Последние посты

Farkhod - AI PM
7 сент., 07:02изменён
Akalar bilan uchrashuv 😎O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif qildilar.U yerda Murodjon Normatov, Sardor o‘ga, Akrom Obidov, Hurshid Usmon, Amirbek Shomurodov va Saidolim Djurayev bilan to‘rtta fikr almashdik.Uchrashuvda – oila, farzand tarbiyasi, ish joyidagi muammolar, kimning ofisida kofe mashinasi borligi, qariganda soch to‘kilishi mavzularini umuman gaplashmadik. 80% vaqtimizni o‘sha hamma hozir gaplashadigan SUN’IY INTELLEKT mavzusiga sarfladik. Bahs bo‘ldi, hamma fikrini bildirdi, sun’iy intellektni ish jarayoniga integratsiya qilish haqida gaplashdik.Qiziq joylari:🔸 Kompaniya egalari SI’ni o‘rganib olib, SI hammaning ishini qila oladi degan fikrda. Bu o‘z navbatida, xodimning tez ishdan charchashiga olib kelyapti, xodimdan 2–3 kishining ishini bir kishi qilish talab qilinyapti.🔸 Hamma ichki ma’lumotlarni SI uchun jamlash bilan band. Kimdir
Farkhod - AI PM
7 сент., 07:02
2,330Открыть в Telegram
Farkhod - AI PM
4 сент., 05:51
Assalomu alaykum, Farkhod aka!Youtubedagi darslaringiz va ulashgan bilimingiz uchun alohida rahmat aytmoqchi edim. Oʻzim tibbiyot institutida oʻqiyman, IT sohasida mutlaqo nol darajada edim. Darslaringiz sabab 1 oy ichida oʻzim uchun juda katta natijaga erishdim.Kunlik vazifalar va kunlik odatlarni nazorat qilib borish uchun, kechagi kunga nisbatan qay darajada o'sib borayotganini kuzatib borish uchun, bot yaratgan edim.@vazifalar_checklist_botBoshida sodda qilib Google Sheets'ni ma'lumotlar bazasi qilib ishlatayotgan edim. Keyinroq arxitekturani rivojlantirib, Supabase'ga oʻtdim va backend qismini n8n orqali toʻliq avtomatlashtirdim. Eng quvonarlisi — hozirgi MVP holatigacha 0 soʻm harajat bilan chiqdim.Hozirda bot foydalanuvchilarning kunlik, haftalik, oylik va yillik vazifalarini tahlil qilib, Progress Bar bilan avtomatik hisobot yuboradigan darajaga keldi. Endi buni real
Farkhod - AI PM
3 сент., 04:55
переслано из @elzodxon
Farhod aka bilan suhbatdan parcha: - CEO'lar AI'ni o'rganishi va hamma ishni AI'ga qildira olishini aytishi va majburlashi, xodimlarni burn-out'ga tushurib qo'yyabdi. Hamma ishlarni ham AI qila olmaydi, AI qila oladigan ishlar texnik tomonlarni egallay olishi mumkin, lekin mijozlar bilan gaplashish, hujjatlar bilan ishlash, ular bilan negotiate qilish uchun baribir odam kerak.AI ko'p ishlarni olib qo'yyabdi deb o'ylayabmiz, lekin ular aslida odam yechishi uchun yanada katta muammolarni keltiryabdi. Ya'ni, sizni mantiqiy fikrlashiz, foydalanuvchilarni his qilishiz va oldingidanda tezroq iterate qilishingizni talab qilyabdi.Kompaniyalar end-to-end(boshidan oxirigacha) mas'uliyatli odamlarni olishga haraka qilyabdi. Bu competitive advantage hozircha.Farhod aka bilan ertalabdan update'lar alishdik va nasib bo'lsa yangilikchalar qilamiz.Stay tune.AUT, 2026 Retake'dan oldin, ozgina
Farkhod - AI PM
27 авг., 10:24
Avgust oyida BRB banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bankning departament rahbarlariga, sun’iy intellektni ish jarayonida ishlatishni bo‘yicha shanba kunlari 4 soatlik seminar o‘tib beryapman.Bu xabarimda nega meni tanlashgani, 4 soat auditoriyaning e’tiborini ushlab turish va so‘rovnoma kuchi haqida bo‘lishaman.O‘zim ham o‘ylab qolaman, shuncha odam bor nega meni tanlashdi deb. G‘irt imposter sindrom.Bilasizmi, nimani tushundim? Hozir ko‘pchilik sun’iy intellektni yoki umuman qaysidir mavzuda ekspert lekin hamma ham bilimini to‘g‘ri bo‘lisha oladimi? Qiyin mavzuni oddiy qilib tushuntira oladimi? Menimcha, menda shu ko‘nikma yaxshi ketyapti va uni davom ettirishim kerak.Nega meni tanlashganini boshqa sabablaridan biri bu Youtube’dagi darslarim. C-level'larning biri darslarim ko‘rishgan va shu yigit bilan ishlaymiz degan qarorga kelishgan. Youtube’ga chiqargan videolarim ish
Farkhod - AI PM
27 авг., 10:24

Farkhod - AI PM
17 авг., 11:26
scrn.galleryO‘tgan oy Oleg bilan qo‘ng‘iroqlashdik. U ko‘pchilik ishlatadigan scrn.gallery loyiha asoschisi.Biz qilgan 4Rize.com loyihasini bilar ekan, o‘zi shu bahona gaplashib qoldik.O'zim uchun eng qiziq bo'lgan joyi – Oleg ishdan ketib scrn.gallery ustida bir yil davomida tinimsiz ishlagan. Mana endi esa loyiha uni boqyapti.Agar ishdan ketib, 4Rize ustidan to‘liq ishlaganimda qaysi darajaga chiqar edim deb o‘ylab qolaman...Endi tushunyapman, nega investorlar asoschidan faqat bitta loyihaga to‘liq e’tibor qaratishini so‘rashadi. 2 ta ishni eplash mumkin, lekin aksariyat odamlar buni uzoq muddat qila olmaydi.————@farkhod_com
Farkhod - AI PM
5 авг., 06:39изменён
MCP xaqida eshitgan bo‘lsangiz kerakTurkiya havo yo‘llarini MCP’si bor ekan. MCP'ni Claude yoki o‘zingiz xar doim ishlatadigan SI’ga ulaysiz. Keyin – "manga Istanbul - Dalaman reysi uchun eng arzon chipta top" deysiz va sizga javob keladi. Yoki “Reys TK544 necha soatga kechikyapti” deb oddiy savol bilan murojaat qilasiz.Eslatib o‘taman MCP bu Model Context Protokol. MCP'ni yana ham tushunarli aytadigan bo‘lsam biron loyiha/servis/startap bilan sun’iy intellekt tushunarli gaplashishi uchun ishlab chiqilgan aloqa yo‘li. MCP haqida video darsim ham bor https://youtu.be/ancB7E5Kcvw?si=DBSjzZO7MyDmkZGbBu postim bilan aytmoqchimanki, kimda loyiha bo‘lsa, MCP qilish maqsadga muvofiq hozirgi kunda. API emas, aynan MCP. Sababi API ulash qiyinroq, MCP’ni esa ozroq kompyuterni tushungan kishi ulay oladi.Qani edi har bir davlat tashkilotining MCP’si bo‘lsa, shunda sun’iy intellekt ulashYouTubeMCP nima? Cursor’ga Github MCP ulaymiz.Bugun dasturchi bo‘lmagan lekin o‘zini startap loyihasi qilmoqchilar uchun MCP haqida ma’lumot beraman. Undan tashqari Cursor'ga Github MCP ulashni ham ko'rsataman. Bu video orqali siz "vibe coding" tushunchasini haqida bilib olasiz. 4 nafar soha mutaxassisdan…
Farkhod - AI PM
31 июл., 05:17
Sport targ’iboti27.07.2026 London 🇬🇧Stravaga qo’shiling https://strava.app.link/HCjWBXJkd5b
Farkhod - AI PM
21 июл., 07:10
Online o‘qituvchi topish uchun platformaO‘tgan oy o‘g‘limga onlayn o‘qituvchi qidirdim. Al-Xorazmiy maktabiga tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz.Kanalimda xabar qoldirdim. Xabarni ish va vakansiya kanallariga chiqarib yuborishdi. Taxminan 80 kishi yozdi, 80 kishi!Bilasizmi, nimani tushundim? Bu yerda bitta loyiha qilish kerak.Loyiha o‘qituvchi va o‘quvchini bog‘laydi.Masalan, Toshkentda to‘lov qobiliyati yuqori aholi ko‘p. O‘quv markaziga borishga vaqt ketadi, qolaversa, u har doim ham uyingiz yonida bo‘lavermaydi. Viloyatlarda esa malakali o‘qituvchilar ko‘p va xizmat haqi ham kissaga to‘g‘ri keladi.Platforma orqali ikki tomonni birlashtirib, to‘lov qilish va dars o‘tish uchun maydon yaratish kerakmi, deb o‘ylab qoldim.Bu yerda eng muhimi – yaxshi UX qilish.Mana sizga g‘oya.Ha, aytgancha, chet elda shunga o‘xshash platformalar ko‘p.Salomat bo‘ling.
Farkhod - AI PM
17 июл., 11:45
Inspiro.uz degan loyiha ishga tushirilibdi. Bu xuddi Mobbin, faqat mahalliy ilovalar bor.Bir yil oldin shunga o‘xshagan loyihamiz (4rize.com) PMF topmaganimiz uchun yopilgan edi.Inspiro loyihasi asoschilaridan biri Aleksandr, 4 oylar oldin menga aloqaga chiqqan edi. 4Rize adminkasini ko‘rsata olasizmi deb so‘ragandi va ko'rsatdim. Men qila olmagan loyihani kimdir eplasa, juda ham xursand bo‘laman.Shu kunlarda Aleksandr bilan onlayn qo‘ng‘iroq qilib, yaqinroqdan tanishdik. 4Rize’da qilgan xatolarimni aytib berdim.Aleksandrga aytdim – birdaniga mijozdan pul ol. Aks holda bepul xizmat taklif qilib, tuzoqqa tushib qolasan. Bu startap qiluvchilarning aksariyatidagi xatosi.To‘g‘ri, avval auditoriya yig‘ib keyin pul ishlaydigan loyihalar ham bor. Lekin buning uchun, ancha vaqt pul va vaqt yoqishga tayyor bo'lishingiz kerak.Aleksandrga omad tilab qolaman.Keyingi postim
Farkhod - AI PM
14 июл., 05:26
Toza kontekst oyna va 40k token ishlatilganClaude Code’da yangi sessiya ochdim. Hech narsa yozmasimdan 40k token bilan to‘lib qoldi. "Nimaga buncha token ishlatyapti?" deb ozroq tahlil qildim va sizga ham foydali bo‘lishi mumkin deb bo‘lishyapman.Claude Code’da savol berdim – "Jo‘rajon, yangi sessiya ochdim, lekin 35–40k token bilan to‘ldirib qo‘yding. Sababi nimada? Hammasini aniqlab, menga tahlil jadvalini ber." (Natija kommentda)Menda Figma, Jira, Krisp, Mixpanel va Supabase MCP’lar ulangan edi. Shularning o‘zi taxminan 10k token atrofida ishlatar ekan. Hozircha o‘chirib qo‘ydim, hamma loyihada kerak emas.Keyingi ish, “loyiha qanday ishlaydi” degan dokumentni optimizatsiya qildim. Oldin hamma narsa ichida edi, misol uchun serverga ulanish, loglarni ko‘rish, fayllar va ma’lumotlar bazasi strukturasi. Ularni kichik fayllarga bo‘ldim va aytdim, agar kerak bo‘lsa, shu faylda
Farkhod - AI PM
19 июн., 07:02
⚡️ 🇺🇿 Moneff uchun grafik dizayner qidiryapmiz (2–3 oylik kontrakt).Vazifa — ijtimoiy tarmoqlar uchun postlar dizaynini tayyorlash.Ish hajmi: Haftasiga o‘rtacha 2–3 ta vizual va 1-2 karusel uchun vizualIsh masofadan (remote) olib boriladi va uni asosiy ishingiz bilan bemalol birga olib borish mumkin.Kim bizga kerak: • Kamida 3 yil tajriba; • Yaxshi did va kuchli tipografika; • Yevropa uslubidagi dizaynni tushunishi; • Rus yoki ingliz tilida gaplasha olishi.Qiziqsangiz, anketani to‘ldiring https://forms.gle/9hudx4L7PLLr9UHB6-------🇷🇺 Moneff ищет графического дизайнера на контрактную работу (2–3 месяца).
Farkhod - AI PM
15 июн., 07:47изменён
Tejamli vayb-kodingOldingi postimda kontekst oynasi va uning xotirasi haqida sizlarga aytib bergandim. Endi kontekst oynasi qanchalik to‘lib qolgani va limitlar haqida qanday bilish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma beraman.Yuklangan rasmga e’tibor qiling. Prompt yozadigan joyning pastida menda doim loyiha nomi, GitHub branch’i, kontekst oynasi hajmi va uning qanchaga to‘lgani, 5 soatlik limitga qanchalik yaqinlashganim hamda model ko‘rinib turadi. Bu juda qulay.Qollanma:1. Claude Code’da bu promptni yozamiz "Assist me to setup /statusline. Show me what I can see there."2. Keyin bir nechta variantlar chiqadi, xohlaganingizdek sozlab olasiz.3. Menda u quyidagicha: my-project [project name] | main [branch] | ctx 42k/18% [context window] | 5h 34% [5 hour limit] | Sonnet 4.6 [model]Eslatib o‘taman, kontekst oynasini har doim 100 ming token atrofida ushlab turishga harakat qiling,
Farkhod - AI PM
13 июн., 04:19изменён
Amerika hukumati Fable’ni o’chirishni talab qilibdi.Anthropic imkonsiz, uni hammaga o’chiribdihttps://www.anthropic.com/news/fable-mythos-access———-@farkhod_comAnthropicStatement on the US government directive to suspend access to Fable 5 and Mythos 5The US government has issued an export control directive to suspend all access to Fable 5 and Mythos 5 by any foreign national, whether inside or outside the United States.
Farkhod - AI PM
10 июн., 06:40изменён
Sasha Rubtsov do‘stim bor. Mahsulot menedjerlik bo‘yicha kurs ochgan edi va birinchi guruh bitirishyapti.Shu munosabat bilan bitiruvchilarni ishini hakamlik qilishga taklif qildi.Quyida loyihalar taqdim etiladi:✦ Playfield — zerikarli video darslarsiz yangi bilim o‘rganish uchun AI-simulyator✦ TaskFlow — kichik biznes uchun Telegram ichidagi vazifalarni boshqarish platformasi✦ Nasab — shajara daraxti bilan oilaviy xotiralar platformasi✦ Fashion Platform — kiyim-kechak marketpleysi✦ Forma — kaloriyalarni hisoblash uchun ilovaHammasi kurs davomida yaratilgan.Sasha kanalingga qo‘yib yubor, balkim kimdir mahsulot menedjerlikni o‘rganaman degan bo‘lsa, qiziq bo‘lishi mumkin dedi.
Farkhod - AI PM
9 июн., 19:06изменён
Anthropic Fable 5– Bugundan boshlab 22-iyungacha Fable 5 hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz Pro, Max, Team va o‘rin (seat) asosidagi Enterprise tariflariga kiritiladi.– 23-iyundan boshlab esa Fable 5 ushbu tariflardan olib tashlanadi. Shundan keyin undan foydalanish uchun foydalanish kreditlari (usage credits) talab qilinadi. Agar tizim quvvati yetarli bo‘lsa, biz ushbu bepul foydalanish muddatini uzaytiramiz.– Keyinchalik, imkoniyat va quvvat yetarli bo‘lganda, Fable 5ni yana obuna tariflarining standart qismi sifatida qayta tiklashni rejalashtirmoqdamiz. Buni imkon qadar tezroq amalga oshirish niyatidamiz.https://www.anthropic.com/news/claude-fable-5-mythos-5P.S. Yuqoridagi matn AI bilan tarjima qilingan.------@farkhod_com
Farkhod - AI PM
6 июн., 10:38
Smart zone va dumb zoneBilasiz, AI bilan SaaS quryapman va olgan bilimlarim bilan bo‘lishmoqchiman.Claude Code, Codex bilan kod yozasizmi, ilova qurasizmi yoki shunchaki gaplashasizmi – unda kontekst oynasi degan tushuncha bor.Har bir modelda u har xil:Claude Opus 4.8'da – 1 mln token Claude Sonnet 4.6'da – 200 ming token GPT-5’da CLI orqali ishlaganda 400 ming token deb o‘qidim.O‘zi kontekst oynasi nima? 200 ming token degani qanday tushuniladi?Kontekst oynasi xuddi ish stoliga o‘xshaydi. Stolda 4 ta varaq ma’lumot bo‘lsa, uni ichidan kerakligini topish va ishlash oson. Endi bu varaqlar soni 50ta bo‘lsa-chi, adashasizmi? Ma’lumotlarni bir biriga bog‘lash qiyin bo‘ladi a? Yoki kerakli joyini ko‘rmay qolasiz.Bitta A4 varaqda matn yozilganda u tahminan 600-800 ta token bo'ladi (kalkulyator)Endi, har kuni AI bilan kod yozadigan tajribali dasturchilar shuni aytishyaptiki,
Farkhod - AI PM
1 июн., 05:27
Day #3 va #4Yo‘q bo‘lib ketdi meni, dedingizlarmi? Ish juda qizg‘in ketdi, xabar yozishga ham vaqt bo‘lmadi.Loyiha holati:– Domen sotib olindi kleepio.com. Hozircha u yerda hech narsa yo‘q, sababi pastroqda; – MVP qurildi. Local’da ishlayapti, lekin serverga yuklaganimda sekin ishlayapti; – Contabo serverlaridan qoniqmayapman. Hetzner juda qulay, lekin afsus, hozir arzon serverlari yo‘q; – MVP bo‘lishiga qaramay, o‘zimga ishni qiyin qilib stage va prod degan tushunchalarni ham qildim; – Kecha to‘liq kunim DevOps bilan o‘tdi; – Docker kontayner boshqarish uchun Coolify ishlatdim, xayolimda server ancha kuchini olyapdi. @plovsplitbot uchun Dokku ishlatgan edim, u CLI va yengil – Bugun ish kuni. Ishdan qaytib debug qilib, nega sekin ishlayotganini aniqlashga harakat qilaman; – 2 ta montajer bilan gaplashdim. Bir kishi o‘zi ham shunga o‘xshash loyiha qurgan ekan, lekin u xohlagandek
Farkhod - AI PM
29 мая, 13:44изменён
SaaS’ni qanday bozorga olib chiqamiz?O‘zingizning tajribangiz bilan bo‘lisha olasizmi?Misol uchun, kecha Jamshid Tashpulatov qanday qilib iOS ilova qilib, undan pul ishlatayotgani haqida yozdi. Jamshidni kanali https://t.me/jamik_notesYana bir yigitni kuzataman – Dovud. U ham iOS ilovalar yaratib sotadi https://t.me/dovud_husanMahalliy bozorda nimalar qilsak bo‘ladi? Shunchaki Meta orqali reklama qilib, natijani kuzatib turish kerakmi?Menda hozir g‘oya bunaqa:MVP qilib ishga tushiraman, barcha ijtimoiy tarmoqlarda u haqida yozaman. SaaS’dan birinchi kunidanoq pul ishlashga harakat qilaman. Agar odamlar pul to‘lasa, demak muammo bor. Aks holda, bepul versiya bilan uzoqqa bormayman.Ko‘ramiz, qancha foydalanuvchi yig‘aman. Barcha analitikani yoqaman, foydalanuvchi konversiya funnelini (qadam/voronka) Mixpanel’da yig‘ish reja. Albatta, foydalanuvchilar bilan gaplashishim kerakTelegramJamik - Independent DesignerMustaqil UX/UI Dizayner. O'zim foydali deb bilganlarim va tajribalarim haqida yozaman. Twitter - https://x.com/itsjamik DM - @itsjamik
