanadi! Clean Games - bu jamoaviy,
Eco-Schools | Respublika
14 сент., 10:00
переслано из @youngclimatechampionsuzbekistan
Shanba… yana zerikib o‘tadimi? 😴 Yoki bu safar ko‘chaga chiqib, o‘yin o‘ynab, sovg‘a yutib, yangi do‘stlar orttirasizmi?🚨 19-sentyabr kuni O‘zbekistonning barcha 14 hududida bir vaqtda CLEAN GAMES – TOZA O‘YINLAR boshlanadi!Clean Games - bu jamoaviy, qiziqarli musobaqa o‘yin - topshiriqlar, ballar va g‘oliblar bilan.💥 Sizni nimalar kutmoqda? 3–4 kishilik jamoa tuzing va: • boshqa jamoalar bilan musobaqalashing • tabiatdagi chiqindilarni yig‘ing va saralang • eko-kvest topshiriqlarini bajaring • ball to‘plang🏆 Sizga nima foydasi bor? • TOP-3 jamoa zo‘r sovg‘alar va sertifikatlar oladi • o‘yindan keyin - tashkilotchilar tomonidan mazali piknik • undan keyin - qiziqarli o‘yinlar, musiqa va atmosfera • va albatta - yangi do‘stlar va tanishlar
Eco-Schools | Respublika
10 сент., 05:16изменён
👋😊 Barchaga salom, bizda ajoyib yangilik. 📣 "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga 2026–2027-o‘quv yilida a'zo bo'lish uchun qabul jarayonini ochiq deb e'lon qilamiz. 🏫 Mamlakatimizdagi barcha maktablar havola orqali arizalarni to‘ldirgan holda loyihaga qo'shilishlari
Eco-Schools | Respublika
10 сент., 05:14
переслано из @ecoschools_uzbekistan
👋😊 Barchaga salom, bizda ajoyib yangilik.📣 "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga 2026–2027-o‘quv yilida a'zo bo'lish uchun qabul jarayonini ochiq deb e'lon qilamiz.🏫 Mamlakatimizdagi barcha maktablar havola orqali arizalarni to‘ldirgan holda loyihaga qo'shilishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish 2026-yilning 10-sentabr kunidan 4-oktabr kunigacha davom etadi. To‘ldirilgan arizalarni @qabul_eco_schools manziliga yuborish zarur.☝️ "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga qo‘shilish va ekologik harakatning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Butun maktabingiz va mahallangiz bilan birgalikda atrof-muhitni asrash va yashil kelajakni yaratishga hissa qo‘shing.~~~👋
Eco-Schools | Respublika
9 сент., 13:34
Eco_Tetrad_UZ.pdf
Eco-Schools | Respublika
9 сент., 13:33
Barchaga xayrli kech 🙌"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga a'zo maktablar o'quv yili davomida loyiha doirasida amalga oshirishi tavsiya etiladigan ishlar rejasi taqdim etilmoqda.E'tibor bering! Ushbu yillik reja tavsiya shaklidagi hujjat. Mazkur reja bo'yicha ishni tashkil etsangiz, maktabning loyiha doirasidagi faoliyatini tizimli yo'lga qo'ygan bo'lasiz.
Eco-Schools | Respublika
7 сент., 13:45
переслано из @ecoschools_uzbekistan
#EcoSchoolsUzbekistan #RCOYCentralAsia2026😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Eco-Schools | Respublika
7 сент., 13:45
переслано из @ecoschools_uzbekistan
"RCOY Central Asia 2026" mintaqaviy yoshlar konferensiyasi doirasida BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Felipe Paulier hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi.Ochiq muloqotda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston va Turkiyadan kelgan yosh eko-faollar ishtirok etdi.Ishtirokchilar yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, shaxsiy va kasbiy rivojlanish, sun’iy intellekt, ekologiya va bugungi kunda ularni qiziqtirayotgan boshqa mavzular yuzasidan bevosita savollar berdilar.Bunday muloqot tadbir ishtirokchilari uchun yetakchilarga bevosita murojaat qilish va o‘z mamlakatlarida ko‘rishni istayotgan o‘zgarishlarni bildirish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Zero, Markaziy Osiyo yoshlari kelajak haqida nafaqat so‘zlamoqda, balki allaqachon
Eco-Schools | Respublika
5 сент., 17:49
переслано из @ecoschools_uzbekistan
Konferensiyaning yoshlar tashkiliy jamoasi tomonidan onlayn so‘rov asosida ishlab chiqilgan mintaqaviy yoshlar bayonoti "RCOY Central Asia 2026"ning markaziy natijasi bo‘lib, unda 1000 dan ortiq javoblar, shuningdek har bir mamlakatda yoshlar bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz va onlayn maslahatlar olindi. Bayonotda yoshlarning suv ta’minoti va sanitariya xizmatlari, iqlim o‘zgarishiga moslashish, iqlim sohasida moliyalashtirish, tinchlik va xavfsizlik, energetika, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, muzliklar va suv resurslari, sog'liqni saqlash, gender tengligi va boshqa masalalar kabi 19 ta tematik yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalari jamlangan.Bayonot joriy yilning noyabr oyida Turkiyada bo‘lib o‘tadigan BMTning COP31 global iqlim sammitida jahon yetakchilari va qaror qabul qiluvchilarga taqdim etiladi. Bayonotda suv resurslari masalalariga alohida e’tibor qaratilganini inobatga olib, hujjat shu
Eco-Schools | Respublika
5 сент., 03:26
переслано из @ecoschools_uzbekistan
Samarqandda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, shuningdek, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston va Turkiyadan kelgan 100 ga yaqin yosh ekofaollar va ekspertlarni birlashtirgan iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo yoshlar konferensiyasi — "RCOY Central Asia 2026" o‘z ishini boshladi.Yoshlarning "RCOY Central Asia 2026" uchinchi submintaqaviy konferensiyasi "Markaziy Osiyo yoshlari iqlim, suv va barqaror rivojlanish uchun" shiori ostida o‘tkazilmoqda. Anjuman "Yoshlar — yoshlar uchun" tamoyili asosida butun mintaqadagi mustaqil yoshlar tashkilotlari, harakatlari va tarmoqlari ishtirokida tashkil etilmoqda.Konferensiya doirasida davlat siyosati masalalariga bag‘ishlangan ekspert sessiyalari va muhokamalar, amaliy seminarlar, davlat organlari vakillari bilan muloqotlar, madaniy almashinuvlar,
