gram news
Аватар канала Filmoptimist

Filmoptimist

@filmoptimist

Atiga bir dyum keladigan uzunlikdagi subtitrlar to'sig'ini bir marta yengib o'tganingizdan keyin, sizlar yana son-sanoqsiz bo'lgan boshqa ajoyib filmlar bilan ham tanishib borasiz. - Bong Joon Ho Ikkinchi kanal : @Criterion_uz

ПроектыTR

495подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Filmoptimist

    16 мая, 16:40

    Hamisha tinchlik bo'lsin!"Xotira va qadrlash" kuni ehtimol o'tib ketgandir, ammo urush mavzusi va undagi filmlar haqida gaplashish uchun birgina bu kunning o'zi kamlik qiladi. Kino yo'nalishida ijod qiladigan, yoki u haqida yozib turuvchi o'zim kuzatadigan va sifatli deb bilgan kanallarim hamda ularning mualliflari urush haqidagi o'zlari eng yaxshi deya hisoblashgan filmlarni sizlarga tavsiya qilib, ularga bo'lgan o'z fikrlarini bayon qilib berishdi.#Filmotavsiya rubrikamizda ishtirok etgan quyidagi kanallar hamda ularning egalariga tashakkur bildiramiz :Katta Og'a Kino Ekrani Seb's Bobil Kinoteatri Top Maniya Luna Moon Seansdan so'ngBu tavsiyalardan tashqari, o'zingiz urush haqidagi, uni qoralagan yoki eng yaxshi tarzda ekranga ko'chirib chiqqan deb hisoblaydigan filmingiz qaysi?
    1,4409631Открыть в Telegram
  • Filmoptimist

    15 мар., 18:17

    "Marty Supreme" filmi uchun tayyorlagan vizual tahlilimiz.Ertaga saharlikka turaman degunlaringgacha, 98-Oskar taqdimoti ham boshlanib qolarkan. Shundan oldin, men o'zim eng ko'p nominatsiyada yutishiga ko'z tikib turgan filmim haqida ham bir nimalar yasavolay degandim. Postda "Marty Supreme" filmining elita darajasidagi dohiyona marketing targ'iboti-yu filmning yakunidan tortib, Oskarni qaysi kategoriyalarda yutishi mumkinligi bo'yicha bir qancha taxminlarimni yozib ketdim. Shunda ham, film haqida hali gapirilmay o'tilgan ancha narsa qolib ketibdi. Shu sabab, postni hali ehtimoliy davomi ham bo'lsa kerak.Josh va Benny Safdie aka-ukalar xuddi Coen larga o'xshab 2024-yilda bo'linib ketishganidan keyin, ikkisining ham bir yilda retro-sport janrlarida filmlar chiqarib turishgani juda hayratlanarli hol bo'ldi. Ular haqida oldin ham mana bu postimizda ancha-muncha narsa yozib, maqtab
    1,200видео11211Открыть в Telegram
  • Filmoptimist

    15 мар., 18:14

  • Filmoptimist

    17 февр., 18:50

    Valentin kuni uchun kechikkan post. #filmotavsiya rubrikamizdan sevgining otashidan yongan dilporalar, yoki bo'lmasa qizi/yigiti yo'q so'qqabosh yolg'izlar uchun bizdan sizlarga eng yaxshi sevgi hikoyasini o'zida jamlagan bir qancha filmlar tavsiyasi bo'lgan
    1,2001233Открыть в Telegram
  • Filmoptimist

    17 февр., 17:26

    Valentin kuni uchun kechikkan post. #filmotavsiya rubrikamizdan sevgining otashidan yongan dilporalar, yoki bo'lmasa qizi/yigiti yo'q so'qqabosh yolg'izlar uchun bizdan sizlarga eng yaxshi sevgi hikoyasini o'zida jamlagan bir qancha filmlar tavsiyasi bo'lgan voshlis - reytingsiz random tarzda.Agar bular orasidan faqatgina bitta filmni birinchi bo'lib ko'rish shart, deya aytishimni xohlasanglar, u holda sizlarga eng oxirgi rasmdagi "Comrades : Almost a Love Story" filmi boshlanishiga tavsiya qilinadi.O'zlaring yaxshi deb hisoblagan boshqa shunga o'xshash film tavsiyalaringdan ham bo'lsa, ularni yozib ketib, yana qanday filmlar mavzusida bunaqa rubrika davom etishini istashinglar haqida fikr otib ketinglar.@Filmoptimist
    1,050773Открыть в Telegram
  • Filmoptimist

    25 янв., 07:54

    ​​Tangrilar Cho'qqisi (The Summit of the Gods, 2021)Audio: Fransuz Subtitr: Uzb, fre, eng Format: 1080p@decode_cc | @filmoptimist
    Telegram[base]Tangrilar Cho'qqisi, 2021 | (The Summit of the Gods)
    903632Открыть в Telegram
  • Filmoptimist

    25 янв., 07:44

    ​​Yur. Tirmash. Yuqoriroq ko'taril. Doim tepaga intil. Lekin, nima uchun?Tangrilar Cho'qqisi (The Summit of the Gods, 2021)Rej: Patrik ImberTangrilar Cho'qqisi - Jiro Taniguchining xuddi shu nomdagi mangasi asosida yaratilgan sarguzasht-drama animatsiyasidir. Hikoya yillar bo'yi sir bo'lib kelayotgan Mellori (Everest cho'qqisini zabt etgan birinchi inson deb tahmin qilinmoqda) fotoapparati qidirayotgan alpinizm bo'yicha jurnalistning bizning nigilistik pingvinimiz sanalgan Habu Jojini uchratishi atrofida rivojlanadi. Bir paytlar o'zining aql bovar qilmas chellenjlari bilan alpinizm dunyosini larzaga solgan Habu Joji bugunda bema'lum sabablarsiz yo'qolib qolgan. Ammo, u hali hamon tog'lar bag'rida yashirinmoqda. Nima uchun? Barcha rekordlarni yangilagandan keyin ham uni bu yerda nima ushlab turibdi? Nima uchun inson tanasi omon qolishga moslashmagan bu cho'qqilar uni hamon
  • Filmoptimist

    19 янв., 16:52

    Bu kanalda uncha faol emasmiz. Kimdirlar bilmasa bizni Criterion javoniga tashrif buyuradigan aktyor-u, rejissyorlar va ularning film tanlanmalari haqida postlar qiladigan ikkinchi @Criterion_uz kanalimiz bor. U yerda ancha-muncha faol"roq"miz. Ikkala kanalni ham bitta qilib, bu kanalni o'zida olib ketish fikri uncha ma'qul kelmagani uchun ochvolingan.Bunisini esa zanglatib, ustidagi chang va burchaklaridagi o'rgimchak to'rlardan artib tozalash uchun latta-putta va spreylar olishga qurbimiz yetgungacha, o'zimizdagi prokrastinatorlikni yengib, birorta jo'yali postlar (3 oydan beri chiqmayotgan qanaqadir tarjimalar) chiqargunimizgacha @Criterion_uz ga o'tib turaveringlar. Ba'zida bu kanaldagi optimistlikka tupurib, narigisiga yaxshi memlar aralash pessimistikroq, senzurasiz va qusurli postlar chiqarib turamiz. Birgina minusi, kanalda hali comment funksiyasi ochilmagan. Xullas,
    6693211Открыть в Telegram
  • Filmoptimist

    7 янв., 16:44

    Kino san'atining "Vengriyalik Tarkovsky" sidan ajralib qoldik🥀O'tgan yilning yanvarini David Lynchning xotimasi bilan qayg'uli tarzda boshlab olgandik. Bu yilgi yanvarda esa sekin tempda o'tuvchi "slow-cinema" yo'nalishining chinakam maestrosi, tom ma'noda Tarkovsky dan keyingi uslub jihatdan uning ikkinchi qadamdosh davomchisi bo'lgan barcha davrlarning eng yaxshi yana bir rejissyorini yo'qotdik(Kuni kecha o'zining tomoshabinni paysalga solib, o'yga (yoki uyquga) toldiruvchi, filmografiyasining asosi sukutga cho'mgan uzluksiz kadrlardagi mahzunlikda o'tadigan bir xil oq-qora rangli monoxromatik muhitda kechuvchi, o'zida vaqt tushunchasi doira bo'lib aylanadigan, kino tarixidagi eng uzun (7 yarim soatlik) filmlardan birining rejissyori Béla Tarr uzoq va og'ir xastalikdan keyin 70 yoshida hayotdan ko'z yumibdi. (1955-2026)2025-yilgi adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti László
    966видео521Открыть в Telegram
  • Filmoptimist

    31 дек. 2025 г., 20:07

    Yil sarhisobi - 2025-yilda men tomosha qilgan (bu yilda chiqqan bo'lishi shart bo'lmagan, har xil yillar orasidan ko'rilgan) eng yaxshi TOP-10 ta filmlar.Ko'pchilik boshqa kanallar qatori ro'yxatning faqat 2025-yilda chiqqan filmlar orasidan ko'rganlarimni shunaqa reytinglab, 2-qism qism qilib chiqarmoqchi edim-u, ammo bu yilni o'zidan barmoq bilan sanashli filmlar ko'ribman. 2025 yilgi filmlardan eng yoqqan TOP-3 likni esa shu yerni o'zida aytish bilan yakunlay qolay : "Sentimental Value", "Train Dreams", "Nouvelle Vague". Xullas, bu kanalni yil bo'yi huvullatib, onda-sonda post va tarjimalar chiqarganimizni hisobga olmasa, 2025-yil bizda unaqa rasvo o'tmabdi. Muhimi, sinefaylikka bu yilda ancha yaxshi qadam tashlanib, yaxshi filmlar (asosan klassika) ko'rildi. Va yana bu yilda Letterboxd ham ishlatishni yig'ishtirgandim. Sababini so'ramanglar, shusiz filmlar ko'rib yurayotgan
Скачать ряд в CSV
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно

Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.

Как это работает →
Создать бота