gram news
Аватар канала Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

@ferganasoliq

© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60 Ishonch telefoni: 73 241 70 61 Veb-sayt: https://soliq.uz/; Facebook: facebook.com/ferganasoliq; Instagram: instagram.com/ferganasoliq

ПроектыUZПолитика

1,910подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    22 сент., 10:01

    #imtiyozIjtimoiy soliq stavkasi 1%Soliq kodeksining 483-moddasiga muvofiq,🗓 Mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda, kambagʻal oila aʼzolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari kambagʻal oila aʼzolari boʻlgan xodimlarining mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari boʻyicha ijtimoiy soliqni 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda 1% miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.❗️Bunda xodim mazkur reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilgandan keyin imtiyozning qoʻllanishi 6 oy davomida amal qiladi.✅ 2026-yilning 1-sentabrdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 soʻm.Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    22 сент., 05:24

    переслано из @soliqnews

  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    21 сент., 11:33

    Qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan seminar tashkil etildiFarg‘ona viloyati soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ-1155-son, 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1165-son qonunlari hamda Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PF-160-son Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.Seminar Farg‘ona viloyat ma’muriy sudi sudyalari tomonidan o‘tkazilib, unda mazkur normativ-huquqiy hujjatlar bilan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ularning amaliy ahamiyati hamda huquqni qo‘llash jarayonidagi muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan zarur tushuntirishlarga ega bo‘ldilar.Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    21 сент., 06:24

    #soliq_hisobotlariJarima toʻlamasdan qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanib qolingSoliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etish har bir tadbirkorlik subyektining muhim majburiyatlaridan biri hisoblanadi. Soliq hisobotining oʻz vaqtida taqdim etilmasligi qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.Shu bilan birga, soliq organlari tomonidan bir qator soliq hisobotlari proaktiv shakllantirish tizimiga oʻtkazilgan boʻlishiga qaramasdan, soliq toʻlovchilar tomonidan soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik holatlari aniqlanmoqda.Bunda, mazkur tartib soliq organlari tomonidan proaktiv shakllantiriladigan soliq hisobotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.Jumladan, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    21 сент., 04:06

    #soliq_taqvimi🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2026-yil 21-sentabravgust oyi uchun:- QQS hisobotini, shu jumladan soddalashtirilgan QQS bo‘yicha (6 foiz) taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);- agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    19 сент., 09:09

    переслано из @soliqnews

    #imtiyozNukus shahrida Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratilganini ta'kidlandi.Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.Joriy yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.👉 BatafsilТelegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Threads
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    19 сент., 06:50изменён

    Soliq hisobotini taqdim etmaganlik uchun jarimalar inson omilisiz avtomatik qo‘llaniladiIjtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “B.B.B.”, “B.B.”, “M.F.” va “E.O.” MChJlar rahbariga nisbatan Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasi tomonidan ma’muriy jarima qo‘llash haqida qarorlar asossiz qabul qilinganligi bayon qilingan. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.“B.B.B.”, “B.B.”, “M.F.” va “E.O.” MChJlar tomonidan 2024-2025 yillar davomida bir nechta soliq hisobotlari belgilangan muddatlarda soliq organlariga taqdim etilmagan.Soliq kodeksining 220-moddasiga asosan, soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    18 сент., 12:18

    Jaholatga qarshi – ma’rifat bilanFarg‘ona viloyati soliq boshqarmasida xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, jamiyatda jaholat va turli yot g‘oyalarga qarshi ma’rifat orqali immunitetni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida jaholatning salbiy oqibatlari, yoshlar ongini turli zararli g‘oyalardan asrash, kitobxonlik va ilm-ma’rifatning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.Shuningdek, xodimlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish, sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    18 сент., 10:49

    #mobil_ilova #mol_mulk_soligi #yer_soligi✅ Soliq qarzi yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma kerakmi?Soliqlar to'langan va buni qanday tasdiqlashni bilmayapsizmi?Soliq qarzi yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma yoki to'lov kvitansiyasini Soliq (📱 Play Market / 📱 App Store) ilovasidan yuklab oling - bu juda tez va qulay!Face IDdan o‘tishni unutmang.Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    18 сент., 04:06изменён

    #mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi📆 Kalendarni tekshirib qo‘ying: 15-oktabr yaqin!Joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘ining ikkinchi yarmini to‘lash muddati 15-oktabrda yakunlanadi.To‘lov yo‘llari qulay:📱 mobil ilovalar orqali💳 mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining “SAYT” terminali orqali🏦 bank kassalari orqali⚠️ Muddati o‘tgan har bir kun uchun penya hisoblanadi.Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    17 сент., 12:01

    #bilasizmi #onlayn_NKMNaqd pul yoki plastik kartaga savdo qilishingizdan qat'i nazar QR-kodli xarid cheki berilishi shart❗️Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    17 сент., 10:20

    переслано из @uzbekistan24_tvnews

    #Axborot24 | 17.09.2026“HR xavflarini boshqarish” mavzusidagi amaliy treningmtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    17 сент., 09:57

    #e_ijara #bilasizmi❗️Talabalarga uy-joy ijaraga bergan jismoniy shaxslar ushbu daromadlaridan soliq to'lamaydi📗Soliq kodeksining 378-moddasi 19-1 bandiga muvofiq, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.👉 Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?👉 Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    17 сент., 05:55

    #mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi🗓 Jismoniy shaxslar joriy yil uchun mol-mulk va yer solig‘ining ikkinchi yarmini 15-oktabrga qadar to‘lashlari lozim.Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'i to'g'risida ➡️ Qaysi obyektlar uchun to'lanadi? ➡️ 2026-yilda qanday soliq stavkalari amal qiladi? ➡️ Kimlar mol-mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega?Jismoniy shaxslarning yer solig'i to'g'risida ➡️Qaysi obyektlar uchun to'lanadi? ➡️2026-yilda yer solig'ining asosiy stavkalari qanday? ➡️Kimlar yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi?Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    16 сент., 12:14

    #qonunchilikdagi_yangiliklarXodimlar uchun ayrim xarajatlar bo‘yicha soliq imtiyozlari joriy etilishi nazarda tutilmoqdaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 👉 PF-193, 11.09.2026-yil.Farmonga muvofiq, korxonalar tomonidan o‘z xodimlari, birinchi navbatda, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari bo‘lgan xodimlar uchun amalga oshiriladigan ayrim xarajatlarni foyda solig‘i bo‘yicha chegirish, shuningdek, tegishli obyektlarga nisbatan yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi belgilangan.Jumladan:✔️ xodimlarning farzandlari uchun maktabgacha ta’lim obyektlarini qurish hamda ular foydalanishga topshirilgandan keyin 3 yilgacha saqlash
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    15 сент., 11:34

    #e_ijaraTalabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.Buni 💻 ijara.soliq.uz saytida 📱 Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning JShShIR kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.✅ Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    15 сент., 05:07

    #soliq_taqvimi🗓 Eslatma ❗️2026-yil 15-sentabravgust oyi uchun:- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni 👉Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni 👉Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismlari- soliq agentlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari boʻyicha hisobotlarni taqdim etish va aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashning oxirgi kuni. 👉Soliq kodeksining 470-moddasi 3-4 va 5-qismlariTelegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    14 сент., 11:48

    #interaktiv_xizmatlarIpoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirilgan to‘lovlar boʻyicha imtiyozidan foydalanish tartibi➡️ Ipoteka krediti olgan fuqarolar uchun soliq imtiyozlari mavjudmi?Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    14 сент., 04:46

    Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi jamoasi g‘oliblar qatoridaZominda soliqchilar ishtirokida tashkil etilgan HR xavflarni boshqarish seminari oʻz ishini yakunladiSeminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, HR xavflarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi 7 ta taklif mualliflari ragʻbatlantirildi.Xususan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi jamoasi "Zamonaviy texnologiyalar va raqamli vositalarni boshqaruv jarayonlariga samarali tatbiq etish" yo'nalishi g'olibi deb e'tirof etildi.Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
  • Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

    14 сент., 04:46

    переслано из @soliqnews

    HR xavflarini boshqarish — samarali boshqaruv sari qadamZominda soliqchilar ishtirokida tashkil etilgan HR xavflarni boshqarish seminari oʻz ishini yakunladi.Ikki kun davomida tajribali ekspertlar ishtirokida HR xavflarini oldindan aniqlash va ustuvorlashtirish, mehnat munosabatlarida nizolarning oldini olish hamda sud amaliyoti asosida samarali yechimlar muhokama qilindi.Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirilib, HR xavflarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan eng yaxshi 7 ta taklif mualliflari ragʻbatlantirildi.Asosiy natija — xavfga javob berish emas, uni oldindan koʻra bilish va samarali boshqarish madaniyatini shakllantirish.Bu — zamonaviy davlat boshqaruvi va inson kapitali samaradorligi yoʻlida muhim qadam.Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads