gram news
Аватар канала Fermerlar Maktabi

Fermerlar Maktabi

@fermermaktab_uz

🌱Fermerlikni o‘rgatadigan innovatsion maktab 🇺🇿O‘zbekistonning 5 ta viloyatida: ▪️Toshkent ▪️Аndijon ▪️Nukus ▪️Samarqand ▪️Termiz Telegram-bot: https://t.me/fermerlar_maktabi_bot 📞+998771247999 📞+998771257999 🌐Bizning saytimiz: https://fermermak

ПроектыUZОбразование

2,350подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Fermerlar Maktabi

    22 сент., 06:21

    #40 kitob to'plami📕«O'simliklar himoyasi» to'plamida o'simliklar himoyasi, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashish bo'yicha zarur ma'lumotlar va tavsiyalar jamlangan.Meva-sabzavot, poliz ekinlari, g'allachilik kabi tarmoqlarida uchrashi mumkin bo'lgan muammolar haqidagi ilmiy va amaliy ma'lumotlar to'liq keltirilgan. To'plam doirasida tayyorlangan kitoblarning har biri alohida mavzuga va qishloq xo'jaligi sohasiga bag'ishlangan bo'lib, ularda zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali usullari va vositalari batafsil yoritib berilgan. To'plamda keltirilgan ma'lumotlardan yirik fermerlardan tortib, kichik tomorqa egalarigacha foydalanishi mumkin. 📚Ushbu qo‘llanma – "Agrobank" ATB tomonidan taqdim etilgan.📥 Kitobni o‘qish va yuklab olish📣 Yaqinlaringiz bilan ham
  • Fermerlar Maktabi

    31 авг., 04:32изменён

    Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin! 🇺🇿
  • Fermerlar Maktabi

    24 авг., 09:48

    🫐Maymunjon rezavor o‘simligi va uning tuproq sharoitiga talabiℹ️Maymunjon – inson organizmiga koni foyda bo‘lgan kaliy, magniy kabi moddalarga boy rezavor meva. U asosan qumli tuproqlarda, tog‘ yonbag‘irlarida, donador va suv o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lgan tuproq sharoitlarida yaxshi hosil bo'ladi.🍓Maymunjon O‘zbekistonning barcha tog‘li rayonlarida keng tarqalgan o‘simlik bo‘lib, ayniqsa, daryo vodiylari bo‘ylab, nam tepaliklarda yakka-yakka va o‘tib bo‘lmaydigan tikanli chakalakzorlarda o‘sadi.🌲 O‘simlikning bo‘yi 1,2-1,5 metrgacha o‘sadi. Uzun tikanli novdalari bo‘lgan chala bo‘ta o‘simlik. Mevalari qora rangli, sersuv, shirin nordon, qattiq danakli bo‘ladi.⏳Maymunjon sovuq havo tushguniga qadar, ya’ni yozning
    1,230221Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    22 авг., 15:58

    переслано из @agrobankpress

    🏅Yuksak e’tirofO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Agrobank” ATB negizida tashkil etilgan “Agro in vitro” MChJ direktori Saydiyev Ozodbek Shukrullayevich qishloq xo‘jaligi sohasidagi samarali mehnati va munosib xizmatlari uchun “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlandi.👏 Agrobank jamoasi nomidan samimiy tabriklab, kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va yanada yuksak marralar tilaymiz!📱 Instagram 📱 Facebook 🖥 Sayt
  • Fermerlar Maktabi

    19 авг., 06:51

    переслано из @agrobankpress

    📺 E’tibordan chetda qoldirmang!“O‘zbekiston 24” telekanalida “Mening tomorqam” ko’rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi.Bu gal Jizzax viloyati Do’stlik tumani “Qahramon” mahallasida istiqomat qiluvchi Barat Qo’shoqovning tomorqadan samarali foydalanish tajribasi haqida hikoya qilinadi.U issiqxonada pomidor yetishtirish bilan birga, chorvachilik va parrandachilikni ham yo’lga qo’yib, xonadon daromadini oshirmoqda.Ko’rsatuvda: ✅ Tomorqadan unumli foydalanish va daromadli xo’jalik yuritish tajribasi — “Mening tomorqam” ko‘rsatuvida.📺Ko’rsatuvning to’liq sonini mana bu yerda tomosha qilish mumkin!📱 Instagram 📱 Facebook 🖥 Sayt
  • Fermerlar Maktabi

    17 авг., 05:29изменён

    Dorper qo'y zotlari: ularning go'shti premium sifat darajasiga egami?🐑Dorper – Janubiy Afrikada 1930-yillarda selektsiya qilingan, tez moslashuvchanligi va sifatli go‘shti bilan tanilgan qo‘y zotidir. Bu zot asosan Dorset Horn va Qora boshli Fors qo‘yi (Blackhead Persian) nasllarining chatishtirilishi orqali yaratilgan. Avstraliyada ushbu qo‘y turi keng tarqalgan va katta talabga ega.✅Qo'ylar har xil iqlim sharoitlariga, xususan, quruq va issiq hududlarga moslashgan bo'lib, ular tez o‘sib, qisqa vaqt ichida katta vazn yig‘adi. Qo'ylarning tana vazni 6-8 oy ichida so‘yish uchun yetarli bo‘ladi, bu esa fermerlar uchun iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.🥩Ularning go‘shti yumshoq, xushbo‘y va yog‘ miqdori optimal darajada bo‘lib, premium sifatga ega. Ayniqsa, steyk, kotlet va boshqa yuqori darajadagi taomlar uchun
    1,020211Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    16 авг., 07:02

    переслано из @agrobankpress

    📗 Agrobank tomonidan paxta yetishtirishda joriy etilayotgan zamonaviy yondashuvlar, yangi imkoniyatlar, raqamlashtirish jarayonlari hamda agrotadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan maxsus lavha.📺Lavhada paxta yetishtirish jarayonlarining yangi bosqichga ko’tarilishi, zamonaviy texnologiyalar va amaliy natijalar haqida so’z boradi.📱 Instagram 📱 Facebook 🖥 Sayt
    584видео221Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    12 авг., 12:37

    882321Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    11 авг., 13:40

    🥬Mangold — fermer uchun serhosil va daromadli ekin!🟢Har qarich yerdan unumli foydalanishni istagan fermerlar uchun mangold istiqbolli ekinlardan biridir. U salqin ob-havoda ham yaxshi rivojlanadi, parvarishi oddiy va mavsum davomida bir necha marta hosil beradi.🌱Mangoldning afzalliklari:🔎 50–60 kunda hosilga kiradi. 🔎 Barglari uzib olingandan so‘ng yana o‘sishda davom etadi. 🔎 Salqin haroratda ham yaxshi rivojlanadi. 🔎 Bozor talabi yuqori bo‘lgan vitaminlarga boy ko‘kat hisoblanadi. 🔎 Ochiq maydon va tomorqalarda muvaffaqiyatli yetishtiriladi.📌 Yetishtirish bo‘yicha qisqacha tavsiyalar: • Tuproq pH — 6,0–7,0 • E
    8911111Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    7 авг., 10:22

    "Fermerlar maktabi"da onlayn ta'lim oling!🧑🏻‍🌾 "Fermerlar maktabi" va "Suvchilar maktabi" tomorqasidan daromad olishni yoki daromadini ko'paytirishni istayotgan yoshlarga edu.fermermaktab.uz platformasini taqdim etadi!Qishloq xo‘jaligi bo'yicha bilimlaringizni onlayn oshirish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalaringizni rivojlantirish orqali tomorqangizdan daromad olishni boshlang.O'quv dastur tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, kurs yakunidagi test sinovidan muvaffaqiyatli o'tgan tinglovchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.💻 Saytda bugunoq ro'yxatdan o'ting va agrar sohadagi istalgan yo'nalish bo'yicha bilimlaringizni oshiring.
    911видео211Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    6 авг., 12:42изменён

    🍎Fuji olmasi - dunyodagi eng ommabop va shirin olma navlaridan biri🇯🇵Fuji olma navi 1930-yillarning oxirida Yaponiyada "Red Delicious" va "Ralls Janet" navlarini chatishtirish orqali yaratilgan. U mashhur Fuji tog‘i sharafiga nomlangan bo‘lib, bugungi kunda dunyoning eng ko‘p yetishtiriladigan va eksport qilinadigan olma navlaridan biri hisoblanadi.🔹 Tabiiy shirinligi yuqori (Brix ko‘rsatkichi 15–18% gacha). Juda sersuv, zich va qarsildoq eti bilan ajralib turadi. Mevasi sarg‘ish-yashil fonda och qizil yoki pushti rangli chiziqlarga ega bo‘lib, yirik va yumaloq shaklda bo‘ladi.📦 Fuji navining afzalliklari: ✅ Uzoq muddat sifatini saqlaydi. ✅ Maxsus sovutkich omborlarida 1 yilgacha yangi holatda saqlanishi mumkin. ✅ Qattiq eti tufayli uzoq masofalarga tashish va eksport uchun juda qulay.
    830видео211Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    5 авг., 13:14

    переслано из @agrobankpress

    Seminar davomida “Baxmal Agrostar” faoliyati o’rganildi📗 Agrobank tomonidan tashkil etilgan amaliy seminar doirasida ishtirokchilar “Baxmal Agrostar” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.✅Xususan, tumanning Mo’g’ol qishlog’ida 40 sotix maydonda intensiv usulda parvarishlanayotgan, 1 550 tup olma daraxtidan iborat bog’ ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.📇 Tashrif davomida mutaxassislar an’anaviy va zamonaviy bog’dorchilik usullarining o’ziga xos jihatlari, intensiv bog’larni parvarishlash va yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.📈 Shuningdek, ishtirokchilar “Baxmal Agrostar”ning ko'rgazmali tajriba maydonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Ayni paytda bu yerda 13,5 gektar maydonda
    818211Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    5 авг., 09:41

    переслано из @agrobankpress

    🔻 Jizzax viloyati, Baxmal tumanida o’tkazilayotgan amaliy seminar davom etmoqda.📇 Tadbirning navbatdagi manzili — “Gulbuloq” tayanch mahallasi. Bu yerda ishtirokchilarga aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag’allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar amaliy misollar asosida namoyish etilmoqda.📈Bugungi kunda “Gulbuloq” MFY tumanning iqtisodiy salohiyati yuqori va kambag’allik darajasi eng past hududlaridan biri hisoblanadi.✅Ilg’or tajribani kengaytirish maqsadida mahallaga 6 ta yondosh mahalla biriktirilgan bo’lib, ularda ham ayni shu tizim asosida manzilli ishlar olib borilmoqda.📱 Instagram📱 Facebook
    588111Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    5 авг., 08:10

    переслано из @agrobankpress

    #LIVE▶️ Ayni damda Agrobank tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan hokim o‘rinbosarlari, bandlik sohasi rahbarlari, tijorat banklari, Mahallalar uyushmasi va “Agrostar” kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.📇 Seminarning asosiy maqsadi — mahallalarni ixtisoslashtirish, “tayanch mahalla” va “ixtisoslashgan mahallalar klasteri” modellari asosida hududlarni kompleks rivojlantirish, “Agrostar” kompaniyalari bilan hamkorlikda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish hamda ularni boshqa hududlarda ham samarali joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
    480111Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    4 авг., 12:13

    🍫Kakao daraxti haqida bilasizmi?🌳Kakao (Theobroma cacao) — dunyoga shokolad hadya etgan tropik doim yashil daraxtdir. Uning vatani Markaziy va Janubiy Amerika bo‘lib, bugungi kunda asosan Afrika, Janubiy Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyoda yetishtiriladi.📌Qiziqarli faktlar:🌍Dunyo bo‘yicha 11,5 million gektardan ortiq maydonda kakao plantatsiyalari mavjud. 🌱Kakao daraxti ekilgandan so‘ng 4–5-yilda hosil bera boshlaydi, 10-yilda esa to‘liq hosildorlikka kiradi. 🥭Har bir kakao mevasi 300–600 gramm vaznga ega bo‘lib, uning ichida 25–60 dona kakao doni bo‘ladi. ⏳Mevalar 4–5 oyda pishadi va donlari fermentatsiya, quritish hamda qovurish bosqichlaridan o‘tgach, kakao kukuni va kakao moyi olinadi.
    453111Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    4 авг., 06:00

    🍇 Uzumning shifobaxsh xususiyatlari va tok uchun qulay tuproq🌿Tok qadimdan eng qimmatli mevali ekinlardan biri sifatida e'tirof etiladi. Uning mevasi yuqori oziqaviy va parhezbop qiymatga ega bo‘lib, inson organizmi uchun muhim energiya manbai hisoblanadi. Ayniqsa, kishmishbop navlarda 28–30 foizgacha tabiiy qandlar – glyukoza, fruktoza va saxaroza mavjud bo‘lib, ular organizm tomonidan tez hazm qilinadi.🍇 Yangi uzilgan uzum tarkibi vitamin va minerallarga boy. Unda olma, limon, vino, qahrabo, shavel hamda chumoli kislotalari, shuningdek kaliy, kalsiy, fosfor va natriy kabi foydali mineral moddalar uchraydi. Meva po‘stida esa tabiiy rang beruvchi pigmentlar va dublovchi moddalar mavjud.🌱Tokzor barpo etishda tuproqning sifati hal qiluvchi omillardan biridir. Ekishdan oldin tuproqning granulometrik tarkibi,
    486111Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    1 авг., 13:55изменён

    Makkajo’xorining foydali xususiyatlari🌽Makkajo’xori qadimdan mazali va to’yimli mahsulot sanalgan. Uning boy ozuqaviy xususiyatlari tufayli ko‘pchilikning sevimli ozuqa manbaiga aylangan.ℹ️Chunki makkajo’xori quyidagi xususiyatlarga ega: – ovqat hazm qilishni yaxshilaydi; – stressga qarshi kurashadi; – asab tizimi, yurak va tomirlar faoliyatini yaxshilaydi; – jigar, buyrak va oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi; – ko’rish qobilyatini yaxshilaydi; – organizmni turli shlak va toksinlardan tozalaydi; – immunitetni mustahkamlab, shamollash va virusga qarshi kurashadi.🔴Har bir mahsulotning o‘ziga yarasha meyori bo‘lganday, makkajo‘xorining ham meyoridan ortig‘i vazn yetishmovchiligi va ovqat hazm qilish bilan bog’liq muammosi bor insonlarga iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.💬
    610211Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    31 июл., 11:33изменён

    #Qonunchilikdagi_yangiliklar🤩Fermerlarga dizel uchun 2 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi🇺🇿 Adliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilg‘isi qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni (ro‘yxat raqami 3912, 2026-yil 29-iyul) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.✅ Endilikda paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlar 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja savdolari orqali xarid qilgan dizel yoqilg‘isi narxi 1 tonnasi uchun 13 mln so‘mdan qimmat bo‘lsa, oshgan summaning 2 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini davlat subsidiya sifatida qoplaydi. Buning uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi — subsidiya proaktiv, ya’ni avtomatik tartibda ajratiladi.✅ Subsidiya olish uchun:
    651111Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    30 июл., 10:43изменён

    Mosh – eng yaxshi siderit ekin hisoblanadi🌱Mosh yerda azot to‘plovchi sifatida don, texnika ekinlari va sabzavotlardan oldin ekiladigan eng yaxshi ekinlardan biri.💧Asosan bahor va yoz oylarida ekiladigan bu o‘simlik tez o‘sishi, yaxshi soya berishi bilan yerning namligini saqlaydi va begona o‘tlarning ko‘payishini oldini oladi.🌲Mosh biologik xususiyatlariga ko‘ra qora, bo‘z, o‘tloqi bo‘z, qumoq, soz tuproqlarda, shuningdek, o‘zida to‘plangan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun sho‘r tuproqlarda ham yaxshi rivojlanadi.📍O‘tloqi bo‘z tuproqlar O‘zbekistonda mosh ekish uchun eng yaxshi tuproq hisoblanadi.✅Uning ildizlaridagi azot to‘plovchi tuganak bakteriyalar havodagi azotdan
    596211Открыть в Telegram
  • Fermerlar Maktabi

    29 июл., 06:46

    #agrobooks🥬64-kitob. Meva, sitrus, rezavor meva va uzum ko'chatlarini tayyorlash📕Ushbu kitobda: 🍎mevali daraxtlar ko'chatlarini yetishtirish; 🍊 sitrus ekinlarini ko'paytirish usullari; 🫐 rezavor mevalar ko'chatlarini tayyorlash; 🍇 uzum ko'chatlarini parvarishlash va ko'paytirish texnologiyalari; 🌿 payvandlash, qalamcha tayyorlash hamda ko'chatlarni parvarish qilish bo'yicha amaliy tavsiyalar batafsil yoritilgan.📚Ushbu qo‘llanma – "Agrobank" ATB tomonidan taqdim etilgan.📥 Kitobni o'qish va yuklab olish💬 Telegram | 📷 Instagram | 📱Facebook
    612321Открыть в Telegram