gram news
Аватар канала Toshkent viloyati Kengashi

Toshkent viloyati Kengashi

@ecotoshkent

O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashining rasmiy telegram sahifasi 📍Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Mendeleyev ko'chasi 6 Murojaat uchun tel. +998954761010 • Facebook.com/ecopartyuzb • YouTube.com/c/ecouz • @ecopartyuzb_bot

ПроектыUZПолитика

2,890подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 11:14

    #Bekobod_tumani #Deputatlik_faoliyatiToza hudud — obod mahalla, sog‘lom muhit!Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat B. Jo‘rayev, shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari B. Xabibullayev va K. Ortiqbayev ishtirokida Bekobod tumani “Toza hudud” davlat muassasasining chiqindilarni olib chiqish faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida hududdagi mavjud sanitariya va ekologik holat, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish jarayoni, chiqindilarni boshqarish tizimi hamda sanitariya-tozalik talablariga rioya etilishi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, sohada uchrayotgan muammolar va ularning kelib chiqish sabablari yuzasidan fikr almashildi.Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, chiqindilarni belgilangan tartibda boshqarish, hududlarda tozalikni saqlash va aholi uchun qulay ekologik sharoit yaratish muhim vazifalardan
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 11:12

    #Yuqori_Chirchiq_tumani #MurojaatMahallaning ekologik holati o‘rganildiYuqori Chirchiq tumani Ekologik partiyasi raisi N. Mavlyankulova hamda Oqovul MFY raisi T. Munsaliyev ishtirokida mahallaning ekologik holati o‘rganildi.O‘rganish davomida hududning obodonligi va sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhit tozaligini ta’minlash, mavjud ekologik muammolarni aniqlash hamda ularning oldini olish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, mahalla hududida tozalikni ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish va ekologik holatni yaxshilash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish hamda hududning ekologik holatini doimiy nazoratda ushlab turish bo‘yicha kelishib olindi.Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati✅telegram | 🔍web-sayt |
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 11:09

    #Bekobod_tumani #Deputatlik_faoliyatiDeputat e’tibori — inson manfaatlari yo‘lidaXalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat I. Xaliqberdiyev tomonidan Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi VII 27-31-10-135-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Gulzor” mahallasida istiqomat qiluvchi I guruh nogironi Kushmuratova Ziyodaxon Xusniddin qizi xonadonining holati o‘rganildi.O‘rganish davomida xonadonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, 5 dona AKFA deraza va 3 dona AKFA eshik o‘rnatilgani, shuningdek, shift hamda isitish tizimini ta’mirlash uchun zarur qurilish materiallari olib kelingani aniqlandi.Mazkur amaliy ishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli ko‘mak
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 11:07

    #Yuqori_Chirchiq_tumani #Aksiya“Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildiYuqori Chirchiq tumanida “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan keng ko‘lamdagi tozalik va "yashil makon" aksiyalarsi tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi N. Mavlyankulova, Ekologik partiya deputati R. Nurmatov hamda obodonlashtirish sohasi xodimlari faol ishtirok etdilar.Aksiya davomida hududlarda to‘planib qolgan maishiy chiqindilar yig‘ishtirilib, ko‘cha va jamoat joylari obodonlashtirildi. Shuningdek, daraxtlarning tag qismi yumshatilib, ularning yonlariga gullar ekildi hamda yashil hududlarni parvarishlash va hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi.Tadbir ishtirokchilari tomonidan tozalikni ta’minlash bilan bir qatorda, atrof-muhitni asrash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash va tabiatga ehtiyotkorona
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 10:54

    #Bekobod_tumani #Deputatlik_faoliyatiYoshlar — yangi imkoniyatlar sari!Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari M. Yo‘ldoshev, K. Ortiqboyev va B. Xabibullayev ishtirokida Xonobod mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar o‘rganildi.O‘rganish davomida yoshlarning qiziqish va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish hamda bandligini ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilindi.Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihasi o‘rganilib, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni kasb-hunarga va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Mazkur yo‘nalish
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 10:51

    #Bostonliq_tumani #Deputat_faoliyatiFuqarolarning ijtimoiy holati o‘rganildi2026-yil 17-sentabr kuni Bo‘stonliq tumani 3-saylov okrugi deputati E. Narbekov tomonidan "Aydarali" MFY ijtimoiy xodimi M. Userbayeva faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mahallada yashovchi nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy reyestrga kiritilgan D. Aydarkulov, E. Yuzbaev va boshqa fuqarolarning turmush sharoitlari o‘rganildi.Shuningdek, fuqarolarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va ijtimoiy ko‘maklardan foydalanish holati, mavjud ehtiyojlari hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 10:50

    #Orta_Chirchiq_tumani #Deputat_nazoratiKuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibordaO‘zbekiston Ekologik partiyasidan xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashiga saylangan, 6-Do‘stlik saylov okrugi deputati Yakubjan Musayev Beshboy mahallasidagi 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.O‘rganish davomida muassasadagi isitish tizimi, xonalar holati, sanitariya-obodonlashtirish ishlari hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati✅telegram | 🔍web-sayt |
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 10:16

    #Yuqori_Chirchiq_tumani #Davra_suhbatiYoshlar bilan partiya g‘oyalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildiYuqori Chirchiq tumani Ekologik partiyasi raisi hamda 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Ekologik partiyasining asosiy g‘oyalari, dasturiy maqsad va vazifalari, shuningdek, ekologik yo‘nalishdagi tashabbuslari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.Shuningdek, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiatni asrab-avaylash, atrof-muhitni muhofaza qilishga mas’uliyat bilan yondashish hamda ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbir davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, ular bilan ekologik mas’uliyat va tabiatga ehtiyotkorona munosabat mavzularida fikr almashildi.Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 08:53

    #Qibray_tumani #GazetaO'zbekiston Ekologik partiyasi Qibray tumani Kengashi raisi Avloqul Xudoyqulov tomonidan 2026-yil 22-sentabr kuni "Inson va qonun" gazetasida yoritilgan "Tabiatni asrash barchamizning burchimiz" nomli maqola bilan tanishing.Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
    31файл111Открыть в Telegram
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 08:45

    #Yuqori_Chirchiq_tumani #Ayollar_klubiEkologik madaniyat — oiladan boshlanadiYuqori Chirchiq tumani Ekologik partiyasi raisi hamda 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchi qizlari ishtirokida “Ekologik madaniyat — oiladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Tadbir davomida o‘quvchi qizlarga atrof-muhitni asrash, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash va hududlar tozaligini saqlashda oilaning o‘rni haqida tushunchalar berildi.Shuningdek, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, oilada ekologik tarbiya va mas’uliyatni shakllantirish, yashil hududlarni asrab-avaylash hamda tabiat resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.Suhbat davomida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalari bilan faol qatnashib, ekologik madaniyatni shakllantirish avvalo oiladan boshlanishi, kundalik
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 08:36

    #Orta_Chirchiq_tumani #BPTYangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etildi«Toshkent suv ta’minoti» AJ O‘rta Chirchiq tuman filialida O‘zbekiston Ekologik partiyasining yangi Boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tuman Kengashi rahbari, partiya deputatlari hamda filial xodimlari ishtirok etdi.Yig‘ilish davomida partiyaning asosiy maqsad va vazifalari, ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.Yangi tashkil etilgan Boshlang‘ich partiya tashkiloti partiya safi faolligini oshirish, xodimlarni ekologik tashabbuslarga keng jalb etish hamda hududda ekologik yo‘nalishdagi amaliy ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.Ekopartiya Toshkent
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 08:33

    #Piskent_tumani #GazetaO'zbekiston Ekologik partiyasi Piskent tumani Kengashi raisi Muyassar Safarova tomonidan 2026-yil 19-sentabr kuni "Piskent hayoti" gazetasida yoritilgan "Tabiatni asrang" nomli maqola bilan tanishing.Ekopartiya Toshkent viloyat Kengashi matbuot xizmati✅telegram | 🔍web-sayt | ✅facebook | 📹You Tube
    32файл111Открыть в Telegram
  • Toshkent viloyati Kengashi

    22 сент., 06:00

    #Orta_Chirchiq_tumani #MurojaatAholi murojaati bo‘yicha amaliy choralar belgilandiO‘zbekiston Ekologik partiyasi O‘rta Chirchiq tumani Kengashiga “Jang‘aboy” MFY Tortuvli ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan ichimlik suvi ta’minoti masalasi yuzasidan murojaat kelib tushdi.Mazkur masalani o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ O‘rta Chirchiq tumani filiali rahbari hamda muhandisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuv davomida hududdagi mavjud suv inshootining holati, uning balansga tegishliligi hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilindi. Filial mas’ullarining ma’lumotiga ko‘ra, mazkur suv inshooti filial balansida emas, balki “Jang‘aboy” MFY tasarrufida ekani ma’lum qilindi.Masalani hal etish maqsadida mahalla ma’muriyati bilan hamkorlikda amaliy choralarni belgilash va aholini ichimlik suvi bilan