gram news
Аватар канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

@finlituzb

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti Materiallardan foydalanishda kanalga havola berish zarur Savol-javob: @finlituzbchat Канал на русском: @finlituzb_ru (71) 212-73-59 Admin: @finlitteam

ПроектыKKФинансы и инвестицииПодтверждён Telegram

10,300подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    1 июл., 07:09

    Tanishing — Fazilat Kariyeva!O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, xalqaro yoshlar tashabbuslarining faol ishtirokchisi, Global Money Week doirasida o‘tkazilgan FinLit Network Awards 2025 tanlovining "Eng yaxshi spiker" nominatsiyasi g‘olibi hamda FinTalk sahnasida minglab yoshlarni ilhomlantirgan spiker.#FinLitNetwork #FinTalk #FinLitNetworkAwards2025 #GlobalMoneyWeek #FinancialLiteracy #YouthLeadership #Inspiration #UzSWLU #YoungLeader
    Иллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
    4,3702051Открыть в Telegram
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    1 июн., 06:30

    2025-yil davomida FinLit Network yuzlab yoshlarni birlashtirdi. 500 dan ortiq ishtirokchilar. 20 dan ortiq spikerlar. O‘nlab uchrashuvlar va loyihalar.Lekin FinLit Network'ni raqamlar bilan ifodalab bo‘lmaydi. Bu film — bir yil davomida ushbu loyihaga qancha mehnat, qancha ishonch va qancha qalb qo‘yilganini ko‘rsatadi. Qolganini esa keling, birgalikda tomosha qilamiz 😊
    13,000видео1155Открыть в Telegram
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    27 мая, 03:39

    🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!FinLit jamoasi ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga tinchlik, mehr-oqibat va xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaydi. Bu bayram qalblarga yorug‘lik, oilalarga totuvlik, hayotimizga esa ezgu niyatlar olib kelsin.✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin!
    5,780видео553Открыть в Telegram
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    26 мая, 10:35

    Global Money Week 2026 doirasida FinLit Network hamda Kapitalbank hamkorligida yoshlar uchun navbatdagi uchrashuv tashkil etildi 🚀Tadbirda bank sektori, ta’lim va biznes yo‘nalishidagi turli tashkilot vakillari spiker sifatida ishtirok etib, talabalar bilan moliyaviy tafakkur, kasbiy rivojlanish, zamonaviy iqtisodiyot va yoshlar imkoniyatlari haqida o‘z tajriba va fikrlari bilan bo‘lishdi.Tadbirning keyingi qismida esa FinLit Network Awards 2025 doirasida yilning eng faol ishtirokchilari taqdirlandi 🏆Ochiq ovoz berishda 27 000 nafardan ortiq inson ishtirok etdi.Har bir g‘olib maxsus kubok va esdalik sovg‘alari bilan ✨#FinLitNetwork #FinLitAwards #GlobalMoneyWeek #FinancialLiteracy #KapitalBank #YouthLeadership #Networking #YoungLeaders #CentralBankUzbekistan
    4,510видео31Открыть в Telegram
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    16 мая, 09:56

    Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 9-sonli FinTalk bo‘lib o‘tdi 🚀 3 nafar spiker o‘z mavzulari bilan sahnaga chiqib, real tajriba va fikrlari bilan bo‘lishdi.-“33 mln so‘mga qanday biznes qilsa bo‘ladi?” degan savolga esa talabalar tayyor g‘oyalar bilan javob berdi 🧐“Micro Project Talk” doirasida 4 ta jamoa biznes-reja tuzib, o‘zaro challenge qildi — kredit, strategiya, xarajat va daromad hisobi real keyslarda ishlab chiqildi.
    5,380видео122Открыть в Telegram
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    14 мая, 12:52

    Joriy yilning 4-may kuni “Zakovat Arena”da O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “Uzcard” milliy to‘lov tizimi hamkorligida “Global Money Week – 2026” xalqaro kampaniyasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbirda “Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari” loyihasi ambassadorlari hamda respublikadagi noqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar. Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar moliyaviy savodxonlik kurslarida olgan bilimlarini namoyon etib, shaxsiy moliyani samarali boshqarish, raqamli moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik va moliyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, shuningdek, moliyaviy qarorlarni ongli qabul qilishga oid savollarda faol qatnashdilar. Shu bilan birga, ishtirokchilar tahliliy fikrlash, mantiqiy yondashuv, tezkor qaror qabul qilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini
    4,420видео72Открыть в Telegram
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    9 мая, 08:37

    🕊️ Bugun biz yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni chuqur hurmat bilan eslaymiz.✨ Qahramonlar xotirasi doimo qalblarimizda yashaydi. Ularning jasorati va matonati barchamiz uchun ibratdir.9-may — Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin! 🇺🇿🚀@finlituzb_ru
    Иллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    6 мая, 10:25

    4-may kuni Global Money Week 2026 doirasida Zakovat intellektual turniri bo‘lib o‘tdi. 🏆Markaziy bank, UZCARD, Ipoteka Bank OTP Group va Uzumbank hamkorligida tashkil etilgan tadbir bilim, jamoaviy ruh va sog‘lom raqobatni bir maydonda birlashtirdi.Turnirda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalaridan “Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari” loyihasi vakillari, shuningdek, moliyaviy savodxonlik kurslarini tamomlagan talabalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlash qobiliyati hamda jamoa bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.O‘yin yakunida eng kuchli jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 🏅💪#MoliyaviySavodxonlik #GlobalMoneyWeek #MarkaziyBank #UZCARD #IpotekaBank #Uzum #Zakovat
    Иллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    4 мая, 12:07

    Bugun Global Money Week 2026 doirasida Zakovat intellektual o‘yiniga start berildi. ⚡️Markaziy bank va UZCARD hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan “Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari” loyihasi ishtirokchilari hamda kurslarni tamomlagan talabalar bilim, mantiqiy fikrlash va jamoaviy yondashuv bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda. 🧠O‘yin davomida eng faol va bilimdon jamoalar aniqlanib, yakunda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 💪🏻#MoliyaviySavodxonlik #GlobalMoneyWeek #MarkaziyBank #UZCARD #Zakovat
    3,410видео1161Открыть в Telegram
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    1 мая, 13:23

    🫥 “Sezilmaydigan” obunalar — bu budjetdagi kichik teshiklar. Pul birdaniga katta summa bo‘lib chiqib ketmaydi, lekin har oy avtomatik yechiladigan to‘lovlar nazorat qilinmasa, yil oxirida sezilarli xarajatga aylanadi.Bunday xarajatlarni kamaytirish uchun oyda bir marta bank ilovasidagi avtomatik yechimlarni ko‘rib chiqing, foydalanmayotgan xizmatlarni bekor qiling va har bir obuna uchun “bu menga hozir ham kerakmi?” degan savolni bering. Bepul sinov muddatlariga esa alohida e’tibor bering: eslatma qo‘yilmasa, “free trial” tezda pullik obunaga aylanib qolishi mumkin.Yechim oddiy: obunalaringiz ro‘yxatini tuzing, ularni “kerakli”, “kam ishlatiladigan” va “bekor qilinadigan” toifalarga ajrating. Shundan keyin faqat haqiqatdan foydalanayotgan xizmatlaringizni qoldiring va obunalar uchun oylik limit belgilang.Moliyaviy tartib katta cheklovlardan emas,
    Иллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    30 апр., 06:01

    🇺🇿 Kredit olishdan oldin — cheklistni o'qing! 🟣Kredit shartnomasi imzolanishidan oldin bank sizga kredit tavakkalchiliklari bo'yicha cheklist taqdim etadi. ✔️ Cheklist nima uchun kerak? 🟣Bu kredit rasmiylashtirilishidan oldin to'ldiriladigan ro'yxat. Uning maqsadi — har bir band bilan tanishib chiqishingizga va hammasini to'g'ri tushunganingizga ishonch hosil qilishga yordam berish. Bu sizni kelajakda kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklardan saqlab qolishi mumkin. ✔️Cheklist qanday topshiriladi? 🟣U qog'oz yoki elektron shaklda beriladi. Har bir band bilan tanishib, imzo bilan tasdiqlaysiz. 🎥 Batafsil — videoda! 2-qism 📃Cheklist#FinRight 🚀 @finlituzb_ru
    3,120видео975Открыть в Telegram
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    29 апр., 13:31

    FinTalk — endi Respublika bo‘ylab 🚀Toshkentdagi Webster Universitetida 80 nafardan ortiq talabani bir maydonga jamlagan tadbirda spikerlar “Fond bozori” va “Qaytarib bo‘lmaydigan yagona valyuta” mavzularida nutq so‘zlab, o‘z fikr va g‘oyalari bilan bo‘lishdi - yoshlar-yoshlar uchun.Yangilangan level «Mening bankirim» loyihasi asosida tashkil etilgan Business Plan Challenge. Yoshlar uchun biznes-reja tuzish va uni to‘g‘ri rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ko'nikmalar ushbu loyihada o'z aksini topadi.Challengeda ishtirokchilar 3 jamoaga bo‘linib, fast-food yo‘nalishida 33 mln so‘mlik kredit uchun biznes-reja ishlab chiqdi. Jarayon faol va amaliy ruhda o‘tdi — g‘oyalar muhokama qilinib, xarajat va daromad hisoblandi. Ko‘pchilik uchun bu birinchi real tajriba bo‘ldi. Keyingi manzilni kuting — FinTalk sizning universitetingizga yo‘l olmoqda 🚀Bizning
    Иллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    28 апр., 13:25

    🇺🇿 Kredit tarixi kreditni rasmiylashtirish vaqtida emas, balki uni to‘lash jarayonida shakllanadi.Bu bir martalik qaror emas, balki sizning harakatlaringiz ketma-ketligi: qanday to‘laysiz, qiyinchiliklarga qanday munosabat bildirasiz va bank bilan qanday aloqa qilasiz.➡️Kartochkalarda ijobiy kredit tarixini qanday shakllantirish va uni saqlash yo‘llari bilan tanishishingiz mumkin.🚀@finlituzb_ru
    Иллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik
  • Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik

    24 апр., 11:48

    🚀 FinKids bilan yulduzlar sari yo‘lingizni rejalashtirishni o‘rganing!25-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan bolalar uchun moliyaviy savodxonlik darsida maqsad qo‘yish, budjetni rejalashtirish hamda orzular sari ilk qadamlarni qanday tashlash haqida suhbatlashamiz. Shu bilan birga, jamg‘arma nima uchun porloq kelajak sari eltuvchi muhim vosita ekanini ham birga tushunib olamiz.🗓 25-aprel, soat 15:00 📍 ACDF huzuridagi Bolalar akademiyasi#FinKids 🌐 @finlituzb_ru
    Иллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlikИллюстрация к посту канала Finlit.uz - moliyaviy savodxonlik