gram news
Аватар канала Edu.uz

Edu.uz

@eduuz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

ПроектыUZОбразованиеПодтверждён Telegram

149,000подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Edu.uz

    23 сент., 16:14

    #kitobxon_yoshlar_ligasi“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 3-mavsumi final bosqichi o‘tkazildi!🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan e’lon qilingan “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi.Yakuniy bosqichda saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 132 nafar talaba-yosh o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/223616👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    7,360видео111Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    23 сент., 14:55

    #xizmat_safari #kuz_qishSirdaryoda oliy ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi2026-yil 23-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida oliy ta’lim muassasalarida 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.Tashrif davomida ta’lim muassasalarining isitish tizimlari, energiya ta’minoti, bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi holati o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish, energiya resurslarini tejash va iqtisod qilish, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/223585👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
  • Edu.uz

    23 сент., 14:34

    #Mirziyoyev #tashrif #Andijon #startaplarPrezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi Sunʼiy intellekt markaziga tashrif buyurib, yoshlarning startap loyihalari bilan tanishdi.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    5,890421Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    23 сент., 14:07

    #Mirziyoyev #tashrif #Andijon #baliqchilikPrezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi “Chinobod real biznes” korxonasining baliq yetishtirish loyihasi bilan tanishdi.Majmuada taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi ham yoʻlga qoʻyilgan. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti bilan hamkorlikda “Baliqchilik va parrandachilik amaliyot markazi” tashkil etilgan. Bu yerda talabalar nazariy bilimlarini ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlab, amaliy koʻnikma orttirmoqda.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    3,020311Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    23 сент., 13:40

    Baliqchida xalqaro standartlarga mos sport anjomlari ishlab chiqarilmoqdaPrezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi sport anjomlarini ishlab chiqarayotgan “LB Sport” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Korxonada taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi yoʻlga qoʻyilgan. Tumandagi 1- va 2-son texnikumlarning 100 nafar oʻquvchisi dual taʼlim asosida oʻqitilmoqda. Ular nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlamoqda.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
  • Edu.uz

    23 сент., 13:14

    Vazir Andijonda dual ta’lim asosida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashdiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Andijon tumanining Mingo‘rik mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Andijon Jinlun yangi energiya” xorijiy korxonasida bo‘ldi.Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari hamda gidroenergetika yo‘nalishidagi loyihalarga ixtisoslashgan korxona bilan tanishish davomida vazir dual ta’lim asosida amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan uchrashib, ularning ish jarayonidagi faoliyati bilan qiziqdi.Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/223078#Vazir_Andijon #Xizmat_safari👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    2,760видео5Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    23 сент., 12:28

    #Xushxabar⚡️Akademik litsey o‘qituvchisi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi▪️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining fizika fani o‘qituvchisi Gulchehra Bekniyazova Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan nufuzli “The Best Education Project International” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi.✍️U mazkur xalqaro tanlovda zamonaviy pedagogik yondashuv – fizikani o‘qitishda real va virtual laboratoriyalarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan innovatsion ilmiy maqolasi bilan qatnashib, xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.🏅Xalqaro tanlov yakunida Gulchehra Bekniyazova I darajali diplom, Xalqaro fan, madaniyat va san’at akademiyasi (IASCA) tomonidan oltin medal, shuningdek, esdalik nishoni bilan taqdirlandi.💐Akademik litsey o‘qituvchisini xalqaro tanlovdagi yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz!👉 Qaraqalpaqsha 👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    5,510149721Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    23 сент., 10:53

    #soʻrovnoma🚌 Toshkent shahri jamoat transporti xizmati sifatini baholash bo‘yicha aholi so‘rovnomasiHurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! So‘nggi yillarda Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini rivojlantirish, yangi avtobus va elektrobuslar olib kelish hamda yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.📊Transport vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu o‘zgarishlarni baholash va xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida mazkur so‘rovnomani o‘tkazmoqda.✔️Sizning fikringiz biz uchun muhim!Toshkent shahar jamoat transporti xizmatlariga befarq bo'lmagan yurtdoshlarimizdan ushbu so'rovnomada ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.📱So'rovnomada ushbu havola orqali ishtirok etishingiz mumkin!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
  • Edu.uz

    22 сент., 16:05

    #Olimlar_minbari #14.09–20.09.2026“Yoshlik shaharchasi — oliy taʼlim transformatsiyasining amaliy modeli” — Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri;“Milliy yuksalish tayanchi” — Fazliddin MOʻMINOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi;“Texnikumlarda zamonaviy kasblar. Janubiy Koreya bilan aloqalar yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi” — Azimjon HUSANOV, Kasbiy taʼlim agentligi direktori;“Inson kapitali va yuqori texnologiyalarga asoslangan strategik sheriklik” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor;“O‘zbekiston–Janubiy Koreya aloqalari: agrar sohada innovatsion texnologiyalar zamonaviy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar” — Narzullo OBLOMURODOV, Toshkent davlat agrar universiteti rektori;“Yangi O‘zbekiston universitetlarining taraqqiyot yo‘li” — Akmal ALLAKULIYEV, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
  • Edu.uz

    22 сент., 15:40

    Buxoro davlat texnika universitetida 4 yillik bakalavriat dual ta’limi yo'lga qo'yildiBuxoro viloyatidagi korxonalarning 4 yillik dual ta’lim bakalavriati bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji 1 500 nafarni tashkil etmoqda. Bu esa talabalar uchun amaliy ta’lim va kelgusida bandlik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga imkon bermoqda.Dual ta’limni rivojlantirish va universitet–ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish maqsadida rektor Sadoqat Siddiqovaning taklifiga binoan Germaniyaning Kassel universiteti professori Michael Albert Zöbisch universitetga tashrif buyurdi.Tashrif doirasida rektor bilan uchrashuv o‘tkazilib, dual ta’limni rivojlantirish, Germaniya tajribasini joriy etish va ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.Ayni paytda professor Michael Albert Zöbisch tomonidan bir hafta davomida universitet jamoasi va ishlab chiqarish
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    4,990видео753Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    22 сент., 15:10

    Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi o‘tkazildiJizzax davlat pedagogika universitetida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Turkiyaning Nejmiddin Erbakan universiteti, Bursa texnika universiteti, Vatan universiteti kabi 10 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlaridan 40 dan ziyod professor-o‘qituvchi, shuningdek, mamlakatimiz OTMlari vakillari, olim va tadqiqotchilar ishtirok etdi.Anjumanda raqamli transformatsiya, barqaror rivojlanish, madaniy meros va ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.#Jizzax #JDPU #IpakYoli #XalqaroHamkorlikBatafsil👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    6,690видео84Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    22 сент., 14:24

    Savol: Talabalik guvohnomasini qanday olamiz?Barcha talabalarning talabalik guvohnomalari elektron shaklda tayyor!Guvohnomani olish uchun: - MyGov ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab oling. - Ilovadagi profilingizga kiring. - “Profil” bo‘limiga o‘ting. - Sizga tegishli elektron hujjatlar orasidan talabalik guvohnomasini toping. - Guvohnomani telefoningizga yuklab olib, saqlashingiz mumkin.🎓 Elektron talabalik guvohnomasi talabalarga avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini imtiyozli xarid qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishda qo‘l keladi.📲 Batafsil — videoda!Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
    19,200видео116Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    22 сент., 12:45

    😚😋😛😝🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” shiori asosida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    11,7001342Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    22 сент., 11:04изменён

    #SavolJavobPedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓Chegirma kimlarga beriladi❓Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.Chegirmadan qanday foydalaniladi❓1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.Endi eng muhim savol: qancha
    42,100видео14Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    22 сент., 10:21изменён

    #Qonunchilik_yangiliklariIsh joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda. Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
  • Edu.uz

    22 сент., 09:50

    #7_Milliy_Dastur #35_yil_35_natija #Yetti_Yuksalish_ImkoniyatiBilimli qiz — ma’rifatli jamiyat poydevori“Talabalarning yarmidan ko‘pini xotin-qizlar tashkil etayotgani — Uchinchi Renessansning o‘ziga xos qiyofasi”, — Shavkat Mirziyoyev.Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigida ilgari surilgan yettita milliy dastur yoshlarning, xususan, talaba-qizlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qiladi.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
    8,510видео18642Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    22 сент., 07:15

    Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovi e’lon qilindiMilliy statistika qo‘mitasi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovini e’lon qildi.🫂 Kimlar ishtirok etishi mumkin? O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavriatning 4-bosqichi va magistraturada tahsil olayotgan, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar: ➡️statistika ➡️iqtisodiyot ➡️moliya ➡️axborot texnologiyalari ➡️ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics)📊 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
  • Edu.uz

    22 сент., 06:45

    O‘zMUda Yaponiya ta’limi va madaniyatshunosligi markazi tashkil etildiO‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Yaponiyaning Tohoku universiteti delegatsiyasi bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Milliy universitetida Yaponiya ta’limi va madaniyatshunosligi markazining rasmiy ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Yangi markazda Yaponiya ta’lim tizimi va madaniyatini chuqur o‘rganish, shu yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borish hamda O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.Batafsil: nuu.uz
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    12,300921Открыть в Telegram
  • Edu.uz

    22 сент., 06:16

    #DualTaʼlimBilim va amaliyot uyg‘unligiAndijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari dual ta’lim jarayonida nazariy bilimlarini bevosita amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, tanlagan kasbi bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.Ta’lim va ishlab chiqarish jarayonining uzviy integratsiyasi talabalarga o‘z bilimlarini real mehnat jarayonida sinab ko‘rish imkonini bermoqda. Bu esa ularning kasbiy kompetensiyasi, amaliy tajribasi va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.📊 Maʼlumot oʻrnida 2026/2027-o‘quv yilida: 🔹 1 387 nafar talaba dual ta’limga jalb etildi; 🔹 709 nafar 3-bosqich talabasi 26 ta korxona va tashkilotga; 🔹 678 nafar 4-bosqich talabasi 42 ta korxona va tashkilotga biriktirildi; 🔹 16 ta mutaxassis tayyorlovchi kafedra filialida maxsus o‘quv auditoriyalari tashkil etildi.🔗 Batafsil...👉 На русском 👉 In
    Иллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uzИллюстрация к посту канала Edu.uz
    9,590видео75111Открыть в Telegram

Ссылки