gram news
Аватар канала Azimjon's Fikrlog

Azimjon's Fikrlog

@fikrlog

Fikrlar daftari Asosiy: @azim_pulat

19,600подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Azimjon's Fikrlog

    27 сент., 13:42изменён

    Rayhon hidiBu hid menga qulog'iga rayhon ildirib oladigan rahmatli momamni eslatardi.Tengdosh, og'a-ini do'stimiz omonatini topshirdi, Alloh rahmatiga olsin.U yuzida tabassum bilan yotardi, tiriklar ko'zida esa tim-tim yosh oqardi.U lom-mim demay yotardi, onasing ingroqlari esa qo'shni xonadan eshitilardi.U gapirmasdi, ammo nasihatlari to’g’ri qalbga yetib borardi.Tomorqada ekilgan hamma rayhonni olib kelib jasadi ustidan qo'yishdi.Endi bu hid menga o'limni eslatardi.Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.
    2,730272675515134Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    10 сент., 06:10

    "Zamonaviy" yaxshiroq degani emas.Bir yarim yil avval darslarimiz uchun doska oldik. Qop-qorasidan, eskicha - bo'r bilan yoziladiganidan.Bugun sinfxonalarning aksarida doskalar marker bilan yoziladi va kun ora markerlar yozmay qo'yadi - yangi olish kerak.15 ming so'mga olingan bo'r 1.5 yil bo'ptiki hali tugagisi yo'q. Eskirmaydi ham.Lattani kim xo'llaydi deb o'quvchilarni tambal qilib qo'ymadikmi? Aqlli doskalar axmoq avlodni tarbiyalamayaptimi?Qog'oz kitob o'qib, qalamda fikrlash eskirmaydi.Yangini yaxshiroq deb aldanmang.
    Иллюстрация к посту канала Azimjon's FikrlogИллюстрация к посту канала Azimjon's Fikrlog
    15,700863200131863416Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    21 авг., 11:05

    youtu.be/eVklHjJzpyM
    YouTubeHayotimni o'zgartirgan 7 ta prinsipFikrlarim: https://t.me/fikrlog Dasturchi karyerangizni keyingi bosqichga olib chiqing: https://t.me/qirikki
    22,70028517075372611Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    12 авг., 06:12изменён

    Agar ko'p...Gapirasang ———- Podkast ol. Hayol sursang —— Hikoya yoz. Savol bersang —- Tadqiqot qil. Bahslashsang — Qonun o'rgan. Qayg'ursang —— Shifokor bo'l. E'tibor bersang - Dizayner bo'l. Tushuntirsang ——-— Dars ber. O'zgacha o'yla ———- Ixtiro qil. Dangasa bo'lsang —- Dasturla.
    35,6001,3803051531094726Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    9 авг., 11:15изменён

    Yarim tunda uyg’onib ketdi.Uyqim buzildi deb hafa bo’lmadi. Tahajjud o’qidi - xursand bo’ldi.Yaxshilikka niyat qildi. Amalga oshmadi deb hafa bo’lmadi. Niyati uchun savob olishi eslab xursand bo’ldi.Kasal bo’ldi-yu, hafa bo’lmadi. Kaforatdan umid qildi - xursand bo’ldi.Boshlagan ishi o’xshamadi. Hafa bo’lmadi. Istixora qilgandi - xursand bo’ldi.Hafa bo’lma, xursand bo’l. Tanlov o’zingda.
    34,4001,2003871291106729Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    5 авг., 12:55

    boy bo'ling — isrof qilmang. chiroyli ekan - ko'rsatmang. aqqlimisiz — kamtar bo'ling. gunoh bormi — tavba qiling. nemat bormi - shukur qiling. sinov yetdimi —- sabr qiling. ilm oldingizmi — amal qiling.
    40,8009543372111226820Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    13 июл., 11:42

    переслано из @fikrlog

    BoyroqTirik ——————- o’likdan Erkin ————— qaramdan Sog’lom ———— kasaldan Qarzsiz ——— qarzdordan Hunarli ——— hunarsizdan Beruvchi ——— oluvchidan Qanoatli —— qanoatsizdan Iqtisodchi — soviruvchidan
    37,30078813984744214Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    12 июл., 13:44изменён

    Shovqin nazariyasi6 yilda 20ta davlatda bo'ldim. Aholi qancha kambag'al bo'lsa, shuncha shovqin-suronda yashashini kuzatdim. Eng sukunat sevar xalqlar, ko'rganlarim orasida eng boylari bo'ldi.Shovqin bizni kambag'alikka tortyaptimi yoki kambag'allik shovqin-sevar qilib qo'yyaptimi bilmayman. Ammo ular bog'likligiga ishonchim komil.Toshkent eng shovqin shaharlardan biri. Magazinda qulog'ingiz tagida "BARBII" deb baqiradimi-e, avtobusda Yulduz Usmonovani qo'shig'ini qo'yadimi-e. Qaysi taksiga o'tirmang musiqa tinmaydi.Buyoqdan boshqa shovqin ham bor. Jahon chempionati, keraksiz yangiliklar, baqiroq bloggerlar.Agar kambag'allik muhit tanlasa, u shovqinli bo'lardi.
    39,9001,020263163625837Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    8 июл., 13:54изменён

    Savdolashish yo'llariSiz so’radingiz. …va sotuvchi / ijarachi / sartarosh “yo’q” dedi.Darrov “ho’p” deyishga shoshilmang. Doim yo’l topiladi.1. To'liq to'lang. Ko’pchilik “bo’lib to’lash”ga o’tirib qolgan. Bu holatda naqd to’lab 20-40% arzonroqqa olasiz. Uy, moshina, texnika…2. Oldindan to’lang. Tepada aytgan ofisni 3 oyga oldindan to’lab arzonlashtirdik. 12 oyga olsak 50%ga tushirsa ham bo’lardi.3. Kamrog’ini xohlang. Soch oldirishda 2-marta bosh yuvishi kerakmasligini aytib arzonlashtirib ko’ring - menda doim ishlaydi.4. Hozir xohlamang. Keyinroq boring - sotuv o’lganda, mijoz kamayganda, oy oxirida. Oy boshida hamma boy, keyinroqqa qoldiring.5. Qat’iy bo’ling. Chegirma deb sifatsiziga uchmang. Tanlovni o’zingiz qiling, keyin savdolashing.Muhimi hovliqmang. Sizniki bo’lsa ketib qolmaydi.
    33,4006922431801104323Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    7 июл., 07:50изменён

    Savdolashing.Sherigim bilan bitta sartaroshxonaga bordik.Soch oldirdik va to’lov vaqti keldi. Xizmat uchun men 70 ming, sherigim esa 130 ming so'm to'ladi. Nega?Sababi men kursiga o'tirishdan avval savdolashdim, sherigim esa kursidan turgach narxini so'radi.60 ming so'm bilan nima o'zgaradi demang. Savdolashish - bu odat.O'tgan hafta Toshkent citydagi NestOne binosidan ijaraga ofis oldik. Narxni $1,500dan boshlab avval $1,200ga, keyin $1,050ga tushirdik.20 daqiqalik muzokara minglab dollar tejadi.
    28,8009073412801016730Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    3 июл., 09:04

    Pulim ko’p bo’lsin desangiz: > Onangizga bering.
    38,9001,610589190774745Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    30 июн., 09:32

    30-iyun.Vaqtdan vaqtning farqi bor. Yoshlikdagi vaqt qarilikdagi vaqtdan qadrliroq.Ilm olish, yaxshi odatlar qurish, yaqin do’stlar orttirish uchun yoshlikdan yaxshiroq vaqt yo’q.Majbur bo’lmasangiz bu vaqtni pulga almashmang. Shunchaki pul topish uchun vaqtingizni sarflamang.Hali ko’p pul topasiz. Yoshlikni qaytib topmaysiz.Vaqtni sarmoya qiling, xarajat emas. Yoshlarga maslahatim: t.me/azim_pulat/s/42Kuningiz bilan, yoshlar!
    38,70044622571443214Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    26 июн., 09:50изменён

    26-iyun.Go’zal hayot uchun yuzlab to’g’ri qarorlar kerak.Ammo uni ostin-ustun qilish uchun 1ta noto’g’risi kifoya va shulardan biri - giyohvandlik.Yaqingacha Yevropadagi 90%, dunyo bo’ylab esa 70% gerin ulushini Afg’oniston yetishtirib berardi.2021-yil Tolibon hokimiyatga kelgach giyohvand moddalarni yetishtirishga chek qo’ydi.Bu bilan sintetik moddalar bozori avj oldi. Xitoy mashinalari kabi dorilari ham kirib kela boshladi.Bugun giyohvand so’zidagi “giyoh” - “sintetik tabletka”ga aylandi.Manba
    37,80038113195612612Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    22 июн., 12:38изменён

    KasalliklarQalb: • kibr • riyo • ujubTana: • jarohat • saraton • semizlikOng: • g’aflat • jaholat • shubhaCho’ntak: • qarz • isrof
    47,200511187118493026Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    17 июн., 11:20

    OzuqalarQalb: • Namoz • Quron • Alloh zikriTana: • Uyqu • Taom • HarakatOng: • Ustoz • Kitob • TafakkurCho’ntak: • Mehnat • Ehson
    61,2001,210412257686053Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    15 июн., 13:33

    Issiqdan chanqadim.Suv olgani do’konga kirdim.Sovutgichda faqat rangli shakar suvlar qo’yilgan. Nok hidi keladigan montelladan olgim keldi.Qadoqqa qaradim: > Har 100 ml da 11 gram shakar.Bu o’sha 450 ml ichimlikda 50 gram - ya’ni 12 qoshiq shakar degani.1 safar hech narsa qilmas deb qo’limga oldim.Oldim-u, yonimdan qo’lida Fanta ko’tarib olgan og’ir vaznli ayol o’tib ketdi.Balki u ayol mendan baxtliroqdir. Lekin men undan sog’lomroq bo’lishni tanladim.Shakar suvni joyiga qo’ydim. Oddiy suv olib chiqib ketdim.
    35,000925405323827158Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    14 июн., 14:06

    1 dona tarvuz qadrini…O’tgan yoz Londonda 1/6 tarvuz £5 edi, bu 1 donasi 450 ming so’m degani.Toshkentda 16 mingga kaatta tarvuz beradi ~30x arzonroq.London 0 : 1 Toshkent
    Иллюстрация к посту канала Azimjon's FikrlogИллюстрация к посту канала Azimjon's Fikrlog
    30,4001,270227122762821Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    9 июн., 05:17изменён

    O’zgartirmoqchimisiz? > Unda o’lchang.Varshavada biz bilan bir yigit turardi. U tamaki chekardi.Bir kuni undan kuniga nechta tamaki chekishini so’radim.Ma’ruza o’rniga shunchaki har kuni menga kun oxirida nechta chekkanini yozib turishni aytdim.2 oyda ~10tadan ~2taga tushdi.Shunchaki o’lchashni o’zi uni ongli yashashga undadi.O’lchang, o’zgaradi.
    34,800645191151856017Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    22 мая, 00:27изменён

    90% × 30 yosh
    48,90078826162362616Открыть в Telegram
  • Azimjon's Fikrlog

    9 мая, 15:24изменён

    iPhone2022-yil Londonda Facebook’da amaliyotni tugatib, Varshavada Amazonda ishlashni boshladim.O’sha paytlar Facebook oyiga ~$7 ming, Amazon oyiga $10 mingdan ko’proq to’lardi.O’shanda iPhone 14 sotuvga chiqqandi. Ishlatilgan iPhone 13 oldim, arzonroqqa.U bilan dasturchi hikoyasi-yu 42 express backend videolarini yozdim. Va hozir shu maqolani ham.2023-yil Google’da ishlashni boshladim.Hamkasbim iPhone 11 ishlatarkan.21 yosh, millioner. Yevropada yerlari bor, uyini rasmini ko’rsatganda qasrda yashar ekansanku degandim.Shu yigit yaqinda, 2026-yil to’yimga keldi. Qo’lida hali ham o’sha iPhone 11.
    71,5001,4304233462605548Открыть в Telegram