Последние посты

Fara yoritadi
9 сент., 14:50
переслано из @uzbchessfederation
⚡️Jahon shaxmatining eng yirik olimpiadasi SamarqanddaJoriy yilning, 15-sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Silk Road” xalqaro turizm markazida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi.1927-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqa tarixida Markaziy Osiyo ilk bor shaxmat olamining eng yirik jamoaviy turniriga mezbonlik qiladi.Bu yilgi olimpiada ishtirokchilar va jamoalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda. Musobaqada jami 396 ta jamoa ishtirok etadi. Shu tariqa, 2024-yil Budapeshtda qayd etilgan 380 ta jamoalik rekord yangilanadi.Batafsil ma’lumot — turnirning rasmiy saytida.#ChessOlympiad2026🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt
Fara yoritadi
14 июл., 05:51
2021 yil Covid sababli Cannes lions festivali online formatida bo'lib o'tgandi. O'shanda biz Sintez jamoasi O'zbekistondan birinchi ishni yuborgandikU ishimiz Natural packaging for natural products deb nomlanib, qadoqlarni ekologiyaga zararini kamaytirish maqsadida qilingan, unda o'zimizning oshqovoqlarda tabiy qadoq yaratilgan edi.Keys havolasini biriktirib qo'yaman
Fara yoritadi
25 июн., 17:06

Fara yoritadi
25 июн., 16:50изменён
Bir haftadan beri Cannes Lions’daman.Bu safar Markaziy Osiyodan katta delegatsiya bo’lib keldik. 6 yil oldin biz O’zbekiston tarixida Cannes Lions’ga topshirilgan birinchi ishni yuborgandik. Bugun esa bitta o’zim emas, butun jamoa bo’lib turibmiz. Buni ko’rib turish — alohida his.Yosh Lions’larga omad tilayman.O’zimizga kelsak — agentlik tarixida birinchi marta shortlist’ga chiqdik. Biz uchun bu katta natija.
Fara yoritadi
30 мая, 05:05
O'zbekiston formasi haqida bir oz aytmoqchimanBirinchi marta jahon chempionatiga chiqayotgan jamoa. Bu — tarixiy hodisa. Va bu hodisani PR miqyosida ishlatish mumkin edi.Mongoliya olimpiadada kiygan milliy naqshli kiyimini eslayman — butun dunyo mediasi yozdi. Chunki ular imkoniyatni ko'rishdi. Biz ham xuddi shunday imkoniyat oldida edik.Forma — butun dunyo ko'radigan narsa. Madaniyatimizni, san'atimizni, zamonaviyligimizni ko'rsatish uchun eng katta sahna.Forma yomon emas. Oddiy. Va aynan shu — muammo.Shuncha yirik xalqaro brendlar ichida o'zbek brendining turishi — quvonch.Lekin vaziyat bir oz boy berildi.Boshqa davlatlar dizaynlarini, ularni PR kompaniyalarni ko'rib bizga hali ancha bor degan fikr keldi
Fara yoritadi
23 мая, 16:55
Kreativ iqtisodiyot haqida.Bugun O’zbekiston Madaniyat va San’at Rivojlantirish Jamg’armasi Uzbekistan Creative Parkni taqdim etdi.Bu — kreativ soha vakillari uchun davlat ekotizimi: soliq imtiyozlari, xalqaro loyihalar va hamfikrlar hamjamiyati.Soliq rejimi rezidentlar uchun: — MChJ → aylanmadan 4%, QQSsiz — YAT → aylanmadan 1%, QQSsiz — O’z-o’zini band qilganlar → 1%, QQSsizShart: daromadning kamida 80% kreativ iqtisodiyot ro’yxatidagi faoliyatdan bo’lishi kerak. 15 yo’nalish, 142 faoliyat turi.Fond rejalari: Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda fizik parklar qurish ko’zda tutilgan.Asosiy maqsadlar: — Kreativ iqtisodning YaIMdagi ulushini 3,7%dan 5%ga yetkazish (145 trln so’m) — Eksportni $1 mlrddan oshirish (2024 yilda $770,6 mln bo’lgan) — Ish o’rinlarini 500 000 kishiga yetkazish (hozir — 320 mingga yaqin)
Fara yoritadi
23 мая, 08:50
переслано из @marketingbolimi
O‘zbekistondagi birinchi D&AD sovriniIjtimoiy Himoya Milliy Agentligi, Synthesis kreativ agentligi va Khabi Media kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlangan loyiha dunyodagi eng nufuzli kreativlik konkurslaridan birida g‘olib bo‘ldi.Yuqoridagi postda keltirilgan, Weight of Pain - loyihasi D&AD konkursida 2 ta bronza g‘olibi va shortlist sovrinlarini oldi.Ma'lumot uchun, D&AD dunyodagi eng qiyin bellashuvlardan biri. Unda 90ta davlatlardan agentliklar qantashadi, 300 ga yaqin hay'at a'zolari ishlarni baholaydilar. 2026-yilda 46 ta yo‘nalishlarda, 10 000 ta ariza(ish) topshirilgan. Butun dunyo bo‘ylab eng kuchli 10 mingta ish ichidan g‘olib bo‘lish - bu o‘zbekistonlik kreativ inson uchun katta natija.Hamkasblarimizni yutuqlar yomg‘iri bilan tabriklaymiz :) 🌊G‘olib bo‘lgan rolikni bu yerda tomosha qilish mumkin.Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
Fara yoritadi
20 мая, 07:42
O'zbekiston va markaziy osiyo tarixida birinchi marta. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Synthesis agentligi birgalikdagi ishi — "Weight of Pain" — One Show 2026 festivalida Gold Pencil oldi.Natijalar: — 🥇 Gold — Cinematography / Single — 🥈 Silver — Direction / Single — Merit — Casting / Actor — Merit — Production DesignReytinglar bo'yicha ham biz tarixiy yangilik qildik. • Mamlakat bo'yicha — O'zbekiston One Show 2026 country rankings'da 24-o'rin (72 ball, 4 mukofot) • Agentlik bo'yicha — Synthesis, Asia Pacific mustaqil agentliklar reytingida 2-o'rin • Mijoz bo'yicha — Ijtimoiy himoya milliy agentligi, jahon non-profit mijozlar reytingida 11-o'rin • Kreativ direktorlar bo'yicha — Farrukh Sharif va Zamira Rakhmanova, Asia Pacific kreativ direktorlar reytingida — 9-o'rinBu natija ko'plab odamlarning mehnati: Ssenariy va rejissura — Lado Kvataniya Operator — Vladimir Ushakov Bad
Fara yoritadi
8 мая, 05:15
Nima emish, sun’iy intellekt odamlardan qimmat emish.Nvidia kattasi aytishicha: AI’ni ishlatish endi oddiy xodimdan qimmat — compute (AI ishlashi uchun to’lanadigan token xarajatlari) juda qimmatga tushyapti.Bundan oldin hammada vosvosa — menejerlar panikaga tushib, ko’p odamlarni oldindan ishdan bo’shatvorishdi. AI hali arzon bo’lmasdan, hali ishonchli bo’lmasdan. “Hamma chopyapti — men ham chopdim” printsipi.Endi nima bo’ladi? Inference narxi har kvartalda tushib boryapti. O’tgan yili $10 turgan narsa bugun sentlarda. Lekin ishdan bo’shatilganlar qaytib kelmaydi — yoki kamroq maoshga keladi. Chunki endi ularning pozitsiyasi kuchsiz. Kompaniyalar kamroq ishchi olishga, bor ishchilarni AI ga integratsiya qilishga urinadi.Kim yutadi bu vaziyatdan? Oltin vasvasasidagi kabi — oltin qazib oluvchilar ham, uni sotib oluvchilar ham emas. Oddiy kirka-lopatka ishlab chiqaruvchilar.Bizni
Fara yoritadi
28 апр., 05:49
Charchoqlar chiqib endi O’zbekiston kreativ tarixini yozishda davom etyapmiz.One Show. Dunyo reklamaning eng nufuzli musobaqalaridan biri. Kann festivalidan keyingi o’rinda turadi. Ayniqsa Shimoliy va Janubiy Amerika bozorida — bu nom hamma narsani anglatadi. Va biz u festivalda shortlist oldik.Bir emas, to’rt nominatsiyada. Hammasi Moving Image Craft & Production kategoriyasida: — Direction — Cinematography — Production Design — Casting — Actor Bu shortlist. Hali g’alaba emas. Lekin bu yerga tushishning o’zi — allaqachon natija.
Fara yoritadi
22 апр., 16:12изменён
Bugun charchadim. Odatda ijtimoiy tarmoqlarda faqat yutuqlar, ilhomlantiruvchi fikrlar, chiroyli ishlar haqida yozaman. Bugun azgina haqiqatni yozay a?Bizning ishda eng qiyin narsa — odamlar bilan kommunikatsiya. Jamoani tushunish. Har birini to’g’ri yo’naltirish, to’g’ri so’zlar topish. Mijozlar bilan esa ularning muammosini o’z muammoingdek his qilish — bu qiyin va ko’p quvvat ketadigan ish.Ba’zan o’zimga qarasam: men kreativ direktormanmi yoki psixologmi? Deb o’ylab qolaman. Vaqtimning 90% — odamlar bilan ishlash. Dalda, motivatsiya, tushunish. Qolgan 10% — haqiqiy ijod. Aynan shu sababli AI bizni o’rnimizni bosa olmaydi, bu aniq. Chunki odamni — faqat odam yupatadi. Faqat odam ilhom beradi.Mana shu — haqiqiy hayot.Ko’p charchoq, ko’p shubha. Bazida natija. Shuda hayotni go’zalligi.Sog’ bo’lasila
Fara yoritadi
14 апр., 09:36изменён
NO AI kommunikatsiya qiling.Oxirgi paytlar ijtimoiy tarmoqlarga qarasangiz, bir narsa ko'zga tashlanadi — kommunikatsiyalarning ko'pchiligi AI'da qilingan. Marketing jamoalari bu instrumentni ustiga o'tirib olib, hamma joyga tiqishyapti. Lekin bu to'g'ri yo'l emas.Mana raqamlar: — 68% iste'molchi ko'rgan kontentning haqiqiy ekaniga shubha qiladi — 50% AI ishlatmagan brendlarga pul sarflashni afzal ko'radi — 63% brendlar AI ishlatganini oshkor qilishi shart deb hisoblaydi Coca-Cola "Real Magic" kampaniyasini AI'da qildi. Natija — katta xeyt.Teskari trend ham boshlanmoqda. Brendlar endi "AI ishlatmaymiz" deb reklama qilmoqda. Bu o'zi katta signal — autentiklik endi marketing vositasiga aylandi.Bu filmni ko’rgan bo’lsangiz kerak. Ishonch shunchalik yemirilganki, haqiqiy narsani ham isbotlash kerak bo'lib qoldi.Davlat ham aralashmoqda. New York shtatida qonun qabul qilindi:
Fara yoritadi
14 апр., 07:55
Toshkentda “Hayvonlar ko’chasi” bor ekan. Birinchi marta eshitishim. Tasavvur qiling — propiskangiz qayerda deb so’rashsa: “Hayvonlar ko’chasida” — deysiz. 😂 Yo’llarda odobsiz haydovchilarni shu ko’chaga propiska qilish kerak. Hech bo’lmasa manzil to’g’ri bo’ladi.Sizlar nima deysizlar — bu ko’chada kim yasharkan? 👇
Fara yoritadi
11 апр., 09:33изменён
Nutella kosmosga chiqdi — va buning narxi $0 bo'ldiNASA Artemis II missiyasining faqat bitta YouTube kanalini bir vaqtda 10 million+ odam tomosha qildi. Umuman olganda bu uzoq davom etgan hodisa qamrovi bo'yicha Super Bowl dan ham oshib ketdi. 6-aprel kuni — kema Oyga eng yaqin kelgan kuni — jonli efirda kamera oldidan Nutella idishi suzib o'tdi. Tasodifan. 15 soniyada.Bu efirni esa NASA+, Amazon Prime, Apple TV, Hulu, Netflix, HBO Max, Roku va YouTube — hammasi bir vaqtda uzatayotgan edi.📊 Natija: — Brend eslashlari 1 kunda 910% oshdi — CNN, BBC, Guardian — hammasi yozdi — Reklama qiymati: $50–100 million+ — Nutella sarflagan pul: $0 Marketing jamoasi o'zi ham bilmasdan qolgan bo'lsa kerak 😄Viral moment rejalashtirish mumkin emas. Lekin uni ushlab olish — bu san'at. Nutella aynan shu san'atni jonli namoyish etdi. NASA rasmiy tarzda bildirdi: "Bu reklama emas edi. Astronavtlar
Fara yoritadi
11 апр., 04:46
2012 yil — bundan 14 yil oldin. Navoiy ko'chasidagi oq marmar uylar endigina qurib bitirilgan edi. Katta hodisa — uylarning kalitlarini topshirish marosimiga birinchi prezident Islom Karimov o'zi kelib ochib bergan.Marosimdan oldin buyruq tushdi: hamma joy toza, bir xil ko'rinishi kerak. Shunda birinchi qavatdagi barcha tijoriy kompaniyalarning logotiplari oq harflarga o'zgartirildi. Hammasi. Bir xil.O'shanda yosh dizayner edim. Xayron qoldim. Butun dunyo "brend ajralib turishi kerak, o'z rangi, o'z uslubi bo'lishi kerak" deb o'rgatayotgan bir paytda — bizda hamma brendni bir xil qilib qo'yishardi.Endi olib tashlanayotgan reklamalar masalasiga kelsак. So'nggi yillarda biznes egalari haddan oshirib yubordi — shahar ko'chalari faqat reklama bilan to'lib ketdi. Va natijada "express tozalash" boshlandi. Lekin bu tanish manzara emasmi?Bizda bir xil sxema takrorlanadi: biror soha
Fara yoritadi
9 апр., 05:41

Fara yoritadi
9 апр., 05:34

Fara yoritadi
9 апр., 05:34
Yomon emas — bir kechada 200 dan ortiq obunachi. Qo’llab-quvvatlagan kanallarga katta rahmat. Kutilgan kanal bo’lishi xursand qiladi. Mana, “Tasnif” asoschisi Laziz Hamidov nima deyapti:
Fara yoritadi
8 апр., 15:17
Ko’rinar ko’rinmas kreativYaqinda Toshkentda bizneslarning peshtoq belgilarini “shahar umumiy uslubiga to’g’ri kelmaydi” deb olib tashlash boshlandi.Bizda shunaqaku — olib tashlagandan keyin nima qo’yamiz, shahar uslubi qanday bo’lishi kerakligi haqida hech narsa aytmasdan turib buzishda hammadan o’zib ketdik.Ayrim ko’chalarda tasodifan yurib qolgan turist, bu yangilikdan bexabar bo’lsa, hamma bizneslar kasodga uchrab yopilyapti deb o’ylashi mumkin.Lekin Hoffmandagilarga gap yo’q — peshtoqda logotipni ko’rinar-ko’rinmas qilib osib qo’yishibdi. Majburiyat ham ba’zan kreativlikka yo’l ochib beradi
Fara yoritadi
8 апр., 14:23изменён
Ana, biz ham kanal ochib oldik. Bu birinchi post — yoqmasa yoki vaqt topa olmasam, uzr. Bloger emasman.Men Farrux Sharif — Synthesis reklama agentligi kreativ direktori.Ko’pchilik biladigan ishlarimdan: Odamlar nima deydi, Charchamang, Yangi Toshkent, O’zicha.Bu kanalda o’z fikrlarim, kuzatmalarim bo’ladi. O’zbekchada yuritaman — til boyligini rivojlantirish uchun, o’zim uchun. Xullas — Assalomu alaykum, dunyo. Biz keldik.YouTubeKonsta & Timur Alixonov - Odamlar nima deydi ? (Official Music Video)#konsta #uzrap #konstauz #uzbekrap Oddiy va noyob, harakatdan to‘xtamas, yuragida, ko‘zlarida olovi so‘nmas insonlar, O‘zbekistondagi eng katta sahna – Humo Arena’da ilk bor yakkaxon konsertimda ko‘rishamiz! 🎤 🎫 Chiptani hoziroq olib qo‘ying, yaqinlarga…
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →