gram news
Аватар канала Farg‘ona tumani hokimligi

Farg‘ona tumani hokimligi

@fargonatumanihokimligi

Farg‘ona tumani hokimligi rasmiy kanali 🌐: gov.uz/fargonatuman 📖: fb.com/fargonatumanihokimligi 📷: instagram.com/fargonatumanihokimligi 🎥: youtube.com/@fargonatumanihokimligi Murojaat yoʻllash uchun: @qabulxonabot | @fargonatumanmurojaatlari

ПроектыUZПолитикаПодтверждён Telegram

35,600подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Farg‘ona tumani hokimligi

    23 сент., 16:39

    Milliy jamoa Farg‘onada!O‘zbekiston milliy terma jamoasi Farg‘ona xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.Futbol ishqibozlari milliy jamoamizni iliq kutib olib, bo‘lajak uchrashuv oldidan futbolchilarga omad tiladilar.Eslatib o‘tamiz, 24-sentabr kuni soat 19:00 da Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida O‘zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.Olg‘a, O‘zbekiston!Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    23 сент., 14:32

    ❗️Prezidentimiz topshirig'iga asosan davlat aktivlari 3 oy sotilmasa narxi pasaytiriladi🏢 Davlatga tegishli mulklar ochiq savdolarga chiqariladi.🔹 1 242 ta ko'chmas mulk obyekti — bino, inshoot, ombor, ma'muriy joylar; 🔹 84 ta korxonaning ustav kapitalidagi davlat ulushi; 🔹 8 ming gektar yer uchastkasi ochiq savdolarga chiqariladi.Agar obyekt 3 oy davomida sotilmasa, uning boshlang'ich narxi balans qiymatidan qat'i nazar bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirib boriladi.👉 Lotlarni batafsil ko‘rish!Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    23 сент., 14:03

    Ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan ishlash holati o‘rganildiXalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi B. Ahmadjonov hamda kotibiyat mudiri Sh. Rahimov tomonidan deputatlik o‘rni vakant bo‘lgan 19-“Arab” saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandligi va daromad manbalini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlar tahlil qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, oilalar daromadini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    23 сент., 13:34

    Germaniyalik turizm ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildiFarg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov “Vodil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Xo‘ja Ahmad Vale” maqbarasini rekonstruksiya qilish jarayonini o‘rganish davomida Germaniyadan tashrif buyurgan turizm sohasi ekspertlari bilan uchrashdi.“Farg‘ona” turistik-rekreatsion zona direksiyasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PQ–5-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Farg‘ona tumanining turizm salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.Muloqot davomida turistik obyektlarni rivojlantirish, hududning tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash va zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha xorijiy tajribadan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv yakunida tumanda turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni izchil amalga oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    23 сент., 13:01

    “O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” — mustaqillikning 35 yilligiga bag'ishlangan smart-kitob taqdim etildi“Taraqqiyot strategiyasi” markazi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 28-avgust kuni Yangi Toshkentda bo‘lib o‘tgan, davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida “O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” nomli smart-kitob tayyorladi. Nashr raqamlar, muhim natijalar va kelajak maqsadlarini tizimli, ko‘rgazmali shaklda jamlaydi.To‘plamda nutqning besh asosiy yo‘nalishi, ya’ni inson qadrining davlat siyosati markazida ekani, Yangi Toshkentning ilm-fan va ma'rifat markaziga aylanayotgani, islohotlar natijalari, kelgusi o'n yillikning “milliy yuksalish davri” deb e’lon qilingani hamda tinchlik va hamkorlik siyosati yoritilgan.📄 Prezident nutqining to'liq matniSayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    23 сент., 12:32

    Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildiXalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi Bahodirjon Ahmadjonov tomonidan “Zilol” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.O‘rganish davomida mahallada ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Shuningdek, bandlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalarning samaradorligi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    23 сент., 12:01

    🌐 Google bilan hamkorlik yangi bosqichda: O‘zbekistonda AI, raqamli xizmatlar va yangi avlod kadrlari ekotizimi yaratiladiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vise-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Google o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.💝 Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda,- deydi Administratsiya rahbari.❗️ Bugun bu hamkorlik oddiy raqamli xizmatlar doirasidan ancha kengayib, O‘zbekistonning IT salohiyatini oshirish va Markaziy Osiyoda texnologik markaz sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategik yo‘nalishga aylanmoqda.➡️ Bu hamkorlikning eng muhim natijalari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:💳 Google Pay O‘zbekistonda ishga tushadi🔷Visa va Mastercard kartalari uchun Google Pay xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.🤖 O‘zbek tili Google Gemini’ga integratsiya qilinadi🔷 Google Cloud Gemini platformasida o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlash mahalliy tildagi AI yechimlarini yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. BigQuery va Dataplex kabi texnologiyalar esa iqtisodiyot tarmoqlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha pilot loyihalarda qo‘llaniladi.🛡 Kiberxavfsizlik va raqamli kadrlar🔷 Google texnologiyalari asosida milliy kiberxavfsizlik yo‘nalishida mutaxassislar salohiyatini oshirish, yangi o‘quv dasturlari va xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.🎓 O‘zbekiston kadrlari Google ekotizimiga kirib bormoqda🔷 Coursera orqali Google’ning «Inson + AI» kurslarida 737 mingdan ziyod foydalanuvchi ta’lim olgan va sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, har yili 25 nafar talabani Google ofislarida stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.Eng muhimi, hamkorlik startaplarni qo‘llab-quvvatlash, xakatonlar o‘tkazish, ta’lim va AI bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash orqali mahalliy IT ekotizimini rivojlantirishga qaratilgan.🧊 Google bilan hamkorlikning yangi bosqichi O‘zbekistonda texnologiyani shunchaki iste’mol qilishdan uni yaratish, moslashtirish va eksport qilishga o‘tish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi,- deb ta'kidladi S.Mirziyoyeva.Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    23 сент., 11:31

    Tadbirkorlar murojaatlari manzilli o‘rganilmoqdaTadbirkorlarning murojaatlarini tezkor qabul qilish, mavjud muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida Farg‘ona tumanida tashkil etilgan maxsus shtab tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.Farg‘ona tumani hokimi Nodirjon Mashrapov boshchiligida o‘tkazilgan muloqotda tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.Bildirilgan murojaatlarning har biri mas’ullar kesimida ko‘rib chiqilib, ularni o‘z vaqtida va amaliy jihatdan hal etish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar hamda ularning murojaatlarini manzilli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 17:00

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 14:00

    Farg'ona viloyatida joylashgan onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan davlat aktivlariFarg'ona shahar bo'yicha (ko'rish) Marg'ilon shahar bo'yicha (ko'rish) Quvasoy shahar bo'yicha (ko'rish) Qo'qon shahar bo'yicha (ko'rish) Farg'ona tumani bo'yicha (ko'rish) Qo'shtepa tumani bo'yicha (ko'rish) Toshloq tumani bo'yicha (ko'rish) Quva tumani bo'yicha (ko'rish) Yozyovon tumani bo'yicha (ko'rish) Oltiariq tumani bo'yicha (ko'rish) Rishton tumani bo'yicha (ko'rish)
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 13:00

    📌📌📌📌📌📌SHOXIMARDON VA YORDONDA KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDAFarg‘ona tumanining tog‘li hududlarida joylashgan Shoximardon va Yordon mahallalarida kuz-qish mavsumida iste’molchilarni barqaror va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli hamda keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.Mavsumga tayyorgarlik doirasida hududdagi 56 ta transformator punktining barchasida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, mavjud elektr qurilmalarining texnik holati yaxshilandi va mavsumiy yuklamalarga tayyorligi ta’minlandi.Shuningdek, 34 kilometr uzunlikdagi 0,4–10 kVli elektr uzatish tarmoqlari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib,
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 12:19

    Belaruslik investorlar bilan qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqdaFarg‘ona viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona tumanidagi “Yangi asr” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida belaruslik investor tomonidan tashkil etilgan “Fermi 777” MCHJ xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Delegatsiya a’zolariga korxonada meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash, saralash, muzlatish, saqlash va eksportga tayyorlash jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Korxonada, xususan, malina, gilos, qoraqat va qulupnay kabi eksportbop mahsulotlar xalqaro talablar asosida saralanib, muzlatilgan holda qadoqlanadi. Tayyor mahsulotlar Rossiya, Turkiya, Belarus va Qozog‘iston kabi davlatlarga muntazam eksport qilinmoqda.Sayt | Facebook |
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 12:18

    Farg‘ona va Minsk viloyatlari o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqdaViloyat hokimi Xayrullo Bozorov Belarus Respublikasining Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki hudud o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yangi investitsiya va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. — Сотрудничество между Ферганской и Минской областями выходит на новый уровень — Cooperation between Fergana and Minsk Regions Reaches a New LevelSayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 09:20

    “Qoradori — 2026” tadbiri doirasida xonadonda giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirgan shaxs fosh qilindiFargʻona tumani IIB xodimlari tomonidan Qorasuv koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1974 yilda tugʻilgan fuqaroning tomorqasi koʻzdan kechirilganda, u yerda 55 tup nasha giyohvandlik oʻsimligiga oʻxshash oʻsimliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi kabi holatlar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtamiz.Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 06:03

    🛡Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish: yosh toifalari qanday belgilanadi?“Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori qabul qilingan.📌Mazkur qarorga muvofiq, axborot mahsulotlari bolalarning yoshi va ularga ta’siridan kelib chiqib, bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan hamda taqiqlangan axborot mahsulotlariga ajratiladi.🔍 Axborot mahsulotining yosh toifasini belgilashda uning mavzusi, janri, mazmuni va badiiy bezagi, muayyan yoshdagi bolalar tomonidan axborotning qabul qilinishi, shuningdek, uning bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazish ehtimoli hisobga olinadi. Shunga ko‘ra, bolalar o‘rtasida tarqatilishi
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 05:20

    MUXLISLAR DIQQATIGA!24-sentyabr kuni kechki soat 19:00 da Farg‘onadagi muhtasham "Istiqlol" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.Shu kuni "Istiqlol" stadioni sariq-qora emas, oq-ko‘k rangga burkanadi. Chiptalarni esa stadion kassalarida xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Milliy terma jamoamizni "Istiqlol" stadionida qo‘llab-quvvatlang.Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a oq bo‘rilar!Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 05:00

    #Yangi_vakansiyaTashkilot: Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Hudud (daraja): Farg‘ona viloyati #Fargona_viloyati Bo'linma: Farg'ona tumani bo'limi Lavozim: Yetаkchi inspektor👉 Batafsil (ariza yuborish)Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 03:00

    🔷Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi
  • Farg‘ona tumani hokimligi

    22 сент., 02:02

    "Vodil yog‘dusi" gazetasining 2026-yil 21-sentyabr kungi 29-30-soni bilan tanishing#gazeta2026Sayt | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligiИллюстрация к посту канала Farg‘ona tumani hokimligi

Ссылки