Последние посты

Eco Info
14 окт., 13:24
RASMIY MUNOSABATIjtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan «Navoiy shahrida g‘isht zavodi havoni ifloslantirayotgani aytilmoqda» to‘g‘risidagi axborotni Navoiy shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan o‘rganildi.O‘rganishlar davomida fuqaro N.E.E. tomonidan og‘zaki ijara asosida g‘isht pishirish faoliyati amalga oshirilayotgani hamda tegishli loyiha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ro‘yobga chiqarilgani aniqlandi.Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 96-moddasi birinchi qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, qonunbuzilish holati bartaraf etilgunga qadar ishlab chiqarish jarayoni to‘xtatildi.Ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishda ekologik qonunchilik talablariga, atrof-muhitni muhofaza qilish va atmosfera havosi sifatini saqlashga oid belgilangan normalarga qat’iy rioya etilishi shart.Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmatiUz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
14 окт., 06:28
💬14-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida havo sifati “o‘rtacha” darajada bo‘ldiAyrim soatlarda va hududlarda havo sifatining qisqa muddatli yomonlashishi kuzatildi. Kuchsiz shamol va harorat inversiyasi ifloslantiruvchi zarrachalarning yerga yaqin qatlamda to‘planishiga sharoit yaratdi.Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
13 окт., 13:20
Issiqxona xo‘jaligiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildiPrezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.Avvalo, Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxonalar holati tahlil qilindi. O‘tgan yili maxsus komissiya tomonidan issiqxonalar xatlovdan o‘tkazilib, muayyan qismiga ekologik toza energiya manbalariga o‘tishiga ko‘maklashildi. Shu bilan birga, ayrim xo‘jaliklarda hali ham ko‘mirdan foydalanilmoqda.Kuz-qish oylarida shamol sustlashishi va harorat inversiyasi tufayli issiqxonalardan chiqadigan tashlamalar poytaxt va uning atrofida toʻplanishi mumkin.Shu bois, Toshkent shahri va unga tutash beshta tumanda issiqxonalar uchun “yashil” texnologiyalarga asoslangan maxsus ekologik tartib joriy etish taklif qilindi. Isitishda tabiiy gaz, elektr, geotermal va quyosh energiyasi, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarining ikkilamchi issiqligidan foydalanishga ruxsat beriladi. Shina, plastmassa, bitum, mazut, ishlatilgan moy va chiqindilarni yoqishga yoʻl qoʻyilmaydi.Qattiq yoqilgʻida ishlayotgan issiqxonalarga joriy yil 1-dekabrga qadar ushbu manbalarga oʻtish taklif qilinadi. Yoqilgʻini yopiq joyda saqlash, avtomatlashtirilgan qozonlar va samarali chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi, kul va shlakni xavfsiz yigʻish uchun sharoit, zaxira generatori mavjudligi, tutun moʻrisi minimal balandlik meʼyoriga muvofiqligi kabi qatʼiy texnik talablarga mos boʻlgan issiqxonalargagina qattiq yoqilgʻidan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.Joriy yil 15-oktabrdan kelgusi yil 15-martga qadar issiqxonalarda doimiy ekologik monitoring olib boriladi. Unda chang-gaz tozalash uskunalarining ishlashi, havoga chiqarilayotgan tashlamalar miqdori va yoqilgʻi turlariga qoʻyilgan talablarga rioya etilishi nazorat qilinadi. Oʻlchov uskunalari va videokuzatuv vositalaridan olinadigan maʼlumotlar Ekologiya qoʻmitasining axborot tizimiga real vaqt rejimida uzatiladi. Monitoringda dronlardan foydalaniladi, jamoatchilik nazorati vakillari ham ishtirok etadi.Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
8 окт., 08:07
💬Toshkentda 8-oktabrga o‘tar kechasi havo sifati qisqa muddatli "o'rtacha" darajada kuzatildi7-oktabr kuni soat 18:00 da Toshkent shahrida havo sifati xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha "sezgir guruhlar uchun noqulay" darajani qayd etdi. Bunga noqulay meteorologik sharoit, xususan, havo sovishi va kuchsiz shamol tufayli tungi harorat inversiyasi shakllanishi sabab bo‘ldi.Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
7 окт., 11:13
💬Toshkentda 7-oktabr kuni havo sifati "o‘rtacha" darajada qayd etildi6-oktabr kuni kunduzgi soatlarda Toshkent shahrining katta qismida havo sifati xalqaro havo sifati indeksi (AQI) ga ko'ra "o‘rtacha" darajada bo‘ldi. Soat 20:00 dan keyin havo sifati yomonlashib, kechasi va ertalab "sezgir guruhlar uchun noqulay" daraja kengroq hududlarni qamrab oldi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli "nosog‘lom" daraja ham kuzatildi. Bu Milliy standartda "o'rtacha" daraja hisoblanadi.Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
4 окт., 10:40
❗️Maxsus komissiya ogohlantiradiGlobal ob-havo modellari hamda O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, bugun Toshkent shahri hududida nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin. Prognozlarga ko‘ra, shamol tezligi 3–8 m/s gacha, ayrim hududlarda esa 10–14 m/s gacha kuchayishi ehtimoli mavjud. Kuchaygan shamol ta'sirida ayrim joylarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.Ushbu jarayonlar natijasida atmosfera havosida chang zarrachalari miqdori, ayniqsa, PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatga ortishi kuzatiladi.Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
28 сент., 15:12
Andijonda atmosferaga zarar yetkazayotgan korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildiEkologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi fuqarolar tomonidan "Ch.T." korxonasi atrof-muhitni ifloslantirayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi.Murojaat yuzasidan Ekologiya qo‘mitasi va Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan korxona hududida ekologik nazorat tadbiri o‘tkazildi. Tekshiruv davomida korxonada atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilmagani, toshni qayta ishlash jarayonida chang-gaz tozalash uskunalari mavjud emasligi hamda atmosfera havosiga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqarilayotgani laboratoriya tahlillari natijasida aniqlandi.Shuningdek, korxona hududida ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan chiqindilar tartibsiz joylashtirilgani va korxona tegishli davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olmasdan faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi.Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida korxona faoliyati 10 kun muddatga to‘xtatildi. Qolaversa, korxonaga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni belgilangan tartibda saqlash va olib chiqish, ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, yetkazilgan zarar uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovi undirilishi belgilandi.Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
19 сент., 10:37изменён
Aholi murojaati asosida Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy laboratoriya) bo‘limi mutaxassislari tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumani, Feruza-2 mavzesi, 16–17-uylar atrofida atmosfera havosining holatini o‘rganish maqsadida atmosfera havosidan namunalar olindi.Olingan namunalar belgilangan tartibda laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilib, natijalar asosida tegishli xulosa beriladi.——— 🍀Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmatiUz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
17 сент., 07:21
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasiga kelib tushgan fuqaro murojaatiga ko‘ra, Sariosiyo tumani "Chosh" mahallasida joylashgan jilg‘aga maishiy chiqindilar tashlanganligi holati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida chiqindilarni jilg‘aga tashlagan fuqaro J.S. aniqlanib, mazkur holatga qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko'rildi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 72-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 15 baravari — 6 million 600 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.Ta’kidlash joizki, jilg‘a orqali oqib keladigan suvlar Topalang suv omboriga qo‘shilishi sababli mazkur hududda chiqindilarni suv oqimlariga tashlash nafaqat atrof-muhitga, balki suv resurslarining sanitariya va ekologik holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh
Eco Info
4 авг., 08:14изменён
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan sobiq “Karvonbank” binosi o‘rnida olib borilayotgan qurilish ishlari oqibatida daraxtlar noqonuniy kesilayotgani va ularga zarar yetkazilayotgani mazmunidagi murojaat tarqaldi.🟡Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Ekopolitsiya xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida ushbu qurilish obyektida avval ham ekologiya qonunchiligi talablarining bir necha bor buzilgani aniqlangan.Jumladan:— 2025-yil 16-aprel kuni hududdagi 2 tup chinor daraxti belgilangan tartibdagi ruxsatnomalarsiz boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazilgani aniqlanib, sud qaroriga asosan huquqbuzarga 24,7 mln so‘m jarima hamda 6,6 mln so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.— 2025-yil 24-aprel kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirida 14 tup
Eco Info
17 июн., 07:10изменён
❗️Maxsus komissiya: “Bugun ham poytaxtda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin”Maxsus komissiya Jahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha Pekin mintaqaviy markazi hamda O‘zgidromet prognozlariga asoslanib bugun Toshkent shahri hududida nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkinligi borasida ogohlantiradi.Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
16 июн., 05:49
❗️Maxsus komissiya bugun Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zonlar kuzatilishi yuzasidan ogohlantiradiJahon meteorologiya tashkilotining Chang-qum bo‘ronlari bo‘yicha Pekin mintaqaviy markazi hamda Gidrometeorologiya xizmati agentligi prognozlariga ko‘ra, bugun Toshkent shahri hududida nam havo massalari kirib kelishi oldidan qisqa muddatli chang-to‘zon hodisalari kuzatilishi mumkin.Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
9 июн., 13:58
Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari ishdan olindi! Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi qishloqlardan birida zovur atrofida daraxtlarning noqonuniy kesilgani, jarayon vaqtida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan Ekologiya qo‘mitasi inspektoriga
Eco Info
6 июн., 18:50
💬Rasmiy munosabatIjtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida Aleksandr Fedin tomonidan barpo etilgan bog‘ taqdiri hamda uning salomatligi bilan bog‘liq holat yuzasidan xabarlar tarqaldi.Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda uning huzuridagi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olingan.Hozirgi vaqtda Aleksandr Fedin Termiz shahridagi tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga joylashtirilgan va zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, shuningdek, uni munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, uni Qo‘mita huzuridagi O’rmon agentligi tizimiga ishga joylashtirish choralari ko‘riladi.Aleksandr Fedinning mamlakatimiz ekologiyasi va ko‘kalamzorlashtirish sohasiga qo‘shgan hissasini inobatga olgan holda, u tomonidan yaratilgan
Eco Info
30 мая, 11:12
🟢Murojaat oʻrganildi✅Ijtimoiy tarmoqlarda "Olmaliq shahar Tinchlik va "Muqumiy mahallalari aholisini tashvishga solayotgan holat" mazmunidagi xabar yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Olmaliq shahar boʻlimi xodimlari tomonidan joyga chiqib oʻrganildi.Oʻrganish davomida Olmaliq shahar Zarbuloq mahallasi Ravnaq koʻchasi 1-uyda joylashgan "R.P." MCHJ ish faoliyatidan hosil boʻladigan chiqindi suvlari markaziy kanalizatsiya tarmogʻiga ulangan qismida nosozlik sababli oqova sovlari yer usti relyeftiga oqizilganligi ma'lum boʻldi.Mazkur holat yuzasidan Boshqarmaning Atrof-muhit monitoringi, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘limi (tahliliy laboratoriya) xodimlari tomonidan oqova suvlardan tahlil namunalari olindi. Tahlil natijalariga ko'ra MJtKning 66-moddasi
Eco Info
22 мая, 13:06
💬Rasmiy munosabat!Ijtimoiy tarmoqlarda "ecofaolfuqaro.uz" platformasi ishlamayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.Ekologiya qo‘mitasi ayni damda platforma faoliyatini takomillashtirish, nosozliklarni bartaraf etish maqsadida texnik ishlari amalga oshirilayotganligini ma'lum qiladi. Texnik ishlar tugagach, qo‘shimcha ma'lumot beriladi.Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida 2026-yil davomida 10 000 qadam piyoda yurish tajribasini qayta tiklash hamda sog‘lom turmush tarziga qaratilgan platforma faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.Uz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
15 мая, 11:05
Қуёш – ҳам энергия, ҳам даромад: Қуёш панеллари ўрнатганлик учун қандай имтиёзлар бор?Одамларнинг яхши яшаши учун энг зарур манбалардан бири – барқарор энергия ресурси. Сўнгги йилларда аҳолининг энергияга бўлган мавсумий эҳтиёжи кескин ошиши сабабли барча оғирлик электр тармоқларига тушмоқда.Шу боис бугунги кунда қайта тикланувчи энергия манбаларини кенг жорий этиш, аҳолинининг ушбу воситалардан фаол фойдаланишини рағбатлантиришга алоҳида аҳамият қаратилди. Хусусан, янги тизимга кўра, ҳар бир ўрнатилган қуёш панеллари, қуёш сув иситиш коллекторлари ва шамол электр ускунаси учун, қувватига қараб, имтиёзлар берилди.Масалан, бир оила сув иситиш учун ойига ўртача 126 минг сўм харажат қилади, дейлик. Энди улар 6,9 млн сўм эвазига 200 литрли қуёш сув иситиш қурилмасини ўрнатса, давлатдан 2,7 млн сўм компенсация оляпти. Натижада фуқаро 4,2 млн сўм ўз ҳисобидан тўлашиши лозим бўлади.
Eco Info
8 мая, 11:12
Murojaat oʼrganildiIjtimoiy tarmoqlarda "Chirchiq daryosi qirg‘og‘ida yana ekologik muammo yuzaga kelmoqda" mazmunidagi xabar boʼyicha Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim oʼzgarishi bosh boshqarmasi Quyi Chirchiq tuman boʼlimi tomonidan joyiga chiqib oʼrganildi.Mazkur videomurojaatdagi holat ilgari sodir etilgan boʼlib, inspektorlar tomonidan oʼrganilgan. Hududga maxsus texnikalar jalb etilgan holda chiqndilardan tozalanib bartaraf etilgan. Shuningdek, hududga noqoʼnuniy chiqindilar tashlab ketilishini olidini olish maqsadida kuzatuv kamerasi oʼrnatilgan. Hozirgi kunda inspektorlar tomonidan hudud nazoratga olingan.Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi Matbuot xizmatiUz: @ecoinfouz | Ru: @ecoinfo_ru
Eco Info
30 апр., 03:42
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida ko‘p yillik daraxtlarni “qayta ekish” niqobi ostida yo‘q qilish ishlari olib borilayotgani haqida murojaat kelib tushdi.Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, ushbu hudud Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida rekonstruksiya qilinayotgan ta’lim muassasasi hududiga to‘g‘ri keladi.Xususan, Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan 2-son sport maktabi binosini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan yer maydonida mavjud daraxtlar xatlovdan o‘tkazilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra:— 1 tup shumtol daraxti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarorining 33-bandiga muvofiq, barcha agrotexnik talablar asosida boshqa
Eco Info
29 апр., 13:15
Rasmiy munosabatIjtimoiy tarmoqlarda "Ohangaron tumanida joylashgan korxona chiqindilarni yoqayotgani ekologik xavotir uyg‘otmoqda" mazmunidagi xabar boʻyicha Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan zudlik bilan joyiga chiqib oʻrganilmoqda.Murojaatda koʻrsatilgan "H.T.C.G"LLc MChJ hududida chiqindilar yoqish holati oʻchirilib, toʻplanib qolgan sanoat chiqindilari maxsus texnikalar jalb etilagn holda bartaraf etildi. Holat boʻyicha korxonaga nisbatan hududda belgilanmagan joyda sanoat chiqindi toʻplanib qolganligi uchun MJtKning 91-moddasi 1-qismi hamda chiqindilarni yoqqanligi uchun MJtKning 88-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.Mazkur holatga huquqiy baho berish uchun Ohangaron tumani Jinoiy ishlar boʻyicha sudiga toʻplangan hujjatlar yuborilmoqda. Shuningdek, inspektorlar tomonidan Vazirlar
